Yil fasllari haqida sara sherlar to‘plami
Yil fasllari haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.
Fasllar kulgusi
Qish kulsa, og‘zidan to‘kiladi qor,
Xovridan yaxlaydi, daryo-yu anxor.
Baxoroy kulganda, isiydi kunlar,
Og‘zidan to‘kilar turfa xil gullar,
Yoz kulsa, soyaga «berkinib» gullar,
Tap-taqir bo‘ladi, issiqdan cho‘llar.
Lekigin, mevalar yetilib pishar,
Lazzatli bol misol bo‘lib yetishar.
Kuz kulsa, mo‘l bo‘lar — meva, sabzavot,
Mexnat-la qiziydi, dalada xayot.
Xirmonlar yuksalar, xosilga «to‘yib»,
Daraxtlar barg to‘kar, o‘zin bo‘sh qo‘yib.
Xar fasl kashf etar, o‘zgacha surur,
Fasllar kulgusi — mo‘jiza erur!
Ona tabiat
Qish der: – Kumush qorim bor,
Qorbobo yasang!
– Gulim ko‘rkam, – der bahor,
Guldasta yasang!
Yoz der: – Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: – Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt.
To‘rt fasl
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi:-Do‘stlar qish odosh.
Ko‘rsak, yo‘q qora bulut,
Yer yuzi ko‘k gilam-o‘t.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…
Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo‘lib qish.
Qish emas, u – qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo…
Xuddi yozday, bahorday –
Iliq, kuzgi nahorday.
Qor yog‘ar, kecha-kunduz,
Suv sovuq qotib kiygan muz.
Tabiat hukmi
«Tuf» desang, tupuk yaxlar,
Qish esa, qorni «taxlar».
Uzilmas pechda olov,
Tarasha yonar lov-lov.
Qorlar g‘irch-g‘irch qiladi,
Poyafzal qor «tiladi».
Aoiq beti «muzqaymoq»,
Endi qiyin suv olmoq.
Sovuq shamol esadi,
Yuzni tig‘siz kesadi.
Baxorga o‘rin yo‘qmi?
Yo‘q. bu tabiat xukmi.
Oz fursat o‘tib albat,
Baxorga kelar navbat!
Tabiat ishi
Agar qishda qor yog‘sa qalin,
Kimga qulay va kimga qiyin?
Xursand bo‘lib dexqon bu xoldan,
Umid qilar katta xosildan.
Demak agar xosil bo‘lsa mo‘l,
Mo‘l xosil — bu, to‘qchilikka yo‘l.
Ta’mirtalab, kimnidir tomi,
Yog‘in yog‘sa, yo‘qdir oromi.
Ninachiday, yozni berib boy,
Qarabsizki, endi xoli «voy».
Ne deyishni bilmaysan kishi,
Xa, mayli, bu — tabiat ishi!
Gul fasli
Qaxraton qish bilan, baxor qildi jang,
Xo‘sh qani, qay birin — xoli bo‘lur tang?.
Qor bilan izg‘irin — qishning lashkari,
Quyosh bilan yomg‘ir — baxor navkari.
Yomg‘irda erishni boshlab berdi qor,
Quyoshning zarbidan dunyo bo‘ldi tor.
«Yotguncha — otib qol» deganday ular,
Oz fursat qarshilik, qilib ko‘rdilar.
Foydasi bo‘lmagach. bo‘ldilar taslim,
Endi yo‘q izg‘irin, tabiat so‘lim.
Qaxraton sovuqlar, sololmas qut’qu,
Daraxtlar tanasin, tark etdi uyqu.
Tevarak atrofda — baxor libosi,
Qushlarning sayrashi — baxor sadosi.
Buvilar baxordan aytar rivoyat,
Gul fasli sep yoydi — mana, nixoyat!
Hech kim bo‘lolmas ustun
Xammayoq qor, qish edi,
Birdan yomg‘ir boshladi.
Yomg‘ir va qor qildi jang,
Qorning xoli bo‘ldi tang.
Yomg‘ir qorni eritib,
Boshqa tusga kiritib,
Shovullab quydi bexad,
(Quyosh chiqquncha faqat).
G‘alabadan shod bo‘ldi,
Qor eridi. dod soldi.
Oy yotoqqa qochganda,
Quyosh nurin sochganda,
Yomg‘ir suvi parlandi,
Oppoq bug‘ga aylandi.
Mana ko‘rdingmi, do‘stim,
Xech kim bo‘lolmas ustun!
Buyuk ona tabiat
Buyuk ona tabiat,
Tilsimlaring juda mo‘l.
Bizlarga berib sabot,
Ko‘rsatasan to‘g‘ri yo‘l.
Exson kutmaymiz sendan,
Bu bizning chin so‘zimiz.
Aksincha, kashfiyotni,
Yaratamiz o‘zimiz!
Mehmonlar
Tong. Atrofni tuman qoplagan,
Parda bilan to‘siq xar tomon.
Oq bulutlar yerga «sakragan»,
Shu tariqa bo‘lmoqchi «mehmon».
Ko‘rinmaydi quyosh umuman,
«Mehmon» bo‘lmoq istamas balkim.
Junjikadi sovuqdan badan,
Sayramas qush, borliq turar jim.
Bir zamonda jo‘nar mehmonlar,
Yer-zaminni tark etib birdan.
O‘z ishini boshlar mezbonlar,
Xayot «isi» taralar yerdan!
Bahor tilaklari
Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?
Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.
Tabarruk chollarning chakkasida gul,
Momolar o‘yida bahordir nuqul.
Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,
Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.
Ha, bahor misrasi menda ham talay,
Bu holning boisi bordir harqalay.
Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.
Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.
Tong chog‘i shabboda ko‘taradi bosh,
Oh, nechog‘ latifu nechog‘lik yovvosh.
Asli qahratonning nabirasi u,
Nash’u namolari hozircha ezgu.
Inson fe’li qiziq, yashagay hurkib,
Shervachchani silab, sherdan-chi, qo‘rqib.
Bahor norasida go‘dakday shirin,
Qo‘ynida ezgulik armon yashirin.
Nashtar bo‘lmasidan g‘unchaning xori,
Shirin tuyuladi uning diydori.
Bo‘ronga aylanmay shabboda — go‘dak,
Ozurda dillarni yayratar beshak.
Odam bolasiga doim umid yor,
Shul sabab bahorga tilagi bisyor:
Olamga qabohat zahrin sochmasa,
Mas’um yuraklarda yara ochmasa.
Qoplamasa basdur yeru samoni,
Mudhish qirg‘inlarning qora to‘zoni.
Qushlar uchib keldilar
Qushlar uchib ketdilar,
Uzoq mamlakatlarga.
Yana ortga qaytishar,
Baxor kelsa bizlarga.
Аyni koʼklam paytida,
Ular qaytgan boʼladi.
Sayroqi tovushlarga,
Butun olam toʼladi.
Xozircha, mayli, boring,
Kech qolmanglar safardan.
Manzilni «yozib» oling,
Shoshib qolmang qaytganda!
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
- Yoz fasli haqida sara sherlar to‘plami
- Kuz fasli haqida sara sherlar to‘plami
- Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami
- Bahor fasli haqida sara sherlar to‘plami
- Vatan haqida sara sherlar to‘plami
- Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
- Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
- Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
- Parrandalar va qushlar haqida sara sherlar to‘plami
Menga hamma she’rlar yoqdi. Lekin ba’zilari ma’nosiz. Boshqa muammo yo’q.
Fasllar haqidagi bu sherlar yaxshi ekan, lekin men qidirgan she’r bu yerda yo’q ekan afsus.
Bu sherlarni barchasi bolalar uchun jumlalari qiyin.
Fasllar haqidagi bu sherlar juda chiroyli ammo bazilari manosiz ekan.
She’rlar yoqdi, keraklisini yozib oldim. Muallifi ham berilsa yaxshi bo’lardi.
Tabiat haqida, 4 fasl, Shamol, yomg’ir, quyosh, suv, daraxt, gullar, qushlar, hayvonlar haqida ko’proq sherlar yozinglar.
Tabiat haqida she’rlardan ko’proq berib boringlar.
Albatta manosiz. Menga umuman yoqmadi. Undan ko’ra boshqa havolaga o’tganim yaxshi.
She’rlar bolajonlarga mos tanlangan. Barchasi yoqdi.