8-mart bayrami uchun sara sherlar to‘plami

8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayramiga sherlar to‘plami. Aziz ayollar sizlarni Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.

8-mart ayollar bayrami sherlar to‘plami

Sharqning guli — O‘zbek ayoli

Sharqning guli o‘zbek ayoli

Sizga go‘zal ko‘rinar olam,
Har biringiz dono, ziyoli.

Qayda bo‘lmay degaysiz, bolam,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli.

Sizlar borki, shukuxga to‘lar,
Bu dunyoning ko‘rkam jamoli.

Odam, olam shodlikla kular,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli

Aziz ayollar

Aziz ayollar

Bugun o‘zgacha sho‘x sayrar bulbullar.
Bayram shodligidan yayraydi dillar.
O‘zgacha zavq ela shodon ko‘ngillar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Yuzingizdan doim quvonch ketmasin.
Baxoriy kayfiyat hech tark etmasin.
G‘am-tashvish qalbingingiz chertib o‘tmasin.
Hamrohingiz bo‘lsin eng baxtli onlar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Siz borki fayzlarga to‘ldi bu olam.
Siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
Sizlarsiz o‘zingiz yurakda nolam.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.

Gohida bilmayin sizni ranjitib.
Dilingiz qo‘ysak gar bizlar og‘ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib.
Unutaylik bugun, yomon hayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.

Gul haqida sherlar to‘plami

Gullagan binafsha misol

Gullagan binafsha misol

Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko‘nglingiz doim beg‘ubor bo‘lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablaringizda doim tabassum bo‘lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo,
8-mart ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Bayram 8-mart muborak bo‘lsin

8-mart muborak bo‘lsin

Sizga quvonch ulashay bugun,
Quchog‘ingiz gullarga to‘lsin.
Gulga oshno guldek ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Bugun baxtdan yayrasin dillar,
Ko‘zingiz ham quvonchga to‘lsin.
Erkak ko‘rki, go‘zal ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Baxor go‘zal bayramlar fasli,
Yana shunday bayramlar bo‘lsin.
Tazimdamiz sizga ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Sizga baxtni tilayman mangu,
Bu dunyoda baxtingiz kulsin.
Chin yurakdan aytay ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Aziz va Mo‘tabar Ona

Aziz va Mo‘tabar Ona

Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo‘lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
O‘g‘lingiz ham bir ovqat qilsin.

Bir yilda bir yo‘lim poylamang!
Yo‘l poylagan ko‘zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Mexr beray bugun sizga ko‘p,
Hech bo‘lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unuting butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.

Ko‘zingizda aslo yosh ko‘rmay,
Bugun baxtdan bag‘ringiz to‘lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Bayraming bilan

Bayraming bilan

Eslamay deyman-u, so‘raydi yurak.
Azobim o‘zingsan, armonli dilim.
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan… Ilk muhabbatim…

Baxor chechaklari bo‘lsin armug‘on

Baxor chechaklari

Baxor chechaklari bo‘lsin armug‘on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo‘ling shodumon,
Har kuningiz o‘tsin bayramday har on!

Azizim hayotda shodlik bor bo‘lsin

shodlik bor bo‘lsin

Azizim hayotda shodlik bor bo‘lsin.
Ana shu shodliklar sizga yor bo‘lsin.
Qalbingiz orzu va quvonchga to‘lsin.
Bugun tilayman sizga ko‘p tilak.
8-Mart bo‘lsin muborak!

Ayollar haqida sherlar to‘plami

G‘am sizdan yiroq bo‘lsin

sizdan yiroq bo‘lsin

G‘am sizdan yiroq bo‘lsin,
Tabassum xamrox bo‘lsin.
Bahordek pok umringiz,
Doim quvonchga to‘lsin.
8-Mart muborak bo‘lsin.

Bayramingiz bilan onajon

Bayramingiz bilan onajon

Eng go‘zal insonsiz xayotimdagi.
O‘zgani «go‘zalim» deganim yolg‘on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Munisa opam

Munisa opam

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko‘rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo‘lsin sizga ham bayram.

Ona haqida sherlar to‘plami

Mehribon singlim

Mehribon singlim

Ro‘moling uchiga tugma bo‘layin.
Dunyoda sen bilan mag‘rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o‘layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.

Bayraming bilan, onasi

Bayraming bilan, onasi

Men o‘zimni kechirolmayman.
To‘kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o‘zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi…

Bayraming bilan qizim

Bayraming bilan qizim

Onamga o‘xshaydi ko‘zlaring sani.
Osmonimdagi yolg‘iz yulduzim.
Oppog‘im, chiroyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

Ayyomingiz muborak bo‘lsin

Ayyomingiz muborak bo‘lsin

Qalbingiz hamisha quvonchga to‘lsin,
Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo‘lsin,
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin,
Bugungi ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Ko‘p narsa kerakmas ayol zotiga

ayol zotiga

Ko‘p narsa kerakmas ayol zotiga.
Menimcha bir tomchi mexr bo‘lsa bas.
Nur bo‘lsa qorong‘u hayolotiga.
Menimcha boshqasi unga kerakmas.

Tilloga to‘ldirmang barmoqlarini.
Baxtli bo‘lish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog‘ etib dimog‘larini.
Tonglari yostig‘iga qo‘ying atirgul.

Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon:
«Issiq kiyindingmi ko‘cha sovuqroq.
Sen menga salomat keraksan ishon!»

Mayli qozoniga go‘sht tushmas har kun.
Libos o‘zgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg‘anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.

Ishoning ko‘p narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan ko‘ngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil.

Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan.
Savob yozilarmish har bo‘sa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan!

Mexri daryo Onajonimm

Mexri daryo Onajonimm

Shukur senga Olloxim,
Bordir mening xayotim.
Boshimdagi gul tojim,
Udir mening Onajonim.

Uyga borsam meni kutgan,
Mexrla bag‘riga bosgan.
Jilmayib yuzimdan o‘pgan,
Rayxon gulim Onajonim.

Jonim bersam arzimas,
Bir kun bedor tuninga.
Farzandisiz yasholmas,
Mening jonim Onajonim.

Dardkashim, jannatim,
Tarifingizga ojiz so‘zim.
Mening go‘zal chamanim,
Sizdir mening Onajonim.

Yuzim bossam yuzingizga,
Unutaman dardlarim.
Qalbiz yaqin qalbimga,
Ko‘ngli yarim Onajonim.

Asragin deb bolamni,
Yoritgaysiz yo‘limni.
Tanitgan ul Raxmonni,
O‘zingiz mening Onajonim.

Afsus yo‘lim uzoqdir,
Sog‘inchlarim azobdir.
Ko‘zlar sizni izlaydir,
Sizni doyim Onajonim.

Tengingiz yo‘qdir dunyoda.
Umringiz bo‘lsin ziyoda.
Sherik bo‘ling baxtimga,
Qalbi osmon Onajonim.

Siz oyimsiz Otam quyosh,
Doyim bo‘ling bizlarga bosh.
Ko‘rmasin xech ko‘zlaringiz yosh,
Mexri daryo Onajonimm!

Mehr oqibat haqida sherlar to‘plami

Ayollarga atalgan hazil sher

Ayollarga atalgan hazil sher

Dang‘illama uylar qurdiradigan,
Qarsillatib to‘ylar qildiradigan,
Erlarining soqolini,
Xar kuni qirdiradigan.
Ayollar omon bo‘lsin!

Shirin qilar oshingni,
Zaxar qilar oshingni.
Tergin deya toshingni.
Og‘ritsa xam boshingni.
Ayollar omon bo‘lsin!

Aytganini qilsa xam,
Ustimizdan kulsa xam.
Begona duxilarni,
Yuz metrdan bilsa xam.
Ayollar omon bo‘lsin!

Tur desang o‘tirsa xam,
O‘tir desang tursa xam.
Kun bo‘yi pardoz qilib,
Salonlarda yursa xam.
Ayollar omon bo‘lsin!

Jaxlda shimarsa yeng,
Naq enamni ko‘rdim deng.
Toqati tog‘larga teng,
Bilagi Alplarga teng.
Ayollar omon bo‘lsin!

Bozorlarda yugurgan,
Sandiqlarni to‘ldirgan.
Xamma ishga ulgurgan,
Ayollar omon bo‘lsin!

Quda tanlab qidirgan.
Suymaganni suydirgan.
Muqom qilib kuldirgan.
Kelinini ko‘ndirgan.
Ayollar omon bo‘lsin!

Aziz ayollar

Aziz ayollar onajonlar

Porlab turar yuzlari.
Surar shirin hayollar.
Bayramingiz muborak.
Bugun aziz ayollar.

Mehr degan bir ajib.
His tuyg‘uning bulog‘i.
Sizlar borki o‘chmaydi.
Xonadonlar chirog‘i.

Dardingiz ichga yutib.
Doyim kulib turasiz.
Mehri daryo chiroyli.
Farishtalar bo‘lasiz.

Mayda o‘rilgan sochlari.
Go‘zal shirin so‘zlari.
Barchangizni qutlayman.
O‘zbegimning qizlari.

Go‘zallikning timsoli.
Osmonda oy misoli.
Oshiq etar o‘ziga.
Guldan go‘zal visoli.

Sho‘xligimiz ko‘targan.
Azizim jonajonlar.
Bahtimizga sog‘ bo‘ling.
Mehribon onajonlar.

Qo‘llarimda gul dasta.
Ketyapman qoshingizga.
Shukr deyman Hudoga.
Yonimda boringizga.

Yaxshilik haqida sherlar to‘plami

Bayramga sovg‘a (Hazil sher)

Bayramga sovg‘a

Kecha dedim erimga,
Bayramga oz qoldiya,
Qanday sovg‘a olasiz?
O‘ylab o‘yim toldiya.

Qimmatbaho ko‘ylakmi,
Yoki tilla taqinchoq.
Olasizmi dadasi,
Yoki marvarid munchoq.

Erim asabi tarang,
Ko‘zi to‘ldi g‘azabga.
Shuncha sovg‘a oling deb,
Qo‘ygandimda azobga.

Siz xotinlarning kami,
To‘lmaydiya xotinjon.
Qimmat ko‘ylak obersam,
Yo‘q deysan unga marjon.

Dedim: mayli obermang,
Sizga faqat ish kerak.
Kamim bor deb nolisam,
Ko‘zingiz olazarak.

Men ham axir ayolman,
Atir,upa shaydosi.
Siz kabi ko‘nglim nozik,
Men shirin so‘z gadosi.

Erim dedi jilmayib,
Sovg‘ani kattasi bor.
Yig‘lab erkalik qilib,
Bilvomoqchisan ayyor!

Xursand bo‘lib kettimku,
Erim yodida bayram.
E’tibor kutamanda,
Ayolman axir men ham.

Bir yilda bir bor kelar,
Ayollarning bayrami.
Shu sababdan oldinroq,
So‘ragandim sovg‘amni.

Biz ayollar sovg‘aning,
Kattasiga loyiqmiz.
Uyim bola chaqa deb,
Yashaymizda hammamiz.

Erkaklar xushyor bo‘ling,
Bayram yaqin bilsangiz.
Eng yaxshi sovg‘a oling,
Chin ko‘ngildan sevsangiz.

Uyingizdagi ayol,
Farishtaga o‘xshaydi.
Faqat bayram kunida,
Sizdan sovg‘a so‘raydi.

Baxtga to‘ldirib bag‘rin,
Dasta gul olib keling.
Ayolingiz qalbini,
Shodliklarga to‘ldiring.

Sakkizinchi mart yaqin,
Sovg‘angizni tayyorlang.
Xoy erkaklar shu bilan,
Sevgingizni isbotlang!

  1. Nasiba:

    Maqolalar juda zo’r. Ona haqidagi she’rlar chiroyli ekan.

    • Sabina:

      Menga yozgan sherlaringiz juda xam yoqdi!

    • Hilola:

      Zo’r gap bo’lishi mumkinmas menga juda yoqdi. Ayniqsa 8 Mart bayrami munosabati bilan yozilgan sherlarga.

    • Asilabonu:

      Menga 8-mart haqidagi she’rlar yoqdi. Juda ham mavsumbop she’rlar ekan. 😊

    • Samandar:

      Raxmat zo’r she’rlar ekan, raxmat menga judda yoqdi. 👍 👏

  2. Sevinch:

    8 martga atalgan sherlarni eng zo’rlari berilgan!

    • Abbosbek:

      8 mart ayollar bayramiga zo’r sherlar bo’lipdi!

    • UzBaza.uz:

      Abbosbek assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz!

    • Robiyaxon:

      Sheriz zo’r chiqibdi. Barakalla.

    • Safina:

      Assalomu alayko’m. 8-martga atalgan sherlar judayam yaxshi menga yoqdi.

  3. Aziza:

    Xotin-qizlar bayramiga atalgan sherlar to’plami juda zo’r ekan.

    • Sarvinozoy:

      Ayollar bayrami 8-martga juda ajoyib sherlar dastasi bo’libdi.

  4. Go'zal:

    Juda chiroyli sheʼrlar ekan kattakon raxmat sizga!!!

  5. Nodira:

    Ushbu sherlarga gap yo’q. Ishlaringizga omad!

  6. Charos:

    Menga she’rlaringiz juda xam yoqdi. Ajoyib chiqgan 👍

  7. Samina:

    Onalar haqidagi bu sherlar judayam ajoyib ekan.

  8. Farzona:

    Manga judayam yoqdi sherlar. O’zim tadbir uchun yodlab oldim. Rahmat hammaga.

  9. Bahor:

    Sherlaringiz juda chiroyli. Ishlaringizga omadlar yor bo’lsin.

  10. Mo'tabar:

    Hamma sherlar zo’r, ajoyib sayt ekan, raxmat.

  11. Sevinch:

    Sherlar juda ham yoqdi, ishlaringizga omad tilayman.

    • Marjona:

      Assalomu alayko’m. Raxmat ajoyib sh’erlar ekan. Boshqalari yo’qmi, bo’lsa yana tashlab yuboringlar iltimos.

  12. Dilnoza:

    Assalomu alayko’m. Bayramlariz bilan tabriklayman, Aziz opa singilar kelayotgan bayramingiz muborak bo’lsin. Sherlar zo’r ekan.

  13. Shodiyona:

    She’rlaringiz vashe zo’r ekan. Manga juda yoqdi. Rahmat sizga she’r uchun.

  14. Foydalanuvchi:

    Raxmat sher uchun. Onajon haqidagi sher zo’r, tasirlanib ketdim.

  15. Munisa:

    Zo’r gap yo’q, sherlarga gap bo’lishi mumkin emas.

  16. Sohiba:

    Sherlar bir-biridan ajoyib. Gap bo’lishi mumkin emas.

    • Gulbahor:

      Sheʼrlar juda chiroylik menga yoqdi 😍 hammaga yoqadi degan umiddaman 😘

  17. Lola:

    Assalomu aleko’m o’zbegimni go’zal ayollari bayramingiz muborrak bo’lsin. Ayollarni tariflashga til ojiz sherlar ajoyib ayniqsa Onajonlarimizga atalgan sherlar manga juda yoqdi raxmat.

  18. Shohjahon:

    8-martga atab yozilgan sherlar menga juda yoqdi.

  19. Shahnoza:

    8-mart uchun ajoyib sherlar bor ekan, gap yo’q. Onajonlar opa-singillarga yozilgan sherlar judayam chiroyli yozilgan. Onajonim va singlim baxtimga sog’ bo’lishsin. ❤ Onajonim sizni judayam yaxshi ko’raman, qizingiz Shahnoza.

    • Munisa:

      Menga yozgan sheringiz uchun katta raxmat. Yana shunaqa sherlar ko’p bo’lsin.

  20. Sangina:

    Sherlar juda ajoyib ekan, silarga katta raxmat, ayniqsa ona haqidagi sherlarga.

  21. Robiya:

    Onalarimiz bundanda ko’plariga loyiq, Ilohim baxtimizga sog’ bolsin onajonlarimiz. Bu she’rlarga esa gap yo’q.

  22. Charosxon:

    Onalar uchun juda manoli va chiroyli she’rlar ekan. Menga juda-juda yoqdi. O’ylaymanki onalarimizga yoqishi aniq!!!

  23. Muslima:

    SHeʼrlarni hammasi juda ajoyib chiqibdi. Menga juda yoqdi! Ayniqsa ona haqida sherlar.

  24. Malikaxon:

    She’rlar juda yaxshi! Lekin sinfdosh qizlarga 8-martga she’rlar bormi? Bo’lsa yozib qo’ying.

  25. Nazokat:

    Menga 8-mart uchun sherlar yoqdi. Ayniqsa «Mehri daryo onajonim» degan sher yodi. Zo‘r.

  26. Barchinoy:

    8-martga judayam mos va juda chiroyli sher ekan menga judayam yoqdi, ayniqsa Barchinoy ismiga yozilgan sher juda chiroyli chiqibdi. Ishlaringizga omad tilayman. ❤️

  27. Muslimaxon:

    Juda qiziqarli, menga ona haqidagi sher juda yoqdi, men onamni juda yaxshi ko’raman.

  28. Orzu:

    Ajoyib she’rlar ekan. Katta rahmat, o’zi shunaqa she’rlarni izlab yuruvdim.

  29. Dinnura:

    Zo’r 👍. Lekin juda kam ekan. Yanada qo’shib yuksak marralarga yetinglar.

  30. Sarvinoz:

    Ona haqida sherlarni yaxshi yomoni bo’lmaydi, hammasi birdek chiroyli ❤

  31. Sevinch:

    Menga hamma sher yoqdi, opa haqida ham sher bormi, bu yerda yo’q ekan.

  32. Bobur Artik-Press:

    Qiziqarli ajoyib maʼnoli sherlar ekan, qoyil qoldim menga yoqdi, qofiya chiroyli ketma-ketlik mazmun mohiyati ham zoʻr. Rahmat!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *