Mehmon va Mehmondo‘stlik haqida maqollar to‘plami

Mehmon hamda mehmondo‘stlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Odamlar orasidagi o‘zaro mehr-muruvvatning go‘zal ko‘rinishlaridan biri mehmonavozlikdir. Xalqimiz asrlar davomida o‘zining mehmondo‘stlik ananalarini saqlab kelmoqda.

Mehmon haqida maqollar

Mehmon kelsa, et pishar,
Et bo‘lmasa, bet pishar.

Mehmonni siylagan itiga suyak tashlar.

Qo‘noq bir kun qo‘nsa — kut,
Ikki kun qo‘nsa — yut.

Mehmonning o‘zi ham mehmon,
So‘zi ham mehmon.

Tarbiya, odob va axloq haqida maqollar

Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon.

O‘zi kelgan mehmon — atoyi xudo,
Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo.

Mehmon joyi ko‘z ustida

Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar,
Mehmon sevmagan bolasini urar.

Ochiq yuz — oshdan shirin.

Mehmon joyi ko‘z ustida

Mehmon so‘rab yemas.

Shirin oshing bo‘lmasin,
Shirin so‘zing bo‘lsin.

Mehmon izzatda,
Mezbon xizmatda.

Mehmon ko‘rki — dasturxon.

Mehmon mezbonga aziz,
Mezbon — mehmonga.

Erta borsang, et pishar.

Mehmon oz o‘tirar, ko‘p ko‘rar

Mehmon kelar eshikdan,
Rizqi kelar teshikdan.

Yo‘qcha guruch osh bo‘ladi,
Mehmon ko‘ngli shod bo‘ladi.

Mehmon oz o‘tirar, ko‘p ko‘rar

Shirin choying bo‘lmasa,
Shirin tiling bo‘lsin.

Kechga qolsang, bet pishar.

Mehmonning itini tur dema.

Osh — egasi bilan shirin.

Mehmon — aziz, mezbon — laziz.

Mehmon kelsa uchtakkina,
Uchib ketsa qushdakkina.

Mehmonning ketishini so‘rama,
Kelishini so‘ra.

Yuzta siz-bizdan,
Bitta jiz-biz yaxshi.

Bilim va kasb hunar haqida maqollar

Mehmon kelgan uy — barakali

Yo‘lli kishining mehmoni bir kelar.

Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o‘tsa — pes.

Mehmon kelgan uy barakali

Qo‘noq oshi yo‘lga yaxshi.

Supurilmagan uyga mehmon kelar.

Mezbon borini qo‘ysa,
Mehmon ozga sanamas.

Qo‘noq qo‘ydan ham yuvvosh,
Moy bersang ham, yeyaveradi.

Mehmon oz o‘tirsa ham, ko‘p sinar.

Chaqirilmagan qo‘noq —
Yo‘nilmagan tayoq.

Mehmon kelsa choptirar,
Bor-yo‘g‘ingni toptirar.

Qo‘nguncha qo‘noq uyalar,
Qo‘ngandan keyin — uy egasi.

Mehmon — otangdan ulug‘

Kelguncha mehmon uyalar,
Kelgandan so‘ng mezbon uyalar.

Mehmon — uy egasining buzog‘i.

Mehmon otangdan ulug‘

Betamiz mehmon mezbonni qistar.

Oyda kelganga — oyoq,
Kunda kelganga — tayoq.

Borini bergan uyalmas.

Osh — mehmon bilan aziz.

Mehmon kelgan uyning chirog‘i ravshan.

Kelish mehmondan, ketish mezbondan.

Hurag‘on it egasiga qo‘noq keltirar.

Donolik va aql haqida maqollar

Mehmon — uyning ziynati

Shirmoy noningni berma,
Shirin so‘zingni ber.

Mehmonning otini asl derlar,
Uch kundan so‘ng sasir derlar.

Mehmon uyning ziynati

Eshikdan kelganni it qopmas.

Mehmonga shirin so‘z ber.

Mehmonga osh qo‘y,
Ikki qo‘lini bo‘sh qo‘y.

Mehmon kelsa, pastga tush,
Palov bermoq ahdga tush.

Mehmon — atoyi xudo

Qo‘noq to‘ydim, deydi,
Uy egasi yoqtirmadi, deydi.

Mehmon nosi uch kundan keyin sasir.

Mehmon atoyi xudo

Qo‘noqqa osh ber, otiga — yem.

Mehmon mehmonni sevmas,
Mezbon hammasini sevmas.

Kelmoq ixtiyor bilan,
Ketmoq ijozat bilan.

Tenglik va tengsizlik haqida maqollar

Mehmonning oldida mushugingni pisht dema.

Mehmonxonang tor bo‘lsa ham,
Mehri-diling keng bo‘lsin.

  1. Shahlo:

    Maqollar juda go’zal, lekin menga maqollardan ham ko’proq sherlar kerak edi.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *