Imkon va Imkonsizlik haqida maqollar to‘plami

Imkon va imkonsizlik qadri haqida eng sara maqollar to‘plami. «Pessimist har imkoniyatda mashaqqat ko‘radi, optimist har mashaqqatda imkoniyat ko‘radi» (Uinston Cherchill).

Imkon va imkonsizlik haqida maqollar

Boringga qarab bozor qil.

Faqir kishi panada,
Qo‘tir echki dalada.

Xirmon yanchish sa’vaning ishi emas.

Borida — pora-pora,
Yo‘g‘ida — banda bechora.

Bol sotgan barmog‘ini yalar.

Yangi ko‘za suvi sovuq,
Eski ko‘za bo‘yni siniq.

Qo‘y bir terming ichida
Necha ozib, necha semirar.

To‘qlik nimalar dedirmas,
Ochlik nimalar yedirmas.

Vaqt va fursat qadri haqida maqollar

El og‘zini yirtib bo‘lmas,
Chelak og‘zini bug‘ib bo‘lmas.

Taom topilganda, yegan yaxshi,
Kafan topilganda, o‘lgan yaxshi.

Qiz desa, qiziqasan,
Hay-hay uning qalini.

Kosov uzun bo‘lsa, qo‘l kuymas.

Qush qanoti bilan.

Ko‘hnasi yo‘qning tozasi yo‘q.

Mullajiring jiringlamasa,
Odam dirrnglamas.

Ozdan — oz, ko‘pdan — ko‘p.

Choy to‘kilib, soy bo‘lmas,
Yulduz yig‘ilib, oy bo‘lmas.

To‘qlikka — sho‘xlik,
Yo‘qlikka — suqlik.

Oshiq o‘ynagan — arzonchilik,
To‘piq o‘ynagan — to‘qchilik.

Qatorda noring bo‘lsa,
Yuking yerda qolmaydi.

So‘ragan bir qizarar,
Bermagan ikki qizarar.

Kuzning qozoni quyuq qaynar

Yuz qopni bog‘lab bo‘lar,
Yuz og‘izni bog‘lab bo‘lmas.

Shamol kemadagilaming xohishiga qarab esmas.

Kuzning qozoni quyuq qaynar

Baliqning tirikligi suv bilan,
Odamning tirikligi odam bilan.

Tuya cho‘ksa, joy olar.

Suvga solsang, suv ko‘tarmas misqol temirni,
Oltin bilan olib bo‘lmas qolgan ko‘ngilni.

Ishi yo‘q it sug‘orar,
Oshi yo‘q ro‘za tutar.

Borida — chilik-chilik.
Yo‘g‘ida — quruqchilik.

Daraxt tomiridan suv ichar.

Echki yugurib kiyik bo‘lmas.

Faqir piyoda yurar,
Boy — tuyada.

Suvsiz yer — mozor,
Suvli yer — gulzor.

Cho‘pni chaynagan bilan moyi chiqmas.

Topgan qo‘y keltirar,
Topmagan — jo‘jaxo‘roz.

Bor — boricha, yo‘q — holicha.

Yo‘l ko‘rmagan yo‘lda ozar,
Kun ko‘rmagan kunda ozar.

Ikkovga bitta ishton,
Qanday chiqamiz qishdan.

Cho‘g‘ to‘kilsa, qo‘ri qolar.

Sag‘irga sakkiz kun hayit.

Semiz oriqlaguncha, oriq o‘lar.

Sho‘r yerda sunbul unmas.

Puli borning yo‘li o‘ng

Qarz olmoq oson, bermoq qiyin.

Elda bori — senda bori.

Puli borning yo‘li o‘ng

Holi yetmagan bo‘yrasida qolar.

Tutun ham o‘tindan chiqar.

Sakson biya, sakkiz tuya —
Sepli qizning qalini.

Pullik bitar, pulsiz yitar.

Semizning oyog‘i sakkiz.

Tor ko‘chaga qo‘sh surnay.

Bor bo‘lsa — kabob,
Yo‘q bo‘lsa — javob.

Sho‘r suvda sovun ko‘pirmas.

To‘rg‘ay semirib botmon bo‘lmas.

Pulsiz bozorga borguncha,
Kafansiz mozorga bor.

Eshikdan kirolmagan tirqishdan qarar.

Pulim,
Pulim bo‘lsa, kimlar bo‘lmaydi qulim.

Non mo‘lligi — el to‘qligi.

Borida — tiqa-tiqa,
Yo‘g‘ida — siqa-siqa.

Dardi borning darmoni yo‘q.

Taqdir va tadbir haqida maqollar

Eshakni urgan bilan ot bo‘lmas.

Tor yerga tana boshi sig‘mas.

Quroli yo‘q jang qilmas.

Keragingni kunda yig‘

Borida — Hotam
Yo‘g‘ida — motam.

Xalq qarg‘asa, xor bo‘lasan,
Xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan.

Keragingni kunda yig‘

Ot o‘lsa, it quturar,
Eshak o‘lsa — bo‘ri.

Eshak mingan ot so‘ramas,
Baliq yegan et so‘ramas.

Xon qoshida qorang bo‘lsa,
Qora kemang qirda yurar.

Pullikka — kabob, bepulga — dardi kabob.

Singan qo‘l ishlar,
Dardli yurak ishlamas.

Puling bo‘lsa, hamma quling,
Tog‘-u tosh ham berar yo‘ling.

Moling semiz — davlating egiz.

Suvga tomgan yog‘ botmas.
Suvdagi kemaning izi bilinmas.

Sig‘inganingdan suyanganing kuchli bo‘lsin.

Ozg‘in otning ozig‘i kam.

Pullik — botir, pulsiz — yotir.

Chumolining sovg‘asi — chigirtkaning oyog‘i.

Yo‘qlik nima yedirmas,
To‘qlik nima dedirmas.

To‘qlik so‘qishtirar,
Ochlik so‘kishtirar.

Eski paxta bo‘z bo‘lmas.

Borning qozoni — biqir-biqir,
Yo‘qning qozoni — tiqir-tiqir.

Kepak yegan it yuguruk bo‘lmas.

Oyoqda edging tor bo‘lsa,
Dunyo kengligidan ne foyda.

Baliqning ham sakkiz qanoti bor

Borida — kuldiring-kuldiring,
Yo‘g‘ida qarab o‘tiring.

Qof tog‘ini qodir bilar.

Baliqning ham sakkiz qanoti bor

Topgan botar, quvgan yetar.

Teshik quloq eshitmay qolmas.

Puli borning og‘zi o‘ynar,
Puli yo‘qning ko‘zi o‘ynar.

Suvsiz yer — yetim,
Molsiz er — yetim.

Kosa bersang to‘la ber,
Nimkosangdan bezorman.

O‘tni yosh bilan o‘chirib bo‘lmas.

Xos xosni topar,
Suv pastni topar.

Toy ot bo‘lsa, ot tinar,
O‘g‘il er yetsa — ota.

Bo‘sh quduq shudring bilan to‘lmas.

Tegirmonchidan bir bo‘p.

Faqirniki — panada.

Topgan gul keltirar,
Topmagan — bir bog‘ piyoz.

Etakni kessang, yeng bo‘lmas.

Ot to‘rvadan qariydi.

Changal ham o‘z joyida gurillar.

Suv tilasang,
Sulaymondan tila.

Har kim o‘z aravasini o‘zi tortar.

Hamrohingga boqma, hamyoningga boq.

Pul tilni biyron, dastni daroz qilar

Chiroq yorug‘i uyga tushar.

Qirg‘iz xalqi — mol bilan,
O‘zbek xalqi — bog‘ bilan.

Pul tilni biyron qilar

Toy ot bo‘lsa, ot ozod bo‘lar.

Och qorinda non turmas.

Tunsiz kun yo‘q, tog‘siz — lola.

Otni yem bilan hayda.

Pichoq qancha o‘tkir bo‘lsa ham
O‘z sopini kesolmas.

Tomchi suvda tol ko‘karar.

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar

Faqir kishi panada,
Po‘stini somonxonada.

Tegirmonning aylanishi yukiga bog‘liq.

Tumanda burgani sanab bo‘lmas.

To‘qlik ishrat qidirar,
Ochlik o‘lan dedirar.

Dunyoni suv bossa,
O‘rdakka ne g‘am.

Nari yot-beri yot — to‘shak torligi.

Pishirgani topilsa,
Oshiigani topilar.

Qo‘l bilan qush tutilmas.

Yangi supurgi toza supurar.

Elli yerda elak bor.

Har kim boricha polvon.

Elning qulog‘i ellikta.

Tekin kafan topilsa, olmoq kerak

Chumchuq semirib botmon bo‘lmas,
Tesha o‘sib ketmon bo‘lmas.

Borni yo‘q deb bo‘lmas,
Yo‘qni yo‘nib bo‘lmas.

Tekin kafan topilsa ol

Ot oriqlikda ko‘rimsiz,
Qiz — yetimlikda.

Elning etagi keng.

Xotin olmoqqa cho‘t kerak,
Botmon-dahsar et kerak.

El og‘zini yopmoqqa ellik qarich bo‘z kerak.

Gado don topsa, to‘rva topmas.

Pulning bir uchi bilakda,
Bir uchi — yurakda.

Puli borlar — yo‘rg‘a-yo‘rg‘a,
Pul yo‘qlar — zo‘rg‘a-zo‘rg‘a.

Och uyda qatiq uyumas.

Yumruq bukilib sang bo‘lmas,
Echki yugurib lang bo‘lmas.

Suv yo‘g‘ida tayammum.

Jon bo‘lsa, jahon topilar.

Joni borning dami bor.

Topilmagan mol tog‘ boshida.

Tor yerda osh yegandan,
Keng yerda musht ye.

O‘ziga yeng bo‘lmagan,
O‘zgaga bo‘y bo‘lmas.

Eski choponning issig‘i yo‘q.

Yor yordan xarob,
Yor mendan xarob.

Yaxshi dam — mehnatga hamdam.

Cho‘pon odam go‘shtga kelmas

Tishing borida tishlab qol,
Kuching borida ishlab qol.

Daraxt sop bermasa,
Bolta kesolmas.

Cho‘pon go‘shtga kelmas

Bozorning qopqasi yo‘q,
Ovulning — eshagi.

Fatvo ham pulingga yarasha berilar.

Elda bo‘lsa — elagi.

Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.

Kalta ip qurlovga yetmas.

Topgan — niyoz, topmagan — piyoz.

Elingda bo‘lsa, et yeysan.

Qo‘l bilan qilar ishni
Til bilan qilib bo‘lmas.

Elingdagi — belingdagi.

Yirtiq qopda turmaydi,
Butun qopga sig‘maydi.

Chanqoqni tomchi bilan qondirib bo‘lmas.

Em berib boqqan otga,
Qamchining keragi yo‘q.

Bekorga zo‘r berma, beling sinar.

Toshni siqqan bilan suv chiqmas.

Molga bersang soz yemish,
Boqar seni yoz-u qish.

Uchgan qushni qaytarib bo‘lmas.

Oz bilganning chalasi ko‘p.

El og‘ziga elak tutib bo‘lmas.

Soyani chopib yo‘qotib bo‘lmas

To‘qlik sho‘xlik keltirar.

Tor joyda — tomosha.

Soyani yo‘qotib bo‘lmas

Palaxmon tosh tushgan yerida og‘ir.

Temir taqqan termulmas.

Chelak teshik bo‘lsa ham,
Suv sepishga yarar.

Molli odam — moyli odam.

Yuzdagi yara yamog‘ini yashirish qiyin.

Xalq puflasa, bo‘ron bo‘lar.

Tuya mingan qo‘y orasiga yashirinolmas.

Foyda va zarar haqida maqollar

O‘ziga yol bo‘lmagan,
Birovga quyruq bo‘lolmas.

Sahroda bo‘lguncha shaharda bo‘l,
Shaharda bo‘lmasang, badarg‘a bo‘l.

Oziqlangan yer,
To‘ydiraman der.

Devonachilikka ham qirq tanga dastmoya kerak.

Tirsakni tishlab bo‘lmas.

Har kimning eshagi o‘ziga ot ko‘rinar.

Sart boyisa, torn yopar,
Osha boyisa, ochib yopar.

Qantarilgan ot qoziq atrofida aylanar.

Qofiya tor kelsa, xonaqoh tang.

U yog‘im bug‘doy, bu yog‘im bug‘doy,
Qayerga sepaman, xudoy.

Sheriklik tovuqdan tuxum yaxshi.

Jon bo‘lsa, jonon topilar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *