Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
Navro‘z bayrami haqida eng sara sherlar to‘plami. Navro‘z – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg‘onishi bilan bog‘liq yangi kunning boshlanishidir. «Navro‘z» so‘zining manosi forschadan tarjima qilinganda, «yangi kun» maʼnosini anglatadi.

Vatanim, navro’zing muborak!

Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin navro’zing.
8 mart haqida sherlar to‘plami
Kelaqol Navro’zim…
Turfa gullar ochilib, ifor taratib,
Mayin esgan shabbodang dilni yayratib,
Erta tong qushlarni qiy chuv sayratib,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Chuchmomayu, moychechak yerga yoyilsin,
Ariqlaring anxoring suvga to’yinsin,
Keksa momolarim dildan suyunsin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Bodomlar, o’riklar qiyg’os gullasin,
Varraklar bulutlar bir bir quvlasin,
Sumalaklar ostida olov uvlasin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Daladagi dexqonim kutgan o’zingsan,
Qorli cho’qqilardan o’tgan o’zingsan,
Ko’nglimga baytlarni bitgan o’zingsan,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Hush ko‘rdik navro‘z

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko‘z.
Dillardan mutlaqo g‘ubor yo‘qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko‘rdik navro‘z.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to‘lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko‘rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo‘lib.
Xush kelding baxor, hush ko‘rdik navro‘z.
Navro‘zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so‘z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko‘rdik navro‘z.
Bugun navro‘z bayrami

Bugun navro’z bayrami,
Zo’r tantana, hamma shod.
Ona yurtda quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
Navro’z keldi yurtimga,
Dalalarga shoshaylik.
Keling, do’stlar, barchamiz,
Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.
Navro’z keldi azizlar!
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,
Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.
Bugun shodiyona

Bugun shodiyona navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
Kelmoqda navro‘z

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda navro‘z.
Hademay navro’z

Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g‘uborin.
Hademay qaldirg‘och keladi qaytib,
O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Hademay lolalar bo‘sadek titrab,
Tog‘lar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab,
Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar.
Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay navro‘zdir, hademay navro‘z!
Navro’zi olam keldilar

Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qo’shi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!
Navro’zjon

Tarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosh charaqlaydi moviydir osmon.
Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon,
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.
Bir yon katta kurash, bir yon ko‘pkari,
Askiya aytishuv o’lanlar bari.
Sevinch bag’ishlaydi keksayu-yoshga,
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.
Atirgul haqida sherlar to‘plami
Navro‘zim

Bog‘֥lar – daraxtlarniki,
Tog‘lar- lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram – bolalarniki,
Bayram – bolalarniki.
Bog‘ bahorsiz qolmasin,
To‘kmasin tog‘ lolasin.
O‘zbekiston bag‘rida
Navro‘zlar omon bo‘lsin,
Navro‘zlar omon bo‘lsin.
Navro‘z, navro‘z, navro‘zim,
Sen mening ko‘rar ko‘zim,
Sen mening aytar so‘zim,
Sen mening xuddi o‘zim,
Sen mening yorug‘ yuzim.
Kulib keldi Navro’zim
Chakkasiga gul taqib,
Kirib keldi Navro’zim.
Daraxtlarga dur taqib,
Kulib keldi Navro’zim.
Dala dashtda maysalar,
Salom alik aytsalar.
Qanday go’zal ko’rinish,
Yashillikka cho’milish.
Doshqozonda sumalak,
Boychechaklar xush darak.
Qizg’aldoq cho’g’day gilam,
Sevinchdan ko’zlarda nam.
Bolalar yayrashadi,
Qo’shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi,
Ijobatdir duosi.
Bobolar halim solar,
Latifa aytib tolat,
Ichakuzdi hazillar,
Qiziydi sho’x bazmlar.
Elga rizq- ro’z ulashib,
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro’zim,
Yashnab keldi Navro’zim.











Navro’z ayyomiga bag’ishlangan zo’r sherlar bor ekan. Ishlaringizga omadlar tilayman.
Lola assalomu alayko’m. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur, sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Asallomu alayko’m. «Vatanim muborak bo’lsin Navro’zing» she’rini muallifi kimligini aytolasizmi?
Fikringizga qo’shilaman. Bu sayt juda ajoyib ekan. Malumotlarga gap yo’q.
Assalomu alayko’m. Haqiqatdanham zo’r sherlar bor ekan. Ishingizga omad tilayman!
Muxlisa assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web saytimizda kutib qolamiz.
Rahmat, man har doim sizning kanalingizdan sherlar olaman. Navro’z haqida sher ham juda chiroyli, manoli ekan.
Raxmat ancha chiroyli va manoli sherlar ko’p ekan, ancha yordam berdingizlar menga.
To’g’ri aytasiz, juda zo’r sayt ekan, menga juda yoqdi, ishlarizga omad.
Farzandim maktabda Navro‘z tadbirida she’r o‘qishi kerak edi, aynan shu sahifadan kerakli she’rni topdik.
Navro’z bayrami haqida ajoyib she’rlar bor ekan 👍 Menga yoqdi. Bittasini yodlab oldim.
Navro’z bayramiga tayyorlanish uchun juda zo’r sherlar ekan manga yoqdi.
Assalomu alaykum hammaga, kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan tabriklayman.
Juda ham zo’r she’rlar, menga yoqdi. Bo’lsaham 1 va 2 dagi she’rlar.
Salom azizlar, o’lkamizga navro’z ayyomi kirib kelishi munosabati bilan barchangizni tabriklayman, shu munosabat bilan sherlar yodlashni boshladim, barchasi ajoyib ekan.
Navro‘z haqida she’rlar juda chiroyli ekan. Bahor nafasi, yangilanish ruhi har bir misrada sezilib turibdi. Bayram bilan barchani tabriklayman.
Navro’z ayyomiga zo’r she’r ekan. Yana shunaqangi ajoyib va manoli sherlardan kutib qolamiz.
Bahor fasli kirib kelishi munosabati bilan o’tkaziladigan navro’z shodiyonasiga atalgan sherlardan o’qib bahri dilim biram yayradi.
Juda-juda zo’r sherlar bor ekan, gap bo’lishi mumkin emas!
Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Bizdek aziz menga yozing ham, kuzing,
Bu kun bahoringga sher aytmoqchiman,
Vatanim! muborak bolsin navro’zim.
Boshingda hurriyat, quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir,
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Varamin! muborak bo’lsin navro’zim.
Navro’z haqidagi sherlar juda qiziqarli va bularni yodlash ham maroqli 🥰
Juda ajoyib yozilgan sherlar bor ekan navro’z haqida.
Sher yaxshi, lekn katalar bob emas, iltimos kattalar uchun ham sherlar yuklasangiz.
Barchaga salom, Qish fasli tugab Bahor ham kirib kelishi tobora yaqin qolmoqda, shu munosabat bilan Navro’z haqidagi sherlardan yod olyapman, sherlar juda yaxshi tuzilgan ekan, barchangizga kattakon raxmat.
Assalomu aleykum, sherlar uchun katta raxmat, yanayam ko’proq sherlar va fikrlar tashlab bering iltimos.
Assalomu alaykum. Bu ajoyib sherlari ekan, kattakon raxmat ishlaringizga omad yor boʻlsin, Navroʻz ayyomingiz Muborak boʻlsin.
To’ppa to’g’ri yozibsiz, men ham shu fikrdaman. 👍 ❤️
Bahor elchisi navro’z bayramiga atab yozilgan ushbu sherlarni barchasini o’qib chiqdim.
Oʻzim izlagan sheʼrlarni topdim. Rahmat.
Juda zo’r sherlar ekan. Menga Kelmoqda Navro’z sherini muallifi kerak edi?
Navro‘z haqida sherlar to‘plami juda ham ajoyib ekan.
Bolajonlar uchun juda zo’r sherlar bor ekan katta raxmat.
Zo‘r yozilgan she’rlar bayramga munosib bo‘lib chiqqan.
Juda zo’r sherlar bor ekan, hammaga omad tilab qolaman, navro’z bayrami qutlug’ bo’lsin.
Navro’z haqida juda ajoyib she’rlar bor ekan. Katta raxmat.
Juda zo’r sherlar ekan. Barchaga kattakon raxmat.
Raxmat oʻzim hohlagan she’rlarni topdim. Juda ham zoʻr ma’noli she’rlar ekan.
Assalomu alayko’m. Menga juda yoqdi. She’rlar zo’r va ma’noli sizlarga omad tilayman.
Shu she’rlarni yozgan shoirga rahmat. Juda yaxshi she’rlar ekan.
Rahmat men ham o’zimga kerakli malumotni oldim rahmat!
Raxmat zo’r sherlar bor ekan, o’quvchilarimga yodlash uchun berdim!
Assalomu aleykum. Men o’qituvchiman bu she’rlar juda ajoyib va sermazmun, bayramlarda foydalansa juda mazmunli tadbir bo’ladi.
Navro’z haqidagi she’rlariz ajoyib ekan. Hammasi manga yoqdi kottakon rahmat.
Judayam ajoyib menga bu she’rlar judayam yoqdi. Bundan yaxshisini kutaman.
Menga bu sherlar juda ham yoqdi. Bu sherlarning qofiyasi juda yaxshi.
Do’stlar kim qanday fikrda, bu saytda yig’ilgan sherlarni barchasi ajoyib ekan.
Barchaga salom do’stlat. Navro’z haqida sherlar yoqdi, endi menga Bahor haqida she’r kerak edi.
Assallomu alayko’m. Menga bu sherlar Juda ham yoqdi. Zo’r sherlar bor ekan, kattakon ramat.
Men bir bora sevdim va ajraldim. Keyin yana meni sevishdi ammo tashlab ketishdi. Lekin men shuni tushundim sevilishham bir nemat hammaga ham nasib qilmaydi.
Assalom 8-mart muborak bo‘lsin, Navro‘z ham muborak bo‘lsin 🤩 Bu sherlar juda zo‘r ekan.
Asallomu alayko’m, «Vatanim muborak bo’lsin Navro’zing» she’rini muallifi kimligini aytolasizmi?
Assalomu alaykum. Sherlar juda ajoyib. Bolalar yod olishyapti, kattakon raxmat.
Sherlar zo’r ekan, lekin biroz qiyinroq ekan, osonroq bo’lganda undan ham zo’r bo’lardi.
Judayam zo’r ekan manga yoqdi, ishlaringizga omad tilayman.
Assalomu alaykum. Bu sayydagi she’rlar mazmunli ekan. Ishlaringizga omad yor bo’lsin.
O’zim izlagan she’rlarni topdim raxmat kottakon 👍
Assalomu aleykum, bu saytda juda ko’p sherlar bor ekan, ishlaringizga omad yor bo’lsin.
Assalomaleko’m, bu sherlar juda ajoyib bayram bob sherlar ekan, bu sherni yozgan shoir shoiralarga katakon raxmat.
Assalomu alayko’m. Iltimos narmanli she’rlarni kiritinglar. Bular ham yaxshi faqat bayramda aytib bo’lmaydi.
She’rlarni o‘qib, bahor nafasi sezilgandek bo‘ldi. Bu she’rlar bayramona ruhni yanada oshirib, tabiat bilan uyg‘unlik hissini uyg‘otadi. O‘qib, bolaligimdagi Navro‘z bayramlari yodimga tushdi.
Juda chiroyli sherlar bor ekan, ishlaringizga rivoj tilayman, rahmat sizlarga.
Assalomu aleykum. Saytga gap bo’lishi mumkin emas, juda zo’r, menga bu sayt juda yoqdi, sizlarga bir iltimosim bor agar iloji bo’lsa mana shu saytga navro’z laparlarni ham chiqarsangiz menga shu narsa kerak edi.
O’zim uchun kerakli she’rlarni topdim, rahmat, ishlarizga omad!
Juda ham zoʻr sherlar. Menga juda yoqdi. Iltimos yosh bolachalarga qisqa-qisqa sherlar ham chiqaring. Omad 💜🥰
Bahoriy kayfiyat, Navro’ziy go’zallikni yana bir bor xis ettiruvchi she’rlar uchun tashakkur.
Assalomu alaykum. Bu sheʼrlar juda maʼnoli va mazmunli boʻlibdi. Ishlaringizga omad.
Assalomu alaykum. Bu yerda juda ham koʻplab sherlar bor ekan, biz bundan juda ham xursandmiz va biz ulardan ayrimlarini farzandlarim bilan birga yod olyapmiz. Ishlaringizga omad tilaymiz.
Navro’z ayomingiz muborak bo’lsin. Bundanda chiroyli, mazmunli sherlar kutib qolamiza.
Raxmat, hamma navro’z haqidagi sherlaringiz yoqdi, sizlarga omad tilab qolaman.
Navzo’z muborak. Sherlar juda chiroyli va mazmunli omadilani bersin 👍
Assalom aleykum, she’rlar ajoyib, faqat biroz ko’proq she’rlar joylashingizni so’rayman.
Assalomu aleyko’m. Bundanam yaxshi she’rlaringizni chiqarsangiz yaxshi bo’lardi. O’zimga kerakli she’rni topa olmadim.
Rostan ham zo’r sherlar ekan. Ishlaringizga omad tilayman. Har doim Sog’ bo’ling.
Juda ajoyib va ma’noli she’rlar ekan, menga yoqdi.
Assalomu alayko’m hammaga. Kelayotgan Navro’zi ayyom bilan tabriklayman. Rosdan ham zo’r she’rlar bor ekan. Bog’cha bolalariga ham yodlatishga oson she’rlar ekan. Raxmat.
Assalomu alayko’m. Haqiqiy bayram shukuhini ulashuvchi she’rlar ekan.
Assalomu alayko’m. SHerlarga gap yo’q, faqat mualifini aytib o’tish kerak ekan, iltimos mualiffini bilish imkoni bormi?
Judayam goʻzal sheʼrlar, rahmat oʻzim izlagan sheʼrlarni topdim 😍
Assalomu alaykum hammaga, rostdan ham mazmunli sheʼrlar ekan, qidirgan sheʼrimni topdim, katta raxmat 👍 ❤️
Zo‘r to‘plam! Navro‘z bayrami haqida bunday chiroyli she’rlar yig‘ilganidan juda xursandman. Navro‘zning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati juda chiroyli ifodalangan. Rahmat!
Navro‘z bayrami haqida chiroyli she’rlar to‘plami ekan. Ayniqsa, bahor, yangilanish va bayramona ruhni tarannum etgani juda yoqdi. Tadbirlar uchun juda foydali.
Bayramona kayfiyatni yanada oshiradigan she’rlar ekan, ayniqsa, qadimiy Navro‘z an’analari haqida yozilgan misralar juda yoqdi. Shunday to‘plamlar ko‘proq bo‘lishini istardim.
O‘quvchilarga Navro‘z bayrami haqida tushuntirish uchun aynan shunday she’rlar kerak edi. Milliy qadriyatlarimiz aks etgani juda yoqdi.
Bahor va Navro‘z bayramining go‘zalligini juda chiroyli aks ettirgan she’rlar bor ekan, O‘qib kayfiyatim ko‘tarildi.
She’rlarning matnlari yaxshi, lekin ba’zilariga muallif ko‘rsatilmagan. Agar yozilgan manbalar ham qo‘shilsa, ma’lumot yanada to‘liq bo‘lardi.
O‘zbek adabiyotida Navro‘zga bag‘ishlangan ko‘plab go‘zal she’rlar bor. Sayt foydalanuvchilari o‘z ijodini ham ulashsa qiziq bo‘lar edi.
“Ko‘klam keldi, yurt yashnadi!” – yaxshi she’rlar bor ekan. Endi sumalak yeyish qoldi. Bayram kayfiyatiga mos to‘plam bo’libdi.
Farzandimga maktabda Navro‘z haqida she’r yodlash topshirilgan edi, shu yerda keraklisini topdik.
She’rlar yaxshi, lekin ba’zilari juda oddiy ekan. Mumtoz va zamonaviy shoirlarning Navro‘z haqidagi asarlari ham qo‘shilsa, yanada boy material bo‘lardi.
Menga Navroʻz haqida sheʼrlar juda yoqdi, maktabda tadbir boʻladi shunga bolalarim yozib oladi va yodlaydi.
Assalomu aleyko’m. Men ham o’zimga chiroyli she’r topdim. Juda nafis she’rlar ekan. Inson tabiatni asrab avaylashi kerak.
Birinchi sinflar uchun juda chiroyli sheʼrlar bor ekan, sheʼrlarni oʻqir ekanman kayfiyatim bayramona xolatda koʻtarildi. Rahmat.
Navro‘z bayrami haqidagi she’rlar juda ta’sirli. Bahorning kelishini his qilish, qadimiy an’analarni eslash juda yoqimli. Sayt ijodkorlariga katta rahmat.
She’rlar chiroyli, lekin men Navro‘z urf-odatlari, tarixiy ma’lumotlari va bayramni nishonlash an’analari haqida maqolalar o‘qishni afzal ko‘rardim. Shunday bo‘lim ham bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi.
Agar she’rlar mavzular bo‘yicha bo‘lingan bo‘lsa (tabiat uyg‘onishi, qadriyatlar, sumalak tayyorlash, xalq o‘yinlari va h.k.), o‘quvchilarga qulay bo‘lar edi.
Men ham Navro‘zga bag‘ishlab she’r yozganman. Agar sayt foydalanuvchilarga o‘z ijodiy ishlarini baham ko‘rish imkonini bersa, juda zo‘r bo‘lar edi.
Navro‘z haqida she’rlar ajoyib, lekin eng muhim narsa sumalak haqida ham she’r bormi? 😆 Chunki bu bayramda eng zo‘r narsa – shirin taomlardir.
Maktabda Navro‘z bayrami tadbiriga she’r o‘qishim kerak edi. Aynan shu saytdan juda chiroyli she’r topdim, Rahmat.
She’rlar yaxshi, lekin ba’zilari juda oddiy tuzilgan. Agar Navro‘zning turli jihatlarini – sumalak, an’analar, bahor uyg‘onishi haqida alohida she’rlar bo‘lsa, yanada ta’sirli bo‘lardi.
Navro‘z haqida she’rlar juda go‘zal, ularni o‘qib, bolaligimda o‘tgan bahor bayramlarini esladim. Haqiqiy bahor kayfiyati ufurib turibdi.
Juda ham zo’r she’rlar ekan. Judayam miriqib tingladim.
Navro‘z bayrami haqida o‘qigan she’rlarim yuragimni quvontirdi. Ushbu sahifa orqali bayramning ma’nosini yanada chuqurroq angladim.