Amaldorlar va Din vakillari haqida maqollar to‘plami
Din vakillari hamda amaldorlar haqida eng sara maqollar to‘plami. «Ey do’st, darding nima bo’lsa bo’lsin, Umiding har zamon Alloh bo’lsin» (Jaloliddin Rumiy).

Zolimning joyi — jahannam.
Zo‘ravonlik — oxiri vayronlik.
Zo‘ravonda hayo yo‘q.
Buqaning molga sonligi yo‘q,
Xo‘janing — elga.
Xonni odil dedilar,
Xonumondan ayrildik.
Xon qoshida qorang bo‘lsa,
Qora kemang qirda yurar.
Faqirlik va boylik haqida maqollar
Chorakor choraklab olar,
Boy akam — botmonlab.
Bekka yetguncha, beling sinar.
Bek gapirsa, bekniki ma’qul,
Xon gapirsa — xonniki.
Domla-imom och qolsa, bozor kezar,
So‘fi och qolsa — mozor.
Zolimdan vafo tilama.
Podsho zolim bo‘lsa, yurt to‘zar,
Podsho odil bo‘lsa, yurt o‘zar.
Tuyaning dumi yerga tegar,
Xo‘janing qizi erga tegar.
Piringning ham piri bor.
Zo‘r bilan ko‘rning aqli bo‘lmas
Bek qursin,
Bek kelib qo‘ngan uyning sho‘ri qurisin.
Butoqda xo‘roz qichqirar,
Mezanada — so‘fi.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
Shariatda sharm yo‘q.
Boyga ishonsang, boring ketar,
Xonga ishonsang — boshing.
Xo‘ja ochdan o‘lar,
To‘ra — tomoqdan.
Mullaning semizidan qo‘rq,
Tabibning — orig‘idan.
Boyning tuyachisi bo‘lsang, quv bo‘lasan,
Qo‘ychisi bo‘lsang, qul bo‘lasan.
So‘fi kavush o‘g‘irlar,
Eski choponni o‘g‘ri qilar.
Boyning bo‘yni yo‘g‘on.
Podsho fuqaro bilan podsho.
Xo‘jadan qiz olish —
Patirdan qil olish.
Pirim,
Pirimda qoldi bir mirim.
Podshoning holi tang bo‘lsa,
Gadoni axtarar.
Gadoning holi tang bo‘lsa,
Xudoni axtarar.
Zo‘rlik bor yerda zo‘ravon ko‘payar
Zolim oshi osh bo‘lmas,
Yomon yig‘ilib bosh bo‘lmas.
Muttahamdan gap so‘rasang, berasi ko‘p,
To‘radan gap so‘rasang, ertasi ko‘p.

Xon boqdi — xudo boqdi.
Oy chiqsa ham, boyga chiqsin,
Kun chiqsa ham, boyga chiqsin.
Mullaga bersang, oldim demas,
Ko‘rga bersang, ko‘rdim demas.
Mullaning sallasi oq,
Yuragi — qora.
Xo‘ja, mulla el buzar,
Cho‘p-chor yer buzar.
Hayvon o‘lsa, qarg‘a shod,
Odam o‘lsa, mulla shod.
Odamning buzug‘i ham qozi,
Buzg‘unchisi ham.
Yer — boyniki,
Suv — soyniki.
Baxshi to‘rda yaxshi,
Mulla — go‘rda.
Hokim bo‘lsang,
Xalqni bil.
Holingni hokimga ayt,
Bor-yo‘g‘ingni tashlab ket.
Boy buvaning oshi bor,
Ichi to‘la toshi bor.
Xon xondan qo‘rqar,
Xon — xotinidan.
Xon odillik qilmasa, xonumondan ayrilar
Mulla folbinni ko‘rolmas,
Eshon — ikkalasini ham.
Xon ko‘p bo‘lsa, yov ko‘p bo‘lar,
Bek ko‘p bo‘lsa, dov ko‘p bo‘lar.

Qoziga bora berma, pora ber.
Savodsiz mullaning sallasi katta.
Olloh berganni mullo bermas.
To‘raga ishing tushsa,
Chaynamay yutar.
Yil fasllari va tabiat hodisalari haqida maqollar
Boy bor bo‘lsa ham bermas,
Yo‘q yo‘q bo‘lsa ham qarab turmas.
Mol ko‘paysa, barakat ortar,
Mulla ko‘paysa — oyat.
«Begim» deguncha beling sinar.
Hamma hamma bilan,
Mulla g‘umma bilan.
Boyning oshi — ko‘zning yoshi.
Goh — xudo-yu rasul,
Goh — nag‘mayi usul.
Mulla bilganin o‘qir,
Qarg‘a ko‘rganin cho‘qir.
Yog‘i yo‘q, qaymog‘i yo‘q, choyi qursin,
Xayri yo‘q, ehsoni yo‘q, boyi qursin.
Sallaga boqma, kallaga boq
Yog‘ochning yomoni — so‘qi,
Odamning yomoni — so‘fi.
So‘fi so‘g‘on yer,
Topilsa, yo‘g‘on yer.

Mullani mozorda ko‘r,
Dallolni — bozorda.
Boyning og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, so‘zi to‘g‘ri.
Mullaning qorni ochsa,
Nomozi tugar.
Boy ham boyga,
Xudo ham boyga.
Odamning to‘rasi xushmas,
Otdan tushsa ham, egardan tushmas.
Qo‘ziqorin go‘sht bo‘lmas,
Domla-imom — do‘st.
Boy bilan boy quda bo‘lsa,
O‘rtada to’rva yurar.
Yantoqning yog‘i yo‘q,
Qozi, eshonning — sog‘i.
«Oling-oling» deganda,
Haromi yo‘q eshonning.
Mulla-imom xotin bilan o‘ynar,
Illatini qavmi tortar.
Mulla, mullaning ishi — hiyla.
Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham,
Boyning o‘g‘li gapirsin.
Podshoning kuragi uzun
Mullaning aytganini qil,
Qilganini qilma.
Zo‘r — zo‘rniki,
Tomosha — ko‘rniki.

Boy xayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar.
Boy boyga boqar,
Suv soyga oqar.
Podsho taxtidan toysa,
Vaziri gado bo‘lar.
«Nun» — mullaga chanoq un.
O‘likning ko‘zidan yosh chiqmas,
Eshonning uyidan osh chiqmas.
Erning yirtig‘i yo‘q,
Boyning — tirtig‘i.
Baxshiniki «hay» bilan,
Mullaniki «voy» bilan.
Azizlarning ko‘ngli qurtova tilar.
Yangi boyda tinim yo‘q,
Eski boyda — uyqu.
Boyga yollangan molli bo‘lmas,
Molli bo‘lsa ham, holli bo‘lmas.
Boy bolasi boydakkina,
Egarlab qo‘ygan toydakkina.
Kambag‘al kambag‘al bilan quda bo‘lsa,
O‘rtada to‘rva yurar.
Bekning kosasidan suv ichma
Boyning ishi — voy.
Qo‘l qo‘lni bilar,
Shariat — yo‘lni.

Zolimdan panoh tilama,
Fosiqdan — vafo.
Xon xonga yig‘lar,
Xon — xotiniga.
Xon bor yerda qon bor.
Oy botsa ham,
Boy yotmas.
Xo‘jamning qorni to‘q,
Quli bilan ishi yo‘q.
Hayvonlar va qushlar haqida maqollar
Mullaning saxiyligi — tilida.
Qulni qul desang, o‘lgisi kelar,
Bekni bek desang, kulgisi kelar.
Boy bo‘lib bezillaguncha,
Qul bo‘lib qo‘porib yur.
Taassub qilma boyga,
Keting tegadi loyga.
Qing‘ir og‘iz bo‘lsa ham,
Boyning qizi er tanlar.
Bekniki — bejog‘lik,
Boyniki — tejog‘lik.
O‘ynashmagin arbob bilan,
Arbob urar har bob bilan.
Boyni xayrli dedilar,
Bor-u yo‘qdan ayrildik.
Qozi rishvasiz bo‘lmas
O‘ynashmagin amir bilan,
Amir urar temir bilan.
Xo‘jam dedim, belim sindi,
Belimgina emas, qo‘lim sindi.

Mulla soqoliga oro berar,
Lo‘li — zulfiga.
Zo‘rlikning so‘nggi — xo‘rlik.
Qoziga borsang,
Qozi pulini tugib bor.
To‘g‘ri gap eshon-u qoziga yoqmas.
Xo‘janing aqli tushdan keyin kirar.
Shariatning yo‘li ko‘p.
Boyning xo‘rozi o‘rdak olar.
Mullasi ko‘p elning to‘qlisi haromga chiqar.
Baqa eti go‘sht bo‘lmas,
Sipohidan do‘st bo‘lmas.
Qor yog‘di deb sevinma,
Ayozlari bor.
Xo‘ja keldi deb sevinma,
Niyozlari bor.
Qor yog‘di deb suyunma,
Qirovlari bor.
So‘fi keldi deb suyunma,
So‘rovlari bor.
Boyning xo‘rozi ham tug‘ar.
Erkin qo‘ysang xo‘jani,
Yotib ichar go‘jani.
Tekin sharobni qozi ham ichar
Mulla palovga o‘ch,
Bangi — olovga.
Da’vo qilma domladan,
Qarzdor bo‘lma so‘fidan.

Podshoning qo‘ltig‘i keng.
Bekka yetib bezillaguncha,
Qulga tegib qutulgan yaxshi.
Ikki mulla — bir kishi,
Bir mulla — yorti kishi.
Qulluq qilsang to‘raga,
Yiqilasan o‘raga.
Mingboshiga ming bersang, ming‘irlar,
Yuzboshiga yuz bersang, yuz urar.
«Bering-bering» deganda,
Oromi yo‘q eshonning.
Yo‘l va yo‘ldosh haqida maqollar
Qor boshiga qor yetar,
Xon boshiga xon yetar.
O‘lanli yerda ho‘kiz semirar,
O‘limli yerda — mulla.
Qiyshiq arava yo‘l buzar,
Qozi, mulla el buzar.
Mulla holvani ko‘rsa,
Qur’onni unutar.