Omad va Baxtsizlik haqida maqollar to‘plami
Baxt, omad, omadsizlik hamda baxtsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Dunyoda har bir narsaning o‘z qonuniyati, yozilgan-yozilmagan qoidalari bo‘ladi. Baxt, ruhiy va jismoniy kuch muvaffaqiyatga erishishning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Avvalgi baxtim — gul baxtim,
Keyingi baxtim — suvga oqdim.
O‘lganning ustiga — o‘n tayoq.
Och qoringa — namakob.
Temirchi taqaga yolchimas,
Bo‘zchi — belboqqa.
Birov o‘laman desa,
Birov kulaman deydi.
Chiroy va xunuklik haqida maqollar
Sho‘rlikka yo‘l o‘yilar.
Bozorga bor, baxtingdan ko‘r.
Usta pichoqqa yolchimas,
Etikdo‘z — bigizga.
Beobro‘ bel bog‘lasa,
Bechora bo‘yin egar.
Baxt kulgu bor uyga kirar
Moling xo‘ra bo‘lsa, berdi xudo,
Xotining xo‘ra bo‘lsa, urdi xudo.
Otdan ola ham tug‘ar, qora ham.
Kambag‘alni ot ustida it qopar.
Axtarganda topilmas,
Kerakmasda zor-zor.
Xotin baxti erda bo‘lar,
Etim — baxti yerda.
Kumush kunga qo‘nsa,
Oltin o‘z oyog‘i bilan kelar.
Avvalini berguncha, oxirini bersin.
Yo yering serob bo‘lsin,
Yo otang mirob bo‘lsin.
To‘qqiz qizning to‘lg‘og‘i bir kelibdi.
Olaman degan qulidan,
Tortib oladi qo‘hdan.
Har yigitga bir omad
Eshikdan baxt kirsa,
Falokat teshikdan qochar.
Otasi urmagan qo‘ng‘izni,
Bolasi urar to‘ng‘izni.
Ovi yurganning dovi yurar.
Kambag‘alning kasali ohsda bo‘lsa,
Tabib ham bormas.
Toshsiz tarozining shayini siniq.
Qimorboz ham yutar, ham yutqazar.
Qizning baxti — erning davlati.
Tilab olgan bolamni echki suzib o‘ldirdi.
Yo oting chiqsin,
Yo — o‘ting.
Baxt sandiqda, kaliti osmonda
Tul xotinning boshiga turna tezaklar.
Kel-keli kelsa, bulamiq tish sindirar.
Etikdo‘zning etigi yirtiq.
Tanlagan tulkiga yo‘liqar.
Quduq tubiga kun tushmas.
Yog‘ ichida yayramagan qora buyrak.
Birov suv topolmaydi ichgani,
Birov suv topolmaydi kechgani.
Azobli qulni ot ustida it qopar.
Eshagim cho‘loq bo‘ldi,
Manzilim yiroq bo‘ldi.
Qarimtaning ustiga qor yog‘mas.
Baxtli ovchiga cho‘loq kiyik yo‘liqar
Davlat qochar, mehnat quvar.
Tavakkalni toshga ur,
Baxtingdan ko‘r.
Saxiylik va baxillik haqida maqollar
Qorong‘u kun mangu bo‘lmas.
Yo — ostidan,
Yo — ustidan.
Ovchining oshi — oyog‘ida,
Qo‘ychivonning baxti — qo‘yida.
Sho‘rga tushgan sho‘ri qurir.
Doying mirob bo‘lguncha,
Ering o‘y bo‘lsin.
Husning bo‘lguncha, baxting bo‘lsin.
Tayoqsizga tovushqon uchrar.
Birov — tojdor,
Birov — bojdor.
Baxtsizlikda oltin ham xira
Xotining yaxshi bo‘lsa,
Bu dunyoning charog‘i.
O‘lganning ustiga tepgan.
Tanlab-tanlab tozga uchrabdi.
Yiqilganning ustiga yulduruq.
Beraman degan quliga,
Chiqarib qo‘yadi yo‘liga.
Bolta ursam tegdi toshga,
Qaytib tegdi mungluq boshga.
Kambag‘alning ovi yurmas,
Ovi yursa ham dovi yurmas.
Davlat ham egiz-egiz,
Mehnat ham egiz-egiz.
Running kuni bo‘lganda,
Cho‘rtan baliq terak boshida suzar.
Yo‘li bo‘lgan yigitga yo‘ldan yo‘ldosh qo‘shilar.
Omadi kelsa, sichqon filni yengar
Sham yorug‘i tubiga tushmas.
Yo lovullab yon,
Yo birato‘la o‘ch.
Qurchalagan ko‘zga cho‘p tushar.
Bermayman degan qulining
Bor-yo‘g‘ini ketkazar.
Biz qalliqqa borganda, oy yorug‘ bo‘lar.
Tavakkalning eshagini bo‘ri yemas.
Yigit boshidan davlat yiroq emas.
Yig‘laganning oldidan ingragan chiqar.
Har narsaning vaqti bor,
Har bir qizning baxti bor.
Oting yaxshi bo‘lsa,
Bu dunyoning farog‘i.
Baxtsiz quduqqa kirsa, qum yog‘ar
Xudo urganni payg‘ambar ham hassasi bilan turtar.
Kambag‘alning osh ustida burni qonar.
Yo‘ling charog‘on bo‘lsa,
Turmushing farovon bo‘lar.
Oriq otga chang yuqar.
Ming qo‘ylining qo‘yi qoldi,
Bir qo‘ylining qo‘yi ketdi.
Devonaning ishini xudo o‘nglar.
Kel-keli kelsa, kelindan avval qiz tug‘ar.
Davring kepti, sur begim,
Davroning kepti, ur begim.
Kel-keli kelsa, it ham saxovatli bo‘lar.
Boshim balo ichida,
Oyog‘im jafo ustida.
Omadning shishasi temirchining dandonini sindirar
Mehmon va mehmondo‘stlik haqida maqollar
Jo‘janing iqboli bo‘lsa,
Tovuqning emchagi bo‘lar edi.
Xizir nazar qilmasa,
Eshak bozoriga dallol ham bo‘lmaysan.
Ota bilan qolgan — shum yetim,
Ona bilan qolgan — gul yetim.
Abdulhakim ovga chiqdi,
Orqasidan g‘avg‘o chiqdi.
Oq kunda oqararsan,
Qora kunda qorayarsan.
Oriq otga qamchi yov,
Teshik tomga tomchi yov.
O‘zim uzun bo‘lsam ham, toleyim past.
Yo‘li bo‘lgan yigitning yangasi oldidan chiqar.
Eshakliga tulki uchrar.
Qizga oltindan taxt emas,
Barmoqday baxt tila.
Tavakkalchining kemasi botmas
Bemor tuzalgisi kelsa,
Tabib o‘z oyog‘i bilan kelar.
Beraman degan quliga,
Undan-bundan yetkazar.
Xaridning saxtini tilaguncha, baxtini tila.
Taxting kulguncha, baxting kulsin.
Borga balo yopishmas.
Yo jon chiqsin,
Yo — nom.
Har oqshomning bir tongi bor.
Yurganga yo‘rg‘a yo‘liqar.
Kambag‘alning yolg‘iz qo‘zisiga qashqir tegar.
Yigit moli — yerda.
Baxtsiz kishini tuyaning ustida it qopar
Biz o‘g‘irlikka chiqsak, oydin bo‘lar.
Kal qizning baxtini ko‘r,
O‘tirgan taxtini ko‘r.
Yo dong‘ing chiqsin,
Yo — changing.
Kambag‘al qiz qaltiraydi,
Peshonasi yaltiraydi.
Toleyim toldan ekan,
Buyrug‘im kaldan ekan.
Talak uiganni falak urar.
Qordan qutulgan, yomg‘irga tutilar.
Etim qizning to‘yini yomg‘ir buzar.
Qayg‘u yo‘g‘ida qayg‘u —
Qaynanamning o‘lgani.
Yo poshsho buzar,
Yo — pashsha.
Ot bozori — baxt bozori
Tut yaxshisi — yerga,
Qiz yaxshisi — ko‘rga.
Kehshmaganning kelini — o‘g‘ri.
Manglayimda bo‘lsa ko‘rarman,
Ayamda bo‘lsa yalarman.
Xudo urgan tuyani Vaysulqora na qilsin.
Otangning chorvog‘ida qolguncha,
Onangning o‘ymog‘ida qol.
Yaroqliga yov yo‘liqmas.
Oyda-yilda bir bozor,
Uniyam yomg‘ir buzar.
Laqayning kuyov bo‘lgani — bek bo‘lgani.
Odob, axloq va tarbiya haqida maqollar
O‘tirib edim g‘amsiz,
Buzog‘im tug‘di dumsiz.
Och qoringa — achchiq ayron.
Kambag‘alning og‘zi oshga yetganda,
Boshi toshga tegar.
Xon taxtidan qo‘rqar,
Qiz — baxtidan,
Kamonsizga kiyik uchrar.
Temir qarmoqqa — oltin baliq.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami
- Saxiylik va Baxillik haqida maqollar to‘plami
- Mehmon va Mehmondo‘stlik haqida maqollar to‘plami
- Tarbiya va Odob axloq haqida maqollar to‘plami
- Ilm, Ilmsizlik va Kasb hunar haqida maqollar to‘plami
- Nodonlik va Donolik haqida maqollar to‘plami
- Tenglik va Tengsizlik haqida maqollar to‘plami
- Mardlik va Nomardlik haqida maqollar to‘plami
- Botirlik va Qo‘rqoqlik haqida maqollar to‘plami
- Tinchlik va Notinchlik haqida maqollar to‘plami