Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
Kamtarlik hamda manmanlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Manmanlik va kamtarlik orasida yer va osmoncha farq bor. Bu ikki tushuncha haqida gapirar ekanmiz, gapimiz juda ko‘p. Biz esa bu tushunchani maqollarda aks ettirdik.
Yo‘q narsa bor bo‘lar, kamtar bo‘lsang,
Bor narsa yo‘q bo‘lar, manman bo‘lsang.
Kamtar kerilmaydi,
Mol-dunyoga berilmaydi.
Kerilgan ko‘chaga sig‘mas.
O‘zim bilaman degan o‘rga tushar.
Amal tegdi hunduga,
Boshini suqdi mo‘nduga.
Og‘irlikni yer ko‘tarar,
Semizlikni qo‘y ko‘tarar.
Amal o‘zdirar,
Amalga mag‘rur bo‘lsang, to‘zdirar.
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
O‘zingni er bilsang,
O‘zgani sher bil.
Kamtar bo‘lsang, osh ko‘p,
Manman bo‘lsang, tosh ko‘p.
Nog‘oraning ichi po‘k, ovozi — baland.
Yirtiq og‘iz tirtiq og‘izga kular.
Yog‘ yonar pilik bahona.
So‘rab bilgan — kamtarlik,
So‘ramagan — xumpariik.
Kamtar bo‘lding — gavhar bo‘lding
O‘larmonning joni sabil.
Quruq yog‘och egilmas.
Boyib ketsang bo‘kirma,
Yo‘l yurganda so‘kinma.
Uyida bir osh uni yo‘q,
Itining oti — Marjongul.
Qulon quduqqa qulasa,
Qulog‘ida qurbaqa qurillar.
Sutsiz sigir ko‘p ma’rar.
Och nima yemas,
To‘q nima demas.
Sayoz daryo shovqin oqar,
Chuqur daryo sokin oqar.
Kerilma g‘oz,
Hunaring oz.
Kishnagan ayg‘irning uyurin ko‘r,
Chirangan yigitning — uyin.
Yurishni bilmasang, sakrashga urinma.
Tovuqning uchgani tomgacha.
Tuya bo‘ynim uzun deb, karrakdan quruq qolibdi,
Chaqimchi yetkazar, maqtanchoq o‘ldirar.
O‘zgani bug‘doy bilsang,
O‘zingni somon bil.
Moling ko‘p bo‘lsa, maqtanma,
Boshing ko‘p bo‘lsa, to‘planma.
Bilmaganni bildim dema,
Qilmaganni qildim dema.
Kamtar kamolga yetar, besabr oyoqdan yitar
Yonida bir puli yo‘q,
Tuyaning tishini ko‘rar.
Oldin o‘zingni tuzat,
Keyin birovni kuzat.
Maqtangan qiz to‘yda buzilar.
Yerni suv buzar,
Odamni — pul.
Azlarning ko‘ngli qurtova tilar.
Davlat bitsa yomonga
O‘zin sanar xoqonga.
Bor bo‘lsang, oshma,
Yo‘q bo‘lsang, shoshma.
Manmanlagan xotinni beshikligida sina.
So‘qir ko‘p ko‘rar,
Cho‘loq ko‘p yurar.
Quruq yerdan yel chiqar.
Sochib maqtanma, yig‘ib maqtan.
Uyida yo‘q ugralik,
O‘zganikida qilar to‘ralik.
Og‘zi bilan o‘roq o‘rgan,
Oyog‘i bilan mashoq terar.
Quyushqondan ziyod kuchanma.
Kun ko‘rmagan kun ko‘rsa,
Kunduz chiroq yoqtirar.
O‘zingcha ko‘rmasang, ko‘zingcha ko‘r.
O‘tmas pichoqqa — oltin sop.
To‘qol taka suzishda yengilar.
Nomi — ulug‘, suprasi — quruq.
Eshak maqtanib, tulpor bo‘lmas,
Qarg‘a maqtanib, shunqor bo‘lmas.
Erim urmaydi dema,
Bolam siymaydi dema.
Manmanlik tuqqan onangga ham yoqmas
Manmanlikni netarsan,
Obro‘yingdan ketarsan.
O‘zingga qarama, olamga qara.
Yonida bir puli yo‘q,
Qiz saylaydi boyvachcha.
Mevasiz daraxtning boshi — tuman.
O‘zgaga kulguncha, o‘zingga kul.
Qizil etiklidan kelmaydi,
Ko‘n etikliga bermaydi.
Mevasiz daraxt egilmas.
Ustasi — salmoqchi,
Shogirdi — sayroqchi.
Pishiqman deb kerilma,
Sodda yetar boshingga.
Kamlikning kamoli bor.
O‘zgada nuqson ko‘rsang,
O‘zingni benuqson dema.
G‘urur g‘urbatga solar.
Shaq-shaq etgan kelinni
Sigir soqqanda ko‘r.
Pismiq yotib put ko‘tarar,
Shaldir-shuldir ot ko‘tarar.
O‘zing osmonda bo‘lsang ham,
Oyog‘ing yerda bo‘lsin.
Baq-baq etgan takani
Qor bosganda ko‘r.
O‘zini maqtagan — o‘limning qorovuli.
Eshakka muguz bitsa,
Ot qornini yorar.
Maqtangan pand yeydi, kamtarin qand yeydi
Borlikda maqtanma,
Yo‘qlikda qayg‘urma.
Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar,
Manman bo‘lsang, ensa qotar.
Itning ajali yetsa, mehrobga o‘tirar.
Oqsoqning oxiriga boq,
Maqtanchoqning — ma’rakasiga.
Otasiz o‘g‘ilning og‘zi — katta.
Ahillik va birdamlik haqida maqollar
Kamtarga egil,
Manmanga keril.
Baq-baq etgan takani
Yomg‘ir yoqqanda ko‘r.
Dong tortganning to‘yini ko‘r,
Mang urganning uyini ko‘r.
Bir oshganga bir toshgan.
Bo‘sh tegirmon guldirar.
Podachining qizini ko‘r,
Ayab bosgan izini ko‘r.
Eshak maslahatlashib hangramas.
Ko‘kka boqqan yiqilar.
Kelinni kelar yilda ko‘r.
O‘zingni o‘zing maqtama,
Seni birov maqtasin.
Kamtar yetar murodga,
Manman qolar uyatga.
Manmanga — zavol, yomonga — ajal
Siz turibsiz tikkayib,
Biz turibmiz tikkayib,
Yerga tushgan qamchini
Kim oladi enkayib.
Jangal o‘zini bog‘ sanar.
Qul qutursa, Qo‘ng‘irotdan top.
Qulni maqtansin desang, olisga sot.
Ishni Ismat qiladi,
Lofni Toshmat uradi.
Eshakka muguz bitsa,
Egasini suzar.
Tuyaga qanot bitsa,
Tomingni buzar.
G‘urur — g‘urbat,
Kamtarlik — hurmat.
Bir ko‘zi ko‘r,
Haybati zo‘r.
Erib aytgan eritar,
Kerilib aytgan horitar.
Ichgani oshi yo‘q,
Itining oti «Boytevat».
Daraxt qancha baland bo‘lsa ham,
Mevasi quyida bo‘ladi.
Adandan joy topilsa to‘rga o‘tma.
Yonida bir puli yo‘q,
G‘irvonga hokim.
Do‘stingga sir ayt,
Manmanlikdan qayt.
Qo‘rqoqning oti — maqtanchoq.
Har qush o‘z ovozidan xush bo‘lar.
Qizim bor deb kerilma,
Zeb-ziynatga berilma.
Manmanga — balo, yugurukka — tumor
O‘zim bilaman degan o‘lar,
Ko‘p bilaman degan qular.
Xashak oqar yuzida,
Qumi qolar tagida.
Ulfating novcha bo‘lsa, past bo‘l,
Past bo‘lsa, xas bo‘l.
Yomg‘ir o‘zin sel sanar,
Ko‘lmak o‘zin — ko‘l.
Men-men deganning manglayi qora.
Yaxshi epi bilan so‘zlar,
Yomon — sepi bilan.
Bilgan kishi bildim demas,
Bildim desa, bilgan emas.
Qarg‘a qanot yozib qarchig‘ay bo‘lmas.
Qaqillagan xotinni qiz berganda ko‘r.
O‘zinikida qirmoch yegan
Birovnikida quyruq so‘rar.
Ulug‘ bo‘lsang kekkayma,
O‘z elingga chekchayma.
Mullaning oldida tilingni tiy,
Ustaning oldida — qo‘lingni.
Kal tegdi, ko‘r noz qildi.
Tug‘ilmagan Tilovga tilla beshik.
Baqiroq sigir sutsiz bo‘lar.
It qutursa, egasini qopar,
Chumchuq qutursa, burgutga chopar.
Mevali daraxt yerga engashar,
Mevasiz daraxt ko‘kka tirmashar.
Kelinni kelganda ko‘r,
Sepini yoyganda ko‘r.
O‘zini aka degan
Echkisini taka der.
Uyida umoch kesmagan,
Ko‘chada ugra kesar.
Ishni qiladi asbob,
Egasi uradi lof.
Soqov ko‘p gapirar,
Cho‘loq ko‘p yugurar.
Toza yasovul ko‘z chiqarar.
Tevadan so‘radilar:
Kasbing nima?
— Attorlik.
Oldin o‘zingga boq,
So‘ngra nog‘ora qoq.
Kamtarlik — katta davlat
Haddidan oshsa kishi,
Maqtanish bo‘lar ishi.
Gapni katta gapirma,
Nonni katta tishlama.
Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar,
Maqtanchoqqa so‘z tegar.
Yuvosh yo‘g‘onlasa, eshikka sig‘mas.
Uyida ishton bicholmagan
Dalada to‘n bichar.
Kekkayish terakka yarashar.
Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar
Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.
Qul yeganini maqtar,
Bachcha — kiyganini.
Manman degan yigitni
Yov bosganda ko‘r.
O‘tmas tesha o‘tkir bo‘lsa,
Bolta dastasini qirqar.
Ot mingan otasini tanimas,
Toy mingan — og‘asini.
Sirli sandiqning ichi bo‘sh.
Kekkayganga kekaygin,
Enkayganga enkaygin.
O‘zi pasmondaning ko‘ngli osmonda.
Kerilganning to‘yiga bor,
Maqtanganning — uyiga.
Yapaloqqush maqtansa,
Jardan quyon oldim der.
Yomon kishi maqtansa,
Yaxshining yoqasidan oldim der.
Ot ko‘rmagan ot ko‘rsa,
Otxonada ot chopar.
Yantoq o‘zini bog‘ aylar,
Ahmoq o‘zini tog‘ aylar.
Boshing osmonga yetsa ham
Yerga qarab yur.
Sirti yaltiroqning — ichi qaltiroq.
Chillasi chiroq ko‘rmagan
Mum shamni kamsitar.
Birov bilganini maqtar,
Birov — ko‘rganini.
It uyasida o‘zini yo‘lbars sanar.
Jom qozonning toti chiqar,
Maqtanchoqning — moti.
O‘zingni oy bilsang,
O‘zgani soy bil.
Yo‘l ko‘rgan ot yo‘lga sig‘mas.
Amal tegsa nodonga,
O‘zini urar har yonga.
Gavdasiga mag‘rur tuya
Muchalga kirmay qolibdi.
Qilishi bitta tuxum-u
Qa-qalashi yurt buzar.
To‘la yo‘g‘on po‘la bo‘lar.
Kamtarga — kamol, manmanga — zavol
Shuhratparast el bo‘lmas,
Ko‘lmak suvdan ko‘l bo‘lmas.
Quruq savlatdan quruq savat yaxshi.
Oyog‘ida xinasi bor
Yerni bosib yurmaydi.
Kalning nimasi bor,
Temir tarog‘i.
Ko‘rning nimasi bor
Eski tayog‘i.
Yasanchoq mardona bo‘lmas,
Kapalak parvona bo‘lmas.
El seni aqlli desa,
Sen eldan aql o‘rgan.
O‘tgan kuningni unutma,
Xom chorig‘ingni quritma.
Sichqon sig‘mas iniga,
G‘alvir bog‘lar dumiga.
O‘zinikida jinchiroq yoqmagan
Birovnikida shamchiroq yoqar.
O‘zlari — xon,
Ko‘lankalari — maydon.
Kekkayganga kekkaygin,
Boshing ko‘kka yetguncha.
Egilganga egilgin,
Boshing yerga tekkuncha.
Maqtanganning burdi ketar,
Asl niyatiga kamtar yetar.
Sher qutursa, oyga sapchir.
Boqqaning ikki echki,
O‘shqirganing yer tebratar.
Maqtanchoq — quruq po‘choq.
Mahmadonadan maslahat kutma.
O‘rdak yo‘q ko‘lda loyxo‘rak — xon.
Suprasida uni yo‘q,
Tom boshida qo‘sh tandir.
Kamtarlik ko‘kka ko‘tarar, manmanlik yerga kiritar
Oqsoq tek turmas,
Soqov — jim.
Quruqning o‘tiga ho‘l kuyar.
Quyun o‘zin sel sanar,
Qo‘rqoq o‘zin er sanar.
Qora tovuq qaqillaydi,
Oq tovuq shaqillaydi.
Amal yetdi ko‘rga,
Yugurib o‘tdi to‘rga.
O‘lanni to‘y ko‘tarar,
Semizlikni — qo‘y.
Amaldorlar va din vakillari haqida maqollar
Shuhratparast — hamisha pastkash.
Qurol ishlar, qo‘l maqtanar.
Arg‘umog‘im jirtak otdi,
Loyni ko‘rib tappa yotdi.
Birni bilgan birni bilmas.
Katta yesang ham, katta gapirma.
Eshak hangraydi soyda,
Ma’lum bo‘ladi loyda.
Ish boshlaganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan.