Ehtiyotkorlik va Ehtiyotsizlik haqida maqollar to‘plami

Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik» (Amir Temur).

Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida maqollar

Uy ovloq deb so‘zlama,
Yomon odam o‘rganar.

Sinamasdan yor qilma.

Suzag‘on sigirga yaqinlashma.

Hushyorni yov bosmas,
Yov bossa ham, dov bosmas.

Tuya ko‘rdingmi, yo‘q,
Biya ko‘rdingmi, yo‘q.

Tili uzun xashak yer,
Tili kalta yashab yer.

Qaytgan qo‘yga qashqir o‘ch.

Yuvvoshdan yo‘g‘on chiqar,
Chiqsa ham yomon chiqar.

Ko‘rinmas balo — oyoq ostida.

Pushaymon — so‘nggi dushman.

Bir og‘izdan bol ham tomar, zahar ham.

Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar

Osmonga otgan toshing,
Qaytib tushib yorar boshing.

Kattaga tegma — yig‘larsan,
Kichikka tegma — uyalarsan.

O‘nni ko‘r, birni ol.

Dushmanning biri ham xatar.

Kichkina yukka tuya tiz cho‘kar.

Hazil, hazilning tagi zil.

Devona ham xurjunini bir marta yo‘qotar.

Otingni ayasang, yo‘lga qarab yur.

Tiling qisqa bo‘lsa,
Qo‘ling uzun bo‘ladi.

Kun ko‘raman desang, erta tur.

Pichoqni avval o‘zingga ur,
Og‘rimasa birovga ur.

Balo tegmasa, baloda ne ishing bor.

Saqlanmagan alp jardan qular.

Yalangoyoqning cho‘pdan xavfi bor.

Ochni ishlatma,
To‘qni qimirlatma.

Gap bir aytiladi,
Qilich bir chopiladi.

Bir o‘lganga tegma,
Bir — kuyganga.

Yoyilgan gap yig‘ilmas.

Kuzgi sovuqdan kun bo‘yi qoch.

Devor shohid so‘zingga, ehtiyot bo‘l o‘zingga

Ot ham berma,
Otingni ham ko‘rsatma.

Sen bo‘rini ayasang,
Bo‘ri ceni talar.

Ehtiyot bo‘l so‘zingga

Ko‘pga kesak otma, ko‘muvsiz qolasan.

Qimorbozga do‘st bo‘lma,
Ko‘rgan yerda pul so‘rar.

It qopmas,
Ot tepmas dema.

Avaylab so‘zla so‘zingni,
Devorning ham qulog‘i bor.

Devorning ko‘zi bor,
Sarxolning — qulog‘i.

Ko‘ngling bilan eshit, quloq aldaydi,
Aqling bilan ko‘r, ko‘z aldaydi.

Noqobilga sir aytma,
Har tomonga yoyadi.

O‘yindan o‘q chiqar.

Hushyorliging — tinchliging.

Bosh yarasi tuzalsa ham,
Dil yarasi tuzalmas.

Otgan o‘qni qaytarib bo‘lmas.

Oshkora do‘qdan qo‘rqma,
Yashirin tuhmatdan qo‘rq.

Dushmanning sovg‘asidan qo‘rq,
Mug‘ambirning — navhasidan.

O‘ylamay soyga tushdim,
Endi menga qir qayda.

Men qilaman ikki,
Kelinim qiladi yetti.

Yalang‘ochni ursang, po‘stinli qochar.

Tomiringni maqtama,
Yomon chiqsa qaytasan?

Og‘izdan chiqqan gapning hazili yo‘q.

Qizi bor qizi borga kulmasin,
O‘g‘li bor — o‘g‘li borga.

Karnaychidan oshnang bo‘lsa,
Qulog‘ingga paxta tiq.

Tikan bosgan qadamini bilib tashlar.

Yovga so‘zing chin aytma,
Chin aytsang ham, sir aytma.

Dilning kaliti — til.

Xavfing qaydan bo‘lsa, xataring shundan.

Keliningni qarg‘ama, o‘g‘lingga tegar,
Kuyovingni qarg‘ama, qizingga tegar.

Bir aldansang, yuz aldanasan.

Dushmaning bitta bo‘lsa ham ehtiyot bo‘l

Yig‘inga kirganda tilingni tiy,
U yog‘ini o‘zing bilasan.

Olov bilan o‘ynashsang,
Oqibati kuyarsan.

Dushmaningdan ehtiyot bo‘l

Til — balo, tish — qal’a.

Kosibning yonidan bir quloch nari o‘tir.

Ayolning nozidan qo‘rq,
Ahmoqning — so‘zidan.

Obro‘li obro‘yidan qo‘rqar,
Beobro‘ nimadan qo‘rqar.

Yondashmagin yomonga,
Ranging o‘xshar somonga.

Ilondan qo‘rqqan ola chilvirdan hatlamas.

O‘zingni bil, o‘zgani qo‘y.

Sekin yoqqan yomg‘irdan qo‘rq,
Kulib boqqan — hokimdan.

Ko‘rinib balo kelmaydi,
Baloning bari tilingdan.

Obro‘ misqollab kelar,
Qadoqlab ketar.

Og‘zingni eshitib yur,
Nima deganingni bilasan.

Kulma qo‘shningga,
Qaytib kelar boshingga.

Qamchi berma yaxshi bo‘lsa otingga,
Ishonmagin miltiq bilan xotinga.

Topib oldim deb suyunma,
Tanigan olib qo‘yar.

Og‘iz — ayg‘oq, til — toyg‘oq.

Qurumsoqqa ishonsang, qo‘ldagidan ajraysan.

Dardi yo‘qning oldida
Boshim og‘ridi dema.

Running ko‘zi bor,
Tunning — qulog‘i.

Qo‘l bilan berib, oyoq bilan yugurma.

Iching og‘risa, qarab ye.

Rasamading yoningda bo‘lsa,
Oting yo‘lda qolmas.

Otang qozi bo‘lsa ham, gunohkor bo‘lma.

Mungli ishing bo‘lmasa,
Bug‘li oshing tashlama.

Do‘stingni do‘st bilma,
Do‘stingning ham do‘sti bor.

Kiyimni yangiligidan saqla.

Bosh boshlar, oyoq tashlar.

Tilini tiygan boshini qutqarar.

Achchiq kelsa, aql ketar,
Aql kelsa — achchiq.

Do‘stingga hazil qilma, oqibati urishdir

Yantoqning yog‘i yo‘q,
Dushmanning — sog‘i.

Tepmas ot yo‘q,
Qopmas it yo‘q.

Do‘stingga hazil qilma oqibati urish

Devorning sichqoni bor,
Sichqonning qulog‘i bor.

Obro‘ni — yoshlikdan.

HushyorUk — umr posboni.

Oq itning ketidan oqsoq it.

Bolani bola dema, pand yeysan.

Erdan topsang sanab ol,
Do‘st qilsang — sinab.

Ko‘ngilning qolishi — shishaning sinishi.

O‘g‘ri o‘g‘ri emas, mol egasi o‘g‘ri.

O‘rtaga tushma, o‘rtanasan.

Ochning achchig‘i yomon.

Tishginamdan roziman,
Og‘izginamning qal’asi.

Suv kelmay, band tashla.

O‘rtaga tushgandan o‘t ushlagan yaxshi.

Sen sinamasang, u sinar.

Bo‘ri yo‘q dema, bo‘rk ostida,
Yov yo‘q dema, jar ostida.

Arpa pishar, ishing tushar.

Pismiq, telba farq qilar,
Tinch oqqan suv g‘arq qilar.

Cho‘pni xo‘rlasang, ko‘zga ziyon,
Tishni xo‘rlasang — so‘zga.

Uy siri — yopig‘lik qozon.

Bo‘rini to‘q dema,
Dushmanni yo‘q dema.

Yo‘g‘ing topilguncha, bonngni yo‘qotma.

Til saqlagan o‘ylanar,
Tildan ozgan boylanar.

Chuqur qazisang, o‘z bo‘yingga o‘lchab qaz.

O‘yin tubi o‘t bo‘lar.

Hazildan zil chiqar,
Zildan — zilzila.

Bir ko‘rdan qo‘rq,
Bir — kardan.

Chirmandani qattiq urma,
Chirmanda ham teridan.

Sir beruvchi bo‘lma, sir oluvchi bo‘l

Dard kelar-u dard ketar,
Jon qadrini anglatar.

Yov sirini yov bilmas.

Sir beruvchi bo‘lma, sir oluvchi bo‘l

Dasht bo‘risiz bo‘lmas,
El — o‘g‘risiz.

Tomog‘ingga qiltanoq ketsa,
Ayronni ham chaynab ichasan.

Saqlanganga balo yo‘q,
Saqlanmaganga davo yo‘q.

Bir savat tuxumga bir tepki kifoya.

Bosar izing ko‘rib bos,
Orqa-olding bilib bos.

El ishi — sovurmoq,
Olov ishi — qovurmoq.

Ichi qaltiroqdan qo‘rq,
Sirti yaltiroqdan qo‘rq.

Bilganing — bir to‘qqiz,
Bilmaganing — to‘qson to‘qqiz.

Imkon va imkonsizlik haqida maqollar

Ko‘z — nur uyasi,
Ko‘ngil — sir uyasi.

Yomon kunda yotib tin.

Avval otingni taqala,
Keyin yo‘l tarda.

Balo na yerda — oyoqning ostida.

Qo‘rimtani qo‘zg‘atma.

Bir yuzingni urushga qo‘y,
Bir yuzingni — yarashga.

Dushmaningning maqsadi
Ahvolingga kulishdir.

Dushmanni kuchsiz dema,
Kuchim ko‘p uchsiz dema.

Olmaning qiziliga ishonma,
Dushmanning — do‘stligiga.

Yo‘lda qo‘shilgan — do‘st bo‘lmas.

Buqa shoxidan ilinar,
Odam — tilidan.

Ko‘p yomg‘ir yerni buzar,
Ko‘p gap elni buzar.

Oyog‘idan qulagan turadi,
Og‘zidan qulagan turmaydi.

Uyda og‘zin yopmagan,
To‘yda birin topmagan.

Ko‘ringanni do‘st bilma.

Yomonning sovunida kir yuvma.

Sanamay sakkiz dema,
O‘ylamay — o‘ttiz.

Hiylasiz botir o‘zini yovga oldirar.

Yuvvoshning muguzi — ichida.

Bir charchaganga tegma,
Bir — och qolganga.

Yurganda oyog‘ingni ehtiyot qil, gapirganda tilingni

Kuldan tom yopma.

Toqqa chiqsang, tovoningga qarab chiq.

Yurganda oyog‘ingni ehtiyot qil

Qo‘shning ko‘r bo‘lsa, ko‘zingni qis,
Dushmaning kar bo‘lsa, tilingni tiy.

Ochiq qozonga it tegar.

Balo xavfidan baloning o‘zi yaxshi.
Balodan avliyo ham qochar.

Oldingga bir qarasang,
Orqangga o‘n qara.

Tutga chiqsang, po‘stiningni olib chiq.

Tiling bilan ko‘nglingni bir tut.

O‘ng qo‘ling bersin,
Chap qo‘ling bilmasin.

Sinamasa, er aldanur,
Saqlanmasa — el.

Olovning tishi yo‘q,
Ho‘l-quruq bilan ishi yo‘q.

Shirin gapga uchma,
Maqtaganni quchma.

Eshigi yomonning to‘rida o‘tirma.

Bir yangi uylangandan qo‘rq,
Bir — yangi boyigandan.

Sutdan og‘zi kuygan, qatiqni puflab ichar.

Kulib boqqan odamdan qo‘rq,
Ochilib yoqqan havodan.

Ilonning suymas o‘ti
Inining og‘zida bitar.

Balo ko‘zga ko‘rinmas,
Xato qo‘lga ilinmas.

Bo‘ydoqning aqh — ikki ko‘zida.

Xolajon, deb tegishma,
Baloga qolasan eridan.

Ko‘sani uyga kirgazma,
Tagini yerga tegizma.

O‘ng ko‘zing so‘l ko‘zingga soqchi bo‘lsin.

Aytgan joyning zavqi bor,
Aytmagan joyning — xavfi.

Tildan toygan yig‘laydi,
Tilini tiygan gullaydi.

O‘lgisi kelgan shaqal Iniga qarab uvillar.

O‘t bilan o‘ynashgan yonar.

Vovvulagan it qopmas,
Hippakisidan qo‘rq.

Shakarli tilga ishonma.

Tuzoqdan bir marta qo‘rqqan qush,
Qirq yilgacha ayri yog‘ochga qo‘nmas.

Ettining biri — ayyor.
Ettining biri — Xizr.

O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma

Safarga chiqsang, bilib chiq,
Yo‘l to‘ningni kiyib chiq.

Egasiz eshakni bo‘ri yer.

O‘zingga ehtiyot bo‘l

Sitting sinsa ham, siringni berma.

Gapirganda o‘ylab gapir,
Yuzing shuvit bo‘lmasin.

Sevib olmasang ham, sinab ol.

Erni tepma joni bor,
Urib turgan qoni bor.

Beg‘amliging — o‘lganing.

Qorovulning uyqusi — o‘g‘rining chirog‘i.

Tilingni tiy, tishing sinmasin.

Xotinni tanlab ol,
Gulni — hidlab.

Bilak bir, barmoq boshqa.

Kishi yo‘q deb so‘zlama,
Og‘zing yomon o‘rganar.

Nonning ikki kunligini ye,
Go‘shtning — bir kunligini.

Yotgan ilonga tegma.

Og‘izlikka oldirma,
Oyoqlikka teptirma.

Falokat qosh-qovoq orasida.

Go‘sht suyaksiz bo‘lmas,
Sholi — kurmaksiz.

Sir boy berding — bosh boy berding.

Teshik ko‘prikdan eshak o‘tmas.

Oshiqning ko‘zi ko‘r.

Indamasang, uyday balodan qutulasan.

Dushmaning mo‘r bo‘lsa,
Mo‘rdek hazar qil.

Tilginamdan qo‘rqaman,
Boshginamnnig balosi.

Berishda bir sana,
Olganda — ikki.

Dushmaningga shakar berib jonini ol.

Ko‘rdim degan — ko‘p so‘z,
Ko‘rmadim degan — bir so‘z.

Dushmaningga kimxob kiygiz,
Do‘stingga — alak.

Til — suyaksiz, tish — qal’a,
Til yomoni — bir balo.

Bilganing daryo bo‘lsa,
Bilmaganing — dengiz.

Dushmaning uchta bo‘lsa,
Ikkitasi bilan do‘st tutin.

Ilonning zahri yomon, zolimning qahri yomon

Kasalingdan ilgari kafan tayyorla.

Er yanglishib qo‘lga tushar,
Qush yanglishib to‘rga tushar.

Ilonning zahri yomon zolimning qahri

O‘zingga o‘zingni maqtagandan qo‘rq.

Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi.

Gupping qalin bo‘lsa ham, qishdan qo‘rq,
Do‘pping qalin bo‘lsa ham mushtdan qo‘rq.

Otingni yaxshi ko‘rsang, ayilini mahkam tort.

Yaqindagini bo‘ri olmas.

Chopqirga ham tumor bor.

Suvning sekin oqqanidan qo‘rq,
Odamning yerga boqqanidan qo‘rq.

Ota dushmani do‘st bo‘lmas.

Bolasini maqtagan onadan qo‘rq.

Ko‘kka tupurma, yuzingga tushar,
Noto‘g‘ri gapirma, boshingga tushar.

Til saqlagan sir saqlar.

Tilga tish — qal’a,
Ko‘zga — qosh.

Vaqt va fursat qadri haqida maqollar

Sinagan yo‘lingdan qolma,
Sinamagan yo‘lingga borma.

Mayiz yesang, cho‘pi bor,
Olxo‘ri yesang, dumi bor.

Sir uchini so‘z ochar,
Sir ochgandan el qochar.

Do‘stingga do‘st bo‘l,
Dushmaningga — ziyrak.

Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

Yov yoqadan olar,
It — etakdan.

Ilonning usti zar,
Ichi — zahar.

Dushmaning kuya bo‘lsa ham, tuya bil.

Cho‘lda qo‘yim bor dema,
Ko‘lda yerim bor dema.

Ko‘rga tutqazma,
Karga eshittirma.

Folga inonma, suvga suyanma.

Uyda yotma, sel olar,
Tepada yotma, yel olar.

Sinalmagan farishtadan
Sinalgan shayton yaxshi.

Kishi olasi ichida,
Yilqi olasi tashida.

Temirning kichigi ham — temir,
Sirning kichigi ham — sir.

Qizi bor qisib gapirsin,
O‘g‘li bor — o‘ylab.

Ofat ko‘rmay desang, hushyor bo‘l

Do‘stning ko‘zi ayb ko‘rmas.

Yovga joningni bersang ham, siringni berma.

Ofat ko‘rmay desang hushyor bo‘l

Ko‘rmagan yerning chuquri ko‘p.

Bozor ko‘rgan echkidan qo‘rq.

Sinamagan do‘stingga sir aytma.

Egasi ming poylasin,
O‘g‘ri bir poylasin.

Arab bor yerga qarab bor.

Ko‘rdim dedim, tutildim,
Ko‘rmadim dedim, qutuldim.

Vasiqang kuydi — haqqing kuydi.

O‘zingdan yomon chiqmasin,
Yotdan yomon kelmasin.

Shivirlashgan uch bo‘lsa, sir yotmas.

Sipohining boshi ko‘prikbo‘lsa ham, bosib o‘tma.

O‘zbekka salom berdim,
O‘n tanga tovon berdim.

Dardsiz boshingni dardga solma.

Asragan to‘qlini bo‘ri yemas.

Sirtlon sirini bermas.

Ishonmagin do‘stingga,
Somon tiqar po‘stingga.

Hazil bilan mazaxga yetibdi,
Mazax bilan do‘zaxga yetibdi.

Avaylab uchmagan qush
Qanotidan ayrilar.

Orachiga olti musht.

Aytilmagan sir — dilingning siri.
Aytgan so‘ng sen — sirning asiri.

Tuyaga kishan sol-da,
Tavakkalni xudoga qil.

Do‘sting ham — til,
Dushmaning ham — til.

Kirma sanamning uyiga,
Sanam solar o‘z kuyiga.

Yov ketsa ham, qilichingi zanglatma.

Ayiqni yo‘qlasang, tayoq ol.

Sipohining to‘yiga borma,
Ahmoqning — uyiga.

Tandir olsang, qoqib ol,
Xotin olsang, boqib ol.

Tushingni hazilkashga aytma.

Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinar

Hushyorlik — mustahkam qo‘rg‘on.

Safar borsang, sarisin sina,
Sarisin sinamasang, barisin sina.

Ko‘za kunda sinmaydi kunida sinar

Tilning bo‘shi boshga yetar.

Qaytib kelar eshigingni qattiq yopma.

Suvga suyanma, yovga sig‘inma.

Yo‘li boshqaga yukingni qo‘shma.

Mevasini desang, gulini asra.

Kuchim bor deb kuchanma,
Kuchsiz seni qui etar.

Cho‘pni ko‘rsang,
Xizr bil.

Sar bersang ber, sir berma.

Qo‘lni yuvsang kir ketar,
Aytib yuborsang — sir.

Aytmas yerda og‘zingni tiy,
Mehmonga borganda — nafsingni.

Dushmaning ikkita bo‘lsa,
Bittasi bilan do‘st tutin.

Boshga balo toshdan kelar.

Tangri asragan to‘qlini bo‘ri yemas.

Biyani ishlatsang, qulundan ayrilasan.

Ich siringni otangga ham aytma.

Ikkov oldida bilib ayt,
Uchov oldida o‘ylab ayt.

Tomchi tomib bo‘lguncha,
Daryo oqib bo‘ladi.

Sen birovni xo‘rlama,
Seni ham xo‘rlovchilar bor.

Kafil bo‘lgan kafansiz ketar.

Maqtanma g‘oz,
Hunaring oz.

Odam tilidan topar,
Hayvon mo‘gizidan.

Ilonning zahri chiqar,
Tilning zahari chiqmas.

Bir ochga tegma,
Bir — yalang‘ochga.

Mol o‘g‘risidan qo‘rqma,
So‘z o‘g‘risidan qo‘rq.

Falokat oyoq ostida.

Sirni sukut saqlar.

Oyda dog‘ bo‘lsa-bo‘lsin,
Kishida dog‘ bo‘lmasin.

Tog‘ qoyasi uxlamas

Saqlangan sog‘,
Saqlanmaganning yuragi dog‘.

Yalqov bilan anqov,
Dushman uchun katta ov.

Tog‘ qoyasi uxlamas

Osh ham qarz, tosh ham.

Birovning aybini senga aytgan,
Sening aybingni ham birovga aytar.

Kafil bo‘lguncha, kafting bilan cho‘g‘ ushla.

Past ko‘chadan piyoda o‘tma.

Odam shaytoni — odam.

Ko‘z dardi ko‘rinar,
Ko‘ngil dardi ko‘rinmas.

Yuzsiz kishiga yuzlanma.

Izzat tilasang, ko‘p dema,
Sihat tilasang, ko‘p yema.

Suvdan burun bo‘g‘ot sol.

Tom boshida kishi bor.

Ilonning bolasi — ilon,
Chayonning bolasi — chayon.

Bol totli deb barmog‘ingni chaynama.

Mol olsang, tanib ol,
Tanimasang, targ‘il ol.

Bilgandan bilmaganing ko‘p,
Ko‘rgandan — ko‘rmaganing.

Tili uzunning umri qisqa.

Xasni xor ko‘rma,
Ko‘zingga tushsa, ko‘r qilar.

Uy o‘zimniki dema,
Uy orqasida kishi bor.

Taqdir va Tadbir haqida maqollar

Odam og‘zidan,
Mol bo‘g‘zidan osilar.

Achchiq o‘yin shirin turmushni buzar.

Devorning orqasida kishi bor.

Sinalmagan otning sirtidan o‘tma.

Dushmaning sichqoncha bo‘lsa ham,
Kuching arsloncha bo‘lsin.

Yoshingni oshir,
Daviatingni yashir.

Yotgan ilonning quyrug‘ini bosma.

Gap buzov emizar,
Buzov kaltak yegizar.

Tikanning ko‘zi bor,
Devorning qulog‘i bor.

Og‘zingni ochguncha ko‘zingni och.

O‘ynab aytsang ham, o‘ylab ayt

Sirni aytma do‘stingga,
Somon tiqar po‘stingga.

Poydevorning tagini ishla.

O‘ynab aytma o‘ylab ayt

Sipohidan oshnang bo‘lsa,
Yoningda oyboltang bo‘lsin.

Indamasdan ish chiqar.

Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy,
Tishing og‘risa — tilingni.

Tilingni botir qilma,
O‘zingni botil qilma.

Ilonni qo‘yinda saqlab bo‘lmas.

Olov — tilsiz yov.

Suvdan ilgari — to‘g‘on,
Balodan ilgari — sadaqa.

Aytilmagan so‘zni ayttirib bo‘lar,
Aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmas.

Aytgan so‘zni yutib bo‘lmas.

O‘larmonning o‘zidan qo‘rqma, ko‘zidan qo‘rq.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *