Botirlik va Qo‘rqoqlik haqida maqollar to‘plami

Botirlik hamda Qo‘rqoqlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Jasorat va botirlik hislati barchaga birdek hos tuyg‘u emas. Bunday hislatga hammaham ega bo‘lavermaydi. Shunday ekan bu kabi insonlarni hurmat qilsak arziydi.

Qo‘rqoqlik va botirlik haqida maqollar

Chechansingan yigitni,
Dov kelganda ko‘ramiz.

Qo‘rqoqqa sichqonning ini — ming tanga.

Olovdan qo‘rqqan tutundan ham qochar.

Eshakning qo‘rqog‘i suvdan o‘tmas.

Tuyaning hurkkani yomon,
Tentakning — qo‘rqqani.

Qo‘rqoq — ko‘r, nomard — xor.

Sharpadan qo‘rqqan shaqildoq chalar.

Qochgan qo‘shinga yov ko‘p.

Tilingni botir qilma,
O‘zingni botir qil.

Tinchlik, notinchlik va urush haqida maqollar

Er yigitga tosh ham qurol.

Qochoqqa shafqat yo‘q,
Qo‘rqoqqa — hurmat.

Yurakda bo‘lsa, bilakda bo‘lar.

Qo‘rqsang — aytma,
Aytsang — qo‘rqma.

Erning yuragi — sherning yuragi.

Botirdan «botir» chiqsa, otasi bilan olishar.

Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas

Botirsingan yigitni,
Yov kelganda ko‘ramiz.

Botir yovsiz bo‘lmas.

Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas maqollar

Qo‘rqoqning ko‘zi katta,
Ahmoqning — so‘zi.

Botir botir emas,
Jon saqlagan — botir.

Botir baqqollik qilmas,
Qo‘rqoq qochib qutulmas.

Dovni yenggan botir emas,
Yovni yengan botir.

Qo‘rqish — yengikshning chopari.

Chiyki terini it tortar,
Chiyki erni yov tortar.

Botir qiyinni yengar,
Nomard bo‘yinni egar.

Ko‘p qayg‘urdim, sil boidim,
Ko‘p yalindim, qui boidim.

Botir miltiqsiz bo‘lmas,
Baliq — qiltiqsiz.

Sher izini it bosmas.

Ishtonsizning hadigi — cho‘pdan.

Odam safarda bilinar,
Botir — xatarda.

Botirlik shahar olar

Xo‘rozning suti yo‘q,
Qo‘rqoqning quti yo‘q.

O‘lgandan qo‘rqqan yomon.

Botirlik shahar olar sara maqol

Bedana botir bovdan yer,
Botir yigit yovdan yer.

Er yigitni yov ustida ko‘r.

Botir joni sabildir,
Yomon joni azizdir.

Qiyg‘ir uchsa, chumchuqni tirqishda ko‘r.

Tortishgan — er,
Tortishmagan — qora yer.

Cho‘chigan cho‘qmor ko‘tarar.

Kuchukdan qo‘rqqan gado bo‘lmas.

Noshud ketganda maqtanar,
Botir — qaytganda.

Tulkidan sher chiqmas,
Qo‘rqoqdan er chiqmas.

Qorg‘ili it ovga yaramas,
Yuragi yo‘q yovga yaramas.

Botir botqoqdan ham o‘tar,
Qatqoqdan ham.

Yovni kuchli dema,
G‘ayrat qilsang, yiqasan.

Qo‘rqoqni qo‘li qisqa

Yuz qo‘rqoqdan bir botir afzal.

Kar qo‘y ikki hurkar.

Qo‘rqoqni qo‘li qisqa

Sherning o‘hgi ham ot hurkitar.

Botir o‘rtoq — boy o‘rtoq.

Yigit ishi bichuvda bilinar,
Tuya — suv kechuvda.

Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.

Bir kun — tug‘ilmoq,
Bir kun — o‘lmoq.

Do‘stlik va dushmanlik haqida maqollar

Botir qilichsiz ham botir.

Besh qo‘rqoqqa — bir qarg‘a.

Vahm tubi — dengiz,
Botasan-da, ketasan.

Bo‘ridan qo‘rqqan to‘qayga kirmas.

Qiyg‘iming qiyqirgani — tulkining o‘lgani.

Er bo‘l, er bo‘lmasang,
Qora yer bo‘l.

Botirga ham jon kerak.

Arslonning bo‘kirgani — sichqonning o‘lgani.

Qo‘rqoqqa go‘r ham tor, qir ham tor

Qo‘rqoqqa ip ilon bo‘lib ko‘rinar.

Urushdan qochgan ma’rakaga sig‘mas.

Qo‘rqoqqa go‘r ham tor

Jasur bo‘lsang, yovga chop.
Jasur jangda sinalar.

Qo‘rqoqning qoni chiqqani — joni chiqqani.

Botirning mushti ham yarog‘.

Qo‘rqoq o‘lmasdan burun o‘lar,
O‘likdan nima kutib bo‘lar.

Yoibarsdan qo‘rqqan to‘qayga kirmas.

Qo‘rqmas kelin qo‘y boshidan qo‘rqar.

Jasur jangdan qo‘rqmas,
Yovdan sira hurkmas.

Botir ishning boshida,
Yaxshi kelar qoshiga.

Yov qochsa, botir ko‘payar.

Erlik bilakda emas, yurakda.

Yigit joni — bitta,
Qiz joni — qirqta.

Erga navbat — sherga navbat.

Tog‘ni baland dema,
Talab qilsang, chiqasan.

Qo‘rqoq qochib qutilmas

Har kuni o‘lgandan,
Bir kunda o‘lgan yaxshi.

Yovni ayagan yara yer,
Kaltagini sara yer.

Qo‘rqoq qutilmas sara maqollar

Botir boshga balo tegmas.

Sendan qo‘rqqanim — qora qo‘ydan qo‘rqqanim.

Ot bilan qurol ega tanlamas.

Botirning qoni chiqquncha,
Qo‘rqoqning joni chiqar.

Bo‘ridan qo‘rqqan ovga chiqmas,
Ilondan qo‘rqqan suvga tushmas.

Bo‘lsang agar qo‘rqoq,
Boshingda o‘ynar to‘qmoq.

Tiz cho‘kib yashaguncha,
Tik turib o‘lgan yaxshi.

Savdo g‘avg‘osiz bo‘lmas,
Polvon — gavdasiz.

Arslonning o‘ligi — sichqonning tirigi.

Qochqinga «hay» kifoya.

Qo‘rqding — tutilding,
Qo‘rqmading — qutulding.

Yovdan qo‘rqqan yovga do‘st,
Elni suygan — elga.

Mergan ovda bilinar,
Botir — yovda.

Botir yarasiz bo‘lmas

Botirdan o‘lim ham qo‘rqar.

Yigitning botirini maydonda sina.

Botirlik haqida maqollar

Qo‘rqoq ko‘zidan ma’lum.

Qo‘rquv o‘limdan qutqarmas.

Botir yovda bilinar,
So‘zchi — dovda.

Qo‘rqoq avval musht ko‘tarar.

Qo‘rqoq qo‘rqoqqa o‘rtoq.

Qo‘rqoqning boshidan musht ketmas.

Qo‘rqoqqa ko‘lankasi — azroil.

Ko‘z — qo‘rqoq, qoi — botir.

Insof va insofsizlik haqida maqollar

Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar.

Bitmas ishning boshiga,
Botir kelar qoshiga.

Qochgan yo‘l tanlamas.

Ot hurkkan yeridan o‘tmas,
Er — qo‘rqqan yeridan.

Botir o‘lsa, yapaloq bosh ko‘tarar

Yalingan qo‘rqoq emas,
Yoqalashgan qo‘rqoq.

O‘ttizida er atangan,
Qirqida sher atanar.

Botir o‘lsa, yapaloq bosh ko‘tarar

Er bolasi erday bo‘lar.

Erdan er tug‘ilar,
Nordan — nor.

Sher bolasi ovni yengar,
Er bolasi — yovni.

Sherni er yengar,
Erni sher yengolmas.

Qo‘rqoq itning quyrug‘i qisiq.

Tavakkal tubi — yel qayiq,
O‘tasan-da, ketasan.

Qo‘rqoqning o‘z quroli o‘ziga yov.

Arslon izidan qaytmas,
Yigit — so‘zidan.

Qo‘rqoq qo‘rg‘on ololmas.

Itni ovga borganda sina,
Yigitni — yovga borganda.

Jasur bo‘lsang, yov qaytar.

Qo‘rqqan it uch kun hurar.

Botirga yaroq hojat emas

Quyon o‘z ko‘lankasidan ham qo‘rqar.

Sen qo‘rqmasang, yov qochar.

Botirga yaroq hojat emas

It qo‘rqoqni talar.

Botirning kulgani — elning kulgani.

Savlat desang, menda bor,
Ammo jahon menga tor.

Tegirmonda tug‘ilgan sichqon,
Momaqaldiroqdan qo‘rqmas.

Qo‘rqoq ot o‘z soyasidan hurkar.

Alp — enadan, tulpor — biyadan.

Arslon bolasini tutmoq uchun,
Arslon uyasiga kirmoq kerak.

Yuz qarg‘aga — bir shunqor.

Mullali ovul — qo‘rqoq,
Baxshili ovul — botir.

Yo‘lbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.

So‘z botirligi tilda,
Er botirligi belda.

Bir yigit — bir elga rizq.

Yantoqdan atir chiqmas,
Qo‘rqoqdan — botir.

Botirning mushti — ishongan do‘sti

O‘zing botir bo‘lsang,
Qurolning keragi yo‘q.

Qochganga cher qurilar.

Botirning mushti ishongan do‘sti

Erlikda xo‘rlik yo‘q.

Qo‘rqsa ham, qo‘y o‘ladi,
Qo‘rqmasa ham, qo‘y o‘ladi.

Xoin qoni chelakka tomar,
Botir qoni — yurakka.

Buzilgan elni botir tuzatar.

Qo‘rqoqni ursang, botir bo‘lar.

Qo‘rqoqni ajal quvlar.

Bir boshga — bir o‘lim.

Yaxshi va yomon so‘z haqida maqollar

Qo‘rqoq bo‘lma, botir bo‘l,
O‘z elinga shotir bo‘l.

Sherning urg‘ochisi ham sher.

Alp — otadan, zot — onadan.

Botir o‘lsa, nomi qolar,
Nomard o‘lsa, nimasi qolar.

Qo‘rqoqqa qo‘y boshi qo‘sh ko‘rinar,
Qo‘mshog‘i bilan besh ko‘rinar.

Sher himmati — bilak,
Er himmati — yurak.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *