Umid va Umidsizlik haqida maqollar to‘plami

Umidsizlik hamda umid haqida eng sara maqollar to‘plami. Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid. (A. F. VELTMAN)

Umid va Umidsizlik haqida maqollar

Yotib qolguncha, otib qol.
Joni borning umidi bor.

Реклама

Bu yil izi bo‘lsa,
Kelar yil o‘zi bo‘lar.

Qulning maqsadi — qochmoq,
Cho‘rining maqsadi — ko‘chmoq.

G‘aribning ko‘ngli — tangrining uyi.

Реклама

Umid o‘rga tortar,
Umidsizlik — go‘rga.

O‘zim pasmanda bo‘lsam ham,
Ko‘nglim — osmonda.

Ochko‘zlik va nafs haqida maqollar

Suvda oqqan xasga yopishar.

Реклама

Otasi qulon otolmaganning
Bolasi quyon otolmas.

Qizni kim so‘ramas,
Qimizni kim ichmas.

G‘ozning o‘zi — cho‘lda, ko‘zi — ko‘lda.

Daryo baliqsiz bo‘lmas,
Tog‘ — kiyiksiz.

Реклама

Umidingni uzma, ko‘nglingni buzma

Yomon kun yaxshi bo‘lar,
Uyalmagan — baxshi.

Dard bergan darmonini ham berar.

Umidingni uzma

Har ko‘ngilda bir gavhar.

Chiqmagan jondan umid.

Реклама

Har kimning bir o‘yi bor,
Xayolida ming qo‘yi bor.

Gado bir kechada necha boyir.

Uyida yo‘q go‘jalik,
Ko‘ngli tilar xo‘jalik.

Tuya hammomni havas qilar.

Umid qildim — yetdim,
Noumid bo‘ldim — yiqildim.

Реклама

Yov ketsa, yovon ochilar.

Egachim elakli bo‘ldi,
Elagi tilakli bo‘ldi.

Er yigitning ko‘nglida
Egarlangan ot yotar.

Umidi yo‘qning imoni yo‘q

Havas bo‘lsa, anqoning tuxumi ham topilar.

Qizli uyni shoh ham so‘ratadi, gado ham.

Реклама
Umidi yo‘qning imoni yo‘q

Har yerda elak bor,
Elakda tilak bor.

Buxoro uzoq bo‘lsa ham, poygohi yaqin.

Tajriba va tajribasizlik haqida maqollar

Qiz ko‘ngli — qizigan tandir.

Qizli uyga otliqlar kulib boqar,
Tuyalilar — bukilib.

Реклама

Vodiy suvi kechiksiz bo‘lmas.

Qizli uyga qirq ot bog‘lanar.

Ot o‘rnini toy bosar,
Ota o‘rnini — o‘g‘il.

Poygachining ko‘zi — g‘ovda.

Xotini o‘lgan qizli ovulga qarab yig‘lar.

Реклама

Tuqqan tuqqandan umid qilar.

Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan

Ikki orzu bir topilmas.

Mozorga o‘lik kelmasa,
Go‘rkov ketmonni chalar.

Umidsizlik uyin buzsang

Cho‘kayotgan cho‘pga yopishar,

Tirmashgan tog‘dan oshar.

Реклама

Yaxshi niyat — yarim davlat.

Bugun — yupun, ertaga — butun.

Qanoti siniq musicha ham baland uya orzusida.

Havas qilsang, yetasan.

Kuldan tepa bo‘lmas,
Qumdan — qo‘rg‘on.

Реклама

Eshak minib tuyoq tagini ko‘rma,
Tuya minib olis-olisni ko‘zla.

Talabli erga nur yog‘ar.

Suvsaganga sarob suv bo‘lib ko‘rinar.

Umidli — dunyo, umidsiz — shayton

Har kimning niyati — o‘z yo‘ldoshi.

Otim ketsa, toycham bor,
To‘nim ketsa, parcham bor.

Реклама
Umidli dunyo, umidsiz shayton

Axtargan topar.

Puli yo‘q hamyon tikar.

Bola va farzandsizlik haqida maqollar

Oldirgan otasining qo‘ynini axtarar.

O‘limni o‘ylagan uy qurmas.

Реклама

Ot bosganni toy bosar.

Birni eksang, o‘nni olasan.

Ko‘rning tilagi — ikki ko‘zi.

Tilak bo‘lsa, bilak chidaydi.

Qora sigir tushida kunjara ko‘ribdi.

Реклама

Bir qiz erga tegsa,
Qirq qiz tush ko‘rar.

Dard — boshqa, ajal — boshqa.

Umidli ish umidsiz bo‘lmas

Quyosh botsa, yana chiqar.

Ochilgan — so‘lar, yig‘lagan — kular.

Umidli ish umidsiz bo‘lmas

Eshak oyog‘i ostini ko‘zlar,
Ot olti oylik yo‘lni izlar.

Birni bergan yuzni ham berar.

Реклама

Yozga chiqsang, jon o‘lmas.

Qulga qochmoq bir armon.

Oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa,
O‘n beshi — yorug‘.

Suvsoqning o‘yi — suvda.

Mol topmas yigit bo‘lmas,
O‘g‘il topmas ayol bo‘lmas.

Qarindosh urug‘chilik va begonalik haqida maqollar

Реклама

Yomon kun yaxshi bo‘lar,
Yomon odam yaxshi bo‘lmas.

Har kimning har dardi bor,
Kal qizning er dardi bor.

Eding, o‘laman dema.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Ochko‘zlik va Nafs haqida maqollar to‘plami
  2. Tajriba va Tajribasizlik haqida maqollar to‘plami
  3. Farzand va Farzandsizlik haqida maqollar to‘plami
  4. Qarindosh urug‘chilik va Begonalik haqida maqollar to‘plami
  5. Oilaviy qadriyatlar va Qo‘shnichilik haqida maqollar to‘plami
  6. Muhabbat va Bevafolik haqida maqollar to‘plami
  7. Qadr qimmat va Qadrsizlik haqida maqollar to‘plami
  8. Mehribonlik va Oqibatsizlik haqida maqollar to‘plami
  9. Sabr qanoat va Shoshqaloqlik haqida maqollar to‘plami
  10. Yolg‘onchilik va To‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *