Yoz fasli haqida sara sherlar to‘plami

Yoz fasli haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.

Yoz haqida sherlar

Yoz fasli bu (Bolalar uchun sher)

Yoz fasli bu

Kunning qizishi,
Havo isishi.
Saratonga hos,
Qaysi fasl bu? Yoz.

Mevalar liq-liq,
Atrofga to‘liq,
Go‘yo poyondoz,
Qaysi fasl bu? Yoz.

Ta‘til bu ta‘til,
Yayrab, o‘ynar dil,
Kuyga jo‘rovoz,
Qay fasl bu? Yoz.

O‘ynab o‘tloqda,
So‘ngra buloqda,
Cho‘milish xo‘p soz,
Qay fasl bu? Yoz.

Qiladi betob,
Uradi oftob,
Aylansang bir oz,
Qay fasl bu? Yoz.

Kuz fasli haqida sherlar

Yozdan darak bermoqda

Yozdan darak bermoqda

Oydin tunlar  pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning bo’ylari,
Dehqonbuva to’lari,
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda!

Yoz tongi

Yoz tongi

Chekinadi qora ga‘m-zulmat,
Yorishadi yuzi osmonning.
Dalalarni oladi chulg‘ab,
Oppoq shodlik kabi yoz tongi.

Sevinchidan ko‘z yoshlar maysa-o‘t,
Yig‘loq chigirtkalar ovunar.
Ichlariga sig‘may quvonchi,
«Tars» yorilib ketar qovunlar.

Qish fasli haqida sherlar

Bizlar sevgan issiq yoz

Bizlar sevgan issiq yoz

Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…

Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
– Sabr qiling siz andek,
So‘yib beray handalak.

Yoz keldi

Yoz keldi

Bahor fasli haqida sherlar

Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doira bilan soz keldi.
Uchib kelgan laylaklar,
Qanoti qog‘oz keldi.

Tunni qilib tongotar,
Sho‘x bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida,
Dehqon tongni uyg‘otar.

4.8/5 - (47 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
  2. Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami
  3. Bahor fasli haqida sara sherlar to‘plami
  4. Vatan haqida sara sherlar to‘plami
  5. Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
  6. Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
  7. Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
  8. Parrandalar va qushlar haqida sara sherlar to‘plami
  9. Lola guli haqida sara sherlar to‘plami
  10. Atirgul haqida sara sherlar to‘plami
  1. Farangiz:

    Yoz fasliga atab yozilgan ushbu sherlarning barchasi menga juda yoqdi, bu sherlardan bir nechtasini yod olishga harakat qilaman, sizlarga kattakon raxmat.

    • Robiyo:

      Barcha sher juda yaxshi yozilgan ekan, ishlaringa omadlar yor bo’lishini tilab qolaman.

    • Jumagul:

      Yoz haqidagi bu sher menga yoqdi. Bundanam zo’rlaridan chiqarasizlar degan umitdaman.

    • Sulaymon:

      Manga yoqmadi bu yoz fasliga atalgan sherlar.

    • Aziza:

      Yozga atalgan ushbu sherlar juda oddiy va saviyasiz.

  2. Husniya:

    Kirib kelgan yoz fasli haqidagi ushbu sherlarni barini o’qib chiqdim, menga barcha sherlar birdek maqul keldi, sizlargaham o’qib yod olishni maslahat beraman.

  3. Aziz:

    Yoz naqadar soz, deb bekorga aytishmaydi, yoz faslining ham o’z gashti bor baribir.

  4. Muqaddasxon:

    Bu yoz haqida sherlar judayam zoʻr.

    • Gulzoda:

      Manga yoz haqidagi bu she’rlar juda yoqdi.

    • Guli:

      Kichik guruxlar uchun xam sheʼrlar tashlanglar, bu sheʼrlarni yodlashga qiynaladi bazi kishilar.

  5. Ruxsora:

    Menga yoz yoqadi. Bizlar sevgan issiq yoz degan she’r menga yoqdi. Yana boshqa she’rlar menga maqul keldi. Men bu she’rlarni ko’pini yod oldim. Sizlarga ham yod olinglar deb tavsiya beraman. Sizlarga kattakon raxmat.

    • Ziyoda:

      Yoz fasli, bu soz fasli deb bekorga aytishmasa kerak. Menga sherlar yoqdi, sizlarga raxmat.

  6. Farangiz:

    Menga bu sherlar juda yoqdi, sizlarga juda raxmat, men bu she’rlarni yod olib 5 baholar olyapman.

    • Robiya:

      Yoz fasliga atab yozilgan ushbu sherlarning barchasi menga juda yoqdi, bu she’rlardan bir nechtasini yod olishga harakat qilaman, sizlarga kattakon raxmat.

  7. Shoxrux:

    Rahmat kattakon ishlaringizga omad, sherlar menga juda yoqdi, barchasi juda manoli va go’zal ekan.

  8. Аноним:

    Ehh yoz fasli qanday ajoyib fasl-a, men endi bu davrni juda maroqli o’tkazaman nasib.

  9. Zilala:

    Menga yoz haqidagi sherlar juda yoqdi. Boxchamdagi barcha bolalarga yodlatishga harakat qilyapman, sherlar uchun raxmat. Yangilari boʻlsa tashlab turing.

  10. Oysha:

    Manga yoz fasli haqidagi sherlar juda yoqdi, bog’cha bolalariga yodlashga berdim, yana ko’paytiringlar shunaqa sherlardan.

  11. Komila:

    Menga yoz haqidagi ikkita sheʼr yoqdi bogʻchada bollarga yodlataman endi.

  12. Aziza:

    Menga bolalar qiziqib o’qidigan she’r kerak edi, iltimos kimda bo’lsa shu yerda yozib qoldirsin, oldindan raxmat.

    • Farangiz:

      Barchangizga assalomu alayko’m deyman, yoz fasliga aloqador sherlardan menga deyarli barchasi yoqdi.

  13. Farangiz:

    Bu sherlar ichidan menga bitta sher yoqdi, bu sherni nomi «Yoz tongi» deb nomlanadi, ishlaringizga omad tilayman.

  14. Аноним:

    Assalomu alayko’m! barchaga savol: Yoz fasli qaysi qimatbaho tosh nomi bilan nomlanadi?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *