Farzand va Farzandsizlik haqida maqollar to‘plami

Farzand, bola hamda farzandsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Otaning qandayligini hech kim yo‘qligida bolasiga qilgan muomalasidan bilish mumkin» (Den Pirs).

Farzand va bola haqida maqollar

Farzandim — asal-qandim.

Реклама

Yaxshi farzand — gul,
Yomoni — bir pul.

Qulunli biya bo‘tasiz tuyadan yaxshi.

Davlatning boshi — farzand.

Реклама

O‘g‘il bilan qizing — Bamisoli ikki ko‘zing.

Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der,
Kirpi bolasini yumshog‘im der.

Qush nima topsa, bolasining og‘ziga tiqar.

Qarindosh urug‘chilik va begonalik haqida maqollar

Реклама

Qiz yetilib, qirg‘oqqa ketar,
O‘g‘il yetilib, yiroqqa ketar.

Farzandni boqish qiyin,
Farzandga yoqish qiyin.

Qiz puli — sut puli.

Qiz tuqqanga muz tug‘ar,
O‘g‘il tuqqanga kun tug‘ar.

Реклама

Farzand, jonga payvand

Nor o‘lsa, norchasi qolar.

Ahmoqdan — chaqmoq, donodan — ahmoq.

Farzand, jonga payvand

Qiz saqlaguncha, bir siqim tuz saqla.

O‘z bolang o‘zagiga tepsang ham ketmas.

Реклама

Onaning ko‘ngh bolada,
Bolaning ko‘ngli dalada.

Ota bola uchun taxt yasar,
Baxt yasata olmas.

Kelin — yomon, nevara — shirin.

Chiqqan qiz chiydan tashqari.

Farzanding — davlating,
Fazilating — ziynating.

Реклама

Qizli uy — qiron,
O‘g‘illi uy — davron.

Qiz puli — tuz puli.

Podshoning hukmidan bolaning hukmi zo‘r.

Bolasiz xotin sumakka to‘ymas

Xotinni yaxshi ko‘rsatgan
Qo‘lidagi bolasi.

O‘g‘il-qiz yaxshi bo‘lsa,
Ota-ona xursand.

Реклама
Bolasiz xotin sumakka to‘ymas

Bo‘y qiz — uchirma qush.

Kuyovdan nevara qolar,
Nevaradan evara qolar.

O‘g‘il qanotli ot bo‘lsa,
Qiz qanotli qushdir.

Yaxshi o‘g‘il tindirar,
Yomon o‘g‘il o‘ldirar.

Bolali xotin — gul xotin,
Bolasiz xotin — tul xotin.

Реклама

Xotin — uyning guli,
Bola — dilning.

Ona bilan bola — gul bilan lola.

Bolalik — podsholik.
Bolalik qarg‘aga don tegmas.

O‘g‘il yeb o‘rga ketar,
Qiz yeb qirga ketar.

Kelin qildim deb kerilma,
Ishga buyursa, erinma.

Реклама

Birni bersang otangga,
Mingni olasan bolangdan.

Quyon bolasini botirim der,
It bolasini qoplonim der.

Bolali qo‘rg‘onga bog‘ yetmas

Yolg‘iz bola — yovdan yomon.

Qizni bersang, mardga ber,
Qizg‘aldoqday jaynasin.

Bolali qo‘rg‘onga bog‘ yetmas

Onasiz kelin — yuvvosh,
Onali kelin — bebosh.

Реклама

Olti o‘g‘illining olti arshda moli bor.

Gap unda emas, bug‘doyda.

Qizim-qizim qiz kishi,
Qizimga kelar yuz kishi.

Bol — shirin, boldan — bola shirin.

Kiyiming yomon bo‘lsa, bir yog‘ingga yarar,
Bolang yomon bo‘lsa, bir kuningga yarar.

Реклама

Kuyovnikida quyruq yegandan,
O‘g‘ilnikida yumruq ye.

Farzanddan yo‘rgak ayama.

Yaxshi o‘g‘ildan rahmat yetar,
Yomon o‘g‘ildan — la’nat.

Onali kelin — qarqara,
Onasiz kelin — tasqara.

Oilaviy qadriyatlar va qo‘shnichilik haqida maqollar

Реклама

Bolasi ko‘p bo‘lar boy,
Bolasi yo‘q — quruq soy.

O‘g‘ilga o‘ttiz uydan tilov bor,
Qizga qirq uydan ishlov bor.

Farzand baxti — ona taxti, farzand kamoli — ota jamoli

Yolg‘iz o‘g‘il yovdan qattiq,
Xotini qahnoqdan qattiq.

Yaxshi o‘g‘il otadan olti botmon ziyod bo‘lar,
Yomon o‘g‘il otadan olti botmon kam bo‘lar.

Farzand baxti ona taxti

Yaxshi bo‘lsa — bola,
Yomon bo‘lsa — balo.

Реклама

O‘g‘il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar.

Nevarani boqma,
Shotutni qoqma.

Elka yag‘ri — otaga meros,
Ota yag‘ri — o‘g‘ilga meros.

Onasi qimizak yesa,
Qizining tishi qamashar.

Qiz — uyning cho‘risi, ham o‘g‘risi.

Реклама

Gung bolaning gapini
Kar onasi tushunar.

Kelin qiz bo‘lmas,
Kuyov — o‘g‘il.

Ishga buyursa, erinsang,
O‘g‘lingning ko‘ziga ko‘rinma.

Bolalining beli — chinor,
Bolasizning beli sinar.

Qizning bo‘yi yetdi — boshingga yov yetdi.

Ona — mehribon, ota — g‘amg‘uzor.

Реклама

Bola — xondan ulug‘.

Bola o‘nga kirsa, otasi songa kirar

O‘g‘il otasi mard bo‘lsa,
Qiz otasi — bechora.

Kuyov quvsa, eshik bog‘in tut,
O‘g‘il quvsa, to‘r boshiga o‘t.

Bola o‘nga kirsa

Kuyovning xo‘rdasidan o‘g‘ilning yuvindisi yaxshi.

Bola bo‘lsa, sho‘x bo‘lsin,
Sho‘x bo‘lmasa, yo‘q bo‘lsin.

Qizli uy — nozli uy,
O‘g‘illi uy — sozli uy.

Реклама

Farzand boqqan ota,
Jonni qoqqan ona.

Xotinsiz o‘tish — xato,
Bolasiz o‘tish — jafo.

Bolah uyda sir yotmas,
Bolasiz uyda kir yotmas.

Qizli uy — qiliqli uy.

Tulpordan tuyoq qolar,
Shunqordan qiyoq qolar.

O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa,
Qirqta bo‘lsa — qilig‘i.

Реклама

Yigitning chirog‘i — qizi bilan o‘g‘li.

Qizli uy — karvonsaroy.

Yomon o‘g‘il — molga o‘rtoq,
Yaxshi o‘g‘il — jonga.

Qizing o‘ssa, qirga ket,
O‘g‘ling o‘ssa, o‘rga ket.

Bola bo‘lsa, beshik topilar

Qizing o‘ssa, uyga yut kelar,
O‘g‘ling o‘ssa, uyga qut kelar.

Qiz — qo‘noq.

Bola bo‘lsa beshik topilar

Bolalik ona nonga to‘ymas,
Bolalik g‘oz — donga.

Реклама

Ota bezori — xudo bezori.

Bolang yomon bo‘lsa ham, omon bo‘lsin.

Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas.

Chaqaloq allada aziz.

Pulni pul topar,
O‘g‘ilni — qiz.

Qizi borning baxti bor,
O‘g‘li borning taxti bor.

Bola beshikdan yiqilguncha,
Podsho taxtidan yiqilsin.

Реклама

Odam mevasi — farzand.

Qizli uyning tili biyron,
Sovchilarning tili tiyron.

Tuqqan hisobmas, boqqan hisob.

Tuz asrama, suv bo‘lar,
Qiz asrama, quv bo‘lar.

Qizli kishi qir oshar.

Farzand — dilband, farzand — qanot

Qo‘y qo‘zichog‘i bilan chiroyli,
Xotin — chaqalog‘i bilan.

Yolg‘iz bola — boshga balo.

Farzand dilband

Sevgi va muhabbat haqida maqollar

Qizginamning erkasi —
Yigitgmarrming serkasi.

Qizli uy — bo‘ston,
Qizsiz uy — zimiston.

Farzandim — dilbandim,
Sevganim — asal-qandim.

Tuqqaniga suyunma, turganiga suyun.

Xotinga — pusht,
Xamirga — musht.

Kelining yaxshi bo‘lsa, o‘g‘lingdan ko‘r,
O‘g‘ling yomon bo‘lsa, keliningdan ko‘r.

Onali yetim — gul yetim,
Otali yetim — shum yetim.

Bola — qalbi gul.

Onaga o‘xshab qiz tug‘ilmas,
Otaga o‘xshab — o‘g‘il.

O‘g‘illi uy — farishta,
Qizli uy — sarishta.

Yomon qizni boqquncha,
Do‘ppingni qoq.

Uy qizi — palaxmon toshi.

O‘g‘il otasiga o‘xshamasa, qoni harom.

Farzandsiz kishi — mevasiz daraxt

Farzand — belning quvvati.

Gung qizning tilini onasi tushunar.

Farzandsiz kishi mevasiz daraxt

Achchig‘lansa otasi yengar,
Hazillashsa — bolasi.

Otangga qilganingni bolangdan ko‘rarsan.

Yomon o‘g‘il boqquncha,
Etagingni qoq.

Farzand dog‘i yondirar,
Payti kelsa, kuydirar.

Onasi yalamaganga otasi qaramas.

Yolg‘iz qiz — yalama tuz.

O‘g‘il-qiz dono bo‘lsa,
El-u yurt xursand.

Yomon bo‘lsa ham omon bo‘lsin.

Qiz — meniki, baxti — o‘zganiki.

O‘g‘il — uyning bulbuli,
Qiz — uyning guli.

Davlating — ota-onang,
Savlating — o‘g‘il-qizing.

Qo‘zi ma’rab o‘sar,
Bola — yig‘lab.

Men kuyarman bolamga,
Bolam kuyar bolasiga.

Bola ko‘ngli — podsho

O‘ttizga kirgan yigitning
O‘tin olguday o‘g‘li bo‘lsin.

Yaxshi o‘g‘il uy tuzar,
Yomon o‘g‘il to‘y buzar.

Bola ko‘ngli podsho

Kelinning so‘zi ketmonday botar,
Bolaning so‘zi botmonday botar.

Qiz saqlading — o‘t saqlading.

Yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar,
Yolg‘iz tuya — baqiroq.

Ona — daraxt, bola — meva.

Bolasizning moli — uvol,
Imonsizning — joni.

Daraxtni yaxshi ko‘rsatgan
Shoxidagi mevasi.

Farzand ko‘rdingmi, ko‘chat ek

Kuyovni o‘g‘il bil, kelinni — qiz.

To‘ng‘ich bola tug‘ bo‘lar.

Farzand ko‘rdingmi ko‘chat ek

Yaxshi o‘g‘il — el obro‘si,
Yaxshi qiz — uy obro‘si.

Xotinim qiz tug‘di deb o‘pkalama,
Sherning erkak-urg‘ochisi barobar.

Onangni quyosh bilsang,
Otangni oy bil.

Qadr qimmat va qadrsizlik haqida maqollar

Kishi bolasi mayiz bersang ham turmas.

Qarg‘ayin desam — yolg‘iz,
Qarg‘amayin desam — yalmog‘iz.

O‘g‘ling boqsin, kelining sog‘sin.

Qiyshiq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi,
Yomon bo‘lsa ham — o‘g‘il.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qarindosh urug‘chilik va Begonalik haqida maqollar to‘plami
  2. Oilaviy qadriyatlar va Qo‘shnichilik haqida maqollar to‘plami
  3. Muhabbat va Bevafolik haqida maqollar to‘plami
  4. Qadr qimmat va Qadrsizlik haqida maqollar to‘plami
  5. Mehribonlik va Oqibatsizlik haqida maqollar to‘plami
  6. Sabr qanoat va Shoshqaloqlik haqida maqollar to‘plami
  7. Yolg‘onchilik va To‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar to‘plami
  8. Noshudlik, Chaqqonlik va Epchillik haqida maqollar to‘plami
  9. Omad va Baxtsizlik haqida maqollar to‘plami
  10. Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *