Muhabbat va Bevafolik haqida maqollar to‘plami

Bevafolik, sevgi va muhabbat haqida eng sara maqollar to‘plami. «Sevgi nima degani, bilasizmi? Bu sevgan insoningni ko‘zlariga qarab bir-birini so‘zsiz tushunishdir».

Muhabbat va Bevafolik haqida maqollar

Muhabbat ketsa, nafrat kelar.

Реклама

Suymaganga suykanma.

Bevafo yor — joningga dor.

Sevganingga sevgingni ber,
Istaganga — etingni.

Реклама

Husn to‘yda kerak,
Muhabbat — kunda.

Har kim beyordir — bemordir.

Yurt sevganni qiz sevar.

Qadr qimmat va hurmat haqida sara maqollar

Реклама

Ma’shuq qayda bo‘lsa,
Oshiq shunda bo‘lar.

To‘y o‘pkasiz bo‘lmas,
Yor — firoqsiz.

Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor bo‘lmasa.

Kuygan o‘lanchi bo‘lar,
Suygan — laparchi.

Реклама

Chiroyli chiroyli emas,
Suyganing — chiroyli.

Sevgi yordamchi tilamas

Chin sevgining till bo‘lmas.

Hamma dardga bor davo,
Oshiqlik dardi — bedavo.

Sevgi haqida maqol

Oltin zanglamas,
Sevgi qarimas.

Реклама

Yolg‘izlikda yor yaxshi.

Gul — hayot bezagi,
Sevgi — inson bezagi.

Ayriliq o‘limdan qattiq.

Qizing kimni suysa, kuyoving shu.

Gulga boq, tikanni ko‘r,
Yorga boq, jafoni ko‘r.

Реклама

Gulsiz bulbul — yorsiz bulbul.

Po‘lat olovda, sevgi hijronda sinalar.

Muhabbat chiroy tanlamas,
Uyqu — joy.

Sevgi degan ikki ko‘zda.

Suygan yordan ko‘z ketmas.

Реклама

Muhabbat ketsa, nafrat kelar

Bevafoning asli ko‘ngli begona,
Bevafoga ko‘ngil qo‘ygan devona.

Qimiz kimniki — ichganniki,
Qiz kimniki — suyganniki.

Muhabbat ketsa, nafrat kelar

Sevgi — bir, makon — ikki.

Ikki pichoq bir qinga sig‘mas,
Ikki sevgi — bir ko‘ngilga.

Oy o‘tmasdan musht o‘qtalib, do‘q urar.

Реклама

Ishq bilan o‘ynashib bo‘lmas.

Qalbga qarimoq yo‘q,
Sevgiga — o‘lim.

Vafosizda hayo yo‘q,
Hayosizda vafo yo‘q.

Ishqsiz ko‘ngil — o‘tsiz o‘choq.

Inson bo‘lsang vafo qil,
Vafosizlik — xato, bil.

Реклама

Bevafoda hayo yo‘q,
Hayosizda riyo yo‘q.

Gul — bahona, diydor — g‘animat.

Qizni tanlaganga ber.

Oshiq bilan o‘ynasang,
Oshig‘ingga o‘t tushar.

Ishqsiz ko‘ngil — egasiz uy.

Реклама

Bevafo yordan osilgan dor yaxshi

Suvsiz hayot bo‘lmas,
Vafosiz — oila.

Sochingni kunda tara,
Yoringga kunda qara.

Bevafolik haqida maqollar

Chiroying borida chinoringni top.

Suyganimning ko‘ngli uchun
Suymas oshni icharman.

Mehr oqibat va oqibatsizlik haqida maqollar

Реклама

Parvona — o‘z oshig‘ining qurboni.

Sevging oz — umring oz,
Sevging soz — umring soz.

Sevdim deb maqtanma,
Sevildim deb maqtan.

Sevgan bilan qo‘shilish —
Dutorga tor taqqanday.

Ishq boshqa, havas boshqa.

Реклама

Ikki yorning urushgani — o‘ynashgani.

Sevgida zorlik bor,
Zo‘rlik yo‘q.

Inson sevgi bilan tirik.

Har dilning sevgisi bor.

Yoshlikda bergan ko‘ngil,
Ayrilmas balo bo‘lur.

Реклама

Suluv bo‘lgan bilan yor bo‘la olmas,
Tuya bo‘lgan bilan nor bo‘la olmas.

Sevgisiz ko‘ngil vayrona

Ochlik osh tanlatmas,
Oshiqlik yosh tanlatmas.

Sevging toza — umring toza.

Sevgisiz ko‘ngil vayrona

Sevgining bahori bilan shodlanma,
Yoz-u qishi ham bordir.

Tog‘ tog‘ bilan qovushmas,
Odam odam bilan qovushar.

Реклама

Va’da — vafosi bilan go‘zal.

O‘zi kelgan yor-yor,
O‘zi ketar yor-yor.

Ikki suyuk bir ko‘ngilga sig‘mas.

Ishqi bor o‘ynar,
Dardi bor yig‘lar.

Muhabbat muhabbatni tug‘dirar.

Vafo qilgan vafo topar,
Jafo qilgan jafo topar.

Реклама

Sevganga — sultonsan,
Sevmaganga — ultonsan.

Sevgining ko‘zi ayb ko‘rmas.

Sevgining aslini bulbuldan so‘ra,
GuLzor qadrini — guldan.

Sof sevgi sotilmas,
Yo kesakdek otilmas.

Er sevmasa, el sevmas.

Muhabbat dil mevasi

Muhabbat — bir so‘z, ma’nosi — dunyo.

Реклама

Sinadingmi — sev,
Sinamadingmi — qo‘y.

Muhabbat dil mevasi

Muhabbat yosh tanlamas.

Qizni kim sevmas,
Qimizni kim ichmas.

Muhabbatning ko‘zi — ko‘r.

Har kim suygan oshini ichar.

O‘ntaning yor-yori bo‘lguncha,
Bittaning vafodori bo‘l.

Реклама

Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.

Rashkning ko‘zi — ko‘r.

Vafoli qul — jafoli qul.

It — vafo, xotin — jafo.

Ho‘kiz ho‘pda semirar,
Qiz — quchoqda.

Tog‘ning ko‘rki qor bilan,
Erning ko‘rki yor bilan.

O‘choqdagi o‘t boshqa,
Yurakdagi o‘t boshqa.

Реклама

Sevmagan bilan qo‘shilish —
Zaharli ilon chaqqanday.

Muhabbat boylikka boqmas

Sevikli qul sekirar.

Yaxshi yor yoddan chiqmas.

Muhabbat boylikka boqmas

Sabr qanoat va shoshqaloqlik haqida maqollar

Ko‘z qarisa ham, ko‘ngil qarimas.

Intizorlik o‘limdan yomon.

Sevimsiz yordan kezimlik ot a’lo.

Реклама

Sevgi pulga sotilmas,
Ko‘ngil pulga topilmas.

Suyganimning ko‘ngli uchun
Suymasimni suyarman.

Ishq — muqaddas o‘t,
Havas — loyqa suv.

Qizni oshig‘iga ber.

Bildingki, bevafodir,
Ko‘ngil qo‘ymoq xatodir.

Va’daga — vafo,
Vafosizga — jafo.

Qizil gul ekkanning xirmom bo‘lmas,
Yaxshini suyganning armoni bo‘lmas.

Birov parini sevibdi,
Birov — qurbaqani.

Har kim — suyganining quli.

Sinalgan sevgi bukilmas,
Bukilsa ham so‘kilmas.

Sevgi qarimas, asl chirimas

Qolgan ko‘ngil — chiqqan jon.

Sevgi bozorda sotilmas.

Sevgi qarimas, asl chirimas

Ma’shuq bilan o‘ynasang,
Qoshingda tutlar pishar.

To‘g‘ri gapning ajjisi yo‘q,
Bevafoning — sujjisi.

Har kimniki o‘ziga
Oy ko‘rinar ko‘ziga.

Haqiqiy oshiqlik — ikki yoqdan.

Ko‘ngil gulini sevgi suvi sug‘orar.

Tutunsiz o‘t bo‘lmas,
Yorsiz — yigit.

Soxta oshiq ishq-sevgidan lof urar,

Vafosizga berilma,
Vafolidan ayrilma.

Yurak yurakka darak berar.

Davosiz dard — muhabbat.

Ishqi borning imoni bor.

Qush uchadi qanoti bilan,
Yigit yashaydi vafosi bilan.

O‘z suyganing o‘zingga suluv.

Bevafo yordan vafodor it yaxshi

Bir etikka ikki oyoq sig‘mas,
Bir yurakka — ikki muhabbat.

Sevgan sevganini deydi,
Sevmagan kimni deydi.

Bevafo yordan it yaxshi

Qarz — muhabbatning qaychisi.

Har oshiqqa besh kun davr.

Muhabbatsiz umr — o‘t olmas ko‘mir.

Muhabbat husn tanlamas,
Uyqu — o‘rin.

Ip kiysa ham vafodor bo‘lsin.

Yolg‘onchilik va to‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar

Muhabbat — uy poydevori,
Vafo — ustuni.

Bevafo do‘stdan tayoq yaxshi,
Bebahra guldan — yaproq.

Muhabbat — bitta, ko‘z — to‘rtta.

Sevganing — oltindan aziz.

Birga vafo — mingga vafo.

Dardi yo‘q — kesak,
Ishqi yo‘q — eshak.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qadr qimmat va Qadrsizlik haqida maqollar to‘plami
  2. Mehribonlik va Oqibatsizlik haqida maqollar to‘plami
  3. Sabr qanoat va Shoshqaloqlik haqida maqollar to‘plami
  4. Yolg‘onchilik va To‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar to‘plami
  5. Noshudlik, Chaqqonlik va Epchillik haqida maqollar to‘plami
  6. Omad va Baxtsizlik haqida maqollar to‘plami
  7. Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami
  8. Saxiylik va Baxillik haqida maqollar to‘plami
  9. Mehmon va Mehmondo‘stlik haqida maqollar to‘plami
  10. Tarbiya va Odob axloq haqida maqollar to‘plami
  1. Asila:

    Ko’proq maqollardan tashlangizlar va yana ishq mavzulardan tashlangizlar.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *