Sinfdoshlar va maktab haqida sara sherlar to‘plami
Maktab hamda sinfdoshlar haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Barcha sherlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- 1. Sog‘inaman seni sinfdosh
- 2. Maktab davri
- 3. Kechir sinfdosh
- 4. Bir umr qolib ber maktab
- 5. Omonmisiz sinfdoshlarim
- 6. Aziz sinfdoshlarim
- 7. Baxtli bo‘l sinfdosh
- 8. Sinfdosh do‘stlarim
- 9. Bolalar uchun sher — Salom maktab
- 10. Maktabga boraman — Bolalar uchun sher
- 11. Salom maktab — Bolalar uchun sher
Sog‘inaman seni sinfdosh
Biz sinfdosh bo‘ldik,
Sinfdoshmas dildosh bo‘ldik,
Naxot bugun endi begona bo‘ldik,
Seni sog‘inaman aziz sinfdosh.
Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
To‘g‘risi ranjitgan kunlarim bo‘ldi,
Shu kun bedorli tunlarim bo‘ldi,
Sog‘inchim, iztirobi o‘ylarim bo‘ldi,
Yig‘lab sog‘inaman seni sinfdosh.
Yillar o‘tib ko‘rib oqar ko‘z yoshlar,
Endi ayro bo‘ldi o‘shal dildoshlar,
Nahot endi begonadir o‘sha sirdoshlar,
Harvaqt sog‘inaman seni sinfdosh.
Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
Oxirgi bor birga tanaffus kutib,
O‘tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
Dardli sog‘inaman seni sinfdosh.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar
Maktab davri
To‘qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo‘lar,
Maktabda chalinadi eng oxirgi qo‘ng‘iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo‘lmagandir 9 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 9 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq:
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.
Kechir sinfdosh
Ochig‘ini aytishga qiynalar yurak.
To‘g‘risini bir bora aytmoq kerak.
Bo‘ldi bas qolmadi yurakda bardosh.
Men seni sevolmayman kechir sinfdosh.
Axir men sevaman o‘zga qizni
Xoxlayman u bn birga bo‘lishni.
Bo‘ldi gapirma bo‘lmagin bag‘ritosh.
Men seni sevmayman kechir sinfdosh.
Bir umr qolib ber maktab
Maktabim bag‘ringda o‘ynab yurgandim,
Ilk sevgi hayolin o‘zingda surdim.
Katta bo‘lishga ham qachon ulgurdim,
Bu savol javobin topib ber maktab.
Yodimda darslarda yozgan xatlarim,
Yuraklar rasmiga to‘lgan daftarim.
Doim tergab turgan sinf rahbarim,
Qadringni sanog‘in topib ber maktab.
Farzanding ulg‘aydi bu sening bahting,
O‘n bir yil shaxt berdi onalik mehring.
Ko‘zimga qadrdon har bir daraxting,
Mehringning adog‘in topib ber maktab.
Bag‘ringdan ketyapmiz uchib xar tomon,
Qochgan darslarimiz biz uchun armon.
Bilimlar ulashgan bilimdon makon,
O‘zingdek ardog‘in topib ber maktab.
Kelajak xayotda sening yuzingmiz,
Bir biridan erka o‘g‘il qizingmiz.
Sen bilan qoladi bizning mehrimiz,
Biz uchun bir umr qolib ber maktab.
Omonmisiz sinfdoshlarim
Yozgan edik birga darslarni,
Kutar edik tanafuslarni,
Sog‘inaman bugun sizlarni,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Kim eplardi a’lochilikni,
Kimdir esa navbatchilikni,
Bilmas edik xafachilikni,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Bazan sheru ertak o‘qirdik,
Gohi xato qilib tik turdik,
Bilmam endi nega ulgurdik,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Tanitgandi maktab bizlarni,
Sho‘xu shodon o‘g‘il qizlarni,
Sog‘inaman bugun sizlarni,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Aziz sinfdoshlarim
Eslab yoshlik chog‘larim,
Ko‘zdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz? Bormisiz?
Aziz! Sinfdoshlarim!
Ko‘z oldimda ko‘zingiz,
Qulog‘imda so‘zingiz,
Ko‘rgim kelar o‘zingiz,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Sho‘xligimiz bir osmon,
Õynar edik shodumon,
Esingizdami? hamon,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy go‘zal yuzlar,
Xali ham o‘shasizlar,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Har kun yo‘lingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz! Sinfdoshlarim!
Ko‘ngli quchog‘idan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz! Sinfdoshlarim!
G‘animatmiz o‘ylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bo‘laylik,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Ustoz va murabbiylar haqida sherlar
Baxtli bo‘l sinfdosh
Ba’zinxor ko‘rmayin, ko‘zlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, ko‘klarda quyosh.
Ayriliq ko‘nglimda bo‘ldi og‘ir tosh.
Baxtli bo‘l bir umr aziz sinfdosh.
Endi senga o‘tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga yodgordir.
Qaydasan sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bo‘l bir umr aziz sinfdosh.
Umid deb atalmish guling so‘nmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o‘lmasin.
Shu qora ko‘zlaring, xech nam bo‘lmasin.
Omon bo‘l bir umr aziz sinifdosh.
Sinfdosh do‘stlarim
Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi.
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi,
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni.
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.
Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.
O‘qir edik sen bilan, bitta maktabda,
Hatto gaplashmagandik, sevgi haqida.
O‘ylamasdim kun kelib, ayrilarmiz deb,
Ey sinfdosh sevganim, meni unutma.
Ko‘zlarimizda yosh, qo‘yilgan chog‘da,
Bizlar so‘nggi bora — yig‘ilishganda.
Shunda men seni sevaman — sedim,
Eng so‘nggi bor, qo‘ng‘iroq chalinganida.
O‘tib ketar ekan, yoshlik damlar ham,
Tashlab ketayapmiz, maktabni bugun.
Ey sinfdosh so‘stlarim, unutmang bizni,
So‘nggi qo‘ng‘iroqni chalib, ketarmiz endi.
Bolalar uchun sher — Salom maktab
Bog‘cha bilan xayrlashdik,
O‘sib qoldik, chayrlashdik.
Bog‘chadagi o‘g‘il qizlar,
O‘quvchimiz endi bizlar.
Olti yoshga to‘lib qoldik,
Maktabjonga kulib keldik.
Salom maktab, salom maktab,
Salom maktab!
Maktab bag‘ri issiq ekan,
Kitoblari qiziq ekan.
Keng sinfga to‘lib-to‘lib,
Dars tinglaymiz xushyor bo‘lib.
Maktabga boraman — Bolalar uchun sher
Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
«Alifbe» oʻrganishga.
Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.
Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.
Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost
Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab,
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.
Axil-inoq boʻlgancha,
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.
Vatan, ona soʻzining,
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin,
Quloqlarga ildik biz.
Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.
Xumo qushi qanotin,
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida,
Soʻzlab beray jaranglab.
Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Xayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.
Salom maktab — Bolalar uchun sher
Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchogʻingga ol maktab.
Oʻzim yaxshi bolaman,
Eng aʼlochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.
Erkalik va shoʻxlikni
Tashlab keldim bogʻchaga.
Barcha oʻyinchogʻimni
Terib qoʻydim tokchaga.
Odob va tarbiyani,
Oldim ota-onamdan.
Endi bilim koniga,
Yuray shu ostonadan.
Faqat “besh” baho bilan,
Daftarimni toʻldiray.
Hur, goʻzal diyorimga,
Munosib farzand boʻlay.
Ajoyib
Assalomu alayko’m Aziza! Fikringiz uchun tashakkur. Aytingche sinifdoshlar va maktab haqidagi sherlar to’plamidan aynan qaysi sher sizga ko’proq yoqdi?
Ha rostan maktab davrini eslatadigan sherlar.
Sinfdoshlar haqida juda zo’r sherlar ekan.
Maktab haqidagi ushbu sherlarni bari menga judayam yoqdi!
Menga sinfdosh do’stlarim sheri judayam yoqdi, bu sherni o’zimga saqlab yani ko’chirib oldim, sinifdosh do’stlarimni sog’inganimda o’qiyman deb.
Yoshligimni esladim shu sherlarni o’qib, sinfdoshlar bilan o’tgan kunlarni so’g’ndim, kotta raxmat sizlarga.
Eeee boshqa yo’qmi maktab haqida sher? Bu yerdagi sherlardanham o’qib chiqdim.
zor
Maktab haqidagi bu sherlar juda zo’r ekan, shaxsan menga juda yoqdi.
Juda zo’r gap yo’q, sinfdoshlarimni judayam sog’inganman.
Juda ajoyib sherlar.
Men ham yaqinda maktab bilan hayrlashaman, shu boisdan ushbu sherlardan birini yod olishga qaror qildim.
Bu sherlarni o’qigan odam juda tasirlanar ekan.
zor
Salom sevinch. Fikringizdan mamnunmiz.
rasvo
Sizlarga kattakon raxmat, sinfdoshlar haqida juda ajoyib sherlar ekan.
Ehhh qadirdon, qadri baland sinifdoshlarim mening, sizlarni juda-juda sog’indim, o’ylaymanki sizlarni yaqin vaqt ichida albatta uchrataman.
Мактаб хакида купрок шер булса яхши буларди
1-sinf bolalariga maktab haqida sherlar bo’lganda ajoyib bo’lardi.
Assalomu Allaykum juda sammimiy qalbga yaqin sherlar .
Jura zo’r sherlar, topilmagan sherlarni shu yerdan topsa bo’larkan!
Manga hamma she’rlar yoqdi, erinmasdan o’qib chiqdim, manga o’zi UZBAZA.UZ yoqadi, I love you.
Juda zo’r
Ajoyib, zo‘r she’rlar bor ekan bu yerda. Maktabdoshlargaham bu sherlardan yod olishlari kerakligi haqida eslatib o’taman albatta.
Salom
Bunday she’rlar olamda topilmas.Ustozlar haqida ham yozinglar
Ko’paytiriylar bundan ko’proqga ajoyib👍
Juda ajoyip mamnunman
Menga sherlarni hammasi yoqdi, ma’noli sherlar ekan.
juda zo’r
Maktab haqidagi sherlarni barchasi menga rosa yoqdi, sizlarga omad tilayman.
Barcha sherlarda juda ham ko’p ma’no bor. Juda ajoyib sherlar ekan. Menga juda ham yoqdi.
juda ham zo’r she’rlar. Maktab davrlarini yodga soladigan she’rlar ekan.
Ha rostan maktab davrini eslatadigan sherlar
Juda zo’r she’rla ekan.
SHe’rlarga gap yo’q!
Ha sherlar judaham zo’r.
Maktab haqida yo’qmi. Maktabni tasvirlab yozilgan she’rlar?
Salom juda ajoyib sherlar ekan. Menga yoqdi. Yana sherlardan yuboringlar 🙂
Biri-biridan ajoyib sherlar uchun tashakkur aytaman sizlarga.
Maktab davrini va qadirdon sinifdoshlarimni eslatadigan sherlar bo’libdi o’ziyam. Sizlargaham shu sherlardan o’qib chiqishni maslahat bergan bo’lardim.
Sinfdoshlar va maktab haqida sherlarni bundanda zo’rlari kerak edi, sizlarda shunaqalari bormi?
Sinfdoshlarga atalgan sherlar uchun kattakon raxmat sizlarga, juda ajoyib sherlar ekan.
Assalomu aleyko’m! Sinfdoshlar haqida udar qilib sher topib berilar iltimos, juda zarur edida menga, topib berolasilarmi iltimosda hammadan, topib berila zo’ridan.
Barchaga salom, mening ismim Azizaxon, buyerdagi sherlarni bari alo darajada tuzilgan va yozilgan ekan.
Xayr maktab haqida yangi sherlar topib berishni iloji bormi? Kimda bo’lsa iltimos yozib yuboringlar.
Menga bu sherlar juda yoqdi.
Ajoyib gab bo’lishi mumkin emas. Xayir emas ko’rishguncha bo’pti.
Menga Aziz sinfdosh she’ri yoqdi. Qolgan sherlarham yomon emas.
Manga bu she’rlar juda yoqdi. Ayniqsa «SENI SOG’INAMAN SINFDOSH» she’ri rosa yoqdi.
Zo’r gap yo’q sherlarga. Shunaqangi tempda davom etishlaringizga tilakdoshman.
Juda manoli va mazmunli sherlar, ayniqsa «BIR UMIRGA QOLIB BER MAKTAB» sheri juda yoqdi.
Menga hamma sherlaringiz yoqdi, har bir satiri menga maktabimni eslatdi, men ham sher yozganman sinfdoshlarimga atap.
Sinfdosh
Bugun yana qo’lda qalam,
Yozyapman tuyg’ularim.
O’tgan kunlarni eslab,
Sog’indim sizni sinfdoshlarim.
Unutmadim sizni hech,
Qadrdon dugonalarim.
Yozyapman, satirlar endi bo’lsa ham kech,
Sog’indim sizni sinfdoshlarim.
Bizlar birga o’tkazgan kunlarni,
Kulib, o’ynab yurgan chog’larni.
Aytilgan har bir shirin gaplarni,
Sog’inyapman endi sinfdosh.
Qishlar keldi, qorlari bilan,
Bahorlar keldi, alvon gullari bilan,
Kuzlar keldi, sarg’aygan yaproqlari bilan,
Sogindim, lek o’sha onlar kelmadi sinfdosh!!!
Sherlar juda-juda yoqdi, yaqinda maktabni tamomlaganimizga 15 yil to‘lgani munosabati bilan sinfdoshlar yig‘ilyapmiz albatta bu sherlardan o‘qiyman.
Menga bu she’rlar juda yoqdi. Barchasi ajoyib ekan.
She’rlar juda ajoyib ekan, bu she’rlardan albatta foydalanaman.
Juda ajoyib sherlar ekan, sog’indim o’sha damlarni.
Sherlar zo’r, men bog’chada o’qiyman sherlarni, opam, oyim bilan qiziqib. Yodlayabmiz maktab haqida ajoyib sherlar bor ekan.
Menga juda yoqdi 🥰 Dugonalar haqida sherlar ko’proq qo’shing.
Juda zo’r she’rlar ekan menga juda yoqdi, bitiruv kechasi haqidaham sherlar yozib taqdim etsangiz, iltimos. 👍
Assalomu alaykum, sherlar juda zoʻr ekan, bitiruvchilar uchun yana sherlar boʻlsa.
Sherlar uchun raxmat, barchasida juda chuqur ma’no va mazmun bor. Ijodingizga omad tilab qolaman.
Sherlar juda ham ajoyib va ta’sirli ekan, katta rahmat ijodingizga hech ham ko’z tegmasin, sizlarga doimo omad yor bo’lsin.