Ochko‘zlik va Nafs haqida maqollar to‘plami
Ochko‘zlik, tamagirlik va nafs haqida eng sara maqollar to‘plami. Nafs tarbiyasi eng hassos mavzulardan biri hisoblanadi. Bu mavzuda koʻplab olimlar, tariqat mashoyixlari soʻz yuritganlar, qator kitoblar va risolalar bitganlar.
Og‘zi kattani uyida sina,
Nafsi kattani — to‘yida.
Nafsini tiygan kishi sulton bo‘lur,
Nafsini tiymagan kishi ulton bo‘lur.
Birovning oshiga qaragan och qolar.
O‘zi to‘ymaganning ko‘zi to‘ymas.
Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar.
Sovg‘a aqlni ko‘r qilar.
Boynikiga — boy ko‘ppak.
O‘zi to‘ymaganning sarqiti yurak og‘riq qilar.
Laganning tagi — beti qattiqniki.
Tajriba va tajribasizlik haqida maqollar
Boynikini boytevat qizg‘anar.
Mol egasi yo‘lbarsdir,
Oldirgani qo‘ymasdir.
Tuya so‘ygan echki so‘ygandan et so‘rabdi.
To‘ymas, odatini qo‘ymas.
Somon birovniki bo‘lsa ham,
Somonxona o‘zingniki.
Itdan suyak kutma.
Nafsi kattani to‘yida sina
Qush tuzoqqa don uchun kelar.
Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
Yomon na yeydi, na yediradi.
Ko‘rdingki, tekin,
Uraver sekin.
Dasturxonga boqqan do‘st emas.
Jon jonga kuyar,
Ishkamba — nonga.
El to‘ysa ham, elomon to‘ymas.
Ko‘pga yugurgan ozdan qolar.
Och bo‘ridan to‘q bo‘ri yomon.
Ta’magir — kunda g‘amgin.
It gadoy bilan chiqishmas.
Ichi tor itiga ham et bermas.
Gadoning xurjuni to‘lsa ham, ko‘zi to‘ymas.
Olg‘irlik ofat keltirar,
Badnafslik — halokat.
Qizg‘anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.
Qanoat to‘rga eltar, ochko‘zlik go‘rga
Bepul kafan topilsa, o‘lmoq kerak.
Quruq qo‘lni it talar.
It qorni to‘ygan uydan ketmas.
Nokasning ishi — minnat.
Ko‘z tuproqqa to‘yar.
Suq to‘ymas, gadoy boyimas.
Xomtama hiylagarga aylanar.
Nokasdan qarzdor bo‘lsang,
Ham yo‘lda qistaydi, ham — go‘rda.
Qo‘ziligida to‘ymagan,
To‘qqizida to‘ymas.
Suyak g‘ajigan kuchuk
Qassob boltasining tagida o‘lar.
Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.
Chivin ham shiraga qo‘nar.
Qizil Xizirni aynitar.
Yo‘qlamaganning moli tugal.
Birov gul deydi,
Birov — pul.
Nafsini tiygan kishi sulton bo‘lur
Ochning qorni to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas.
Ko‘rdingki, yog‘lik,
Uraver vaqtlik.
Eski boydan yurt qolmas,
Yangi boydan cho‘p qolmas.
Och bachchag‘ardan qoch bachchag‘ar.
Ziqna birga unamay, duvajaga tushadi.
Farzand va farzandsizlik haqida maqollar
Oqsoq it sog‘ itdan sovg‘a tilar.
Mening nafsim balodur,
Yonar o‘tga soladur.
Itdan suyak ortmas,
Yuqtobdan — po‘stak.
Og‘a-ini — achchiq, mol — chuchuk.
Moxov qoshdan gapirar,
Mechkay oshdan gapirar.
Puldorning ota-onasi yo‘q.
Tekin bo‘lsa, mix yut.
Mening nafsim balodur,
O‘tdan suvga soladur.
Qizil ko‘rsa,
Xizir yo‘ldan chiqar.
Bor tovog‘im, kel tovog‘im,
Kelishingda quruq bo‘lsang,
O‘rta yerda sin, tovog‘im.
Qush ham o‘z nafsidan ilinar
Qoziga bersang, suyar,
Bermasang, so‘yar.
Eb to‘ymagan, yalab to‘ymas.
Nokasning boyligi bo‘lmas,
Do‘nonning toyligi bo‘lmas.
Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bo‘lmas.
Sevgan yo‘lingga qarar,
Sevmagan — qo‘lingga.
Birovning xotini qiz ko‘rinar.
Eb yetti bo‘lmagan, yalab yetmish bo‘lmas.
Ko‘chganda ko‘lik tegmagan,
Qo‘nganda minib o‘tirar.
Ikki kemaning boshini tutgan g‘arq bo‘lar.
Emxo‘r ot to‘rva teshar.
Och to‘yar, suq to‘ymas.
Ko‘ngil o‘yga to‘lmas,
Bo‘ri — qo‘yga.
Besh panja og‘iz yirtar.
Qarzing bo‘lsa mumsikdan,
Izingdan qolmas zingillab.
Bir qo‘ltiqqa ikki tarvuz sig‘mas.
Nafsni yomoni baloning koni
Kunda yegan osilib o‘lar,
Oyda yegan to‘q turar.
Itni «ket» desang, ko‘ngliga kelmas,
Surbetni «ket» desang, aslo unutmas.
Tegirmonning tishi yo‘q,
Ho‘l-quruq bilan ishi yo‘q.
Boyning qorni besh,
Biri hamisha — bo‘sh.
Gadoga choriq bersang, yamoqligini ham tilar.
Sariq it sovg‘a tilar.
Qassobning tushiga echki kirar.
Don boshqa, jig‘ildon boshqa.
Tekinga mushuk ham oftobga chiqmas.
Qorni ochga non bo‘lsa bas,
Ko‘zi ochga dunyo yetmas.
Quruq qo‘lga qush qo‘nmas.
Ziqnanikiga mehmon kelmas,
Kelsa ham ovqat yemas.
Dardning sababi — tomoq
Qarab yemagan ahmoq.
Qush donga yig‘ilar,
Chivin — shiraga.
To‘n kiymagan to‘n kiysa,
Qoqa-qoqa to‘zdirar.
Nafsni so‘ziga kirma, xiyonatga yo‘l ochar
Ko‘rgan bilan ko‘z to‘ymas,
Tek turmoqqa nafs qo‘ymas.
O‘g‘ilsiz xotin sumakka to‘ymas,
Qizsiz xotin tuvakka to‘ymas.
O‘zim uyalganimdan patnisim uyalsin.
Yaxshi oshim qolguncha,
Yomon qursoq yorilsin.
Bo‘rining o‘zi to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas.
Nokasning o‘zi to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas.
O‘tinchining ko‘zi o‘mchada.
Tuyaning tanigani — yantoq.
Og‘zing katta bo‘lsa, qoshiqdan o‘pkalama.
Emas og‘iz qo‘l bog‘lar.
Bezbetga qoshiq bersang,
Bir o‘miga besh oshar.
Qui yig‘lar xo‘jasi uchun,
Xo‘jasi yig‘lar oijasi uchun.
Qarindosh va begonalik haqida maqollar
Qayrag‘och qattiq boisa, yorib bo‘lmas,
Qiz otasi qattiq bo‘lsa, borib bo‘lmas.
Tabib haqi naqd bo‘lmasa,
Bemor dardi tuzalmas.
Xotin ko‘rmagan xotin ko‘rsa,
Ura-ura o‘ldirar.
Nafsini tiygan vali
Kasal jonning harakatida,
Tabib pulning harakatida.
Bermagan kishini,
Hech kim qilmas ishini.
Birovning uyiga boqma,
Bemahal eshigin qoqma.
Payg‘ambar ham hozirligini ko‘rar.
Bersa — bir balo,
Bermasa — ikki.
To‘ng‘izni moshga o‘rgatma,
Qo‘shnini — oshga.
Loyqa — boshdan, og‘riq — oshdan.
Et bor yerdan it ketmas.
Yutog‘ich tuyani yungi bilan yutar.
Oqlik sotgan oqarmas.
Yiqqandan qo‘rqma, yegandan qo‘rq.
Ot chopar deb, it chopar,
It chopar deb, bit chopar.
Nafsi buzuq hayitda o‘lar,
Dini buzuq — masjidda.
Devonadan oy boshi so‘rama.
Og‘izda to‘ymagan, to‘qqizda to‘ymas.
Ochko‘zni tuproq to‘ydirar
Laylakning oyog‘i o‘ziga qisqa.
Ko‘rdingki, osh,
Ko‘tarma bosh.
Berasing bo‘lsa ahmoqqa,
Kunda kelar tingillab.
Bir yo‘talga — ikki cho‘tal.
Gado oldida yonchiq kavlama.
Qassobning oshnasi bo‘lmas.
Ekilmagan ekinning ustidan pul olma.
Qizlar gulni der,
Boy — pulni.
Ko‘rganning ko‘rmagani qursin,
Ko‘rmaganning — ko‘rgani.
Nokaslardan qarz etma,
Qarz etsang ham, xarj etma.
Qizni yanga buzar,
Yangani tanga buzar.
Gadoga salom berma, dinor ber.
Qizlar qizilga uchar,
Savdogar — pulga.
Nafsi buzuq hayitda o‘lar
Ichi torga — dunyo tor.
O‘zi egarning qoshida,
Ko‘zi qozonning oshida.
Chaynamay yegan — og‘rimay o‘lar.
Ichi tor xotin bola tug‘mas.
Qurbon, qurbonda to‘ymaganni xudo urgan.
Bir ellik deb ikki ellikdan ajrama.
Qorinni to‘yg‘azish oson,
Ko‘zni to‘yg‘azish qiyin.
Itning dardi — suyakda.
O‘zining butunini qo‘yib,
Birovning yarmiga osilar.
Qassob tanishini tuzlar.
Qassob onasiga ham suyak sotar.
Ochko‘z eshak to‘rva teshar
Bor-yo‘g‘ini bilmayman.
Bol tilaydi tomog‘im.
Ot ko‘rmagan ot ko‘rsa,
Mina-mina o‘ldirar.
Boy yonini qashlasa gado qo‘l cho‘zar.
Tovuq bergan g‘oz kutar,
Tuxum bergan — xo‘roz.
Oilaviy qadriyatlar va qo‘shnichilik haqida maqollar
It ustidan qush uchsa, suyagini qizg‘anar.
Kunda yegan — suq,
Oyda yegan — to‘q.
Ot minmagan ot minsa,
Chopa-chopa o‘ldirar.