Ustoz va Murabbiylar haqida sara sherlar to‘plami

Ustoz va murabbiylarga atalgan eng sara sherlar to‘plami. 1-oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan ustozlarga bag’ishlangan sherlar to’plamini qabul qiling. Orzusi faqatgina o‘quvchilarining kamolini ko‘rish bo‘lgan aziz va qadrli murabbiylarimizni dillarini hushnud etib, minnatdorchilik bildirish uchun aslida mahsus kunning hojati bo‘lmasa kerak.

Ustoz haqida sherlar

Ustoz otangday ulug‘

Ustoz otangday ulug‘

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Реклама

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi  dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Реклама

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Vatan haqida sherlar to‘plami

Sizni Alloh uchun suydim ustoz

Sizni Alloh uchun suydim ustoz

Bir sharif tingladim yop-yorug‘ kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da’vo yo‘q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.

Реклама

Menga ta’sir qildi jami so‘zingiz,
Demak jami so‘zga sobit o‘zingiz.
ko‘rmagan bo‘lsamda bir bor yuzingiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.

Hayratda qotdim men zulmat surindi,
Zimiston kechada bir nur ko‘rindi.
Menga xitob bo‘ldi: Do‘stim yur, endi,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Amal maydonida g‘arib emassiz,
Sho‘rlik ahvolimni aslo sevmassiz.
Ehtimol siz meni shogird demassiz,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Zayd ibn Sobitdek endi qalb to‘htar,
Mo‘minning nigohi kofirga o‘qdir.
O‘rtada boshqa bir robita yo‘qdir,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Реклама

Odamlar bir-birin mansab deb quchsa,
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa,
Jamiki muhabbat izidan ko‘chsa,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Yovlaringizga goh yig‘lab kularman,
Alarning oxirin taxmin qilarman,
Yusuf payg‘ambarning sabrin tilarman,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Duoda qo‘limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.

Yulinib olingach haq oramizdan,
duodan boshqa yordam yo‘q bizdan,
Asli o‘rganganman shuni ham sizdan,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Реклама

Jonkuyar muallim

Jonkuyar muallim

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo‘larmikan bu qarzni alxol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.

Ustozlardan ko‘p bilim olib

Ustozlardan ko‘p bilim olib

Ustozlarni ko‘p ulug‘laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o‘ylab ko‘r-chi bir,
Tinglaymizmi, ustozning qalbin?

Ustoz xuddi maktabga ziyo,
Olib kirgan o‘chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan,
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.

Реклама

Ey sinfdosh, ustozlar garchi,
Koyisa ham xafa bo‘lma hech.
Bilsang faqat u seni o‘ylar,
To‘g‘ri yo‘lga — bilimga yo‘llar.

Shu bois — har soniyaning ham,
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko‘p bilim olib,
Kelajakka yuz ochsin tilak.

Ezgulik yo‘lida tolmang ustozim

Ezgulik yo‘lida tolmang ustozim

Sizgadir yurakda asragan so‘zim,
To mangu ta’zimda turaman o‘zim.
Dilimning tubida yangragan so‘zim
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

G‘am ko‘rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko‘ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo‘llarimda dildosh, deb bildim,
Yo‘limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Tole yo‘llarida yo‘ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

Реклама

Ustozlarga o‘xshagim kelar

Ustozlarga o‘xshagim kelar

Sizga qanday men tarif beray.
Sizlar chunki qalbi ziyolar.
Mehr bilan men dedim shunday.
Ustozlarga o‘xshagim kelar.

O‘gitlarin quloqqa ilib.
Yashayapman o‘z o‘rnim bilib.
Har qadamdan bir mano terib.
Ustozlarga o‘xshagim kelar.

Otam kabi siz ulug‘zotlar.
Qutlug‘ qadam qadri ziyotlar.
Aytib sizga handisanotlar.
Ustozlarga o‘xshagim kelar.

Siz tufayli yuksaklarda kim.
Siz turibsiz yerda yurib jim.
Sizga qilib qulluqu ta‘zim.
Ustozlarga o‘xshagim kelar.

Siz dunyoda bahoru ko‘klam.
Har sohada o‘rningiz be-kam.
Mayli edi ozroq bo‘lsa ham.
Ustozlarga o‘xshagim kelar.

Реклама

Omon bo‘ling ustozim

Omon bo‘ling ustozim

Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im,
Omon bo‘ling, ustozim.

Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya,
Omon bo‘ling, ustozim.

Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni,
Omon bo‘ling, ustozim.

8-mart bayrami uchun sherlar to‘plami

Ilk ustoz yagonadir

Ilk ustoz yagonadir

Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida,
Ilk ustoz yagonadir.

Реклама

Tunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon,
Dil mehringiz quyilgan.

Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?!

Yillar o`tib ulg`ayib,
Bergan so`zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda,
Turishingiz xohlayman.

Oddiy muallim

Oddiy muallim

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar,
Pirim deb , etagin o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Реклама

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im,
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Oddiy muallimim, aziz ustozim

Oddiy muallimim aziz ustozim

Mehringiz-la ochmish hayot ko‘zini,
Madh etmoqqa shaydur bugun ovozim.
Sizga o‘xshataman quyosh yuzini,
Oddiy muallimim, aziz Ustozim.

Реклама

Qalbi ezgulikka to‘la, limmo-lim,
Ko‘kka yo‘lladingiz — baland parvozim.
Hamisha menga yor siz bergan ta’lim,
Otamday ulug‘im — aziz Ustozim.

She’riyat mulkiga oshno etdingiz,
Kitoblar qatiga bitilar rozim.
Siz-ki, boringizni fido etdingiz,
Har nafas hamdamim — aziz Ustozim

Birinchi ustoz

Birinchi ustoz

Qalam tutib qo‘limga ilk bor,
Yozuv chizuv o‘rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko‘p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!

Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
O‘quvchimas sizga go‘yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!

Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!

Реклама

Ko‘p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o‘rgatdiz bizga.
Bolada sho‘xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!

Hanuz sog‘inaman yoshlik chog‘larim,
Deysiz bular mening o‘quvchim.
Ko‘chada ko‘rganda o‘g‘il,qizlarim,
Qayta o‘qisaydim birinchi Ustoz!

Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O‘tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg‘ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!

Shamshod Safar o‘tdi yoshliging,
Ko‘p beg‘ubor ko‘p sho‘xliging.
Armon bo‘ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

Ustozlarim so‘zlari

Ustozlarim so‘zlari

Quchog‘ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko‘z edim.

Реклама

Kun sayin g‘o‘r dilimni,
Uyg‘otardi saboqlar.
Men bag‘ringda ko‘p topdim,
Dugona-yu o‘rtoqlar.

Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so‘zlari.
Maktabim, yo‘llaringda,
Qoldi jajji izlarim.

Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.

Keksa ustozimning sochlari oppoq

Keksa ustozimning sochlari oppoq

Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbo kitob.

Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.

Реклама

Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.

O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni,
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.

Ona allasi matni va alla haqida sherlar

Aziz muallim

Aziz muallim

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Реклама

Raxmat sizga ustoz

Raxmat sizga ustoz

Oqargan sochingizda,
Meni ham hissam bor.
Siz borsiz menda doyim,
Bo‘lar omadlar bisyor.

Siz bergan saboqlardan,
O‘zimni o‘nglab olaman.
To‘g‘ri fikir chiqarib,
To‘g‘ri yo‘lda boraman.

Siz misoli bir quyosh,
Sizga intiq o‘smir yosh.
Agar siz bo‘lmasangiz,
Bo‘lamiz bizlar bebosh.

Hayotimni yoritgan,
Sizning katta mehringiz.
Hamma narsaga yetar,
Sizning jajji aqlingiz.

Biz sizni hurmat qilamiz,
Bizlar sizni sevamiz.
Siz bo‘lmasangiz biz,
Kimdan ilim olamiz.

Sizni sevaman ustozim,
Siz o‘zingiz dil torim.
Hayotida yagona bo‘lgan,
Ilimga to‘la gul bog‘im.

Реклама

Ustozlar omon bo‘ling

Ustozlar omon bo‘ling

Yana qalam ushladim.
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.

Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor bo‘ling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon bo‘ling.

Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.

Gox so‘ylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech qo‘rqmaydi sinovdan.

Qancha maxtov bo‘lsa kam.
Chunki siz bor yorug‘ olam.
Ustoz ko‘rmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.

Реклама

Bilib bilmay sizlarni.
Ko‘p rajitib qo‘yamiz.
Umir o‘tib kech bo‘lganda.
Afsus qilib yig‘laymiz.

To‘g‘ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qo‘l ishlatib ursangizda.
Yomon bo‘l deb urmaysiz.

Bo‘lsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
O‘zligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Qalbi daryo muallimlar

Qalbi daryo muallimlar

Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.

Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.

Navnihol bog’larning bog’boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!

Реклама

Bayroq haqida sherlar to‘plami

Dillar dostonisan muallim

Dillar dostonisan muallim

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.

Sen o‘rgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bu kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Xazinasan, qalbing mehr daryosi,
Unda porlar ulug‘larning ziyosi.

Do‘stlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aqlu, idrok, farosatdan dars berding.

Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maqsadga.

Baxtu, iqbol doim senga yor bo‘lsin,
Vatanimiz shonu shuxratga to‘lsin!

Реклама

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
  2. Yil fasllari haqida sara sherlar to‘plami
  3. Yoz fasli haqida sara sherlar to‘plami
  4. Kuz fasli haqida sara sherlar to‘plami
  5. Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami
  6. Bahor fasli haqida sara sherlar to‘plami
  7. Vatan haqida sara sherlar to‘plami
  8. Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
  9. Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
  10. Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
  1. Аноним:

    Ustozlar haqida she’r

    • Sevinch:

      Assalomu alaykum she’rlaga gap yo’q

    • UzBaza.uz:

      Sevinch assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan yoqimli fikringizdan minnatdormiz! Aytingche Ustoz va Murabbiylar haqidagi sherlar to’plamidan aynana qaysi sher sizga yoqdi?

    • Isroiljon:

      Sherlar uchun katta rahmat. Tadbir uchun shu sherlardan foydalandim.

    • Muslima:

      Bu sherlardan yod olib, ustozlarimga aytib berib ularni rosa xursand qilmoqchiman.

    • Аноним:

      Sherlar uchun katta raxmat. Tadbirda shu sherlardan foydalanaman.

    • Zahro:

      Ha juda-juda. Yaxshi, faqat shu sher qo’ygandan keyin o’sha ustozlarga yaqinroq qo’shiq raqs nomini yozib qo’yila. Iltimos qiynalmasdikda.

    • Sevinch:

      1-oktabrga ustozimni sher aytib hursand qilmoqchiman!!!

    • Malika:

      Judayam ajoyib she’rlar bor ekan, sizga kottakon rahmat.

    • Аноним:

      Juda zo’r

    • Samandar:

      Juda ham zoʻr chiqibdi hamma sheʼrlariz, ishlarizga va ijodizga ulkan zafarlar tilab qolaman.

    • Gulmira:

      Raxmat sizlarga kottakon, biz tadbirga shu sherlardan foydalandik, ijodilarga omad.

    • Muhabbat:

      Manga ham juda yoqdi, kotta raxmat.

    • Feruza Erkinova:

      Iltimos siz menga yanada ko’proq she’rlar yuborsangiz. Kelayotgan bayram uchun. Tadbirim
      bor edi. Iloji bo’lsa tanishtiruvga bag’ishilangan
      bo’lsin.👋

    • Gulhayo:

      Iltimos murabbiylarga atalgan yana ko’p sherlar kerak edi, yana bo’lsa yuklab qo’yinglar iltimos.

    • Shodiya:

      She’rlariz judayam yaxshi, men bu sherlardan foydalanib tadbirlarda qatnashdim…

    • Mubina:

      Juda zur she r

    • Madina:

      Bizga harf o’rgatgan, bizni bilimli o’g’il-qizlar bo’lib yetishishimizga o’z hissasini qo’shgan zahmatkash ustozlar haqidagi ushbu sherlar menga juda yoqdi.

    • Ziyoda:

      Zo‘r

    • Ruxshona:

      Iltimos, bitta osonroq ustozlar haqida sher yozib bering.

    • Аноним:

      Hammasi zor👍👍👍

    • Аноним:

      Hammasi juda-juda zo’r 👌

    • VOOOV JUDA ZO'RU:

      VOVVVVVVVVVVV DAXSHATUUUUUUUUUU

    • Asilbek:

      Sherlar juda ajoyib ekan. Gap yo’q manga juda yoqdi!

    • Samandar:

      Juda ajoyib she’r

    • salom sher zo‘r ekan:

      juda zo‘r

    • Dilnura:

      Ma’noli sheʼrlarni yozishda charchamang 👍

    • Ilxomjon:

      Sherlat juda zor ekan gap yo

    • Asila:

      Juda zo’r ajoyib

    • Аноним:

      Juda chiroyli she’r lar

    • Мухаммад:

      Мен устозимни йахши кораман

    • Sevinch:

      Sherga gap yo’q, bari sher manolog ekan, menga yoqdi rahmat.

    • Asalchik @@@:

      Juda zo’r she’rlar

    • Erali:

      Yaxshi ekan

    • Аноним:

      Assalomu alayko’m, albatta kerakli vaqtida aynan men izlagan sherlar bor ekan raxmat.

    • Intizor:

      Xa gap yõq

    • Iskandar:

      Juda ham yaxshi sherlar ekan, hammaga taklif etamn, gap yo’q.

    • sherali:

      mp3 sherlar yuklasalariz yaxshi bulardi
      bog’cha bolalar urchin

    • Begzod:

      Menga yoqdi

    • Asilbek:

      Ajoyib u g’aroyib sherlar

    • UzBaza.uz:

      Asilbek assalomu alayko’m. Samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz.

    • Аноним:

      Sog buling ustoz haqida sher

    • Dilyoraxon:

      Bizga ta’lim bergan eng qadrli ustozlarimizga tashakkurlar aytamiz, sizlarga kattakon raxmat ustozlar, qilgan mehnatlaringizga rozi bo’linglar.

    • muslima princesa:

      zor sizga kota rakmat hammasini yot olib chiqdim
      rahmat sizga

    • Ruxsora:

      Assalomu aleyko’m menga sherlar juda yoqdi. Raxmat. 🤗 Bu she’rlar juda zo’r.

    • Nama'lum odam:

      Raxmat 5baho oldim silani she’r uchun

    • oynura:

      zur ekan sherlar ismlar dayam sher bormi

    • Dilnura:

      Juda zo’r gap yuq

    • Аноним:

      she’rlarga gap yõq

    • Azizxon:

      Sherlarni mualifi bormi

    • Robiyaxon:

      Tepada turibdi 😆☝️

    • Nozi:

      Sheʼrlar bir-biridan chiroyli👏👏👏Qay birini tanlashni ham bilmayapman.Sheʼrlar uchun TASHAKKUR

    • Kumushoy:

      Bizlarga talim bergam Murabbiylarimiz haqida yana yangi she’rlardan bo‘lsin iltimos.

    • Аноним:

      Albatta juda chiroyli va manoli she’rlar, minadormiz rahmat kotta.

    • odina:

      She’rlarga gap yoq. Ustozlarga katta raxmat!!! Tazimdamiz sizga ustoz

    • Mehrangiz:

      Menga sherlar juda ham yoqdi, etiborlariz uchun rahmat.

    • Xonzodabegim:

      Zo’r sher ekan, qo’llariz ogʻrimasin, sizdan Olloh rozi bo’lsin.

    • Muslima:

      Bizga talim bergan ustozlarim, sizlarga boshimiz yerga tekguncha tazimdamiz, mehnatlaringizga rozi bo’linglar. Kattakon raxmat.

    • Sevinch:

      Assalomu aleyko’m sherlar juda ajoyib menga rosa yoqdi.

    • Marhabo:

      She’rlar juda ma’noli chiqqan. Bayramlarda ayttirish uchun o’quvchilarimga yod oldirmoqchiman ofarin sizga.

    • Abduvaliyeva Kibriyo:

      Assalomu alayko’m, judayam ajoyib sheʼrlar, oʻqib beixtiyor ko’zimga yosh keldi, ishlaringizga omad tilayman.

    • Аноним:

      Assalomu aleykum. 1-oktabrga sher kerak edi, kimda bo’lsa tashaberinglar iltimos.

    • Shaxnoza:

      Yaxshi sherlar menga juda yoqdi, kattakon raxmat.

    • Jamilaxon:

      Ustozlar haqida 7-sinflar uchun ham sherlar bormi?

    • Аноним:

      Menga bu sherlar juda bachkana tuyuldi.

    • Kumush:

      Rahmat hammaga. Ishlarizda omad. Bitiruv kechasida sherlarizdan foydalanmoqchimiz. Alloh ishilani rivojini bersin 🥰

  2. rayxona:

    gap yoq

    • UzBaza.uz:

      Rayxona fikringizdan bag’oyatda hursandmiz.

    • A:

      Gap yoq lekin

    • Bek:

      Zoʻr gap yoʻq malades

    • Gul:

      Zur

    • Rayhona:

      MANGA SHERLAR YOQDI JUDA ZÒR

    • DILAFRUZ:

      Juda qiziq sherlar ekan ofarin

    • UzBaza.uz:

      Dilafruz samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz.

    • Kumushxon:

      Iltmos ustoz haqida uzun sherlariz bo’lsa yuklab yuboring.

  3. Jumaboyeva madina:

    Yaxshi yana sherlar bormi

    • UzBaza.uz:

      Madina assalomu alayko’m. Web-saytimizda yuzdan ortiq mavzuga doir sherlar yuklangan bo’lib, barcha sherlarni «Sherlar to’plami» bo’limidan o’qishingiz mumkin.

    • Sardorbek:

      Zor sherlar👍

    • Bonu:

      Assalomu alaykum manga Ustozlar haqidagi sherlar juda ham yoqdi. Yanada kuproq joylasangiz yaxwi bulardi

    • UzBaza.uz:

      Bonu assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz. Taklifingiz inobatga olinadi.

    • Oybek:

      Daxshat emas ku lekin zor

    • Nargiza:

      Sherlar juda zõr ekan

    • Asilbek:

      Sherlar juda-juda zo’r ekan raxmat sizga. Daxshat emasku lekin yaxshi, bo’ladi. O’qishga yana sherlar tashlab turing, ko’p ko’plardan tashlang. 21-martga navro’z bayramiga xam 10 ta tashlang. Xayr sherlarni kutib qolaman deya Karimov Asilbek.

  4. Rayhonoy Ibragimova:

    Bu she’rlarni o’qib kozimga behos yosh oldim .Ustozlarimni esladim .Yoshligim ko’z oldimda namoyon bo’ldi .Boshlangich sinf o’qituvchisi bo’lganimdan juda faxrlanaman .Kanal a»zolariga ham katta raxmat

    • UzBaza.uz:

      Rayhonoy assalomu alayko’m. Ha to’g’ri aytasiz, bizga blim bergan ustoz va murabbiylar haqida sher o’qiganda tasirlanmasdan ilojimiz yo’q.

    • Dilfuza:

      Salom she’rlaringiz juda ham zur ekan

    • Нагима:

      Жуда яхши манга йокти шерлар

  5. Bonu:

    Juda zo‘r

    • UzBaza.uz:

      Raxmat Bonu fikringizdan mamnunmiz.

    • Afruza:

      Mana zo’r she’rlar chiqibdi. Manga juda yoqdi.

    • Zõr:

      Juda zõr

    • Feruza Erkinova:

      Iltimos siz menga yanada ko’proq she’rlar yuborsangiz. Kelayotgan bayram uchun. Tadbirim
      bor edi. Iloji bo’lsa tanishtiruvga bag’ishilangan
      bo’lsin.👋

    • Maxliyo:

      Juda ajoyib sherlar ekan.

  6. Mubina:

    Sherlarga gap yo’

    • UzBaza.uz:

      Mubina assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz.

    • Nafosat:

      Sheʼrlar menga juda yoqdi.Ular bir biridan zoʻr sherlar ekan ofarin

    • umia:

      rahmat zor

  7. Rich no one:

    Sherlar juda ma’noli va ta’sirli
    Juda chiroyli sherlar ekan

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan boshimiz ko’kga yetdi.

    • Shahrizoda Ulug'bekova:

      She’rlaringiz juda ham yoqdi menga, rahmat!

    • Mubina:

      Ustozlar haqida tasirli she r

    • Nigina:

      Vapshe zurrrr💖💖

    • UzBaza.uz:

      Nigina fikringiz uchun tashakkur.

  8. GULHAYOT:

    Assalomu aleykum bunchalar ham ajoyib she’rlar o’qiyotib yig’lab yuboray dedim ustoz va murabbiy,domullarimiz sog’ bolsin

    • UzBaza.uz:

      Gulhayot assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan fikringizdan minnatdormiz. To’g’ri aytasiz ahir bizga talim bergan ustozlarni qadriga yetmasdan ilojimiz yo’q. Ustozlarning barchasidan minnatdormiz 😉

    • Möbina:

      Vapshem zör😍😍

  9. Sevinch:

    Salom uztozlar haqida barcha she’ringizni o’qib chiqdim hammasi bir-biridan zor o’qigan sari o’qiging keladiya

    • UzBaza.uz:

      Sevinch assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz! Barchamizga talim bergan Ustozlarni qadriga yetishimiz kerak!

    • sevinch:

      albatta shundoq

    • Dunyo:

      Zurr💖💖💖

  10. Asadbek Bek:

    Sherlarga gap bo’lishi mumkin emas, chunki ular judayam ajoyib ekan.

    • UzBaza.uz:

      Asadbek assalomu alayko’m. Bildirgan yoqimli fikringizdan xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Intizor:

      Assalomu alaykum zur õqib chiqdim

  11. Asadbek Bek:

    Salom hammaga, she’rlar juda ham ajoyib ekan judayam ta’sirlandim.Ustozlarimiz doimo sogʻ-salomat bo’lishsin.

    • UzBaza.uz:

      Asadbek assalomu alayko’m. Bildirgan yoqimli fikringizdan xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Munisaxon:

      Zikrillayeva

  12. Gavharoy:

    Go’zal she’rlar uchun rahmat.

    • UzBaza.uz:

      Gavharoy assalomu alayko’m. Fikringizdan mamnunmiz! Aytingche Ustozlar haqidagi aynan qaysi sher sizga ko’proq yoqdi?

    • Guli:

      Judayam chiroyli men bularni hammasini yod olib boʻldim raxmat♥️♥️🌹🌹

    • UzBaza.uz:

      Guli assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz. O’qishlaringizda omad yor bo’lsin.

    • Ruxshona:

      Chindan ham zòr ekan

    • UzBaza.uz:

      Ruxshona assalomu alayko’m. Bildirilgan yoqimli fikringiz uchun tashakkur.

    • Аноним:

      Zor

  13. Dilnuraxon:

    Juda zõr sher ekan .

    • UzBaza.uz:

      Dilnuraxon qimmatli fikringiz uchun tashakkur izhor etamiz.

  14. Аноним:

    Assalomu alaykum, she’rlarni to‘plaganlarga tashakkur, faqat ayrim she‘rlarni yozishda xatoliklar qilingan bu esa mashhur shoirlarimizga nisbatan hurmatsizlikday tuyuladi, iltimos shularni to‘g‘irlab qo‘yinglar

    • Aliya:

      Juda zo‘r manga judayoqdi

    • Mohinur:

      Menga yoqdi. Ayrim she‘rlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Qofiyasi ham to‘g‘ri kelmagan.

  15. BONUUXON:

    Assalomu alaykum, she’rlarni to‘plaganlarga tashakkur, faqat ayrim she‘rlarni yozishda xatoliklar qilingan bu esa mashhur shoirlarimizga nisbatan hurmatsizlikday tuyuladi, iltimos shularni to‘g‘irlab qo‘yinglar

    • UzBaza.uz:

      Bonuxon asalomu alayko’m. Aytingche aynan qaysi sherdan qanday hatolik topdingiz? Yordamingiz uchun raxmat.

    • Madina:

      Men she’rlarni albatta yod olaman dizga tashakur zör she’r ekan😘😘

    • UzBaza.uz:

      Madina assalomu alayko’m, bildirgan qimmatli fikringiz uchun tashakkur.

  16. Умида:

    А,Ориповнинг устоз хакидаги шеьрларини кушинглар,Санобар Рахмонованинг «Устозлар»кушиги матнини хам киритсангиз яхши буларди

  17. Ahmet:

    Gap yu

    • Umidaxon:

      Menga bu she’rlar juda yoqdi. Ertangi tadbirda bu she’rlar bilan hammani ko’nglini olamiz jamoamiz bilan. Raxmat.

  18. Aziza:

    Assalomu alaykum she’rlar juda ham ajoyib gap yoʻq Bunaqa ajoyib she’rlarni birinchi marta oʻqishim
    Ezgulikdan tolmang aziz ustozi nomli sheʼr juda ham ajoyib ekan rahmat

    • Mohinur:

      Assalomu alayko’m. Sizlardan iltimos yanada ko’proq ustozlar haqida sherlar yozinglar, chunki bizani yoshligimizda yozshni-chizishni o’rgatgan ustozimiz bo’ladi.

  19. Aziza:

    Juda ajoyib gapirishga tilni ojiz qiladigan sheʼrlar uchun rahmat🥰

  20. Аноним:

    Assalomu alaykum she’rlar menga juda ham yoqdi rahmat sizlarga gap yõq

  21. LAZIZBEK:

    Assalomu alaykum she’rlar menga juda ham yoqdi rahmat sizlarga gap yõq

  22. fan:

    juda zo’ manoli she’rlar

  23. Aqlli qizaloq:

    She’rlar juda zo’r va ajoyib👍

  24. Hasanjon:

    She’rlarga gap yoʻq ayniqsa sizni Alloh uchun suydim ustoz degan sher juda zoʻr ekan

    • UzBaza.uz:

      Hasanjon assalomu alayko’m. Sherlar to’plami sizga maqul kelganidan hursandmiz.

  25. Аноним:

    She’rlarga gap yo’q

  26. Аноним:

    JUDA ZO`R SHERLAR EKAN RAHMAT

    • UzBaza.uz:

      Fikringizdan judaham mamnunmiz.

  27. Насиба:

    ше’рлар жуда ажойиб тарбиявий ахамиятга ега

    • UzBaza.uz:

      Nasiba fikringiz uchun alohida tashakkur izhor etamiz.

  28. Gulnozaxon:

    Ajoyib bunday she’rlarni o’qiyotganda kozimizgsa yosh olmasdan iloj yo’q.Qoyil👍💖

    • UzBaza.uz:

      Gulnozaxon assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Nurad Bozorov:

      Assalomu alaykum ushbu saytni tashkil qilib, ustozlar haqidagi she’rlarni joylashtirgan mas’ul lar. Sizga katta raxmat. Mehnatingiz samarasi ajoyib. Men o’zim ham ustozman va bizni ustozlarimizni mehri va tarbiyasi bilan shu darajaga yetib yuribmiz. Barchasi uchun tashakkur!

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Nurad Bozorov. Bildirgan samimiy fikringizdan g’oyatda xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz. Farzandlarimizga berayotgan tengsiz bilimingiz va mehnatlaringiz uchun alohida tashakkurlar izhor etamiz.

  29. Аноним:

    Menga bu sherlar juda yoqdi 1 oktabrga shu sherlardan xudo xohlasa 3tasini aytaman

    • UzBaza.uz:

      Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz! O’qishlaringizga omad tilaymiz.

  30. Mahbuba:

    Juda ham ajoyib she’rlar to’plangan ekan ustozlar haqida.

    • UzBaza.uz:

      Mahbuba assalomu alayko’m. Fikringizdan judaham mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Sherlar zòr:

      Sherlariz zo’r.

  31. Shahlo:

    Sherlar Juda ajoyib ayniqsa ustozlar haqidagi sherlar o’qiganim sayin kuzim yoshlanyapti

    • UzBaza.uz:

      SHahlo assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan judaham mamnunmiz. Bizga talim bergan ustozlarni ezozlashimiz burchimiz albatta.

  32. Ozodbek:

    Bu sherlar juda yaxshi va maʼnoli ekan.

    • UzBaza.uz:

      Ozodbek assalomu alayko’m. Ustoz va Murabbiylar haqidagi sherlar to’plamini sizga foydasi tekkanligidan bag’oyatda mamnunmiz.

    • Muhayyo.:

      Menga ham juda yoqdi.👍👍👍👍👍👍👍😘😘😘😉😉

  33. ..:

    menga yoqdi

    • SEVINCH:

      Sherlar menga juda yoqdi .
      Ustozlarni ezozlash hurmat qiliw sherlarni barida bular mujjasam

  34. Mashhura:

    She’rlar juda yaxshi eng muhimi ma’noli ekan

    • UzBaza.uz:

      Mashhura assalomu alayko’m. Bildirgan qimmatli fikringizdan bag’oyatda hursandmiz.

  35. Roziya:

    She’rlar uchun raxmat ustozlar haqida katta yoshdagi bollarga yuboring

  36. Sevinch Mahmudovna:

    Ajoyib ekan 🥰🥰🥰

  37. Sevinch Mahmudovna:

    Sherlar yaxshi ekan menga yoqdi😍😍😍

  38. Zilola Abduganieva:

    SHerlaringiz judaham zor manga juda yoqdiokey

  39. Zilola Abduganieva:

    SHerlaringiz zor manga juda yoqdi OkeY

  40. assalomu alaykum sherlar zor alo darajada:

    Nazirov Sarvar fargona viloyati buvayda tumani 15 maktab

  41. Sardor:

    Zõrsherlar ekan

  42. SARDORBEK:

    SHERLAR ZOR MENGA JUDA YOQTI

  43. Munisaxon:

    Assalomu alekum sherlariz manga yoqti angissa birinchi ustozim yoqti ijotlarizga omad

    • UzBaza.uz:

      Munisaxon assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringidan xursandmiz, o’qishlaringizda omad tilaymiz.

  44. Sevara:

    Supper zo’r. She’rlarga gap so’z yoq

  45. Muhayyo.:

    Menga ham juda yoqdi.👍👍👍👍👍👍👍😘😘😘😉😉

    • Shabona:

      Juda YAxshi sher ekan

    • RAYHONA:

      Zo‘r she’rlar ekan menga juda yoqdi ustozlarni shunchalik qadirlaganingiz uchun rahmat🕋🕋❤❤Mana shu she’rlarni yozgan odamni ollox o‘z panoxida asrasin

    • UzBaza.uz:

      Rayhona assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Aziza:

      Menga juda yoqdi bu sherlar . Bir birdan manoli ekan

    • UzBaza.uz:

      Aziza assalomu alayko’m. Fikringizdan judaham mamnunmiz.

  46. Феруза:

    Шеърлар жуда ёкди.Ишларинггизга омад

  47. Феруза:

    Шеърлар жуда ёкди.Ишларинггизга омад.

  48. Madina:

    Rahmat sherlar uchun👍👍👍

    • Dulxush:

      Sherlar zõr ekan qoyil qoldim👍👍

  49. Asalchik @@@:

    Juda zo’r she’rlar

  50. Asalchik @@@:

    Juda yaxshi she’rlar

  51. IRODA:

    JUDA ZUR SHE’RLAR EKAN OMAT TILAYMAN

    • UzBaza.uz:

      Iroada sammimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz.

  52. Незванная:

    Янада копрок, шерлар йуборинг🤪

  53. Аноним:

    Juda zor

  54. Shahrizoda:

    Jusa zõr 👍👍

  55. dilara:

    juda zor yodlab oldim va talovda shu sherlardan aytib 1urini oldim

  56. Robiyaxon:

    Gap yoq zor

  57. Nozi:

    Barcha sheʼrlar bir-biridan chiroyli👏👏👏Qay birini tanlashni ham bilmayapman.Shʼelar uchun TASHAKKUR

  58. odina:

    Ustozlarni oqargan sochlari-yu yuzlaridagi ajinlarida bizni xissamiz koproq. Hamisha tazimdamiz sizga ustozlar….

    • Shahrizodaxon:

      Bir-biridan chiroyli va ifodali she’rlar uchun katta rahmat!

  59. Sado:

    She’rlar juda-juda zo‘r ekan. Barchaga raxmat.

  60. Temur:

    Zo’r ekan faqat va faqat zo’r rahmat.

  61. Maybo:

    Bunday she’rlar ko’payaversin. Hammaga katta raxmat.

  62. Guli:

    Ma’noli va mazmunli she’rlar uchun rahmat.

  63. Shahrizoda:

    Qadrli ustozlarimizga atalgan she’rlaringiz menga judayam yoqdi, mazmunli she’er uchun rahmat!

  64. Sabina:

    Assalomu aleyko’m. menga barcha sherlar yoqdi. Juda manoli va go’zal sherlar ekan. Ayniqsa ustoz haqidagi sherlar yoqdi. Eng yoqan sher bu «Ezgulik yo’lida tolmang ustozim» degan sher ajoyib chuqur manoli sher ekan. Doimo mana shunday go’zal manoli sherlar yozishdan hech charchamanglar, saytning kelgusi ishlarida omad tilayman.

  65. Gulnozaxon:

    Assalomu alayko’m, Ismim Gulnozaxon, sherlarga gap bo’lishi mumkin emas, judaham alo qoyil menga juda yoqti!

    • Shirin:

      Sherlar naqadar chiroyli, qay birini tanlashni bilmayapman, raxmat sizlarga ustozim bu sherdan juda xursand bo’lsalar kerak.

    • Nilufar:

      Mening ismim nilufar. ustozlar haqidagi she’r menga judayam yoqdi, sizlarga katakon raxmat, she’rlar uchun.

  66. Аноним:

    Barchangizga assalomu alayko’m, she’rla manga juda yoqdi. Rahmat kotta sizlarga.

  67. Samira:

    Salom hammaga, sherlar yaxshi yanada ko’proq sherlar chiqarselar obunachilar ham ko’p bo’ladi.

  68. Temur:

    She’rlar juda-juda zo’r chiqibdi. Ishlaringizga omad.

  69. Muhammad Ali:

    Faqat bir xil sherlar bor ekan. Boshqacharoq sherlar yo’qmi?

  70. Shoxjaxon:

    Iltimos yana sherlar bo’lsa yuboringlar, iltimos yana ko’proq sherlar tashlab yuboringlar, menga sherlar juda yoqdi.

  71. Zarina:

    Sherlar uchun rahmat. Chiroyli sherlar bor ekan.

  72. Аноним:

    Yaxshi sherlar bor ekan, o’zimga yoqadigan 2ta sher topdim.

  73. Gulsanam:

    Assalomu alayko’m, ma’noli she’rlar ko’p ekan, lekin matnini ko’chirib olib bo’lmayapti, qanday qilish mumkin?

  74. Qaxxorova Muhlisaxon:

    She’rlar rosa zo’r ekan. Ajoyib-u g’aroyib she’rlar ekan.

  75. Minico:

    Assalomu alayko’m. Avvalo hamma she’rlar zo’r ammo kattalar sahnada ayta oladigan she’rlar topa olmadim. Ustozlar haqida. Iltimos iloji bo’lsa uzun va kattalarga mos keladigan she’rlar ham joylangizlar.

  76. Аноним:

    Ajoyib sherlar ekan rahmat.

  77. Krasavitsa:

    She’rlarga gap yo’q! Sizlarga ishlaringizda omad tileman. Bundanda ko’p she’rlarni yozib bizga yuborilar!

  78. Charos:

    Zo‘r she‘rlar ekan manga yoqdi, ustozlar kuniga zo‘r sher tayyorlanipdi o’ziyam.

  79. Jahongir Rishod:

    Assalomu aleyko’m, menga ko’proq omon bo’ling ustozim Sheri yoqdi, kattakon raxmat yanada ķo’proq sherlar yozishlaringizni va omad tilayman ishlaringizga omad.

  80. Diyorbek:

    Assalomu aleyko’m bu sherlar juda qiziqarli ekan.

  81. Sadoqat:

    Menga bu sherlar yoqdi, ayniqsa «Omong bo’ling ustozim» sheri.

  82. Sadoqat:

    Sherlar ajoyib, bugungi tadbirda yodlab aytadigan bo’ldim, sizlarga katta raxmat.

  83. Mohira:

    Assalomu alayko’m menga buyerdagi barcha sherlar yoqdi. rahmat sizlarga, kelgusi ishlaringizga omad tilab qolamiz.

  84. Charos:

    Menga sherlar juda yoqdi. Ular ajoyib va qiziqarli ekan.

  85. Nasiba:

    Men bu she’rlarni o’qib chiqdim va tasirlandim. Albatta, qofiyalar ham tushgan, she’rlaringizda ibratli fikrlar bildirilgan. Ijodizga omad!

  86. Abdullayeva Maxzaxon:

    Raxmat sizga,, ustozimga syurpriz qilmoqchi edim. Endi shu sherlardan foydalana olaman.

  87. Dilnoza:

    Assalomu alayko’m. Manga bu sherlar juda yoqdi. Rahmat silaga.

    • Durdona:

      Assalomu alaaykum. She’rlarga gap yo’q zo’r. Yana har bitta bayramga atab she’rlar bor ekan. 👍

  88. Madinaxon:

    Assalomu aleykum. Sherlaringiz juda zo’r sherlar ekan, menga judayam yoqdi, qoyil sherlaringiz juda manoli ekan.

  89. Diyora:

    Hammaga salom, manga bu sherlar juda yoqdi, kim shuni tashagan bo’lsa Olloh panohida bo’ling.

  90. Nozish:

    Assalomu aleykum. Manga she‘rlar juda ham yoqdi. Juda chiroyli she‘rlar ekan.

  91. Mohlaroyim:

    Juda ajoyib, gap bo’lishi mumkin emas. Bari bir-biridan go’zal va ma’noli she’rlar ekan. Katta RAXMAT.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *