Sabr qanoat va Shoshqaloqlik haqida maqollar to‘plami
Sabr toqat, sabrsizlik hamda shoshqaloqlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Biror kishiga sabrdan ko‘a yaxshiroq va ulkanroq ne‘mat berilmagan» (Muttafaqun alayh).
Shoshib suringandan,
Asta yurib otdan o‘zgan yaxshi.
Sabr tog‘ni yiqitar.
Toqat qilsang, tog‘ egilar,
sabr qilsang, bog‘ egilar.
Oldin angla, keyin tanla.
Hovliqqanga sichqon teshigi ming tanga.
Shoshgan shamol bilan barobar.
Jinnining jirtakka tobi yo‘q,
Shogirdning — pirtakka.
Yolg‘onchilik va rostgo‘ylik haqida maqollar
Bir terida qo‘y necha semirib, necha ozar.
Yuk og‘irini nor ko‘tarar,
Dard og‘irini — er.
Indamasang, uyday balodan qutulasan.
Shoshgan er uyiga yetolmas.
Shoshmagan arava quyonga yetar.
Qo‘rqqandan hovliqqan yomon.
Sabr tog‘ni yiqitar
Yaxshi ot keyin chopar.
Eshak o‘yini — qirq yilda,
It o‘yini — har yilda.
«Berdi»sini aytguncha, behni bukma.
Kutganning kuni o‘tmas.
G‘azab — oldinda, aql — keyinda.
Toy mingan ot ham minar.
Non pishguncha, kulcha kuyar.
Kurash qurbonsiz bo‘lmas.
Arg‘umoqda yol yo‘q deb,
Yo‘lga tashlab ketmanglar.
Bir yomon kunning bir yaxshi kuni bor.
Tez so‘zlar tez pushaymon bo‘lar.
Jahl dushmani — sabr.
Buzoqdan oldin qoziq qoqilmas.
Qanoat qorin to‘ydirar
Shoshgan pashsha sutga qo‘nar.
Eyuviga chidasang, to‘y qil,
O‘luviga chidasang, qo‘y qil.
Hovliqqan mushuk ko‘r tug‘ar.
Rohatini ko‘rgan azobiga ham chidaydi.
Ongniganni kutgan yengar.
Og‘ir toshni suv eltmas.
Tavakkalning tagi — taxir.
O‘tir qizim, o‘rin top.
Shoshgan ishga shayton qo‘shilar.
Bola shoshar,
Tut vaqtida pishar.
Gul tikansiz bo‘lmas,
Dur — sadafsiz.
O‘lma eshagim, arpa yersan.
Bir bo‘lgan ikki bo‘lmay qolmas,
Ikki bo‘lgan uch bo‘lmay qolmas,
Uch bo‘lgan doim bo‘lmay qolmas.
Sabr — shodlik kaliti
Tavakkalning boshi — kal.
Shoshmasang, tez yetasan,
Shoshgandan o‘zib ketasan.
Bolta bo‘lsang, ur,
Kunda bo‘lsang, chida.
Suv ko‘rmay, etik yechma.
Katta to‘qoch pishguncha,
Kichik to‘qoch kuyibdi.
Och o‘zini o‘tga urar.
Ip qancha uzun bo‘lmasin, uchi topilar.
Tez bitgan, tez yitar.
Ekinni kutsang — ekin.
Tez kirishgan, bot qaytar.
Jabrga sabr yo‘q.
Sabr tagi — rahmon,
Shoshgan ishi — shayton.
Asl boylik — qanoat.
Qanoat — qizil oltin
Kamoli imon — sabr.
Jahl — joningga jabr.
O‘z uyingda oshing bo‘lsa,
Kishi uyida g‘ashing bo‘lmasin.
Gul tikansiz bo‘lmas,
Safo — jafosiz.
Shoshgan kelin erini «oyi» debdi.
Noshudlik, chaqqonlik va epchillik haqida maqollar
Ot bo‘lguncha, toy ham bo‘lar.
Xamir qormasdan, tandirga o‘t yoqma.
Shoshgan zuluk yaproqqa yopishar.
O‘z oshim — g‘avg‘osiz boshim.
Oshiqmagan olisga yetar.
Yuzga chidagan, mingga ham chidaydi.
Sabr etgan yetar murodga,
Besabr qolar uyatga.
Sabrsiz baliq sog‘asidan ilinar
Yuvvosh otning manglayi qattiq.
O‘tirgan qiz uy topar.
Qanoat qilsang, qorning to‘yar,
Beqanoat otini so‘yar.
Bol bor yerda bolari bor.
Bardoshliga yog‘lik osh,
Sabrsizga osh ham tosh.
G‘alvirni suvdan ko‘targanda ko‘r.
Shoshganda labbay topilmas.
Er yigitda mol yo‘q deb,
Yovga tashlab ketmanglar.
Pish qozonim besh oy,
O‘tir qizim olti oy.
Boriga rozi bo‘l,
Yo‘g‘iga sabr qil.
Suvdan ilgari bug‘ot solma.
Ochiqqan o‘lmas, oshiqqan o‘lar.
Sabr qilsang, g‘o‘radan holva bitar,
Besabrlar o‘z oyog‘idan yitar.
Sabr bilan mehnat qilgan boy bo‘lar
Och bo‘lsang ham to‘qday bo‘l,
Miltiqdan chiqqan o‘qday bo‘l.
Podadan oldin chang ko‘tarma.
Azob ko‘rmay, rohat yo‘q.
Kutilgan qozon qaynamas.
Shoshilgan yiqilar,
Shoshmagan oyga chiqar.
Bugungi jahlni ertaga qo‘y.
Ipakbilan boshlab, ip bilan tugatma.
Tosh — qattiq,
Toshdan ham bosh qattiq.
Arg‘umoq birda yolli, birda yolsiz,
Er yigit birda molli, birda molsiz.
Sabr tagi — sari oltin,
Sabr bilan chiqar oting.
Chopib borgan yerga,
Yurib borsa ham bo‘lar.
Savlatlidan saboth zo‘r.
Qand yeding ham indama,
Pand yeding ham indama.
Sabrli chidar, sabrsiz yonar
Jo‘jani kuzda sana.
Keyingi tuyaning yuki og‘ir.
Sabr qilsang, tuyaning yukini bo‘ta ko‘tarar.
Bir achchiqning bir chuchugi bor.
Bo‘ri oriqhgini bildirmas.
Kashta qimmat, sabr arzon.
Tomchi tomib bo‘lguncha,
Daryo oqib bo‘ladi.
Gulni sevgan tikaniga chidaydi.
Poklik sog‘liqni, aql sabrni saqlar.
Sabr bilan xor guliston bo‘lar,
Sho‘r zamin bog‘ bilan bo‘ston bo‘lar.
Kutganga kun uzoq.
Xom terini iylasang, ulton bo‘lur,
Nafsini tiygan kishi sulton bo‘lur.
Shoshgan shoshilib yiqilar,
Chopgan etagiga — o‘ralib.
Sabr so‘nggi so‘m oltin
Achchig‘ing kelsa, burningni tishla.
Shoshgan kishi, ham boshi bilan yurar,
Ham — oyog‘i bilan.
Sabrli bo‘lsang, o‘zarsan,
Sabrsiz bo‘lsang, to‘zarsan.
Shoshgan qiz erga yolchimas.
Shoshganning ishi o‘ngmas.
So‘ragan adashmas,
O‘ylovchi shoshmas.
Bir yomonning bir yaxshisi bor.
Katta topganini kiyar,
Kichik — suyganini.
Omad, baxt va omadsizlik haqida maqollar
Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
To‘ymasang, to‘yingda ye.
Sabrlining boshiga olma bitar,
Sabrsizning boshiga — g‘avg‘o.
Qilich sug‘urguncha, qaytarishni o‘yla.
Sabr — yutuq kaliti.
Sabrli ming yashar, sabrsiz oz yashar
Soqov so‘zining so‘ngini kut.
Hovliqqan qiz erdan tinmas.
Og‘ir karvon og‘ir ko‘char.
Odamning boshi — soyning toshi.
Oshiqmagan ovchi humo ovlar.
Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan ko‘p yashar.
Shoshgan o‘rdak ham boshi bilan sho‘ng‘iydi,
Ham — dumi bilan.
Karomat bilan karam pishmas,
Qanoat bilan qorin to‘ymas.
Itdan och yo‘q,
Itdan tinch yo‘q.
Chidamli er lochin tutar.
Shoshqaloq to‘g‘ramchi qo‘lini kesar.
Zamonaning zindoni ham, xandoni ham bor.
Sabrli kishining ishi soz
Shoshgan zuluk sholi poyasini tishlar.
Qizning joni — qirqta.
Shoshilgan — loyga botgan.
Tayloqni tayloq dema,
Tayloq tuya bo‘lar.
Toqatliga tog‘lar egar boshini,
Betoqatning itlar yeyar loshini.
Suvsagan o‘lmas, hovliqqan o‘lar.
Tek yurgan, to‘q yurar.
Sabr — umr xazinasi.
Tuya elakka qolganda «bo‘» depti.
Gul tilagan xor jafosin chekar.
Achchiq yutish — tog‘ yutish.
Azobga bardosh kerak,
Hamisha yo‘ldosh kerak.
Er bo‘ynida qil arqon chirimas.
Chuchvarani xom sanama.
Toqat qilsang, tog‘ egilar, sabr qilsang, bog‘ egilar
Bir qoshiq oshim —
G‘alvasiz boshim.
Qulon boshiga ish tushsa,
Quyrug‘iga sir aytmas.
Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan — taxt.
O‘ttiz kun ro‘zaning bir kun hayiti bor.
«Berdi»sini aytguncha, urib o‘ldirma.
Shaytonga — hay.
Gulchi bir gulni o‘stirguncha,
Yuz tikan zahrini tortadi.
Shoshmagan er oqqush tutar.
Sovun kirni ochar,
Sabrsiz — sirni.
Sabr etgan — murodga yetgan.
Sirot kechmay, qah-qah urma.
Gapning «berdi»sini eshit.
Sabrsizni bir ko‘zi jirtlash bo‘lar
Tavakkalning tubi tosh,
Boshingni ursang yorilar.
Barcha yukni ko‘targan tuya
Cho‘michni ham ko‘tarar.
Og‘ir bosilguncha, yengil ko‘tarilar.
Besabrning nafsi shoshar,
Tusagani kuzda pishar.
Go‘zallik va xunuklik haqida maqollar
O‘ttiziga chidagan
O‘ttiz biriga ham chidar.
Qiyindan qochma,
Yo‘ldan adashma.
Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l.