Tenglik va Tengsizlik haqida maqollar to‘plami

Tenglik, teng huquqlilik hamda tengsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi» (Abu Rayhon Beruniy).

tenglik va tengsizlik haqida maqollar

Sizdan ugina,
Bizdan bugina.

It sarqitini yo‘lbars yemas.

So‘k oshiga — surnay,
Un oshiga — karnay.

Ikki ot tepishsa,
O‘rtada eshak o‘lar.

Ko‘rgan bilan eshitgan bir emas.

G‘isht masjidga — yog‘och mezana.

Qizga er topiladi,
Yigitga yor topiladi.

Chigal soqolga temir taroq.

Qush tilini qush bilar.

Mardlik va nomardlik haqida maqollar

Alixo‘ja — Xo‘jaali.

Ilon tilini ilon tushunar.

Savolga — javob, salomga — alik.

Qo‘l qo‘lni tank.

Ikki qirchang‘i bir to‘qayda topishar.

Tengini topsang, tekin ber

Ikki o‘n besh — bir o‘ttiz.

G‘arib ko‘ngli g‘aribda.

Besh barmoq barobar emas.

tengini topsang tekin ber

Kapasiga yarasha qirmovi,
Eshagiga yarasha tushovi.

Yo‘ling bilib, yo‘ldosh qil,
Tenging bilib, tengdosh qil.

Itning basti — gadoy.

Tuyadan katta fil bor.

Och bilan to‘qning na ishi bor.

Och qadrini to‘q bilmas.

Gul — gulga,
Tikan — tikanga.

Itning boshini it yer.

So‘qir otga qo‘tir ot uyur.

Tenglik — kenglik

Moy berganga moy ber,
Toy berganga — toy.

Odam bilan odam tengmi,
Aris bilan bodom tengmi.

tenglik haqida maqollar

Tuya — qancha, yarasi — shuncha.

O‘roqchining ming urgani —
Boltachining bir urgani.

Ko‘r ko‘r bilan qorong‘ida topishar.

Atlas yamog‘i — atlasga,
Shol yamog‘i — sholga.

It oydinda topishar.

It itning quyrug‘ini bosmas.

Pashsha bolga yopishar,
Kampir — cholga.

Ayol yerdan chiqqan emas,
Erkak bolasi.
Erkak ko‘kdan tushgan emas,
Ayol bolasi.

Tengsiz bilan teng bo‘lma

It bolasi — itga yaxshi,
Qush bolasi — qushga yaxshi.

Burgut chivin tutmas.

It chopar, deb bit chopar.

Botirlik va qo‘rqoqlik haqida maqollar

tengsizlik haqida maqollar

Ikki tentak bir bo‘lsa,
Sog‘ odamday gaplashar.

Odam odamga o‘xshar,
Mol — molga.

Teng yeganni tangri suyibdi,
Ortiq yeganni arvoh uribdi.

Chumchuq ham o‘z toshicha botmon.

Loy yorig‘iga — loy,
Chang yorig‘iga — chang.

Ot bilan tepishgan toyning engagi sinar.

Piyoda tuyadagi bilan barobar emas.

Tuya qancha bo‘lsa, jihozi — o‘shancha.

Pesning chekiga moxov tushibdi.

Ot tepkisi otga o‘tmas.

Teng tengi bilan, Tezak qopi bilan

Ko‘p qarining ichida,
Bir bola dono bo‘lur.

Besh qo‘l barobar emas.

teng tengi bilan tezak qopi bilan

Ikki yalang‘och hammomda topishar.

Zamoni boshqaning amali boshqa.

O‘g‘rining xotini o‘ziga loyiq.

Ot tepkisini ot ko‘tarar.

Pes pes bilan qorong‘ida topishar.

O‘zingdan pastga siringni aytma.

O‘rdak o‘rdak bilan uchar,
G‘oz g‘oz bilan uchar.

It,
Itning o‘rtog‘i bit.

Kuchuk torn tepasiga chiqsa ham,
Egasidan katta bo‘lmas.

Teng tengi bilan,
To‘n yengi bilan.

Bel ushlashganda, otangni ayama.

Ipni ipga qo‘sh,
Tengini — tengiga.

Tuya tuzni sevar,
Yigit — qizni.

Ko‘p og‘iz ko‘p gapirar.

Teng tengi bilan, Keli sopi bilan

Pes pesni topar,
Suv — pastni.

Othq piyodaga hamroh bo‘lmas.

Besh panja teng emas.

teng tengi keli sopi bilan

Otang — bozor, onang — bozor.

Yog‘ yoqqa tomar,
Moshobaga jiz ham yo‘q.

Yog‘ — yoqqa,
Go‘sht — go‘shtga.

Piyoz sotganning murch sotgandan xabari bor.

Ikki tuya suykansa,
O‘rtada chivin o‘lar.

Qudang qui bo‘lsa, quldek bo‘l.

Och bola to‘q bola bilan o‘ynamaydi,
To‘q bola och bolani o‘ylamaydi.

Urush, tinchlik va notinchlik haqida maqollar

Kishi bilan kishi teng emas.

Ko‘p bolaning ichida,
Bir qari bola bo‘lur.

Olma olmadan rang olar.

Tangalik yerda tenglik yo‘q

Nojinsning oshnasi bo‘lmas.

O‘rdak bilan topishgan,
Xo‘rozning katagini suv bosar.

tangalik yerda tenglik yoq

Temirchining bir urgani,
Ko‘mirchining ming urgani.

Boqqolda mening gapim,
Qassobda sening gaping.

Sichqonga — o‘lim,
Mushukka — o‘yin.

Baxtli bilan bahslashma,
Tomlik bilan tenglashma.

Ko‘r — ko‘rga,
O‘r — o‘rga.

Ko‘r ko‘rni topar,
Suv — chuqurni.

Puliga yarasha duosi.
Sabasiga yarasha pishgagi.

Lo‘li bilan kuchuk o‘ch.

Otliq yo‘ldosh bo‘larmi
Arbali bilan.
Yo‘rtoq yo‘ldosh bo‘larmi,
Yo‘rg‘ali bilan.

Qora uyga — ola bargak.

Teng bo‘lmay, duch bo‘lmas

Shu qozonga shu cho‘mich.

Zamoni birning amali bir.

Beshikdagiga tegma, betingni yular.

teng bolmay duch bolmas

Itning ishi gadoy bilan.

Itning o‘rtog‘i — it.

Yugurukdan yuguruk chiqsa,
Oyog‘i — tipir-tipir.

Oy bilan kunday bo‘l,
Hammaga birday bo‘l.

Avatiga chavati,
Qum qozonga — loy tuvoq.

O‘xshatmaguncha uchratmas.

Ko‘lmak suvga — sassiq alaf.

Ikki qo‘chqor urishar,
Echkining buti ayrilar.

Do‘stlik va dushmanlik haqida maqollar

Polopon — boshiga,
Turumtoy — to‘shiga.

Kar karni bilar,
Zo‘r — zo‘rni.

Tomdan tarasha tushdi,
Bo‘yimga yarasha tushdi.

Qo‘y bilan bo‘ri bir og‘ilda yashamas.

Hamma odam — bir odam,
Hamma maxluq — bir maxluq.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *