Do‘stlik va Dushmanlik haqida maqollar to‘plami

Do‘st, do‘stlik hamda dushmanlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma’nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir.

Do‘st, Do‘stlik va Dushmanlik haqida maqollar to‘plami

Do‘stingning oshini qasdingdan ich.

Реклама

Suv to‘xtar, dushman to‘xtamas.

Do‘stlik oltinga sotilmas,
Mehmon — pulga.

Xalq do‘stligi — yurt boyligi.

Реклама

Sinalgan yov urushga yaxshi.

Dushmaningni qarg‘ama, do‘stingga tegar.

Choyning so‘ngini do‘stingga ber.

Do‘st sirini dushmandan pinhon tut.

Реклама

Qirda bo‘ri yo‘q emas,
Orada dushman yo‘q emas.

Duch kelsa, dushman yer.

O‘pka, yurak go‘sht emas,
Hisoblashgan do‘st emas.

Nomardni jang sinaydi,
Do‘stni — muhtojlik.

Реклама

Dushman do‘st orasidan chiqar.

Insof, insofsizlik va adolat haqida maqollar

Burgut kuchi — oyog‘ida,
Odamniki — do‘stlikda.

O‘rtada burun bo‘lmasa,
Ko‘z ko‘zni o‘yar.

Реклама

Dushman bitsa ham, dushmanlik bitmas.

Do‘st — do‘stning oynasi

Olisdagi dushmandan, angnib yurgan do‘st yomon.

Dushman — shod, do‘st — poymol.

Do‘st do‘stning oynasi

Do‘st boshga boqar,
Dushman — oyoqqa.

Kezangan yovdan qaytmas.

Реклама

Do‘st — egiz,
Dushman — sakkiz.

Do‘sting — boyliging.

Qorin go‘sht bo‘lmas,
Sipohi — do‘st.

Jon og‘ritgan do‘st bo‘lmas.

El omonlik tilar,
Yov — yomonlik.

Реклама

Do‘st ming bo‘lsa ham — oz,
Dushman bir bo‘lsa ham — ko‘p.

Dushmaningdan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.

Do‘stingga rost gapir,
Dushmaningga — maqtanib.

Dushmanga o‘t ber,
Do‘stingga — sut.

G‘amingni do‘stingga aytma, kuyunadi,
Dushmaningga aytma, suyunadi.

Реклама

Do‘stlarimdan o‘zing saqla,
Dushmanlarimni o‘zim bilaman.

Do‘sting bo‘lsa, bog‘ing chamandir

Qovunni dushmaningga kestir,
Go‘shtni — do‘stingga.

Vafoli do‘st yo‘lga solar,
Ig‘vogar do‘st paydan olar.

Do‘sting bo‘lsa, bog‘ing chamandir

Yulg‘unning o‘ti bo‘lmas,
Savdogarning — do‘sti.

Yomon do‘st — qora bulut soyasi.

Реклама

Ash qora oqarmas.

Dushman ba’zan kuldirar,
O‘ng‘ay topsa, o‘ldirar.

Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.

Kiyimning yangisi — yaxshi,
Do‘stning — eskisi.

Ikki haramza do‘st bo‘lmas.
Ish bilganni oqil deydilar,

Реклама

Do‘st uzoqda bo‘lsa ham, ko‘ngli yaqin.

Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.

Do‘stga lola bo‘l,
Yovga jala bo‘l.

Do‘st do‘stni kulfatda sinar.

Do‘stda dushmanning qulog‘i bor.

Реклама

Do‘st kuydirib aytar, dushman — suydirib

Otasi yov ot bermas.

Do‘st kengashda bilinar,
Semiz — toboqda.

Do‘st kuydirib aytar

Chin do‘st tug‘ishganing bilan teng.

Bostirmadan ayvon yaxshi,
Yomon do‘stdan hayvon yaxshi.

Odam ichini bilish qiyin,
Do‘st ustidan kulish qiyin.

Реклама

Dushmanga joningni bersang ham,
Siringni berma.

Dushman oshingni yer,
So‘ngra boshingni yer.

Tikan zahri uchida,
Dushman zahri ichida.

Do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi.

Do‘st ziyonkor bo‘lmas,
Ziyonkor do‘st bo‘lmas.

Реклама

Oz qayg‘uni osh bosar,
Ko‘p qayg‘uni do‘st bosar.

Dushman siringni o‘g‘irlar,
Do‘st xatongni to‘g‘rilar.

Do‘st yuzidan bilinar,
Dushman — izidan.

Ash dushman do‘st bo‘lmas,
Qaynab qoni qo‘shilmas.

Do‘st yuzingga boqar, dushman — izingga

Mushukning qasdi sichqonda,
Elning qasdi — dushmanda.

Реклама

Ginah do‘st — adovatli dushman.

Do‘st yuzingga boqar

Dushman eshigini qoqqandan ko‘ra,
Do‘st uyini qoqlagan yaxshi.

Dushmanga choh qaziguncha,
Do‘stingga uy solib ber.

Sinalmagan yov yomon,
Elanmagan dov yomon.

Qarz bersang, do‘st ko‘payar,
Talab qilsang — dushman.

Do‘stga xiyonat qilma,
Dushmanga — shafqat.

Реклама

Do‘st do‘stga — qalqon.

Jonga kuygan jonday do‘st,
Jonga kuymas qanday do‘st.

O‘tni kovlasang, o‘char,
Do‘stni kavlasang, kechar.

Dushmanning sovg‘asidan qo‘rq.

Ajal olib kelsa yov,
O‘ldir, berma hech ayov.

Bo‘rining bolasini bo‘rkingda boqsang ham,
El bo‘lmas.

Реклама

Yaxshi va yomon so‘z haqida maqollar

Do‘st kuyunar, dushman suyunar

Nojinsning sirli mehmonxonasidan,
Do‘stingning somonxonasi yaxshi.

Galga solgan do‘st emas.

Do‘st kuyunar, dushman suyunar

Olov kuydirar tushgan yerini,
Dushman kuydirar tutgan yerini.

Bo‘rining topgani bo‘riga.

Daraxt — ildizi bilan,
Odam — do‘stlari bilan.

Реклама

Yaxshi do‘st yuz qarindoshdan yaxshi.

Qaytib kelgan qiz yomon,
Qaytalab kelgan yov yomon.

Dushmanning tashida bo‘lguncha, ichida bo‘l.

Dushman tegi — poy,
Do‘st toji — sir.

Davlating — do‘sting.

Asli dushman el bo‘lmas,
Etakni kessang, yeng bo‘lmas.

Har kimni do‘stim dema,
Tandagi po‘stim dema.

Реклама

Daraxtni tomiri saqlar,
Odamni — do‘sti.

Bir ko‘rgan — tanish,
Ikki ko‘rgan — bilish.

Do‘stlikni uzganni qotil deydilar.

Do‘st yig‘latar, dushman kuldirar

Eshak eti go‘sht bo‘lmas,
Savdogar hech do‘st bo‘lmas.

Dushmanni bos,
Ziyon bersa, os.

Do‘st yig‘latar, dushman kuldirar

Do‘st bilan sirdosh bo‘l,
Ishiga doim qo‘ldosh bo‘l.

Yuz so‘m puling bo‘lguncha,
Yuzta do‘sting bo‘lsin.

Реклама

Dushmaningning o‘limini tilaguncha,
Joningning sog‘ligini tila.

Yot — yeb to‘yguncha, do‘st — o‘la-o‘lguncha.

Do‘st do‘stga boqar,
Suv soyga oqar.

Dushman terisidan do‘sting uchun po‘stin bich.

Yovlashmoq — oson, yarashmoq — qiyin.

Do‘stning ko‘ngli qolguncha,
Dushmanning bo‘yni uzilsin.

Aqh ko‘pni dov olmas,
Do‘sti ko‘pni yov olmas.

Do‘st hisobi — dilda.

Ishkambadan go‘sht bo‘lmas,
Dushman aslo do‘st bo‘lmas.

Rabot solma, do‘st orttir.

O‘rtog‘ing boyo‘g‘li bo‘lsa,
Turishing — vayrona.

Do‘stlik — barcha boylikdan afzal

Yangining nodonligi bor,
Eskining — qadrdonligi.

Do‘stga yolg‘on, dushmanga chin gapirma.

Do‘stlik boylikdan afzal

Ming so‘ming bo‘lguncha, bitta do‘sting bo‘lsin.

Do‘stga dushman bo‘lish oson,
Dushmanga do‘st bo‘lish qiyin.

Do‘stingga otilgan kesakning changi
Sening ko‘zingga tushar.

Do‘st achitib gapirar,
Dushman — kulib.

Yot oshingga qaraydi,
Do‘st — boshingga.

Dushman qo‘ydi loy tuzoq,
Ilinsang, bo‘lding cho‘loq.

Dushman o‘lar, do‘st qolar,
O‘sma ketar, qosh qolar.

Gadoning dushmani — gado,
Shohning dushmani — shoh.

Dushjmanimning do‘sti — mening dushmanim,
Dushmanimning dushmani — mening do‘stim.

Dushmaningni dushman tanir.

Tirik bo‘lsak — bir yerda,
O‘lik bo‘lsak — bir go‘rda.

Dushmanning donidan,
Do‘stning somoni yaxshi.

Chin do‘st yuz xizmatchidan yaxshi.

Do‘sting kelsa, dolonda kut, dushman kelsa — ayvonda

Tomchi sel bo‘lmas,
Dushman el bo‘lmas.

Yomon do‘stdan qirda yotgan tosh yaxshi.

Do‘sting kelsa, dolonda kut

Do‘st do‘stlikda toblanar,
Bilim — tortishuvda.

Do‘st gilaga chopar,
Dushman — hiylaga.

Do‘stsiz boshim — tuzsiz oshim.

Do‘st suyganning tusiga boqma.

Tor yer do‘stlar bilan maydon bo‘lur,
Keng yer dushman bilan — zindon.

Eski paxta bo‘z bo‘lmas,
Asli dushman do‘st bo‘lmas.

Chin do‘st boringni oshirar,
Yo‘g‘ingni yashirar.

Pul orttirma, do‘st orttir.

Onangni otangga yomonlama,
Do‘stingni — dushmanga.

Do‘sting bo‘lmagani — fe’ling yomondir.

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

Do‘st — oshkor, dushman — yashirin.

Orqangdagi dushman — oldingdagi do‘st.

Do‘st otgan tosh bosh yormas.

Qadim do‘stlik zanglamas

Dushmaningni paxta bilan bo‘g‘izla.

Yuguruk itni tulki suymas,
Yuguruk tulkini — it.

Qadim do‘stlik zanglamas

Do‘sting uchun zahar yut.

Dushman uyida yashagandan
Do‘st uyida o‘lgan yaxshi.

Bilagi alp birni yiqar,
Do‘sti ko‘p — mingni.

Dushmanning suyganidan,
Do‘stning urgani yaxshi.

Do‘st og‘ir kunda bilinar.

Quyosh havoni isitar,
Do‘st — qalbni.

Eldoshingning oti o‘zguncha,
Qurdoshingning iti o‘zsin.

Dushman chaqirsa borma,
Do‘st chaqirsa qolma.

Dushman nima demas,
Tushga nima kirmas.

Er talashganni yer yutar.

Do‘st oldingda gapirar,
Dushman — orqangdan.

Hisobdan adashsang ham, do‘stdan adashma.
Hisobli do‘st ayrilmas.

Yaxshi so‘zla oshnoga,
Yuz o‘girgin ro‘shnoga.

Yomon do‘st — ko‘lanka.

Yaxshi do‘sting kuldirar,
Yomon do‘sting kuydirar.

Do‘stga aytdim so‘zimni, dushman bildi sirimni

Yaxshi ko‘rgan do‘stingga
Yaxshi ko‘rgan molingni ber.

Otasi boshqa ot bermas.

Do‘stga aytdim so‘zimni, dushman bildi sirimni

Do‘st — oltining,
Dushman — qotiling.

Ming yovdan bir dushman yomon.

Do‘stning so‘zi singandan,
Shaytonning bo‘yni sinsin.

Ablah do‘st dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.

Do‘sti ko‘p bilan siylash,
Do‘sti oz bilan sirlash.

Bahq suvsiz yashamas,
Inson — do‘stsiz.

Do‘st so‘zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.

Dushmanning o‘zi qildek,
Kuchi fildek.

Piyon ulfat — ziyon ulfat.

Do‘stni og‘ritsang, dushman shod bo‘lar.

To‘g‘rilik va egrilik haqida maqollar

Arpa-bug‘doy bir kuningga yaraydi,
Sodiq do‘sting o‘lguningcha yaraydi.

Ash dushman yon bermas,
Yon qoziqdan son bermas.

Dushman o‘ldirib oftobga tashlar,
Do‘st o‘ldirib — soyaga.

Do‘st otini minib yur, manzilingga yetasan.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Insof, Insofsizlik va Adolat haqida maqollar to‘plami
  2. Yaxshi va Yomon so‘z haqida maqollar to‘plami
  3. Yaxshilik va Yomonlik haqida maqollar to‘plami
  4. To‘g‘rilik va Egrilik haqida maqollar to‘plami
  5. Halollik va Tekinxo‘rlik haqida maqollar to‘plami
  6. Mehnatsevarlik va Ishyoqmaslik haqida maqollar to‘plami
  7. Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami
  8. Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
  9. Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
  10. Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami
  1. Zor:

    Zor maqollar omad

    • UzBaza.uz:

      Fikringiz uchun rahmat!

  2. Robiyaxon:

    Bu maqollar menga juda yoqdi . Hamma maqollar mantiqqa to’g’ri keladi
    ☺☺☺

    • UzBaza.uz:

      Salom Robiyaxon! Fikringiz uchun tashakkur.

    • Xadicha:

      Menga bu maqollar juda yoqdi. Mantiqqa to’g’ri keladi, men bulardan 55 ta maqollarni yozib oldim.

    • G'ofurova Mushtariy:

      Menga bu maqollar juda ham yoqdi. Hammasi ma’noli va mantiqqa ega. Bunday maqollar to’plami yoshlarga juda zarur. Sizlarga kattakon raxmat.

  3. Robiyaxon:

    Men bu maqollardan ko’piga tushunmadim ammo tushunganlarimdan hammasi mantiqqa tushadi .Men hozir 5-A sinfda o’qiyman .

    • UzBaza.uz:

      Katta rahmat.

    • Nozima:

      Salom xammaga. Dushmanlik haqidagi ushbu maqollarga gap yo’q.

  4. Samira:

    Salom juda yoqdi rahmat

    • Asalu alaaaykum 4 snf da õqiyman birga tanishaylik:

      Man chiroyli gapirolmadim oyim xafa bolmasin.

  5. Raimjon:

    Raxmat

  6. Rahmat:

    Menga yoqadi

    • Dilnura:

      Do’stlik haqida juda yaxshi maqollar bor ekankuya, lekin barcha maqollar aralash ekan, lekin umuman olganda saytga gap yo’q.

    • Аноним:

      Doʻstlik haqida juda koʻp maqollar kerak edi, sizlar menga yordam berganiz uchun katta rahmat.

  7. Muhammadali:

    Kamolov

  8. Muhammadali:

    Raxmat zoʻr ekan

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Muhammadali. Fikringizdan mamnunmiz!

  9. Temur:

    Katta rahmat maqol uchun. 5-sinfda kerak edi. Sizlar menga yordam berdilar. Ishlarga omad katta raxmat.

    • Аноним:

      Do’st haqida berilgan bu maqollarni bari menga juda yoqdi.

    • Gulobar:

      Rahmat judayamm xursandman. Alloh rozi bo’lsin. Judayam as qotdi.

  10. Shirina:

    Do’stlik haqidagi maqollarni ko’pi mantiqqa to’g’ri kelmadi yoki men tshunmadim, lekn foydalandik. Barchaga raxmat.

    • UzBaza.uz:

      Shirina assalomu alayko’m. Tanqidiy fikringizdan xursandmiz. Aytingche aynan qaysi maqolga tshunish qiyin bo’ldi? Sizga yordam berishimiz mumkin.

  11. Rayyona:

    Maqollarga gap yo’q hammasi zo’r. Bular menga as qotdi.

  12. Sirli qizaloq:

    Bu maqollar juda ajoyib. Bu maqollarni internetga chiqarganlarga rahmat. Sizlarga katta rahmat.

  13. Muhlisa:

    Katta rahmat. Maqollar juda ma’noli ekan!

  14. Dilnoza:

    Menga juda yoqti, bunday maqollar ko’payuvrsin 😊

  15. Anisa:

    Maqollarni ko’pi mantiqqa to’g’ri kelmaydi, ayrimlari o’zgartirilgan, bazilari to’g’ri yozilgan 😒

  16. Dadasini erkasi:

    Bu maqollar juda zo’r, yana shunday maqollardan ko’p ko’p bolaversin 😏

  17. Asal:

    Maqollar rostanam juda zo’r, gap bo’lishi mumkin emas, o’ylaymanki bunda zo’r maqollarni taqdim etasiz.

  18. Dinora:

    Maqollar rostanham juda zo’r ekan, lekin maqollarni bazilarini ma’nosini tushinishim qiyin bo’ldi. Manga juda ko’p maqollar kerak edi, bularni hammasi manga juda as qotdi.

  19. Аноним:

    Men ham 5-A sinfda o’qiyman. Menga bu maqollar juda yoqadi. Ijodlarizga omad.

  20. Madina:

    Maqolaringiz juda ham ajayib. Eng yoqan maqolarim faqat shu yerda. Shu ajoyib maqollar uchun kattakon rahmat.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *