Amir Temur haqida sara sherlar to‘plami
Amir Temur haqida sherlar to‘plami. Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan.

Sohibqiron
Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.
Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!
Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.
Zulfiya Isroilova barcha sherlari
Pirlar qissasi
– Temur otli pahlavon,
Topar chog‘ida kamol –
Unga bo‘ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
– Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag‘ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
– Amir Temur bahramand
Pirning o‘gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
– Bir tomondan qo‘lladi
Suyub Said Baraka.
O‘tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
– Shundan buyuk saltanat
Dovrug‘ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
– Buyuk zotlar nafasi
Har doim qo‘llasin!
Ona yurtimni mudom
G‘oliblikka yo‘llasin!
Temur Bobom

Abadiyat olovin yoqqan,
Haqqoniyat yalovin taqqan.
Quyosh bo‘lib boshlarda balqqan,
Misli to‘fon ko‘pirib qalqqan,
Sharaf-shoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.
Asrlarki shoningiz o‘chmas,
Tamal toshi Siz qo‘ygan – ko‘chmas.
Birlashmagan elat-el kuchmas,
Daholarsiz yurt zafar quchmas,
Alp xoqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.
Tish qayratib o‘ch, adovatda,
Yog‘iy bosar, beklar g‘aflatda.
El-yurt to‘zgan, siz malomatda,
A’molingiz: “Kuch – adolatda!”
Zo‘r qalqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.
Quvib boshdan asriy kulfatni,
Yaratdingiz buyuk davlatni.
Yuksaltirib fan-ma’rifatni,
His etdingiz nozik san’atni,
Qalb sultoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.
Amir Temur bobomiz
Amir Temur bobomiz,
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan,
Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o‘chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon,
Sizni ulug‘ bobojon!
Madhiya haqida sherlar to‘plami
O’zbekning
Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi, osmon bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Dong‘i doston bo‘lsin bugun o‘zbekning!
Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi-ibn Sinosi bilan,
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning!
Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan,
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘luq bo‘lsin bugun o‘zbekning!
Bobom
Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
Buyuk Amir Temur monologi

Bag‘ishlab suyukli elga Turonni,
Tangrim lutf etdi so‘ng Sohibqironni.
Dedi: “G‘animlarga o‘lja tarqoq el,
Birlashtir yurtingni, yech muammoni”.
Jon fido etib men, qilib shijoat,
Ayladim uch qit’a ulusini zabt.
Moziyning sarg‘aygan sahifasiga,
Zeb bermish men qurgan azim saltanat.
Bilursiz siz meni, men qurganlarni,
Ezgu ishlar sari yuz burganlarni.
Adolat hukmini o‘qib yurganim,
Uyg‘onish davriga g‘isht terganlarni.
Kengashdim, mashvarat qildim har ishda,
Mardlar menga yo‘ldosh edi yurishda.
Yurt sha’ni uchun ot surgan o‘g‘lonlar,
Bel bog‘lab, bo‘ldilar menga payvasta.
Yaqinim yo‘qotib qilsam-da bardosh,
Askardan ayrilsam ko‘zdan oqar yosh.
Men yonib yashadim, kuydi ag‘yorlar,
Otashim taftiga berolmasdan dosh.
Sohibi qudrat ham el g‘amin yemish,
Azizlar, siz borsiz, ruhda osoyish.
Fursatni boy bermang, ey dilbandlarim,
Sizga eshik qoqib keldi Uyg‘onish.
Xotira va Qadrlash kuniga sherlar to‘plami
Amir Temurning soʻnggi safari (doston)

Buyuk Turon davlatin
Sohibi Amir Temur
Yurtni birlashtiray, deb
Yashadi butun umr.
Bu gal Xitoyga yurish
Soʻnggiligin bilmas u,
Yoʻldagi azoblarga
Aslo parvo qilmas u.
Oʻtrorga yetganida
Ayoz esib, yogʻdi qor.
Amir farmon chiqarib,
Tunashga qildi qaror.
Kun botib, kech kirganda
Tezlashdi dovul, boʻron.
Askarlar chodir qurib,
Jon saqlar yoqib gulxan.
Sayxun daryo shov-shuvi
Orom bermas quloqqa.
Xayolingni buzardi,
Boʻlsa hamki yiroqda.
Joʻshib oqar edi u
Tutqich bermay sovuqqa.
Dur-u gavharlarini
Sochib qochar qirgʻoqqa.
Arslonbob koshonasi
Turar qorga belanib,
Goʻyo uning ustidan
Tushardi qor elanib.
Tushda koʻrib otasin,
Temur ketdi uygʻonib.
Padari gaplarini
Eslar yonib-oʻrtanib.
Vaqtini boy bermay deb
Tashqariga chiqdi u,
Chin davlatin goʻyoki
Bir zumda zabt etdi u.
Iloj qancha, nachora,
Maqsad sari intilar.
Voz kechmasdan yurishdan
Allohdan najot tilar.
Yodga tushar tush takror,
Darz ketdi dilda armon.
Yorugʻ dunyo koʻziga
Koʻrinardi zimiston.
Izlab kelgan yoriga
– Nechun kelding? – der sezib.
– Boqsam, oʻrinda yoʻqsiz,
Shamollar yursa kezib
Deb, keltirdim-da chopon.
Yelkaga tashlab turing,
Amirim, siz hamisha
Salomat boʻlib yuring.
Nechun buncha xomushsiz.
Ne dard qildi faromush? –
Soʻradi Bibixonim,
Shubhada yonib joni.
– Turon davlat bayrogʻin
Men koʻklarga koʻtardim.
Shunday boʻlsa, har qachon
Maqsadimga yetardim.
Xalq dedim, xalqim dedim,
Umrim oʻtdi tashvishda.
Mustahkam davlat qurish –
Bilursiz, ogʻir ish-da.
Xonim, bugun tong chogʻi
Gʻalati bir tush koʻrdim.
Taʼbirini topolmay,
Oʻzimni behush koʻrdim.
Qilichimni, otimni
Padarim olib ketdi.
– Yetar shuncha shon-shuhrat, –
Deb meni koyiy ketdi.
Saltanatni koʻtarding,
Yoʻl ochding ilm-fanga,
Ravnaq topib, el-u yurt
Mehri ortdi vatanga.
Qurildi rasadxona,
Madrasa, minoralar.
Havas qilar hattoki,
Koʻkdagi sayyoralar.
Agar barcha akobir
Qilsa sendek harakat,
El-u yurt behad yashnab,
Ortaverar barokat.
Soch-soqolga oq tushdi,
Yurishni toʻxtat, bolam.
Tilagim qabul etsang,
Shod boʻlardi onang ham.
Samarqand qad koʻtardi,
Sayqallashdi yana ham.
Jaholat, johillarning
Bariga berding barham.
– Shoshiltirmang, otajon
Hali juda ishim koʻp,
Oxiriga yetmagan
Yurish-u tashvishim koʻp.
Yassaviy, Bibixonim
Koshonasi bitgan yoʻq.
Peshtoqdagi bitiklar
Oxiriga yetgan yoʻq…
Otam qoʻlini siltab,
Tushib ketdi shu soyga.
Meni dogʻda qoldirib,
Bilmam ketdi u qayga.
– Tushlarning aksi boʻlgʻay,
Qoʻrqitmang, amirzodam
Valiahdlar oʻsishsa,
Gʻamxoʻr boʻlur bizga ham, –
Dalda berdi malika,
Garchi dilda tahlika.
Oʻtror ostonasida
Temurbek boʻldi xasta.
…Isitma-yu otashda
Yonardi Amir Temur.
Qilgan ulugʻ ishlari
Koʻzidan oʻtar bir-bir.
Chora izlab tabiblar,
Oʻtkazdi tunni bedor.
Lek aslo boʻysunmadi
Ajal otli u gʻaddor.
Sohibqiron jonini
Olib ketdi u battol.
El asl oʻgʻlonini
Koʻtargancha yelkaga,
Yoʻl oldi motam ichra
Kutayotgan oʻlkaga.
Yer yuzining sayqali –
Goʻzal poytaxt Samarqand
Oʻgʻlin bagʻriga oldi –
Dilida ming bitta dard.
Taxt boʻlgan Gʻoʻri amir
Nochor boqar mungʻayib…
Oʻn sakkiz ming olamning
Sarvarlari kelishdi.
Ulugʻ Sohibqironni
Soʻng manzilga qoʻyishdi…
Mangulikka daxldor
Inson aslo oʻlmaydi.
Jasurlarni hech qachon
Mahv qilib boʻlmaydi.
Asrlardan boʻy choʻzib,
Boqadi Sohibqiron.
Unga taʼzimda hamon
Koʻhna yurt – buyuk Turon.











Bobokalonimiz Amir Temur haqidagi sherlar juda yaxshi ekan, boshqa yaqin do’stlarimga ushbu sherlarni o’qishni maslahat beraman.
Ha Bobomiz Amir Temur haqidagi she’rlar judayam yaxshi ekan, boshqalarga ham tafsiya etaman 👍
Menga ustoz Amir temur sohibqiron bobomiz uchun sher qidira yotgandim.
Mani fikrimcha, Amir Temur bobomiz davrida adolat juda kuchli bo’lgan.
Bu she‘rlar juda ajoyib, ma‘noli. Sizlarga ham o‘qishni tavsiya etaman.
Manga uncha yoqmadi
7 qatorli sher yo’q ekan bellashuvga, ammo sherlar juda zo’r.
Amir Temur bobomizdek mard o’g’lonlar yana paydo bo’lsin, ular davlatimiz ravnaqiga hissa qo’shishsin, bobomiz haqiqatdanda buyuk shaxs bo’lganlar va albatta ular haqidagi sherlar ham juda manoli va mazmundor.
Amir Temur kuchli, qo’rqmas bo’lgan, uzugida «Kuch adolatda» so’zlari yozilgan, sherlar juda ham zo’r.
Assalomu aleyko’m. Men o’ylashimcha Temur bobomiz bilan faxrlanishimiz kerak.
Bu she’rlar bizni Amir Temurdek adolatli bo’lishga va doimo rost so’zlashga chorlaydi.
Menga juda ham sherlari yoqdi, men hamma sherlarini birma bir yozib olyapman, va yodlayman Hudo xoxlasa.
Manga ham she’rlar judayam yoqdi, man ustozimga aytgandim ustozim manga besh qo’ydilar, rahmat silarga.
She’rlar juda ham ajoyib ekan. Inshoolloh bu she’rlarni hamma insonlar o’qib yodlab olishsin.
Salom hamaga, menga hamma sherlar juda yoqdi, ular manoli, men izlagan sherimdan ham yaxshirog’ini topdim, UZBAZA.UZ ga raxmat 🥰
Amir Temur bobomizga bag’ishlab qancha she’rlar, g’azallar, baytlar, ertaklar, asarlar aytsak kam. U inson dunyodagi buyuk shaxsdir. Kelajakda shunday inson bo’lib yetishish orzuyim bor. Vatanimga sodiq farzand bo’lib, vatanim uchun qo’limdan kelguncha xarakat qilaman, Inshaalloh!
Amir Temur bobomiz haqida juda zo’r she’rlar ekan, Amir Temur bobomizga rahmat. O’zimga yoqgan sherni topib yod oldim.
Bu sherlarni bari menga judda juda yoqdi. 😍 Hammaga tavsiya qilaman. 😊 Menimcha bu sherlar eng zo’r eng saralari noyob bo’lsa kerak. 😌 Menga juda yoqdi. 10000000000… bal qo’ysa ham kam… Bravo!!! 😉 Omad! 😌 Bu sherlarni barini o’qib yod olaman. 😍 Barchaga kattta rahmat!!! 😍🥰🥳
Amir Temur haqidagi sheʼrlari judayam chiroyli va ma’noli ekan. Menga yoqdi.
Amir Temur haqidagi sheʼrlar juda yaxshi ekan. Amir Temurdek jasoratli oʻgʻlonlar koʻpaysin.
Amir Temur haqida sherlar juda ham chiroyli ekan. Menga yoqdi.
Amir Temur haqidagi sherlar judayam manoli va menga yoqdi.
Amir Temur bobomiz bilan faxrlanishimiz kerak, chunki ular uzuklarida kuch adolata deganlar, o’qish uchun manoli sherlar ko’p 👏
Menga juda yoqdi 🙂. Amir Temur bobomiz bilan fahirlanishimiz kerak 😍. Amir Temur bobomiz haqidagi sherlar menga juda yoqdi 🥰
🎀Toʼgʼri bu sheʼrlar ajoyib ❤️ Man mashi Uzbaza.Uz ni sheʼrlarini yaxshi koʼraman 💝, boshqalani oʼqisam chummiman 😐. Mashi yaxshi❤️🔥, zoʼr💖, chunarli🙂, ajoyib😇. Sizlarga omad💯, Alloh rozi boʻlsin💋.
She’rlar juda chiroyli, lekin Amir Temur haqidagi tarixiy ma’lumotlar, mashhur farmonlari va hayoti haqida maqolalar ham bo‘lsa, yanada foydali bo‘lar edi.
Amir Temur haqida she’rlar juda ta’sirli. Uning shonli yurishlari va adolatli hukmronligi she’rlarda ajoyib aks ettirilgan.
Amir Temur bobomiz haqidagi she’rlar juda ajoyib ekan, buni ko’proq kichik yoshdagi o’quvchilar yodlashini maslahat beraman.
She’rlar mavzular bo‘yicha (masalan, Amir Temurning yoshlik davri, harbiy yurishlari, madaniyatga qo‘shgan hissasi) ajratilgan bo‘lsa, kerakli mavzuni topish osonroq bo‘lardi.
O‘zim ham tarixiy shaxslar haqida she’rlar yozaman. Agar foydalanuvchilarga o‘z ijodiy ishlarini joylashtirish imkoniyati berilsa, sayt yanada boyib, ijodkorlar uchun platformaga aylangan bo‘lardi.
Menga ham bu sheʼrlar juda yoqdi ular juda mazmunli va qiziqarli ekan, man har doim manashu sherlardan foydalanaman, silagan omad.
Men uchun bu she’rlar juda ham yaxshi chiqqan, yanada ma’noli 🤩
Amir Temur haqida she’rlarni o‘qib, tarixiy darslarni she’riy shaklda o‘rganish ham mumkin ekanligini bildim. Endi tarix kitoblarini she’r shaklida yozish kerakmi?
Amir Temur haqidagi she’rlar menga juda yoqdi. Bellashuvga sher qidirayotgandim va uni topdim. Raxmat kattakon. Ishlarizga omad.
She’rlar yaxshi, lekin agar mualliflar va yozilgan yillari ko‘rsatilgan bo‘lsa, adabiy tahlil uchun yanada foydali bo‘lardi.
Amir Temur bobomiz juda jasur jangchi bo’lgan, sherlari ham juda yoqdi.
Amir Temur haqida ko‘p eshitganman, lekin bu she’rlar orqali uning hayoti va faoliyati haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim. She’rlar orqali tarixiy shaxsni o‘rganish qiziqarli ekan.
Dars jarayonida o‘quvchilarga Amir Temur haqida ma’lumot berishda ushbu she’rlar to‘plami juda qo‘l keldi. She’rlar orqali bolalar buyuk bobokalonimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishdi.
Amir Temur haqida she’rlarni o‘qib, buyuk sarkardaning shaxsiyati va tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq his qildim.
Amir Temur sherlarini o’qishni tavsiya etaman, chunki bu sherlar juda zo’r.
Menga bu sherlar judayam yoqdi. Mening ham bobomning ismi Temur bobo.
Sohibqiron bobomiz haqidagi she’rlar juda zo’r, qiziqarli. Qiziquvchanlar uchun ajoyib sher.
Assalomu alaykum. 😇 Bu she’rlar juda ham zo’r ekan. 👍 O’qib mazza qilasiz. 😍 Mening ham sinifdoshlarim mana shu she’rlardan yod olishdi. Payg’ambarimiz aytganidek: Xissasini qo’shgan ham bajargan bilan bir. 🤗 Eng zo’ri bu she’rlarni hamma bekorga o’qiyapti. 🤑 Alloh rozi bo’lsin. 💖 She’rlarni hammasi juda chiroyli 💖
Farzandim bilan birga o‘qidik, u Amir Temur haqida ko‘p yangi narsalarni bildi. She’rlar orqali tarixni o‘rganish juda qiziqarli.
Menga bu sherlar ju yoqdi. Bu sherlardan sinfdoshlarimga ham parcha yozib berdim. Chunki bu sherlar juda ham mazmunga boy sherlar ekan. Qolganlarni ham yod olishini maslahat beraman.
Bu sheʼrlarni barchaga yuborish kerak, bu sheʼrlarni hamma oʻqishi lozim. Bizning yigitlar Amir Temurdek boʻlishi kerak.
Saytdagi she’rlar juda ta’sirli va ma’naviy jihatdan boy. Ushbu to‘plamni o‘qib, tariximizga bo‘lgan qiziqishim ortdi.
Bu she’rlar orqali Amir Temurning buyukligini yanada chuqurroq angladim. Har bir satrda uning adolat va jasoratiga bo‘lgan hurmat seziladi.
She’rlar bo’ladi narmalni. Lekin uzunroq ma’nolisi afsuski yo’q ekan.😮💨😀
Men qidirgan sherni topolmadim🥺