Yil fasllari va Tabiat hodisalari haqida maqollar to‘plami
Tabiat hodisalari hamda yil fasllari haqida eng sara maqollar to‘plami. «Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi» (Asqad Muxtor).
Toqqa yog‘sa, cho‘l obod,
Cho‘lga yog‘sa, el obod.
Savr degan sonli qish,
Men javzongdan qo‘rqaman.
Yozning yomg‘iridan qo‘rq,
Qishning — qirovidan.
Aziz aqchasiz ketmas,
Qizlar — bo‘g‘chasiz.
Yoz kuyungan,
Qish suyunar.
Asad kirsa,
Suv oqarar.
Hayvonlar va qushlar haqida maqollar
Shanbada bichma,
Jumada ko‘chma.
Ertalabki tuman ochar,
Kechki tuman yopar.
Qirqkuyak keldi — kuz keldi.
Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi.
Yoz mevasi — qish xazinasi.
Sovuq oyoqdan urar,
Issiq — boshdan.
Saraton — sara ekish,
Qolaversa — tariq ekish.
Chilla kirsa — chil oyog‘i.
Aziz momo olti kun,
Qahri kelsa — yetti kun.
Qora bulutdan tiniq suv tomar
Oy qulansa, oyog‘ingni uzat,
Kun qulansa, kuragingni tuzat.
Yozda jarohat ko‘rsang,
Qishda rohat ko‘rasan.
Sumbulaning suvi tiniq, o‘zi sovuq.
Chillaga chillaki chidamas.
Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.
Sumbulaning tuqqanini suv bilar.
Qavs suvi — jon suvi.
Ayamajuz olti kun,
Olti oy qishdan qattiq kun.
Qarg‘a qag‘illasa, qishni chaqirar,
G‘oz g‘ag‘alasa — yozni.
Sumbulada suv soviydi,
Mizonda — kun.
Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar.
Savr yomg‘iri — sari oltin.
Qishning kuni qirq turli,
Qirqovi ham qiliqli.
Qish o‘chog‘i tor,
Tur, uyingga bor.
Hulkar tug‘di — o‘t tug‘di.
Chilla qori — yerning qoni.
Aziz bo‘lmay, maziz bo‘lmas
Hamal kirdi — amal kirdi.
Savr bo‘lmay, sayron bo‘lmas,
Sayron bo‘lmay, ayron bo‘lmas.
Oqpon-oqpon olti kun,
Oy-hoy sening qotuving.
Sumbula tug‘ar sumpayib,
Ot semirar qampayib.
Oy chalqancha tug‘sa,
Oy bo‘yi ayoz.
Qish — qisilmoq,
Yoz — yozilmoq.
Juma yog‘sa, shanba tinar,
Shanba tinmasa, qachon tinar.
Yoz yomg‘iri — ilon bilan chayon.
Aqrab keldi aqirib,
Sovuqlarni chaqirib.
Dalv kirdi — davr kirdi.
Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.
Oy boshida kun yo tuzalar, yo buzilar.
Asad suvi — asal suvi.
Qish qilig‘ini qilmay qo‘ymas,
Yoz yo‘rig‘ini yo‘ymay qo‘ymas.
Qantar ovsa, qoziqning boshida qor turmas.
Oyning beshidan qo‘rqma, boshidan qo‘rq
Bars yili — boylik,
Quyon yili — qahatchilik.
Asadda oralab ye,
Sunbulada — saralab.
Hutda mol to‘ymasa, odam to‘ymas.
Yomg‘ir — ekinning joni.
Qish qo‘nog‘i — o‘t.
Sumbulaning suvi — sharob.
Daroyi ola bo‘ldi,
Daryo bir balo bo‘ldi.
Toza havo — dardga davo.
Yoz yomg‘iri yondan o‘tar,
Qish yomg‘iri — jondan.
Yaxshi yil bahoridan ma’lum,
Yaxshi kun — saharidan.
Yo‘l va yo‘ldosh haqida maqollar
Yoz qoqisi — qishga dori.
Aqrab kelar hayqirib,
Bola-chaqasini chaqirib.
Hut kirdi, dehqonning ketiga qurt kirdi.
To‘qson to‘lmay, yoz chiqmas.
Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi.
Tog‘ havosi dard davosi
Sumbula tug‘sa, suv sovir,
Tarozi tug‘sa, tong sovir.
O‘lchab osgan etingga
Qo‘noq kelsa, qattiq kun.
Yozda boshi pishmaganning,
Qishda oshi pishmas.
Chilla suvi — tilla suvi.
Jul keldi — hamal keldi.
Yaxshi kelsa hut —
Kadi-kadi sut.
Asad yo rasad, yo narasad.
Qishning sovug‘ida to‘ngandan,
Yozning issig‘ida o‘lgan yaxshi.
Hut suviga ho‘kizingni sug‘orma.
Er tug‘ilsa — elning baxti,
Yomg‘ir yog‘sa — yerning baxti.
Yantoq gullasa, chilgi pishar.
Qishning qahri — kuzga baraka.
Qantar ovsa, qalt etar,
Dehqonning ko‘zi yalt etar.
Qish o‘ldirma, yoz o‘ldir,
Och o‘ldirma, to‘q o‘ldir.
Aqrabda jo‘xorini sovuq urmasa,
Oxiratda ham urmas.
Yilning yaxshi kelishi bahordan ma’lum
Yaxshi kelsa — hut,
Yomon kelsa — yut.
Ahman muzi dahmonday bo‘lsa ham, qo‘rqma,
Kuzning muzi ko‘zguday bo‘lsa ham, qo‘rq.
Chillada sug‘orilgan bog‘,
Chil botmon uzum berar.
It yili eksang,
To‘ng‘iz yili o‘rasan.
Savr oyi — davr oyi.
Laylak kelmay, yoz bo‘lmas,
Qirg‘iyak chopmay, kuz bo‘lmas.
Toqqa qalin qor tushgani —
Erning qonib suv ichgani.
Qor yog‘di — don yog‘di,
Yomg‘ir yog‘di — osh yog‘di.
Saratonda suv qo‘y,
Asadda tek qo‘y.
Qirqkuyakda qindagi ham pishar.
Qish o‘tar, qoralik qarg‘aga qolar.
Yozda xotin quturadi,
Qishda — burun.
Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi.
Qarilik va yoshlik haqida maqollar
Qishning bir kuni qolsa qo‘rq.
Ilib-ilib, yoz bo‘lar,
Sovib-sovib, qish bo‘lar.
Quyon yili yut bo‘lar
Yaxshi kelsa hutni ko‘ring,
Xurma-xurma sutni ko‘ring.
Soyda yotma, sel olar,
Qirda yotma, yel olar.
Kun g‘amini sahar ye,
Yil g‘amini bahor ye.
Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili.
Payti kelsa, daraxt gullar.
Qish qattiq kelsa — it yili.
Savr kelsa, muz turmas,
Quda kelsa, qiz turmas.
Yozgi harakat — kuzgi barakat.
Yozning yuvindisi — qishga osh-qatiq.
Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas,
Mizondan so‘ng yoz bo‘lmas.
Oy o‘tovlasa, oylik g‘amingni ye,
Kun o‘tovlasa, kunlik g‘amingni ye.
Yomon kelsa hut —
Qaqshab qolgan put.
Laylak kelsa — yorug‘ yoz,
Turna kelsa — tunuq yoz.
Yil yaxshi kelsa, arqar ketmas
Qarg‘a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas.
G‘oz kelgani — yoz kelgani.
To‘qson kirsa, to‘rg‘ay odimicha kun uzayar.
Asad, ekinlarni yasat.
Aziz momo olti kun,
Qaltirasa — qatti kun,
Sakransa — sakkiz kun,
To‘qransa — to‘qqiz kun,
O‘qransa — o‘n kun.
Qish qishligini qilmasa,
Yoz yozligini qilmas.
Saratonning o‘ni — tegirmonning do‘li.
Qorachaning qori turmas.
Oz bo‘lmay, yoz bo‘lmas,
Yoz bo‘lmay, maz bo‘lmas.
Qishning qori — yozga dori.
Ahman-dahman olti kun,
Qahriga olsa qatti kun.
Qirqkuyakda qirq tomguncha,
Mizonda bir tomsin.
Yoz harakati — soz harakat.
Kuzgi qatiq kuyovga bergisiz.
Hulkarli oyning bari qish.
Savrning sanog‘ida qishning yog‘ini bor
Quruq ayoz — tilsiz yov.
Asad, g‘o‘zangni yasat.
Oqponda ot odimiday kun uzayar.
Safar oyi — xatar oyi.
Javzodagi yomg‘irdan ilon yog‘sa yaxshi.
Yozning yozig‘i — qishning ozig‘i.
Sigir yili — to‘qlik,
Qo‘y yili — yo‘qlik.
Yolqitsa ham, yog‘ yaxshi,
Yondirsa ham, yoz yaxshi.
Savalab yoqqan yomg‘ir yomon,
Maydalab yoqqan qor yomon.
Yozning gilami — keng.
Yoz — yozil, qish — qisil.
Yozning kuni — yuz turli,
Qishning kuni — qirq turli.
Qish — oladan,
Yoz — moladan.
Qish — sertashvish.
Yomon kelsa, hutni ko‘ring,
Serrayib yotgan putni ko‘ring.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Hayvonlar va Qushlar haqida maqollar to‘plami
- Yo‘l va Yo‘ldosh haqida maqollar to‘plami
- Yoshlik va Keksalik haqida maqollar to‘plami
- To‘y va Motam haqida maqollar to‘plami
- Sevinch va G‘am haqida maqollar to‘plami
- Dehqonchilik va Chorvachilik haqida maqollar to‘plami
- Sog‘lik, Tozalik va Bemorlik haqida maqollar to‘plami
- Mamnunlik va Afsuslanish haqida maqollar to‘plami
- Ehtiyotkorlik va Ehtiyotsizlik haqida maqollar to‘plami
- Farovonlik va Yetishmovchilik haqida maqollar to‘plami
Kuz haqida maqol juda kam
Juda zo‘r ekan, xamma maqollar bor ekan.
Bu maqollar juda zõr
Bu yerdagi maqollar rostdanham juda yaxshi ekan, saytgaham gap yo’q.
Barglar haqida maqol topib bering.
Baxor haqida maqollar bormi? Yoki men topa olmadimmi?
Kuz fasli haqida maqollar kerak, kimda bo’lsa yozib yuboringlar iltiomos sizlardan.
Kuz haqida maqol va topishmoqlar bo‘lsa yuboringlar…
Bu maqollar juda yaxshi. Barchaga yordam beradi. 👏
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang 100 hayda.
Assalomu alayko’m. Atrof muhitni tozaligi haqida maqollar kerak edi, kimda bo’lsa yozib yuborsin iltimos.
Man o’zimga kerakli maqolni topdim, sizlarga kattakon raxmat.
Assalomu alayko’m barchaga, Kuz haqida maqol topolmadim, kimda bo’lsa yozib yuboringlar iltimos.
Kuz haqida yana bir maqol: «Kuzning qozoni quyuq qaynaydi»
Yaxshi maqollar rahmat ko’proq tabiat haqida yozing.
Salom hammaga. UzBaza.uz’ga omad! Barcha kerakli narsalarni bilib olaman. Maqollar musobaqasida 1-o’rinni egalladim. Katta rahmat!
Assalomu alayko’m. Menga kuz fasli haqida maqollar kerak, bular bo’lmaydi.