Taqdir va Tadbir haqida maqollar to‘plami

Tadbir va taqdir haqida eng sara maqollar to‘plami. «O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe‘lingga, fe‘ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha» (Jaloliddin Rumiy).

Taqdir va tadbir haqida maqollar

Taqdirni balosi ko‘p,
saqlasa panosi ko‘p.

Singan kulolning ko‘zasi,
To‘kilgan bo‘zagarning bo‘zasi.

To‘ylining to‘yi o‘tar,
To‘ysizning kuni o‘tar.

Betda yurgan bo‘riman,
Nasibamdan ko‘raman.

O‘tmas umr bo‘lmas,
Sinmas — temir.

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar

Tirik bandada tinim yo‘q.

Zamona kelmay qirindan,
G‘amingni ye burundan.

Asrayman desa balo yo‘q,
O‘laman desa — davo.

Har yerning tulkisini o‘z tozisi bilan ovla.

Qirq yil qirg‘in bo‘lsa,
Ajali yetgan o‘lar.

Sinmasni kulol yasamas,
O‘lmasni xudo yaratmas.

Qishda po‘stin kiyma, qazi ye.

Beshikdagi bolaning bek bo‘lishini kim bilar.

Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top.

Bugun bo‘lsa ham shu o‘lim,
Erta bo‘lsa ham shu o‘lim.

O‘liging bo‘lsa, yerga ber,
Qizing bo‘lsa — elga.

Otga minsang, qamchi ol.

Odam tuzar, taqdir buzar

Hiyla bilan arslon tutilar,
Kuch bilan sichqon tutilmas.

Murching ko‘p bo‘lsa, bulamiqqa sol.

Odam tuzar, taqdir buzar

Suv ko‘zasi suvda sinar.

Ho‘kizing bo‘lmasa, o‘zing chop,
Omoching bo‘lmasa, ketmon top.

Uzun arqon — keng tuzoq.

Ayol degan palaxmon toshi,
Qayerga otsa, shu yerga tushar.

Mol yig‘sang, qo‘nishini top,
Osh yesang, idishini top.

Safarga otlansang, otga qoziq ol,
Bir kunlik yo‘l uchun yillik oziq ol.

Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.

Iyasi kelsa, biyasini ber.

Qor yog‘di — iz bosildi.

Tadbirning yengi bilan
Taqdirni yashirib bo‘lmas.

Ulov o‘rniga tayoq.

Jumadan umiding bo‘lsa,
Payshanbadan harakat qil.

Asragan qo‘l sinar.

Zarar va foyda haqida maqollar

Taqdirni ishini tadbir buzolmas

Tuya qochib yukdan qutulmas.

Men qilaman o‘ttiz,
Tangrim qiladi to‘qqiz.

Taqdirni ishini tadbir buzolmas

Uyqu kelmasdan burun o‘rin sol.

Echki yuzga yetmas,
Yuzga yetsa ham kuzga yetmas.

Toshga soch, toleyingdan ko‘r.

To‘kilmagan kim bor,
So‘kilmagan kim bor.

Eshakni yukka ohb kel
Yoki yukni — eshakka.

Ot olmay, oxur tuzat.

Bir to‘lgan bir sochilar.

Hiyla ham o‘z o‘rnida botirlik.

Qichiganni qashigan yengar.

Asragan ko‘zga cho‘p tushar.

Otni it qaytarar.

O‘ngini o‘ngla, so‘ngini so‘ngla.

Yaxshi tushga ham sadaqa,
Yomon tushga ham sadaqa.

Tadbirga taqdir hayron

Bo‘ladigan ishning boshi to‘g‘ri.

Minora solgan minora bo‘yi chuqur qazir.

Tadbirga taqdir hayron

Tuyog‘i butun tulpor yo‘q,
Qiyog‘i butun shunqor yo‘q.

Bandaning boshi — olloning toshi.

Suvni bog‘laguncha, ariq och.

Tilni bilish — dilni bilish.

Pulingdan bir puling qolsa, palov ye,
Kuningdan bir kuning qolsa, xotin ol.

Mol molga yetguncha
Azroil jonga yetar.

Qistov bo‘lsa, ot yaraydi,
Uzoq bo‘lsa — xat.

Otang mirob bo‘lsa ham,
Ariqni tozalab suv ich.

Ojizlik va kuch qudrat haqida maqollar

Tulki qancha qochmasin, borar joyi
Mo‘ynado‘zning do‘koni.

Olisdan otilgan sopqon
To‘g‘ri mo‘ljalga tegar.

Qoziqsiz ot turmas.

Har og‘riqning davosi bor,
Har emgakning chorasi bor.

Tutunning achchig‘ini mo‘ri bilar.

Tadbirni ishini taqdir buzolmas

Ozmayman degan yigitni qorong‘u tun ozdirar.

Bo‘rkni tashlab bo‘ridan qutulib bo‘lmas.

Tadbirni ishini taqdir buzolmas

Har kimga — bir uy, bir go‘r.

Kun qizarib botsa, qizingni uzat,
Tong qizarib otsa, tomingni tuzat.

Bir ko‘r — qiyiq,
Bir kar — qiyiq.

Qush qo‘nmaydigan daraxt bo‘lmas.

Morbozniki mordan,
Dorbozniki dordan.

Qurtning davosi — qaynoq suv.

Og‘riq tishning davosi — ombir.

Bir mix bir nag‘alni,
Bir nag‘al bir otni tutar.

Ajal yetdi,
Devona qabul qildi.

Elli kun yo‘rt,
Yog‘inli kun yot.

Boy bo‘lmasim bilibman,
Och o‘ldirma, xudoyim.

Asov otni taqa to‘xtatar.

Eshmachi eshib olar,
Teshmachi — teshib.

Taqdirli ayol — tadbirli ayol

Sichqon tutishga qopqon zarur,
Dushmanni otishga — sopqon.

Tushibsan bu so‘qmoqqa,
Ko‘narsan bu to‘qmoqqa.

Taqdirli ayol tadbirli ayol

Quyon qopqoni bilan arslonni ovlab bo‘lmas.

Otni boqsang, ot qilasan,
Yovni quvsang mot qilasan.

Turnani tuzoq bilan tutib bo‘lmas.

Qilich eng so‘nggi hiyladir.

Sinalmagan sop qolmas,
Yirtilmagan qop qolmas.

Qochgan ham xudo der, quvgan ham.

Me’yor va me’yorsizlik haqida maqollar

Tuya quvsa, o‘rga qoch,
Ilon quvsa — shudgorga.

Kuzning kelishini yozda belgila.

Kun g‘amini sahar ye,
Yil g‘amini bahor ye.

Yo‘lga chiqmoq na hojat,
Yo‘l ozig‘ing bo‘lmasa.

Ana go‘r, mana go‘r,
Ishonmasang, borib ko‘r.

Minsang — eshak, solsang — to‘shak.

Safaiga otlanma safar xaltasiz,
Zinhor yo‘lga chiqma yaroq-boltasiz.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *