Reja va Rejasizlik haqida maqollar to‘plami

Rejasizlik va reja haqida eng sara maqollar to‘plami. «Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar» (Lev Tolstoy).

Reja va rejasizlik haqida maqollar

Rejasiz ish,
qolipsiz g‘isht.

Ot minib yaqinni ko‘zlaguncha,
Tuya minib uzoqni ko‘zla.

Maslahatli to‘y buzilmas.

Bekengash ishning pushaymoni ko‘p.

O‘ylab-o‘ylab jo‘yak olsang,
O‘ynab-o‘ynab sug‘orasan.

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Qush qo‘nmasdan ucholmas.

O‘ylab qilingan ish bitar,
O‘ylamay qilingan ish yitar.

Uydagi hisob bozorga to‘g‘ri kelmas.

Ertaning rejasini bugun tuz

Ish avvalini bir o‘ylasang,
Oxirini besh o‘yla.

Ertaning rejasini bugun tuz

Qulochingga qarab, ketmon chop.

Tuya mingan uzoqni ko‘zlar,
Eshak mingan — yaqinni.

Quruq kuchdan kun o‘tmas.

Keng bichilgan to‘n to‘zmas.

Uydagi narxni bozordagi baho buzar.

O‘g‘il ko‘rsang, terak ek.

O‘ylamagan o‘kinar.

Yolg‘on gap bo‘lsa ham, nishonga tegsin.

Rejasiz ish qolipsiz g‘isht

Kecha yotib o‘yla,
Erta turib so‘yla.

Nasiya va naqd haqida maqollar

Rejasiz ish qolipsiz g‘isht

Kengash qilgan el ozmas.

O‘ylamay qilingan ish,
Boshga keltirar tashvish.

Maslahat bilan otgan tosh uzoqqa borar.

Ot minsang, olisni ko‘zla.

Bo‘yga qarab to‘n bich.

Elga qarshi tupunna, o‘zingga qaytar.

Maslahatsiz ish — o‘rinsiz tashvish.

Maslahatsiz turmush to‘ydan keyin buzilar.

Rejasiz daraxtzor changalzor

Birovga maslahat qil,
O‘z bilganingdan qolma.

Rejasiz daraxtzor changalzor

Qish g‘amini yozda ye,
U yog‘ini o‘zing bilasan.

Qizni beshikka sol,
Sepini sandiqqa sol.

Qo‘ling bilan qilar ishni boshing bilan o‘yla.

Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.

Maqsadli bo‘lgan yo‘l topar.

Bozor borsang, avval oqshomdan taraddud ko‘r.

O‘ylamay uchgan qo‘narga tol topmas.

Maslahatli to‘n tor kelmas.

Kun ishini tun o‘yla.

Isrofgarchilik va tejamkorlik haqida maqollar

Rejali ish buzilmas

Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmas.

Rejali ish buzilmas

Rejali ish — hamisha besh.

Bir kunlik yo‘lga chiqsang,
Bir haftalik oziq ol.

Ulgusiz ish o‘ng‘almas.

Maslahatli osh totli bo‘lar.

Kengash fikr —quyma fikr.

Etti o‘lchab, bir kes.

Qovun eksang polizga,
Joy qilib qo‘y dahlizga.

Rejali ish tejamli ish

Xon kiyimi ham o‘lchab bichilar.

Rejali ish tejamli ish

Puxtaning ishi besh,
Shoshmaning ishi bo‘sh.

Otilgan ovni kuzatma,
Otiladigan ovni kuzat.

Yo‘l bilmagan manziliga yetolmas.

Qolipsiz g‘isht bitmas,
Rejasiz ish bitmas.

Rizq va nasiba haqida maqollar

Har bir ishning chamasi bor,
Har daryoning kemasi bor.

Mol topguncha, hisob top.

Behuda urinsang, poyoni bo‘lmas,
O‘ylanib qilsang, ziyoni bo‘lmas.

  1. Shoira:

    Barchaga assalomu alayko’m. UzBaza.uz’ga gap yo’q, juda yaxshi maqollar bor ekan, sizlarga kattakon raxmat deymiz, gap bo’lshi mumkun emas.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *