Noshudlik, Chaqqonlik va Epchillik haqida maqollar to‘plami
Uddaburonlik, chaqqonlik, epchillik hamda noshudlik haqida eng sara maqollar to‘plami.

Epchil xotin qor qalab,
qozon qaynatar.
Bir shaltoqning ishini
Yigirma epchil eplay olmas.
Pazandaning go‘jasidan osh chiqar,
Noshudning palovidan tosh chiqar.
Tuya — katta,
Yag‘rini — undan ham katta.
Yotgan yotar, qidirgan topar.
Uyalgan buyurgandan quruq qolar.
Tuya o‘yin tushsa, qor yog‘ar.
Bilmaganga bit o‘ldirish qiyin.
Balaq turilmay, baliq tutilmas.
Bo‘lmaganga — bo‘lishma.
Pul otang kim, onang kim demaydi.
So‘qolmagan so‘yil ko‘tarar.
Dud demoqqa dudoq kerak,
Sirka tilamakka — usul.
Toz taranguncha, to‘y tarqar.
Uddasidan chiqmasang, urinma
Et yeydigan qush ham bor,
Etini yeydigan qush ham bor.
Emini qilguncha, epini qil.
Qatiq ichgan qutular,
Xurmacha yalagan tutilar.
No‘noq mergan oqsoq quyon izlar.
Uyalgan yigit qizdan quruq qolar.
Uquvi bor ulg‘ayar,
Uquvi yo‘q sarg‘ayar.
Bilgan odam qo‘li bilan quyon ovlar.
Uzoqdan aravalaguncha,
Yaqindan to‘rvala.
Tariqni yegan — chumchuq,
Baloga qolgan — bedana.
Jumush o‘kirib biyik bo‘lmas,
Echki yugurib — kiyik.
Six ham kuymasin, kabob ham.
Chaqqon chora topar,
Beparvo — bahona.
Tulkining hiylasi ko‘p,
Yaxshisi — qochmoq.
O‘ychining o‘yi bitguncha,
Tavakkalchining to‘yi bitar.
Daryo chopar, chaqqon topar
Qo‘li kaltaning tili qisqa.
Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.
O‘n marta shap-shap deguncha,
Bir marta shaftoli yegan yaxshi.
Kuchangan bilan qo‘l qavarmas,
Baqirgan bilan bir ish bitmas.
O‘ngmaganning iti
O‘g‘ri ketgandan so‘ng hurar.
To‘kilgandan yalab qol.
Ura bilmagan uzun kosov ko‘tarar.
To‘rkini yaqinning to‘shagi yig‘ilmas.
Cho‘loq bo‘lsang ham, no‘noq bo‘lma.
Ish bilgan — tuzar,
Bilmagan — buzar.
Qamishni bo‘sh tutsang, qo‘lingni qiyar.
Hura bilmagan it qo‘raga bo‘ri keltirar.
Yonmasa, o‘tin yomon,
Yoqolmasa — xotin.
Mergan ovda bilinar,
So‘zchi — dovda.
Tug‘uluq so‘ramoqning ham a’moli bor.
Uringan xotin o‘g‘il tug‘ar
Erinchoqning ishi bitmas,
Epsizning — hojati.
Ko‘p bo‘lsa seplab ko‘r,
Oz bo‘lsa — eplab.
Dum tilab, quloqdan ajrabdi.
Sonsiz xotinning uyiga son kirmas.
Qo‘ydek yuvvosh bo‘l,
Otdek — yuguruk.
Qo‘li sust kosibdan oyog‘i ildam gadoy yaxshi.
Chiroy va go‘zallik haqida maqollar
Bilaman — dedim, tutildim,
Bilmayman — dedim, qutuldim.
Bozor bilgan och qolmas,
Yo‘l tanigan kech qolmas.
Ho‘kizga kuchi yetmagan arshinini to‘balar.
Sochib qochguncha, olib qoch.
Qochgan quyon yotgan quyonni ola qochar.
Gadoychilikka ham uquv kerak.
Urushib o‘tir, ushlashib o‘tir.
O‘g‘ri qutular,
To‘g‘ri tutilar.
Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to‘ri latta-putta.
Yumshoq yog‘ochga qurt tushar.
Epchil xotin qor qalab, qozon qaynatar
Molni boqsang, to‘q bo‘lar,
Boqolmasang, yo‘q bo‘lar.
Ko‘ngillagan cho‘pon takadan sut sog‘ar.
Tentak o‘ylanguncha,
Tavakkalchi suvdan o‘tar.
Satang bir ish qilolmaydi,
Qilsa ham ko‘p bilolmaydi.
Ov olgan tozi burnidan ma’lum.
Chivin ham anqovning og‘zini poylar.
It bo‘lish uchun ham bir qarich quyruq kerak.
Ish bilmasang, gap bil.
Chiyirlining bolasi
O‘n sakkizda yosh bo‘lar.
Zamoning qanday bo‘lsa,
Bo‘rkingni shunday kiy.
Yog‘ochning yumshog‘ini qurt yer,
Odamning yumshog‘ini — it.
O‘rni kelsa, o‘roq o‘r.
Burga qochar oyoqqa,
Bit qoladi tayoqqa.
Yo‘qni borday qil,
Borni bolday qil.
O‘ti chiqqanning oti yurmas.
Mol yo‘qotgan enasining qo‘ynini izlar.
Sudralgan kaltak yer
O‘zlari oyday,
Qilgan ishlari loyday.
Eshikni keyin kirgan yopar.
Echki yugurib lang bo‘lmas.
Tuyaning kattasi ko‘prikda tayoq yer.
Eplashga ep kerak,
Bog‘lashga— ip.
O‘ngmaganning o‘qi qiya ketar.
Suza bilmagan o‘z hovuzida g‘arq bo‘lar.
Abjir bo‘lsa farzanding,
Cho‘ldan non terar.
Yalqov bo‘lsa farzanding,
Erdan don termas.
So‘ray-so‘ray, bilib olibdi,
Uyala-uyala, quruq qolibdi.
Tosh kelsa, kemir,
Suv kelsa, simir.
Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.
Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarma.
Qochgan qutular,
Turgan tutilar.
Jo‘gidan juz’ya.
O‘tkir suqulganni teshar.
O‘ychi o‘yiga yetguncha,
Tavakkalchi borib kelar.
Podachi ko‘p bo‘lsa, mol harom o‘lar
O‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin,
Qo‘l-oyog‘i tez bo‘lsin.
Eplagan ikki oshar.
G‘at-g‘at qilgan karnaychi,
Baloga qolgan surnaychi.
Oldingi bersin sazasin,
Keyingi bersin jazosin.
Er yuzini baxmal olsa ham,
Anqovga taqiyalik tegmas.
Baxillik va saxiylik haqida maqollar
Zamoning tulki bo‘lsa, sen tozi bo‘l.
O‘choqdagi o‘tim o‘chmasin desang,
Qo‘ri borida harakat qil.
To‘n — kiyganniki,
Ot — minganniki.
Yiqilsang, olib tur,
Cho‘ntagingga solib tur.
Elanmasang, el qayda,
Yalinmasang, pul qayda.
Baytal chopib, poyga olmas.
O‘g‘il tug‘mas xotin bo‘lmas,
Mol topmas yigit bo‘lmas.
Qari qiz ovga chiqar,
Ketidan g‘avg‘o chiqar.
Tirik bo‘lib bozorda yo‘q,
O‘lik bo‘lib — mozorda.
Yaxshi buzoq ikki onani emar
Ortiq qilaman deb, tirtiq qilma.
Qari qiz yasanguncha, to‘y tarqar.
Qaragan topmas, so‘ragan topar.
Qozon o‘g‘irlagan qutular,
Cho‘mich ushlagan tutilar.
Tulkining ming bir hunari bor,
Hammasidan oxirgisi ulug‘vor.
Molni topganga boqtir,
O‘tinni chopganga yoqtir.
Sandig‘i to‘la sepi bo‘lguncha,
Yuragi to‘la epi bo‘lsin.
Bebarorlik bo‘lmasa,
Kelin tushda gapirmas.
Tuyaliga bostirma,
Itlikka qoptirma.
Burga tutish uchun ham barmoqni ho‘llash kerak
Turib o‘lguncha, urib o‘l.
Elak so‘rashga ham og‘iz kerak.
Yo‘rg‘a otning yo‘li bo‘lar,
Jo‘rtoqining sho‘ri bo‘lar.
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo‘yib ot.
Yomon kosib bigiz tanlar.
O‘zing uchun o‘l yetim
Epli qizdan qolma,
Sepli qizni olma.
O‘rgimchakdek o‘rmala,
Bedanadek yo‘rg‘ala.
Yomon dallol yonidan to‘lar.
Savdolashuv — savdoning yarmi.
Tavakkal — erning yo‘ldoshi.
So‘z bilmagan kishidan
Hura bilgan it yaxshi.
Puxta bo‘ynidan ilinar,
Go‘l — oyog‘idan.
Tavakkal tog‘ni yiqar.
Qirq, yuzning bolasi
O‘n to‘rtida bosh bo‘lar.
Sigir o‘g‘irlagan qutuldi,
Arqon o‘g‘irlagan tutildi.
Yog‘och qozon tagi kuyar.
Ura bilmagan o‘qlov ko‘tarar.
Tarig‘i pishganning tovug‘i bo‘l.
O‘ziga yol bo‘lmagan,
O‘zgaga dum ham bo‘lolmas.
Eplaganni er bil,
Yana qaytib sher bil.
Epsiz sozanda sozin cho‘zar
Taqlid bilan tong otmas.
Kurash bilmagan otasini yiqitar.
Yaxshi xotin go‘sht quritar,
Yomon xotin go‘sht sasitar.
Sepli bo‘lguncha, eph bo‘l.
Seplini olma, eplini ol.
Mehmon va mehmondo‘stlik haqida maqollar
Yutganning tomog‘iga qarama,
Yurganning — oyog‘iga.
Ovchi ovchilikni qancha bilsa,
Ayiq ham qochishni shuncha bilar.
Yo eshakni yukka elt,
Yo — yukni eshakka.