Andisha va Andishasizlik haqida maqollar to‘plami

Andisha hamda andishasizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Andisha — axloqiy tushuncha. Oʻzaro muomalada sharm-hayo, bosiqlik va muloyimlik bilan munosabatda boʻlishni talab qiladi.

Andisha va andishasizlik haqida maqollar

Andishaning otini qo‘rqoq qo‘yma.

Реклама

Eshak semirsa, egasini tepar,
It semirsa, egasini qopar.

Rajab tulki qorovul bo‘ldi,
Xotini erovul bo‘ldi.

Tepsa — tebranmas bo‘lma.

Реклама

Oshgan bo‘lsang, osarlar,
Yuvvosh bo‘lsang, bosarlar.

Samimiylik va nosamimiylik haqida maqollar

Tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurma.

Yiqilgan kurashga to‘ymas.

Реклама

Yalangoyoqqa daryoning ikki tomoni ham bir.

Yuzsiz, yuzsizning so‘zi — tuzsiz.

Oldin pichoqni o‘zingga ur,
Og‘rimasa, birovga ur.

Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon.

Реклама

Xotin g‘ayratli bo‘lib, qozon qaynatmas,
Qozon qaynatsa ham, cho‘mich o‘ynatmas.

Oldingga osh tortsa, otasining xunidan kech.

Mevani po‘sti saqlar.

Andishaning otini qo‘rqoq qo‘yma

UyatUga — uch kun hayit,
Uyatsizga — har kun hayit.

Реклама

Uyalmagan buyurmagan oshni yer.

Andishaning otini qo‘rqoq qo‘yma

Qamish suvdan to‘ymas,
Yomon xotin — to‘ydan.

Birov burab gapirar,
Birov qarab gapirar.

Pashshaning mahmadanasi axlatga qo‘nar.

Lo‘lidan savdo qildim,
Boshimga g‘avg‘o qildim.

Реклама

Surlik xo‘rlik keltirar.

Martaba tegdi hundiga,
Betini yuvdi yundiga.

Jag‘ingga yem berma.

Tuyaning dumi kalta bo‘lsa ham, tulkidan dum so‘ramas.

Bo‘rini ayasang, seni talar.

Реклама

Sutsiz sigir suzag‘on kelar.

Shaltoqdan shilqim yomon.

Xushomad va g‘urur haqida maqollar

Andishani oti qo‘rqoq

Eri eshikdan chiqsa, xotin teshikdan chiqar.

Xotin erka bo‘lsa,
Eriga serka bo‘lar.

Реклама
Andishani oti qo‘rqoq

Turkman to‘rini bermas.

Qiliqsiz bilan ishtonsiz — ikkisi bab-baravar.

Yuzi qizilni uyaltirib bo‘lmas.

Uyalmagandan uyal.

Yalang‘och suvdan toymas.

Реклама

Yuzsiz xotin — tuzsiz xotin.

Echkini yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinar.

Sen birovdan kulma,
Senga ham kulguvchilar bor.

So‘zlasam, shaq-shaq deydi,
So‘zlamasam, ahmoq deydi.

Uyati yo‘q o‘g‘il yomon,
Qilig‘i buzuq qiz yomon.

Реклама

Er yursa, yo‘li ochilar,
Xotin yursa, yuzi ochilar.

Tavakkal andisha bilmas

O‘rdak o‘zini g‘oz sanar,
Chumchuq o‘zini boz sanar.

O‘rik o‘rikni ko‘rib ola bo‘ladi,
Odam odamni ko‘rib balo bo‘ladi.

Tavakkal andisha bilmas

Yuz qizili ketar,
Yuz xijili ketmas.

Uyalmagan baxshi bo‘lar,
Erinmagan — eshikchi.

Реклама

To‘yda to‘ningni qistama.

Beobro‘ bilan bel bog‘lama,
Bekorga qadring ketar.

So‘zli shallaqidan so‘zsiz pismiq yomon.

Obro‘ va or-nomus haqida maqollar

Otang to‘ng‘iz bo‘lsa, boylab boq.

Реклама

Urishqoq xotin bor qishloqqa qo‘riqchining hojati yo‘q.

Borar yeringga tosh otma.

Rajab tulki tegirmonchi bo‘ldi,
Xotini o‘maronchi bo‘ldi.

Etak ko‘tarib, el oldiga chiqar bo‘lma.

Xotining oltinga o‘ch bo‘lsa,
Zargarga o‘ynash bo‘lar.

Реклама

Tavakkal nor, andisha xor

Bir pul berib yig‘latdim,
Ming pul berib yupatdim.

Tanbalga kunda to‘y.

Tavakkal nor, andisha xor

Yuzi qattiq nasib etmaganni yer.

Oshnangdan tuya so‘ra,
Uyalsa, biya berar.

Puli ko‘pning ko‘zi ko‘r.

Реклама

Uyalmasning hazi ko‘p.

Shaltoq bo‘lsang ham, shilqim bo‘lma.

Lo‘lidan botir chiqsa, avval o‘z chodirini chopar.

Ko‘ngil tortmas yerga oyoq tortmas.

Totuvlik va ahillik haqida maqollar

Lo‘lidan bek chiqsa, chodiriga o‘t qo‘yar.

Реклама

Jinni jinnihgin bilmas.

Etimni siylasang, chorig‘i bilan to‘rga chiqar.

Husn — so‘zda, uyat — ko‘zda.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Samimiylik va Nosamimiylik haqida maqollar to‘plami
  2. Xushomad va G‘urur haqida maqollar to‘plami
  3. Or-nomus va Obro‘ haqida maqollar to‘plami
  4. Totuvlik va Ahillik haqida maqollar to‘plami
  5. Barqarorlik va Beqarorlik haqida maqollar to‘plami
  6. Erk va Erksizlik haqida maqollar to‘plami
  7. Ishonch va Ishonchsizlik haqida maqollar to‘plami
  8. Umid va Umidsizlik haqida maqollar to‘plami
  9. Ochko‘zlik va Nafs haqida maqollar to‘plami
  10. Tajriba va Tajribasizlik haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *