Salomlashish haqida sara sherlar to‘plami
Salomlashish haqida, eng sara sherlar to‘plami. Assalomu alayko’m! Sog‘misiz, tinchmisiz, omonmisiz azizlar. Marhamat, salomlashish haqida sherlarni taqdim etdik.

Assalom azizlar

Assalom azizlar, qalbi quyoshlar,
Mehringiz nuridan bahrimand yoshlar.
Yurakdan sizga aylaymiz salom,
Ta’zim aylab deymiz salom assalom.
Assalomu alayko’m

Assalomu yaxshilar,
Qutlug’ qadam kishilar.
Shodlik to’la ko’ngillar,
Opalar-u singillar.
Uzun-qisqa o’g’alar,
Amaki-yu tog’alar.
Ammajonlar holajonlar,
Ham shumtaka bolajonlar.
Hullas kalom tinglab turgan bo’lsa kim,
Hammangizga deymizki Assalomu alayko’m.
Salom-assalom

Assalom so’zimning kirish qismidan,
Assalom mehr to’la qalbim to’ridan,
Keltirdim sizlarga aziz bir kalom,
……… nomidan salom-assalom.
Tanishtirish so’zimni boshlayin men sizlarga,
Shu tadribga yig’ilgan barcha qaro ko’zlarga.
Men ………… Kitobsevar bo’laman,
Hudo xohlasa shu yil … yoshga to’laman.
Abdulla Qodiriy barcha sherlari
Kasb egalariga salom

Shahrinoz:
Osmondagi Oydayin,
Yoyilib oqqan soydayin,
Davramizga fayz bergan,
Hamma: Onaxonlarga salom.
Mavzuna
Yuzlarimiz gul qilgan,
Savodimiz mo’l qilgan,
Ta’lim tarbiya bergan,
Hamma: Ustozlarga ming salom.
Nargiza
Atlas ko’ylak kiyganlar,
Yugurib xizmat qilganlar,
Chaqqonlikdan dars bergan,
Hamma: Quvnoq qizlarga salom.
Mohira
Bayram deb yig’ilganlar,
Sher qo’shiqqa ilinganlar,
Tadbirga navo bergan,
Hamma: San’atkorlarga ming salom.
Mehrinoz
Qora ko’zi munchoqday,
Darsga zehni quchoqday,
Maktabda bayram ekan,
Hamma: Barchangizga ming salom.
Abdulla Qodiriy haqida sherlar to‘plami
Ruxsora
Kim oqilu kim dono,
Muhomakaga kelgan,
Odil qarorni beruvchi,
Hamma: Hakamlarga ming salom.
Nozanin
Boshlang’ichim deb yugurgan,
Kamchiligin yashirgan,
Bellashuvga chaqirgan,
Hamma: Direktor o’rinbosariga salom.











Assalomu alayko’m. sherlar uchun rahmat. Charchamang. Alloh rozi bo’lsin.
Assalomu alayko’m. Menga bu she’rlar juda yoqdi. Ammo ular kam va qisqa ekan.
Bolalarim bilan ushbu she’rlarni yod olib, salomlashish odobini yanada mustahkamlashga harakat qildik. Juda foydali bo‘ldi, rahmat.
Assalomu alayko’m. sizlarga katta raxmat, sherlar juda ajoyib. Ishlarizga omad.
Assalomu alaykum. Sherlarga gap yoʻq, ammo men izlagan sher yoʻq ekan, lekin barchasi a’lo darajada.
Assalomu alayko’m. Menga salomlashish haqidagi ushbu sherlar unchalik yoqmadi. Kelgusi ishlaringizga rivoj tilab qolaman.
Ushbu sherlar, bizning madaniyatimizdagi salomlashish an’analarini yana bir bor yodga soladi. O’zaro hurmat va mehr-muhabbatni mustahkamlashda bunday to’plamlar katta ahamiyatga ega.
Odobning boshi bu salomlashishdir, barchaga yaxshi muomaladabo’lib, salomlashib yurgan kishini hamma doim yaxshi ko’radi.
Bu she’rlar yurakka iliqlik bag‘ishlaydi, juda yoqimli to‘plam ekan. Har kuni tabassum bilan salom berish, eng go‘zal odatlardan biri.
Oddiy salomning shunchalik chuqur ma’noga ega ekanini bu she’rlarni o‘qib yana bir bor tushundim. Ushbu she’rlar barchani shunga undaydi.
She’rlar juda ta’sirli va mazmunli ekan. Barchaga avval salom bilan muomala qilishni o‘rgatadigan ajoyib to‘plam ekan.
Ota-bobolarimiz salomlashishga katta e’tibor berganlar, bu she’rlar esa bu qadriyat qanchalik muhim ekanligini yana bir bor yodga soldi.
She’rlar juda ta’sirli va o‘zbekona ruhda yozilgan. Ayniqsa, kattalarga hurmat va kichiklarga mehr ko‘rsatish haqidagilari juda yoqdi. Ko‘proq shunday to‘plamlar chiqishini istardim.
Maktabdagi tadbir uchun salomlashish mavzusida she’r izlayotgandim. Bu sahifada juda chiroyli va mazmunli she’rlar bor ekan. Tashkilotchilar uchun katta yordam bo’ldi.
Bog‘cha bolalariga salomlashish odobini o‘rgatish uchun she’r topishda qiynalar edim, bu sahifadagi she’rlar esa ayni muddao bo‘ldi! Bolalar she’r aytib, bir-biriga salom berishadi.
Bu yerda salomlashish haqida juda chiroyli va mazmunli she’rlar bor ekan. Ayniqsa, do‘stlik va hurmat haqidagi misralar menga juda yoqdi.
Bolajonimga odob va salomlashishning ahamiyatini tushuntirish uchun she’r izlayotgandim. Bu sahifadagi she’rlar juda oson yodlab olinadigan sher ekan.
Insoniylik, odob va hurmat salomdan boshlanadi. Ushbu she’rlar orqali salomlashish madaniyatining naqadar muhimligini yana bir bor tushunib yetdim.
Maktabdagi tadbir uchun salomlashish haqida she’r qidirayotgandim, bu to‘plam aynan kerakli joydan chiqdi.
Har kuni bir-birimizga samimiy salom berishimiz kerakligini eslatib turuvchi juda chiroyli she’rlar, o‘qib kayfiyatim ko‘tarildi.
Farzandim bog‘chada odob-axloq darsida ishtirok etadi, unga salomlashishning ahamiyatini tushuntirish uchun aynan shunday she’rlar kerak edi.
O‘zaro munosabatlarda salomning naqadar muhim ekani haqida bunday go‘zal she’rlarni o‘qiganimdan xursand bo‘ldim.
Salom bu, insoniylik belgisi. Ushbu she’rlar ham salomning qanchalik muhimligini go‘zal so‘zlar bilan tushuntirib beribdi. Menga juda-juda yoqdi.
Assalomu alaykum. Kichik sinf o‘quvchilariga odob-axloq haqida tushuntirish uchun shu she’rlarni ishlatmoqchiman. She’rlariz juda ajoyib, sizlarga katta rahmat.
Salomlashish haqida yozilgan she’rlar juda samimiy va ibratli ekan, O‘zaro hurmat va ehtiromning muhimligini qildim.
Menga bu sheʼrlar yoqdi, hattoki men izlagan sheʼrlar ham bor ekan.
Yaxshi kayfiyat va hurmatning boshlanishi – salomlashishdir. Bu she’rlar orqali bolalarga bu odatning qanchalik muhimligini o‘rgatish mumkin. Juda foydali ekan.
O‘zaro hurmat va mehr salomdan boshlanadi. She’rlarni o‘qib, atrofdagilarga mehrliroq bo‘lish kerakligini yana bir bor tushundim.
Salomlashish muhim mavzu, lekin men bunday she’rlarga unchalik qiziqmayman. Biroq boshqalar uchun foydali ekaniga shubham yo‘q.
Men ham salomlashish haqida she’r yozganman. Agar foydalanuvchilar o‘z ijodlarini ham qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lsa, yanada qiziqarli bo‘lar edi.
Assalomu alaykum! Salomlashish bu dolzarb mavzu deb bilaman, rahmat juda yaxshi va kerakli she‘rlarni oldim.
Sherlar orqali salomlashishning ahamiyatini qayta kashf etdim. Har bir she’rda salomlashishning go’zalligi va nafisligi juda yaxshi ifodalangan.
Salomlashish haqida yozilgan sherlar, aslida, bizning kundalik hayotimizda katta o’rin tutadi. Ular samimiyat va mehrni ifodalaydi, shu bilan birga odamlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
𝑺𝒉𝒆𝒓𝒍𝒂𝒓 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒛𝒐ʻ𝒓 𝒇𝒂𝒒𝒂𝒕 𝒒𝒊𝒔𝒒𝒂 𝒆𝒌𝒂𝒏 𝒂𝒗𝒂𝒍𝒍𝒐 𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂𝒈𝒂 𝒔𝒂𝒍𝒐𝒎
Assalomu alaykum. «Odobning boshi — salom»,- deyishadi donolar. Turli tadbir va kechalarni ochib berish uchun ajoyib manba boʻlibdi😊