Tejamkorlik va Isrofgarchilik haqida maqollar to‘plami

Isrofgarchilik va tejamkorlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Isrof nima, bilasizmi? Isrof so‘zi lug‘atda «chegaradan chiqish» va «bir narsani qasddan unutish» ma’nolarini anglatadi.

Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar

Tejab yegan darmonda,
tejamagan armonda.

Реклама

Pul topish oson,
saqlash qiyin.

Eyishing — kepak,
Kiyishing — ipak.

Asal desang, bir kemir,
Qo‘l tiqsang, ikki kemir.

Реклама

Boylik ushoqdan yig‘ilar.

Qattiq joyda qoq turar.

Hamma hayitga chiqqanda,
Xumga kirib yotdim.

Kallaklab yoqsang, qirq yilga yetar,
Qo‘porib yoqsang — bir yilga.

Реклама

Rizq va nasiba haqida maqollar

Er topuvchan bo‘lsa,
Xotin taquvchan bo‘lar.

Otni ayagan ot minar,
To‘nni ayagan to‘n kiyar.

Bo‘ydoqning bo‘ynini bit yer,
Topgan-tutganini it yer.

Реклама

Mozoring yaqin bo‘lsa ham,
Bozoring yaqin bo‘lmasin.

Yig‘sang — ko‘p, sovursang — oz.

Tanga tiyindan o‘sar,
Yilqi qulundan o‘sar.

Pishirsang, osh bo‘lar,
Pishirmasang, qush bo‘lar.

Реклама

Tuxumning oqini oqlab ye,
Sarig‘ini — saqlab.

Tiyin qadrini bilmagan so‘m qadrini bilmas.

Tejab yegan darmonda, tejamagan armonda

To‘kilgan tuprog‘i bilan to‘lmas.

Qarovsiz uy — tashlandiq o‘ra.

Tejab yegan darmonda

Suv qattiq yerda to‘xtar.

Реклама

Yaxshining ko‘hnasi tozaning xizmatini qilar.

Molini quritaman degan pul qilar,
Donini quritaman degan un qilar.

O‘lgan o‘zbekning qo‘ynida noni bor.

Qo‘l tegdi — pichoq tegdi.

Qiz chiqargan uy masjidga o‘xshab qolar.

Реклама

Ota mulki bo‘lsa ham, ayab ye.

Oq tangang ortiq bo‘lsa,
Qora kuningga saqla.

Kechalab turib yo‘l yursang,
Eltib qo‘yganday bo‘lar.

Eskini eplaguncha, esing ketar.

Pulning onasi — tiyin.

Реклама

Tejog‘lik ro‘zg‘or — bejog‘lik qo‘g‘irchoq.

Qozonga kirgan qaytib qopga kirmas.

Pul topish oson, saqlash qiyin

Oshni ayasang — oshga,
Nonni ayasang — nonga.

Ortiqcha mol ko‘z chiqarmas.

Pul topish oson

O‘tin yormaganga o‘tin yoqtirma.

Реклама

Toma-toma ko‘l bo‘lar,
Oqa-oqa sel bo‘lar.

Samaradorlik va besamarlik haqida maqollar

Hamyonini qadrlagan hisobini puxta qilar.

Yig‘sang yetasan, sovursang ketasan.

Toma-toma ko‘l bo‘lar,
Tommay qolsa, cho‘l bo‘lar.

Реклама

Ikki yarim — bir butun.

Bozori yaqin boyimas.

Pul bo‘ldi — kul bo‘ldi.

Sog‘ib ichsang, ming kunlik,
Sotib yesang, bir kunlik.

Biya, topib beradi tuya.

Реклама

Ortib qolsa qozonda,
Isitib yersan azonda.

Usta ovchi chumchuqqa o‘q otmas.

Don ayagan donga yetar,
Non ayagan — nonga.

Tejagan terga tushmas

Qora pulni qora kunga saqla.

O‘rdak yesang, g‘oz bog‘la.

Реклама
Tejagan terga tushmas

Daryo-daryo qabul qil,
Tomchi-tomchi yubor.

Yangini eski saqlar.

Birin-birin ming bo‘lar,
Toma-toma ko‘l bo‘lar.

Bugun yedim — yetdim,
Erta yedim — o‘tdim.

Uyligini topmagan to‘yligini to‘zdirar.

Реклама

Yozsam kaftimda bo‘lar,
Yig‘sam — mushtumda.

Pul to‘plasang, kul bo‘lar,
Somon to‘plasang, pul bo‘lar.

To‘kilgandan tomchilagan yomon.

Ozni beja, ko‘pni teja.

Qirib yesang, qirq kunga yetar,
O‘yib yesang — o‘n kunga.

Реклама

Kam-kam yesang, doim yersan,
Ko‘p-ko‘p yesang, neni yersan.

Tovuqni yesang, bir yeysan,
Tuxumini yesang, ming yeysan.

Choyning oxirini otangga ham berma.

Pulni topgan xarjlasin

Er qoplar, xotin saqlar.

Sanoqli mol yo‘qolmas.

Pulni topgan xarjlasin

Bahona va sabab haqida maqollar

Реклама

Ayol so‘m qilar, erkak — chaqa.

Soqoling chiqmay pul topsang,
Otang berganday bo‘lar.

Dalaning ko‘kiga ishonguncha,
Otangning go‘riga ishon.

Qish kiyarin yoz kiysa,
G‘arib qaydan boyisin.

Eskisiz yangi bo‘lmas.

Olaversang, yengil bo‘lar,
Solaversang — og‘ir.

Реклама

Yaxshi o‘g‘il biylar ota molini,
Yomon o‘g‘il sochar ota molini.

O‘tin yig‘sang, pul bo‘lar,
O‘tga yoqsang, kul bo‘lar.

Holingga qarab hissa qo‘sh.

To‘qlikda ochlikni o‘yla,
Boyiganda — muhtojlikni.

O‘g‘il uylantirganga o‘n yil,
Qiz chiqarganga qirq yil yondashma.

Har kuni yema palovni,
Har kuni yoqqin olovni.

Реклама

Tejamaganni tagi tang

Qiz asray olmagan tul qilar,
Jun asray olmagan qil qilar.

Pulni pul topar.

Tejamaganni tagi tang

Yamasang, yangi bo‘lar,
Yangming tengi bo‘lar.

Donni yiqqan donodir.

Tejog‘lik ish — bejog‘lik ish.

Oltida yig‘sang, oshadi,
Ettida yig‘sang, yetadi.

Bir boshoq don —
Bir savat non.

Реклама

Hisobini bilgan — bir yil yetim,
Hisobini bilmagan — o‘lguncha yetim.

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar.

Torta-torta yesang, toy orttirasan,
Qo‘ya-qo‘ya yesang, qo‘y orttirasan.

Qo‘ling moy bo‘lsa, boshingga surt.

Chumolining bir yil yiqqani —
Tuyaning bir yutgani.

Qishligini topmagan yozligidan ayrilar.

Реклама

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Rizq va Nasiba haqida maqollar to‘plami
  2. Samaradorlik va Besamarlik haqida maqollar to‘plami
  3. Bahona va Natija haqida maqollar to‘plami
  4. Farosat va Farosatsizlik haqida maqollar to‘plami
  5. Andisha va Andishasizlik haqida maqollar to‘plami
  6. Samimiylik va Nosamimiylik haqida maqollar to‘plami
  7. Xushomad va G‘urur haqida maqollar to‘plami
  8. Or-nomus va Obro‘ haqida maqollar to‘plami
  9. Totuvlik va Ahillik haqida maqollar to‘plami
  10. Barqarorlik va Beqarorlik haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *