Qorqiz va Qorbobo haqida sara sherlar to‘plami
Qorbobo hamda qorqiz haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Qolaversa hazil sherlar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.
Qorbobo so’zi
Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.
O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang, ulkandir biram.
Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!
Yangi yil haqida sherlar to‘plami
Qorqiz — Anvar Obidjon
Yo’laklarim — olmos qor,
Ko’ylaklarim — olmos qor,
Sochlarim ham olmos qor,
Tojlarim ham olmos qor.
Oqqina oqqush-oqqizman,
Qorbobo qorgan qorqizman.
Yo’ymang meni sho’r tuzga,
O’xshatmanglar g’irt muzga.
Tilim novvot, qaynoqdir,
Ko’nglim yumshoq, qaynoqdir.
Oqqina oqqush-oqqizman,
Qorbobo qorgan qorqizman.
Qorbobo sovg’asi
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Qorqizning qormomosi — Safar Barnoyev
Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.
Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.
Qorboboga hazil sher
Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.
Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’proq.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.
So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..
Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.
Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.
Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.
Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.
Qorqizga olqish — Dilshod Rajab
Kim aytar: u parimas?!
Undan chiroy arimas!
Har yil bir yosh o‘ssa ham,
Qorqiz sira qarimas!
Chunki dili pok uning,
Orzulari oq uning.
Nomi qordan bo‘lsa ham,
Mehri ko‘p qaynoq uning.
Xuddi go‘zal oq qayin,
Boqishlari bir mayin.
Yosharib ochilganday
Qorqizimiz yil sayin!
Shunday, qishda ham yashnab,
Sarg‘aymasin, so‘lmasin.
Yoshlik ketmasin tashlab,
Sira kampir bo‘lmasin!
Qorbobomiz
Qorbobomiz uy soldi,
Derazasiga gul soldi.
Derazasidan mo’ralasam.
Hassasi bilan bir soldi.
Qorbobomiz oppoq
Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq,
Xassasi uzunchoq,
Qopi to’la o’yinchoq!
Qorqizning tilagi — Nozima Habibullayeva
G‘ururqizman, orqizman,
Eski dardi bor qizman.
Besh yilki yangi yilda,
Qorbobosiz qorqizman.
Besh yilki tilagim shu,
Yolg‘on-u g‘avg‘o qilar.
Yangi yil menga qachon,
Bobomni sovg‘a qilar?
Ularsizlik osonmi?
Yolg‘onku bayram zavqi.
Qaniydi bolalikka,
Bir zumda qolsam qaytib.
Suratim siyratimdir,
Oqliklar ovoz aylar.
Nigohim kiyiklardir,
Ko‘k o‘zra parvoz aylar.
Qorqizman-u zorqizman,
Armonga yetmas kuchim.
Nechta yangi yil kerak,
Sovg‘a olishim uchun?
Erib ketmang, jon bobo
Qorbobojon qorbobo,
Sovg’alari bor bobo,
Uyimiz juda issiq,
Erib ketmang jon bobo!
Qorbobojon kelyapti,
Soat sakkiz bo’lyapti,
Qorbobomiz kelyapti.
Keling, keling Qorbobo,
Sovg’alari bor bobo!
Qorbobolar keladi — Hazil sher
Qorbobolar keladi,
Etagi qor supurib,
Yonida qorqiz kelar,
Qop ko’tarib yugurib.
Ayoz kelib sher so’rar,
Yonidagi boladan,
Bola boshlar she’rini,
Ovoz chiqar noladan.
Qorbobojon qorbobo,
Boks qo’lqop borbobo,
Birov sanga tashasa,
Basharasin yorbobo.
Yomg‘ir haqida sherlar to‘plami
Qorbobojon qorbobo
Qorbobojon qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo,
Agar qopi bo‘lmasa,
Lo‘lilarday xor bobo.
Tezroq kelib qorbobo,
Yangi yilni boshlab ket,
Qorqizingni bir oyga,
Bizni uyga tashlab ket.
Chanada kel qorbobo,
Menga desa g‘ozda kel,
Duxing yetsa mabodo,
Baxorda kel yozda kel.
Ayfonim sotdim yangi,
Bitta samsung olib kel,
Yo‘l yo‘lakay paynetdan,
Shyotiga pul solib kel.
Biz seni ko‘p kutmaymiz,
Chaqirganda chopib kel,
Karzin tulamay ketgan,
Do‘stlarni xam topib kel.
Qorbobojon qorbobo,
Sal normalniy kiyin san,
Sovg‘alaring bo‘lmasa,
Xamma joyda bir tiyin san.
Sen kelsang ey qorbobo,
Yangi yil xam to‘lardi,
Qariganda qizil kiyim,
Kiymasang xam bulardi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sara sherlar to‘plami
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
- Yangi yil haqida sara sherlar to‘plami
- Konstitutsiya haqida sara sherlar to‘plami
- Harflar haqida sara sherlar to‘plami
- Sinfdoshlar va maktab haqida sara sherlar to‘plami
- Sonlar haqida sara sherlar to‘plami
- Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami
- Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami
- Vatan himoyachilari haqida sara sherlar to‘plami
Juda zor
JUDA ZO`R EKAN
Juda ham ajoyib
Juda ajoyib
Juda ham chiroyli sherlar manga juda yoqdi
juda zo’r ekan ofarin.
Barchaga salom do’stlar, menga «Qorqizga olqish» deb nomlangan sher yoqdi, qorqizlarni yaxshi ko’raman.
Qor bobom.
Yangi yil ham kelayapti,
Qor bobojon kelayabdi,
Keling keling qor bobo,
Sovg’alar bering bobo.
Qorbobo so’zi deb nomlangan sherni bolalarimga yod oldiryapman. Juda ham zo’r malatsi.
Sheʼrlar yaxshikuya lekin mayda sinflarga uncha toʻgʻri kelmas ekan, agar iloji bo’lsa yosh bolalarga ham mos sheʼrlar qoʻyinglar.
Diyorbek assalomu alayko’m. Taklifingiz inobatga olindi, tez kunlarda bolajonlar uchun ham sherlar yuklanadi. Fikringiz uchun tashakkur.
Bu sherlar yosh bolalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Men bobomning tug’ilgan kuniga sher qidirayabman, iltimos bo’lsa aytib yuboringlar, 14-dekabr bobomning tug’ilgan kuni…
Menga hamma bu sherlar juda yoqdi. Sizlarga ham shu sherlardan yod olishni maslahat beraman do’slar.
Assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oytda mamnunmiz. Aytingche aynan qaysi sher sizga ko’proq maqul keldi?
Barchaga salom. Mening ismim Ro’zixon. «Qorboboga hazil she’r» degan she’rilar menga juda yoqdi.
Qorbobo va Qorqiz haqidagi sherlar barchamizga yoqdi. Do’stlar sizlar ham o’qib chiqing, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz.
Salom do’stlar. Judayam yaxshi bizaga rosa yoqdi. Sizlarham fikringizni yozib qoldiring.
Barchaga assalomu alayko’m. Qizimga yod oldirish uchun sher izlayapman. Kimda bo’lsa yozib qoldiringlar.
Assalomu alayko’m. Barcha she‘rlarni o‘qib barchasi zo‘r ekan degan fikrga keldim. Sizlargaham maslahat beraman.
Rosa zo’r sherlar bor ekan.
Qorqiz va qorbobo haqida juda ajoyib sher bo’lipdi. Barchangizga raxmat aytaman.
Juda zo’r, menga yoqdi. Taklifim g’am ko’rmanglar.
Hammaga salom. Juda zo’r ekan raxmat.
Barchaga salom. qorbobo va qorqiz haqiagi ushbu barcha sherlar menga rosa yoqdi. Zo’r manga yoqdi davom etaveringlar…
Assalomu alayko’m barchaga. Men qorboboni yaxshi ko’raman.
Assalomu alaykum, juda zo’r she’rlar. Qish haqidagi, yangi yilga atalgan she’rlarga gap yo’q. Sog’ bo’lila, ishlarizga omad!
Assalomu aleyko’m. Sheʼrlar zoʻr ekan. Ayniqsa qorqiz haqidagi sheʼrlariz.
Menga qor bobo va qorqiz haqidagi she’rlar judayam yoqdi.
Assalomu aleykum, sheʼrlar juda zoʻr, omad menga yoqti.
Menga qorboboni sherlari juda ham yoqdi, sizga minnatdorlik etaman.
Menga bu she’rlar juda-juda yoqdi. Bunaqa she’rlarni chiqarishda sizga omad tilayman.
Menga «Qorbobojon qorbobo» she’ri yoqadi!