Kuch qudrat va Ojizlik haqida maqollar to‘plami

Ojizlik va kuch-qudrat haqida eng sara maqollar to‘plami. «Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir» (Paskal).

Kuch qudrat va ojizlik haqida maqollar

Bo‘ri qarisa ham bitta qo‘yga kuchi yetar.

Otdan otning chopishi ortiq,
Er yigitning topishi ortiq.

Kalit qulfdan kuchli.

Armondan qolsang ham, darmondan qolma.

Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.

Zargarning ming urgani —
Chilangarning bir urgani.

Otang bilan maqtanma,
Oting bilan maqtan.

Me’yor va me’yorsizlik haqida maqollar

Oriq otga qamchi ham yuk.

Kemali kelsa, qayiqli qochar.

Er bor yerda zo‘r bor.

Ikki nor urishsa,
O‘rtada chivin o‘lar.

Yigit qo‘lin tengi yo‘q.

Zarli zariga ishonar,
Zarsiz — kuchiga.

Ikki tuyg‘un yoprilsa, g‘ozning sho‘ri.

Til bilan tikan tortib bo‘lmas.

Borning kosasi qirga qarab yumalar.

Olomondan qochgan qutulmas.

Uyqu arslonni ham yiqitar.

Zo‘rdan zo‘r chiqsa, zo‘r dumini qisar

Zo‘r ovchi sher otar.

Ota qarg‘ishi — o‘q,
Ona qarg‘ishi — do‘q.

Zo‘r chiqsa zo‘r dumini qisar

Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kirar.

Ko‘z yoshi toshni eritar.

Ola ko‘zdan olg‘ir bo‘lsa ham, arslon bo‘lolmas.

Arslonning bo‘kirgani — to‘ng‘izning o‘lgani.

Yigitga yo zar kerak, yo — zo‘r.

Tuya cho‘ksa, tuki qolar,
Agar o‘lsa, yuki qolar.

Boyning ishi farmon bilan,
Yo‘qning ishi armon bilan.

Otning odimi katta,
Tuyaning — tovoni.

Zo‘r zo‘rni ko‘rganda bo‘ynini qisar.

Misgarning ming urgani,
Bosqonchining bir urgani.

Zo‘rning kuchi tegirmon yuritar.

Oftobni qo‘l bilan yashirib bo‘lmas.

Tirnog‘i bo‘lmasa, yo‘lbars ham ojiz.

It hursa ham, oy seskanmas.

Ozman ho‘kiz o‘zidan qo‘rqib novvosga ergashar.

Zari borning zo‘ri bor.

Uyurni shamol uchirsa,
Do‘ppingni osmonda ko‘r.

Uyqu uyquning sherigi.

Jalada qolgan yomg‘irdan qo‘rqmas

Ola to‘g‘anoq olg‘ir bo‘lsa ham, qarchig‘ay bo‘lmas.

Ignachining ming urgani —
Temirchining bir urgani.

Jalada qolgan yomg‘irdan qo‘rqmas

Jo‘mard yo‘qligini bildirmas,
Tulpor — ochligini.

O‘lar to‘ng‘iz qaynoq suvdan tap tortmas.

Bag‘ridagini oldirgan og‘zidagini oldirar.

Reja va rejasizlik haqida maqollar

Otang erdir,
Sen ham erdek qiliq qil.

Qalamning uchi — qilichning kuchi.

Qalamning ishini qilich qilolmas.

Devorda ungan giyohning
Bir shamollik hoh bor.

Yotaversang yov olar,
Indamasang — dov.

O‘z joyida laycha ham sher.

Daraxtning yumshog‘ini qurt yer.

Moli borning holi bor.

Insonning joni — toshdan qattiq,
Ko‘ngli — guldan nozik.

Odam toshdan qattiq,
Paxtadan — yumshoq.

Terak terakni yiqar.

Qurolda qirq kishining kuchi bor.

Tog‘ni zanjir ocholmas,
Dengizni qayiq buzolmas.

Pul — belga quvvat, boshga — toj.

Kuchi yetmagan to‘g‘anoq solar

Yuk og‘irini nor ko‘tarar.

Bo‘sh yog‘ochni quit yer.

Kuchi yetmagan to‘g‘anoq solar

Yigitning zo‘ri yer ochar.

Tuyani shamol uchirsa,
Echkini osmonda ko‘r.

Oy yorug‘i — olamcha,
Sham yorug‘i — ayvoncha.

Bor yetti pushtini qo‘llar.

Eshakning yugurigi — otning oqsog‘i.

Arslon xuruji sherda,
Sher xuruji erda.

Borida — bo‘ri,
Yo‘g‘ida — sho‘ri.

Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.

Bo‘ri ovi — o‘rtada,
Quzg‘un ovi — tepada.

It yengganini talar.

Yosh zehn — qaynar buloq.

To‘qmoq kuchli bo‘lsa,
Yung qoziq yerga kirar.

Tosh tushgan yerida og‘ir.

Ip ingichka yeridan uzilar.

Molsiz kishi — jonsiz kishi.

Ko‘z yetmagan joyga so‘z yetar.

Ko‘p botirdan yov ketar,
Ko‘p chechandan dov ketar.

Qo‘y qarg‘ishi bo‘riga o‘tmas.

Kuchi yo‘q kurak sindirar

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Ot bo‘lari qulunligidan belgili,
Er bo‘lari lo‘laligidan belgili.

Chimxo‘r ho‘kiz ochdan o‘lar.

Kuchi yo‘q kurak sindirar

Sichqonga mushuk arslon bo‘lib ko‘rinar.

O‘lar ho‘kiz boltadan qaytmas.

Bo‘sh qop tik turmas.

Oti yo‘q toy qo‘shar,
Quroli yo‘q asir tushar.

Sichqon nazarida mushukdan zo‘r maxluq yo‘q.

Ilon yuz yil yashasa — ajdaho,
Ming yil yashasa — yuho.

Pul zamburning nishini qaytarar.

Ko‘ngil qanoti osmondan katta.

Inson qilolmaydigan ish yo‘q.

Zo‘ring bo‘lsa, uy qurib ko‘r,
Zaring bo‘lsa, to‘y qilib ko‘r.

Tomchi tosh teshar.

Uyqu o‘lim bilan teng.

Yotgan yovga yoqar.

Ming qarg‘aga bir kesak.

Birov so‘rab yeydi,
Birov burab yeydi.

Iliging qurisa ham, yo‘ldan qolma.

It egasiga suyanib huradi.

Elning kuchi ellik botmon

Sichqonning qarg‘ishi mushukka o‘tmas.

Katta daraxtning soyasi ham katta.

Elning kuchi ellik botmon

Jin ko‘ziga chirmanda — chorvoq.

Qirq igna bir juvoldiz bo‘lmas.

Qurol-yarog‘siz sarboz —
Dumsiz, oyoqsiz g‘oz.

Echkiga jon qayg‘usi,
Qassobga — moy.

Chayon cho‘qqa tushsa,
O‘z nishini o‘ziga sanchar.

Zo‘rning toshi qirga yumalar.

Ipni ipga qo‘shsang, arqon bo‘lar.

Burganing ko‘ziga igna xira bo‘lib,
Chumoli fil bo‘lib ko‘rinar.

Arpasiz ot dovon osholmas.

Bo‘sh kelganni bo‘ri bosar.

Qalam kuchi farmon bilan,
Qilich kuchi darmon bilan.

Qaynab turgan buloqni
Kuch bilan to‘sib bo‘lmas.

Nasiya va naqd haqida maqollar

Yo‘lbars qirqqa kirsa ham, yeyishi — ang,
Qarg‘a mingga kirsa ham, yeyishi — go‘ng.

Qalam qihchdan o‘tkir.

Boyning iti hurag‘on,
Oti yurag‘on bo‘lar.

Bo‘sh omborning qulfi bo‘lak.

Er yigitning quvvati — el quvvati.

  1. Inoyat:

    Ojizlik va kuch qudrat haqida yaxshi maqollar bor ekan. Ishlaringizga omad tilayman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *