Parrandalar va qushlar haqida sara sherlar to‘plami
Qushlar hamda parrandalar haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.
Qushlar haqida sherlar
Qushlar uchib ketdilar,
Uzoq mamlakatlarga.
Yana ortga qaytishar,
Baxor kelsa bizlarga.
Аyni ko‘klam paytida,
Ular qaytgan bo‘ladi.
Sayroqi tovushlarga,
Butun olam to‘ladi.
Xozircha, mayli, boring,
Kech qolmanglar safardan.
Manzilni «yozib» oling,
Shoshib qolmang qaytganda!
Abdulla Pulatov
Hayvonlar haqida sherlar to‘plami
Bulbul haqida sherlar
Mening ismim — bulbuldir,
Yoqtirgan narsam — guldir.
Аzon payti sayrayman,
Sof xavoda yayrayman.
Sayraganimda gullar,
Menga tabassum yo‘llar.
So‘ng quyosh bo‘lib paydo,
Sozimga boʼlar shaydo.
Nurini sochar, yonib,
Ovozimni qizgʼonib.
Аgarda sayrashimni,
Quvonib yayrashimni,
Eshitishni xoxlasang,
Iltimos, barvaqt tursang!
Аbdulla Pulatov
Qaldirg‘och haqida sherlar
Deydilar, qaygadir o‘t ketsa, albat,
Chumchuq xas tashirmish, qaldirg‘och-chi,
Balki, bu chumchuqning sha’niga tuhmat
Yong‘in nimaligin, balki, bilmas u…
Sen dunyo holiga nazar sol birpas,
Nazar sol ko‘zlardan oqqan yoshlarga.
Dunyoda kulbalar yonar har nafas,
U doim muhtojdir qaldirg‘ochlarga.
Abdulla Oripov
Mayna haqida sherlar
Bog‘ning qiy-chuviga quloq tutaman,
Bu yerda turfa xil qushlar aylanar.
Sa’va-yu qaldirg‘och — o‘zi bir jahon,
Va lekin ko‘payib ketmish maynalar.
Bunday olg‘ir qushni ko‘rmaganman hech,
Bir cho‘qib o‘n qarar — tegar joningga.
Unga farqi yo‘qdir: kunduzmi yo kech,
Dangal sherik bo‘lar dasturxoningga.
Yurishini ko‘rsang, olifta, satang,
Balki sepib olgan farang atrini.
Musicha o‘zini eplaydi arang,
U-chi, yerga urmas sira qadrini.
Ayni pishgan chog‘i bog‘ingda kishmish,
Egalik qiladi ekkanday o‘zi.
Yaxshiyam yo‘q unda o‘ttiz ikki tish,
Yaxshiyam hamyonni poylamas ko‘zi.
Ulgursa yer yuzin aylardi taqir,
So‘ngra bir-birin yeb, topardi barham.
Dunyoda insofli qushlar ko‘p axir,
Ular soyasida yashar mayna ham.
Abdulla Oripov
Burgut haqida sherlar
Quloqqa chalinar gohi-gohida
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git:
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida
O’zini toshlarga urarmish burgut.
Men senga iltijo qilurman, egam,
Agar-chi tilimda shukronang bisyor.
Mehringdan mosuvo etma meni ham,
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor.
Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon,
Roziman, beribsan farzand yaratib.
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib.
Kulbai vayronam yetar menga, bas,
Yashayman sabrning koshonasida.
Iloyo, bosh egib yurmayin besas
Takabbur zotlarning ostonasida.
Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga,
Sekin og‘ib borar umrning tuni.
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga,
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni.
Abdulla Oripov
Hasharotlar haqida sherlar to‘plami
Laylak haqida sherlar
Laylakvoy kelib koʼklam,
Uchib keldi janubdan.
Oʼlkamga xush kelibsan,
Seni kutardik koʼpdan.
Oʼzingga oshyon qurib,
Parvarishla bolangni.
Аtrofga sezgir boʼlib,
Balandroq qur uyangni.
Doim extiyot boʼlsang,
«Rogatka»li boladan.
Qoʼliga tushib qolsang,
Foyda yoʼq ox-noladan.
Qanot yoz emin-erkin,
Bulutdan xam baland uch.
Unutma bizni lekin,
Chunki doʼstlik, asl kuch!
Laylak kelsa
Laylak kelsa…
Yoz bo‘ladi.
Cho‘milishga,
Soz bo‘ladi.
Laylaklarga,
Ming-ming rahmat.
Ularga tosh,
Otma, Ahmad.
Sen tosh otsang,
Men tosh otsam,
Kelmas laylak.
U kelmasa,
Kelmaydi yoz.
Yoz kelmasa,
Sira bo‘lmas,
Umrimiz soz!
Chumchuq haqida sherlar
Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.
Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.
Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.
Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!
Chumchuq chirqillashi
Chumchuq, chittak chirqillashib,
Tong yuzini ochganda,
Chimyon tog‘ning qir uchida,
Quyosh nuri o‘ynaydi.
Yumshoq shamol keng dalaga,
O‘ynab- o‘ynab oqqanda,
Oq chechaklar chehrasiga,
Marvariddan xol qo‘ydi.
Musicha haqida sherlar
Qu-qu-qulab, to‘xtalib sayrab,
Antennaga qo‘ndi musicha.
Qayerdandir «rogatka» shaylab,
Bir bolakay, toshni o‘zicha,
Musichaga uchirdi, tosh xam,
Yaqinlashdi musicha tomon.
Musichalar odatda beg‘am,
Shundan doim axvoli yomon.
Musicha xam o‘ziga kelib,
Qanot yozib, tez qildi parvoz.
Dedi shunda, mamnun jilmayib:
«Qanotimning bori qanday soz!»
Ola hakka (kakku) haqida sherlar
Uchar par-par ola hakka,
Nima ekan bu qush nomi,
Daraxtzor-u chakalakda.
Sevar to’qay o’rmonni.
Qo’nar o’ynab butoqqa,
Qo’shiq aytarkan kak-ku,
Alanglaydi har yoqqa.
Shu sababdan nomi kakku.
Ukki va mayna haqida sherlar
Qushlar qo’shig’i ukki,
Satang qushcha mayna qush,
Qayrilma tumshuq dukki.
Chorbog’imda sayrar xush,
Ko’zi yonar olovdek,
Parlari qora baxmal,
Kalamushni ov qilar,
Tergandek tillo zarhal.
Tekinxo’rni daf qilar.
Oshaman deb bulbuldan,
Mayna deb olgan shundan.
Xo‘roz haqida sherlar
Xar kun xo‘roz uyqudan,
Uyg‘otadi qu-qu-lab.
Turgim kelmas o‘rnimdan,
Ko‘zlarimni uqalab.
So‘ngra ko‘zimni yumsam,
Uyqum kelmaydi sira.
Mayli, o‘rnimdan tursam,
Bekor yotgandan ko‘ra.
Shunday deya joyimdan,
Turib ketaman shartta.
Xo‘rozni o‘zin unda,
Uyg‘otadi kim erta?
Mevalar va sabzavotlar haqida sherlar
Meni kechir xo‘rozim
Xo‘rozimni cho‘miltirdim,
Sovunlab qo‘lim toldi.
Xo‘rozimga yoqmadi bu,
Dakanglab qochib qoldi.
Tobi qochdi xo‘rozimni,
Shamollab qoldimikan?
Majburlab cho‘miltirganimni,
Ko‘ngliga oldimikin?
Darhol do‘xtirga ko‘rsatdik,
Do‘xtir dori ichirdi.
Tongda shodon qichqirdi u,
Demak meni kechirdi.
Xo‘rozning salomi
O‘g‘ri-o‘g‘ri deyavermanglar,
Ros tdan o‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ketishda o‘g‘ri tulki,
Qachon to‘g‘ri bo‘ladi?.
Gar ko‘rsanglar tulkijonga,
Bir iliq kalom denglar.
Yurgan bo‘lsa u obketgan,
Tovuqlarga salom denglar.
Qarg‘a haqida sherlar
Kech kuz edi, shudgorda,
Bir qargʼa yurar edi.
Iz qoldirib xar joyda,
Nenidir izlar edi.
Bir oz vaqt oʼtgach qargʼa,
Tumshugʼini koʼtardi.
Qargʼaning tumshugʼida,
Bitta yongʼoq turardi.
Yongʼoqni ilinjida,
Qargʼa tomon «ot soldim».
Borsam qargʼa osmonda,
«Osh boʼlsin» deya qoldim!
Navroz haqida sherlar to‘plami
Turnalar haqida sherlar
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib,
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday,
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani,
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib,
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni,
Qo’yvormasdi ketgani.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Lola guli haqida sara sherlar to‘plami
- Atirgul haqida sara sherlar to‘plami
- Qizlar ismiga sara sherlar to‘plami
- 8-mart bayrami uchun sara sherlar to‘plami
- Gul haqida sara sherlar to‘plami
- Ona allasi matni va alla haqida sherlar to‘plami
- Mehr oqibat haqida sara sherlar to‘plami
- Yaxshilik haqida sara sherlar to‘plami
- Orzu haqida sara sherlar to‘plami
- Ona haqida sara sherlar to‘plami
Qushlar va parrandalar haqida juda ajoyib sherlar bor ekan. Bu sherlardan bazilarini yod olishni maqsad qildim.
Parrandayu-darrandalar hamda qushlar haqida yozilgan bu juda ko’p sherlarni ichidan bazilarini saralab oldim, kelajakda bu sherlarni barini albatta yod olaman.
Menga bu sherlarni hech biri yoqmadi, chunki ularni hammasi yosh bolalar uchun ekan.
Bu she’ar juda chiroyli chiqibdi rahmat. Gullar va qushlar bayramiga ayni muddao bo’ldi!
Sizlarga kattakon raxmat, bugun qushlar bayrami kuni edi, shu kun munosabati bilan ushbu sherlardan birini yod olib tadbirga aytib chiqmana.
Bu sheʼrlar juda ajoyib ekan. Rahmat sizlarga.
Burgut haqida koʻproq sher yozinglar. Ishlaringizga rivoj tilayman.
Burgut haqida koʻproq she’r yozinglar. Ishlaringizga rivoj tilayman.
Iltmos agar iloji bo’lsa, bog’cha bolalariga yod olishlari uchun oson va manoli she’rlardan ko’proq yuklasangizlar.