Kasblar haqida sara sherlar to‘plami
Kasblar va hunar haqida eng sara sherlar to‘plami. Marhamat bahramand bo’ling.

Askarlar
Qo’lda avtomat,
Bukmaydi qomat.
Birdek qadami,
Chiqmas hech dami,
Safda askarlar.
Qo’shiq aytar goh,
Havas qilsang oh.
Bo’lmasada soz,
Qarang bir ovoz,
Safda askarlar.
Nonushta-yu hoh ishga,
Bahordami , yo qishda.
Buzilmaydi hech safi,
Ortiqcha yo’qdir gapi
Safda askarlar.
— RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Shifokor
Dard bor joyda darmon bor,
Buni bilar shifokor,
Shundan kim bo‘lsa bemor,
Tuzatishga u tayyor.
* * *
Shifokor bizga darkor,
Bo’lmangiz hech bemor,
Ular bor biz sog’lom,
Bo’lsinlar ular omon.
Fanlar haqida sherlar to‘plami
Oshpaz
Qozon tovoq oldida,
Taomlar shirin juda,
Raxmat oshpaz xolalar,
Minnatdormiz bolalar.
Haydovchi
Mashinada, poezdda,
Tramvayda — temir izda.
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo’lovchi.
* * *
Meni kasbim haydovchi,
Qani ketdik yulovchi.
Mashinam giz-g’iz etar,
Manzilga omon yetar.
Sotuvchi
Kutib olar muloyim,
El hizmatida doim.
Kelib tursa xaridor,
Ishimizda unum bor.
Quruvchi
Mohir usta quruvchi
Uylar qurib beruvchi.
Shahrimiz ko’rkam obod,
Minnatdormiz umrbod.
Bog‘cha va Maktab haqida sherlar
Dehqon
Dalasiga olib yo’l,
Dehqon ko’zlar hosil mo’l.
O’z ishiga u usta,
Xirmon uyadi kuzda.
* * *
Dehqon bobom yer chopar,
Yer tagidan tilla topar,
O’stirib paxta, bug’doy,
Xalqimni qiladi boy.
1 O’qituvchi / Muallim
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
2 O’qituvchi / Muallim
Kasblar ichra a’losi,
Jaranglagan jilosi,
Eng ulug’i muallim,
Bizlarga berar ta’lim.
Buyuklarning buyugisiz,
Suyuklarning suyugisiz,
Oliyjanob muallim,
Sizga qilaman ta’zim.
Eng sabrli Inson ular,
Yuragida o’ti borlar,
Tashvishin chetga qo’yib,
O’qitarlar Jon kuydirib.
Har bola uning bo’lаsi
Duru gavxar gul lolasi,
Ajratmasdan bir birin,
O’rgatarlar bor sirin.
Yurtboshim ulug’lagan,
Sizdir aziz muallim,
Xalqim sizni qullagan,
Ishonchisiz muallim.
Islomova Mukambar
Alifbe bayrami uchun sherlar to‘plami
Tikuvchi / Chevar
Menchi men katta bo’lsam,
Mohir chevar bo’laman.
O’zbegimni do’ppisini,
Qoyil qilib tikaman.
* * *
Qiladilar bo’lak bo’lak,
Matodan tikib kuylak,
O’z ishiga mohirlar,
Qo’li gul chevarlar
Tarbiyachi
Bizlarga qarar doim,
U bog’chadagi oyim,
Bizga ovqat yedirar,
Doim yelib yugurar.
Islomova Mukambar
Sportchi
Sport bilan do’stlashib,
Kuch – quvvatga to’laman.
Kelajakda men,
Jahon chempioni bo’laman.
Uchuvchi
Samolarni quchuvchi,
Manziliga eltuvchi.
Yetqazib omon-omon,
Shohaman Vatan tomon.











Advokat, prokuror, notarius, militsiya, tergovchi kabi qonun posbonlari haqida 4 qatorlik, sodda she’rlar bo’lsa yanayam yaxshi bo’lardi.
Har bir kasbning o‘ziga yarasha sharafi va mas’uliyati bor. Har bir inson o‘z ishiga mehr bilan yondashishi kerakligini yana bir bor angladim. Bu she’rlar orqali kasblarga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi.
She’rlar yaxshi, lekin ko‘proq kasb turlari haqida bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Masalan, zamonaviy kasblar – IT mutaxassisi, dizayner, bloger haqida ham she’rlar bo‘lsa, juda foydali bo‘lar edi.
O‘qituvchi, shifokor, dehqon – har biri jamiyatimizning tayanchidir. Har bir inson o‘z kasbiga mehr bilan yondashsa, jamiyatimiz yanada rivojlanadi.
Tadbir uchun kasblarga bag‘ishlangan she’rlar izlayotgandim, bu yerda turli sohalarga oid juda chiroyli misralar bor ekan.
Har bir kasb haqida she’r borligi juda yoqdi. O‘quvchilarga kasblar haqida tushuntirish uchun juda yaxshi to‘plam ekan. Maktabda dars o‘tishda juda qo‘l keldi.
Kimdir o‘qituvchi, kimdir tabib, kimdir esa hunarmand… Lekin barcha kasblar hayotimizning ajralmas qismi sanaladi.
She’rlar yaxshi, lekin ayrim kasblar haqida juda kam yozilgan. Masalan, zamonaviy IT mutaxassislari yoki ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilar haqida ham she’rlar bo‘lsa, yanada yaxshi bo‘lardi.
She’rlar yaxshi, lekin kasblar haqidagi maqolalar ham bo‘lsa zo‘r bo‘lar edi. Masalan, qaysi kasblar eng talabgir, ularni o‘rganish yo‘llari va kelajakda rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumotlar bo‘lsa, yanada foydali bo‘lardi.
Kasblar haqida she’rlar juda ilhomlantiruvchi. Kelajakda kim bo‘lishimni tanlashda motivatsiya berdi. Har bir kasb muhimligini his qildim.
Maktabdagi «Kasblar kuni» tadbirida she’r o‘qishim kerak edi. Shu yerdan juda chiroyli va mazmunli misralar topdim.
Bular zo’r she’rlar. Men ham hamma kasb-u hunarning o’ziga yarasha o’rni bor ekan.
Sherlar yaxshi yozilgan lekn zamon rivojlanyapti oʻsha uchun boshqa kasblar masalan, modellik, blogerlik, styuardessa kasbi haqida sher boʻlsa yaxshi bo’lardi.
«Haydovchi» she’ri orqali farzandimning haydovchilarga bo‘lgan hurmatini yanada kuchaytirdik.
«Sotuvchi» she’ri orqali o‘quvchilarimizga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyatini tushuntirdik.
Assalomu alayko’m. Jurnalist kasbi haqida ham she’rlar qo’yinglar iltimos.
Assalomu alayko’m. Temiryo’lchilar haqqida yo’qmi?
Tikuvchilik haqida uzunroq sherlar boʻlsa yaxshi boʻlardi.Lekin sherlarga gap yoʻq