Mardlik va Nomardlik haqida maqollar to‘plami

Mardlik hamda Nomardlik haqida maqollar to‘plami. Kishining mardligi va matonati, hayoti el-yurt muhofazasi uchun garovga tikilgan taqdirdagina namoyon bo‘ladi. Bu yo‘lda chekkan zahmatlari, tortgan azob-uqubatlari jasorat sanaladi.

Mardlik va Nomardlik haqida maqollar

Mard yigit izini sotar,
Nomard yigit — o‘zini.

Nomard bo‘lib ko‘pga kirguncha,
Mard bo‘lib o‘lgan yaxshi.

Do‘stga zor qilma,
Nomardga — muhtoj.

Otni ham maydonda sina,
Erni ham maydonda sina.

Mard yigitga sevgi sinov.

O‘z aybini bilgan — mard.

Qo‘rqoqlik va botirlik haqida maqollar

Adashganni yo‘lga solgan mard.

Suv keltirar mard kishi,
Ekin ekar har kishi.

Yaxshilikka yaxshilik —
Har kishining ishidir.

Nomardga zor bo‘lgandan,
Qora daryoga g‘arq bo‘l.

Nomarddan yordam so‘rama, Yuzingga solar

Mard bir marta o‘lar,
Qo‘rqoq — yuz marta.

Ziyrakning aqli tosh yorar,
Nomardning mushti bosh yorar.

Nomarddan yordam so‘rama maqol

Yigit borki, yetti pushtigacha nomi qolar,
Yigit borki, yetti kunda nomi yo‘qolar.

Qildan qiyiq axtarma.

Mardni xor etma,
Nomardga zor etma.

Yomonlikka yaxshilik —
Mard kishining ishidir.

Nomardning xotini bo‘lguncha,
Mardning bevasi bo‘l.

Zolim ishi shafodir,
Mardning ishi vafodir.

Mardni maqtamasang ham — mard,
Nomardni maqtasang ham — dard.

Yigitga mardlik yarashar

Mardga manzil ko‘p.

Marddan ot qolur,
Nomarddan — dod.

Yigitga mardlik yarashar

Nomardga yalinguncha,
Jo‘mardga yalin.

Mard berib xursand bo‘lar,
Nomard — olib.

Suv keltirgan mard,
Suv bermagan nomard.

Mard yigitning labi yog‘liq,
Dangasaning boshi qonlik.

Bir erga navbat, bir — sherga.

Baliq suvning chuqurini,
Mard ishning qiyinini izlar.

Yiqilsang, kuchlidan yiqil.

Nomardga ishi tushmagan,
Mardning qadrini bilmas.

Mard tuzar, nomard buzar

Yigitni bir so‘zlik bezar.

Go‘ngqarg‘a bo‘lib ming yil yashagandan,
Sher bo‘lib bir yil yashagan afzal.

Mard tuzar, nomard buzar

Gunohning uzri gunohdan og‘ir.

Mard bilan gurunglashgan, Mard bo‘lar.
Nomard bilan hiringlashgan, Part bo‘lar.

Nomardning palovidan,
Mardning yovg‘on oshi yaxshi.

Darmon bor yerda dard bo‘lmas,
Erman bor yerda er o‘lmas.

Yigitga yig‘i yarashmas.

Tangri berganning o‘g‘li to‘rt bo‘lar,
Biri nomard bo‘lsa, biri mard bo‘lar.

Do‘st kulfatda sinalar,
Mard — kurashda.

Mergan ovda kerak,
Mardlik — yovda.

Notinchlik va tinchlik haqida maqollar

Mardlik — mangulik

Mard xotinin qaritmas.
Botir otin horitmas.

Mard muhtoj beshigi,
Elga ochiq eshigi.

Mardlik haqida maqollar

Piyozni mard artsin,
Sabzini — nomard.

Mard — kurashda, do‘st — tashvishda,
Dono g‘azabda sinalar.

Mard yo‘lida g‘ov qolmas.

Nomardda nomus bo‘lmas.

Er qayerda bo‘lsa, sher panjasi o‘sha yerda.

Kallangni olsa, mard olsin.

Yo‘qdan qochma, yomondan tonma.

Nolish bilan ish bitmas,
Mard nomardga tiz cho‘kmas.

Ilikni mard qoqib, nomard yemasin.

Nomard non ustida ham nolishini qo‘ymas

Yigit so‘zi — bitta.

Yiqilsang ham tuyadan yiqil,
Birov senga kulmasin.

Nomardlik haqida maqollar

Mardni el sevar,
Nomardni kirn sevar.

Mard mardni deydi,
Nomard — nomardni,

Yaxshi it o‘ligini ko‘rsatmas.

Mard aytmas,
Aytsa qaytmas.

Mardning o‘ligi — nomardning tirigi.

Er yigit el aybini ochmas.

Ota o‘g‘il rahmat olur.

Suxan dur bo‘lar,
Aslning gapi bir bo‘lar.

Ur deganda nomard qochar,
Mard qolar maydon ichida.

Mard maydonda bilinar,
Nomard — ishda.

Mardlik sotib olinmas

Yigit — yigitning ko‘zgusi.

Arslon bolasi arslon bo‘lur,
Sichqon bolasi — sichqon.

Mardlik sotib olinmas

Urishsang, mard bilan urish.

Nomard ishing bilmasin,
Bilib bag‘ring tilmasin.

Mardning qo‘li boqadi,
Nomard qo‘li yoqada.

Asirlikdan o‘lim yaxshi.

Kurashda otangni ayama.

Mard yiqilsa, maydonda qolar.

Chigit bo‘lsang ham, yigit bo‘l.

Mardning ishi — mehnatda,
Nomardning kuchi — og‘zida.

Er ekma, er ek.

Mardlik yiqitmoq emas, turg‘izmoq

Mard yetimga yeng bo‘lar,
Bo‘lmaganga — bo‘y.

O‘ldirsa ham, mard o‘ldirsin.

Mardlik yiqitmoq emas

Yigit — so‘zidan,
Qo‘y — bo‘g‘zidan.

Mard qalbi — gul,
Nomardniki — kul.

Aybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qo‘rqoq ishi.

Nomardning ko‘prigidan o‘tgandan,
Daryoda g‘arq bo‘lgan yaxshi.

Ma’raka — mardniki,
Ziyofat — xalqniki.

Do‘st va do‘stlik haqida maqollar

Mard nomardga tiz cho‘kmas.

G‘olibning yarasi tez bitar.

Noligan — nomard,
Bir gapirgan — mard.

Mol — mard, egasi — nomard.

Nomard yovga yalinar,
Mard kuchiga suyanar.

Nomard do‘stdan mard dushman yaxshi.

Nomard dushman ko‘rsa, g‘ussadan o‘lar

G‘olibning nomi o‘chmas.

Mard o‘zidan ko‘rar,
Nomard — o‘zgadan.

Nomard dushman ko‘rsa, g‘ussadan o‘lar

Mardni mehnat yengolmas.

Tog‘ arqon bilan egilmas,
Mard nomardga teng bo‘lmas.

Nomarddan najot kutma,
Itdan — hojat.

Jondan kechmay, daryo kechilmas.

Og‘ir yukni nor ko‘tarar,
El og‘irin er ko‘tarar.

Og‘ir yukka nor kerak,
Yov talashda er kerak.

Kim mard bo‘lsa so‘ziga,
Oydir elning ko‘ziga.

Mardga taqlid et,
Nomardni tanqid et.

Maslahatni marddan so‘ra.

El tutganni er tutar.

Mardlik — kishining husni

Ot kuchini karvonda ko‘r,
Mard kuchini — maydonda.

Baxshining qadrini xalq bilar,
Xalqning qadrini mard bilar.

Mardlik — kishining husni

Mard yigitning dod degani — o‘lgani,
Dod demasdan bet uchirgani — qo‘rqqani.

Yuz nomarddan yuz qaytar,
Bir mardni har kirn maqtar.

Olgan mard emas,
Bergan — mard.

Mard o‘lar, nomi qolar.

Yomon odam yovdan qochar,
Nomard odam siring ochar.

Qochganni quvlovchi bo‘lma.

Mard boshini qilich kesmas.

Mardning noni — butun.

Arslon og‘zidan ov olinmas.

Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.

Mard ishi — mard,
Nomardniki — dard.

Nomardga so‘z berguncha, Mardga ko‘z ber

Yo‘lbars,
Tulki izidan yurmas.

Mardni o‘ldirar firoq,
Nomarddan nomus yiroq.

Nomardga so‘z berma, mardga ko‘z ber

Mard ish ustida bilinar,
Nomard — osh ustida.

Jo‘mard yo‘qligini bildirmas,
Tulpor ochligini bildirmas.

Kek xotinga yarashar.

Mard qiyinni yengar,
Nomard bo‘ynini egar.

Insof, insofsizlik va adolat haqida maqollar

Qo‘lingni ber, mard bo‘lsang,
Qocha ber, nomard bo‘lsang.

Mard bir yil och,
Nomard hamisha och.

Mard oro bilan so‘zlar,
Nomard — pora bilan.

  1. Karim:

    Mardlik hamda nomardlik haqidagi maqollar juda yaxshi ekan. Inson zoti mard bo’lgani yaxshida, biz shuning uchunham insonmizda.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *