Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami

Go‘zallik, chiroy hamda xunuklik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir» (Jaloliddin Rumiy).

Go‘zallik va xunuklik haqida maqollar

Husn — yarim davlat, yarim ofat.

Реклама

Chiroylilik murod emas, xunuklik uyat emas.

Sumbul taqimda,
Yigit ko‘zi unda.

Qari bo‘lsa ham qiz yaxshi,
Achigan bo‘lsa ham — qimiz.

Реклама

Kiyiming janda bo‘lsa ham, ganda bo‘lmasin.

O‘yin soz bilan,
Qiz — noz bilan.

O‘ziga boqmagan o‘zgaga yoqmas.

Baxillik va saxiylik haqida maqollar

Реклама

Odamga — libos, eshakka — to‘qim.

Tog‘ning ko‘rki — lola bilan,
Uyning ko‘rki — bola bilan.

Olmoqning ko‘rki — bermoq.

Har gulning hidi boshqa.

Реклама

Oq ko‘ngillikning yuzi ko‘rkam.

Pes ham o‘z yo‘liga,
Husn ham o‘z yo‘liga.

Qozi rishvasiz bo‘lmas,
Qiz ishvasiz bo‘lmas.

Chiroyli qizning nozi bor

Kishining chiroyi yuzida.
Kulgi chehra yoritar.

Реклама

Qiz husni — yuragida.

Chiroyli qizning nozi bor

Har qushning qanoti o‘ziga yarasha.

So‘qir ko‘zga surmaning keragi yo‘q.

Notavon ko‘ngilga — qo‘tir jomashov.

Quloq so‘z uchun,
Olam ko‘z uchun.

Реклама

Ko‘ra-ko‘ra ko‘rkam bo‘lar,
Yura-yura chechan bo‘lar.

Kamtarlik ham husn.

Havoning taftiga boq,
Odamning aftiga boq.

Yuz — o‘tdan issiq.

Uyga palos yarashar,
Xotinga — libos.

Реклама

Gulning to‘ni — qirq yamoq, ammo xushbo‘y.

Xunukdan Xudo bezor

Qori bo‘lmasa, qish xunuk,
Yori bo‘lmasa — qiz xunuk.

Etmish go‘zallikning bittasi — mehnat.

Xunukdan Xudo bezor

Toz — tanishdan,
Qo‘tir — qamishdan.

Qozon qayda — suv shunda,
Suluv qayda — ko‘z shunda.

Реклама

Kapalak gulni deydi,
Bulbul — kuyini.

Umr o‘zar, husn to‘zar.

Ko‘zga yaqin — ko‘ngilga yaqin.

Supurgi yerning husni,
Kamtarlik — erning.

Yoshning ko‘zi — yashilda.

Реклама

Suluvidan jiluvi yaxshi.

Bozorga — baqqol,
Yigitga — soqol.

Kiyikli tog‘ — suyukli tog‘.

Mehmondo‘stlik va mehmon haqida maqollar

Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda

Kal boshiga — shamshod taroq.

Реклама

Daraxt — yer ziynati,
Kiyim — er ziynati.

Chiroy husnda emas fazlda

Husn goh baxt keltirar,
Goh — kulfat.

Egri bo‘lsa ham yo‘l yaxshi,
Qari bo‘lsa ham qiz yaxshi.

O‘rdak o‘ziga oro bersa ham, oqqush bo‘lolmas.

Qizning qilig‘i yaxshi,
Sutning — ilig‘i.

Реклама

Qizning ko‘zi — qizilda,

Turq boshqa-yu, ko‘rk boshqa.

Har narsaning yarashig‘i bor.

Didsiz o‘tirgan yerini ham changitar.

O‘yida bor-u, bo‘yida yo‘q.

Реклама

Tovus tanasiga qarab yayraydi,
Oyog‘iga qarab yig‘laydi.

Inson qo‘li — gul.

Chiroy to‘yda kerak

To‘nni yaxshi ko‘rsatgan —
Engi bilan yoqasi.

Pardozni pardoz buzar.

Chiroy to‘yda kerak

Oyda ham dog‘ bor.

Реклама

Maydon ko‘rki — yog‘ish,
Gilam ko‘rki — naqsh.

Tashiga qarama, ichiga qara.

Yaxshi husn — yarim baxt.

Pardoz qilgan chiroyli
Ammo husni bir oyli.

Bog‘ o‘zini tog‘ aylar,
Tog‘ o‘zini — bog‘.

Реклама

Qiz bola — uy ziynati.

Xol — joyida aziz.

Odamga — lafz, go‘salaga — dum.

Qiz bola — gul-lola.

Go‘zal ko‘rish ko‘zga savob

Yaxshi qiz — yoqadagi qunduz,
Yaxshi yigit — ko‘kdagi yulduz.

Otni yaxshi ko‘rsatgan —
Tuyoqdagi taqasi.

Реклама
Go‘zal ko‘rish ko‘zga savob

Yaxshining yuzi oftobni ilitar.

Shaharda bir xotin bo‘lsa,
Zargar ochidan o‘lmas.

Sozli tordan — nozli sado.

Ipor isini yashirib bo‘lmas.

Ipor isi sandiqdan ketmas.

Gul o‘ssa — yeming ko‘rki,
Qiz o‘ssa — elning ko‘rki.

Реклама

Cho‘tirning ham o‘z husni bor.

Nozsiz xotin — yolqinsiz o‘tin.

Yigit chiroyi — arg‘umog‘i,
Kelin chiroyi — chaqalog‘i.

Qiz bola erda yaxshi,
Er olmasa go‘rda yaxshi.

Tarbiya, odob va axloq haqida maqollar

Har go‘zalning bir aybi bor

Har kimning didi boshqa.

Реклама

Cho‘lda o‘sgan giyoh ham — cho‘lga husn.

Har go‘zalni bir aybi bor

Yirtiq to‘nga — zar yamoq.

Terak ham bog‘ ziynati.

Pardozlini uyda ko‘r,
Xotiningni to‘yda ko‘r.

Oydinda oq kiygan,
Ko‘lankada ko‘k kiyar.

Chopmasang ham ot yaxshi,
Quchmasang ham qiz yaxshi.

Gulning ham tikani bor.

Реклама

Odamning yuzi quyoshni uyaltirar.

Kir ko‘ylakka — jun yoqa.

So‘z ko‘rki — maqol,
Guzar ko‘rki — baqqol,
Yigit ko‘rki — soqol.

Ko‘sa qariganini bilmas.

Qimizni kim ichmas.

Chiroylilik murod emas, xunuklik uyat emas

Bog‘ chiroyi gul bilan.

Xushxulqlik — jamol,
Kamtarlik — kamol.

Реклама
chiroy murod emas xunuklik uyat emas

Aqlli xotin — uy ko‘rki,
Chiroyli xotin — ko‘cha ko‘rki.

Eshakka — to‘qim, odamga — libos.

Qizning isi — gulning isi.

Qiz qilig‘i bilan issiq.

Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.

Yaxshi qomat — yarim omad.

Qirqqacha ko‘sa yaxshi,
Qirqdan so‘ng o‘lsa yaxshi.

Qizni kim sevmas.

Suluv suluv emas,
Suygan — suluv.

Chiroyga non botirib yeb bo‘lmas

Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma.

Yigit ko‘rki — ot-yarog‘.

Chiroyni yeb bolmas

Daraxtning husni — bargi bilan mevasi.

Xotinga mol berma, xol ber.

It desa, quyrug‘i yo‘q,
Sigir desa — muguzi.

Bog‘ ko‘rki — bodom,
Dunyo ko‘rki — odam.

Ilm, ilmsizlik va kasb hunar haqida maqollar

Suqma bo‘lsa ham yo‘l yaxshi,
So‘qir bo‘lsa ham qiz yaxshi.

Qiz bor — qirg‘iz qovoqli,
Qiz bor — qarchig‘ay qanotli.

Yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinar.

Har bog‘ning — guli,
Har chorbog‘ning — bulbuli.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Saxiylik va Baxillik haqida maqollar to‘plami
  2. Mehmon va Mehmondo‘stlik haqida maqollar to‘plami
  3. Tarbiya va Odob axloq haqida maqollar to‘plami
  4. Ilm, Ilmsizlik va Kasb hunar haqida maqollar to‘plami
  5. Nodonlik va Donolik haqida maqollar to‘plami
  6. Tenglik va Tengsizlik haqida maqollar to‘plami
  7. Mardlik va Nomardlik haqida maqollar to‘plami
  8. Botirlik va Qo‘rqoqlik haqida maqollar to‘plami
  9. Tinchlik va Notinchlik haqida maqollar to‘plami
  10. Do‘stlik va Dushmanlik haqida maqollar to‘plami
  1. Lobar:

    Go‘zallik hamda xunuklik haqidagi ushbu maqollar to’plami ichida do’stlik haqida maqollar yo’q ekan, yoki men bo’limni noto’g’ri tanladimmikan?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *