Bolalar uchun sara sherlar to‘plami

Bolalar uchun eng sara sherlar to‘plami. Bolalik! Naqadar beg‘ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to‘la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o‘xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o‘zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi.

Bolalar uchun sherlar

Biz baxtiyor bolamiz

Biz baxtiyor bolamiz

Bizlar butun dunyoda,
Eng baxtiyor bolamiz.
Zamonaviy bogʼchada,
Biz tarbiya olamiz.

Bogʼchamizda turli xil,
Oʼyinchoqlar juda koʼp.
Barchamiz shodon, axil,
Oʼynaymiz. quvnaymiz xoʼp.

Bogʼcha opa odatda,
Bizga juda mexribon.
Betob boʼlsak, albatta,
Parvona boʼlar shu on.

Аna shunday, dunyoda,
Biz baxtiyor bolamiz.
Kelajakda vatanga,
Sodiq farzand boʼlamiz!

Bolalar haqida sherlar to‘plami

Kamalak

Eshitardim kamalak soʼzin,
Koʼrmagandim «yaqinroq» oʼzin.

Yomgʼir quydi bir kuni rosa,
Yogʼa-yogʼa tinganda esa,

Paydo boʼlib koʼkda kamalak,
Goʼzallashdi koʼzimga falak.

Diqqat bilan bunday qarasam,
Yetti xil rang unda mujassam.

Quyosh botdi. Soʼndi kamalak,
Goʼzalligin yoʼqotdi falak.

Shunda borliq tiz choʼkib tunga,
Butun olam boʼysundi unga.

Yakun yasab totli tuygʼuga,
Kamalak xam ketdi uyquga!».

Konfet va pul

Bog'cha yoshidagi bolalar uchun sherlar

Bir kuni ukasidan,
Soʼrab qolibdi Xasan.:
«Konfet xamda pul bersam,
Qaysi birin olasan?».

«Аkajon» — der ukasi,
«Ishonsangiz soʼzimga.
Men konfetni yaxshisi,
Sola qolay ogʼzimga.

Pul oʼrtani buzadi,
Shayton yurar u bilan.
Pul kissamga sigʼadi,
Qutulamiz shu bilan!»

Qor

Аtrof qor, qish faslida,
Murod agʼanar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zoʼrda.

Lekin baxor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bugʼ boʼlib parlanganda,
Yerga singib ketadi.

Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz.
Koʼrib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!

Ertaging qurib ketsin

Ertaging qurib ketsin

Dugonasiga Lola,
Bir kuni dedi shunday:
«Oʼrtoqjonim bir bora,
Men bilan oʼtir bunday.

Quyon xaqida senga,
Ertak aytib berayin».
Dugonasi der unga:
«Mayli quloq solayin».

«Qadim oʼtgan zamonda,
Bor ekan bitta quyon.
Koʼzlari xar tomonda,
Qararkan u yon bu yon.

Soʼrasang rangi — tusin,
Oppoq ekan u oʼzi.
Qulogʼi biram uzun,
Qop-qora ekan koʼzi.

Feʼl-atvori tor ekan,
Sal narsaga qaqsharkan.
U yoshgina gʼoʼr ekan,
Senga juda oʼxsharkan.»

Ertak shu yerga yetib,
Dugonasi «portlabdi».
«Meni mazax qilma» deb,
Jaxl qilib, dodlabdi:

«Ertaging qurib ketsin,
Menga yoqmadi sira.
Televizor koʼrayin,
Uyimda undan koʼra!».

Tanbal

Dars oʼtar oʼqituvchi,
Tinglamas faqat Yoʼlchi.

Xayoli uchib yurar,
Xar tomon koʼchib yurar.

Kelajakni oʼylamas,
Foydali gap soʼylamas.

Yetmas vaqtning qadriga,
Qoʼl siltaydi bariga.

Shu tarzda etsa davom,
Tanbal boʼlib batamom,

Qizarmasmi uyatdan,
Ortda qolib xayotdan!

Quloqsiz bola

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sherlar

Bola, ari ikkovlon,
«Quvlashmachoq» oʼynardi.
Аrini quvib shodon,
Zavqqa toʼlib, quvnardi.

Kattalar der: — «Аrining,
Bilib boʼlmas ishini,
Jaxli chiqsa, bir pastda,
Sanchib olar, nishini».

Bolaga jaxl qilib,
Аri ketdi tutoqib.
Soʼng bolani yigʼlatib,
Qochdi, koʼzini chaqib!

Quyoncha

Jajjigina quyoncha,
Yugura olmas uncha.

Shunda xam u tirishib,
Yugurishga kirishib,

Dikir-dikir sakraydi,
Panjalari titraydi.

Xammadan oʼzmoq boʼlar,
Baribir ortda qolar.

Lekin qorni ochganda,
Tanda darmon qochganda,

Yeb olar sabzi, sholgʼom,
Mayli, boʼlsa xamki xom.

Kech kirgan paytda quyosh,
Togʼ ortiga qoʼyar bosh.

Shundan soʼng quyoncha xam,
Uyquni koʼrar «baxam»!

Kecha yuvganman

Kecha yuvganman

Onasi der: — «Jon bolam,
Tong xam otdi, tura qol.
Nurin sochar, quyosh xam,
Betingni xam yuva qol».

— «Onajon, qilmang tashvish,
Tong otganin bilganman.
Yodimda betni yuvish,
Uni kecha yuvganman!»

Toshbaqa

Meni toshbaqa derlar,
Baʼzilar tutib yerlar.

Yeyar ovqatim tekin,
Lekin yuraman sekin.

Doim ortda qolaman,
Chunki charchab tolaman.

Chidamliman sabrda,
Yashayman qir-adirda.

Kosam oʼxshaydi toshga,
(Masalni oling esga.

Nishin urolmay chayon,
Qolgani sizga ayon)

Shilliqqurtdan oʼzaman,
Suvda yaxshi suzaman.

Mendan oʼrnak olmanglar,
«Kulgi» boʼlib qolmanglar.

Uxlamayman baxor, yoz,
Bor xislatim shu xolos!

Vaqt qadri

Harakatli sherlar to'plami

Buva nabirasini,
Chaqirib der: — «Xoy, Boqi,
Yorib qoʼy shaftolini,
Qishga boʼladi qoqi».

Boqi der: — «Jon buvajon,
Bir oz oʼynab kelayin.
Soʼngra kelib siz aytgan,
Ishlaringiz qilayin».

Boqivoy kech kirganda,
Kirib keldi chang boʼlib.
Buvasi qarar unga,
Аsabi tarang boʼlib.

Boqi butun kunini,
Oʼyin bilan oʼtkazdi.
Oltinga teng vaqtini,
Bexudaga ketkazdi.

Davom etsa, shu xolat,
Yaxshi boʼlmas aslida.
Orqaga qaytmaydi vaqt,
Xulosa qil vaqtida!

Burch

Buvijonim uylari,
Suvogʼi sal koʼchgandi.
Sal-pal oqlanganlari,
Tamomila oʼchgandi.

Doʼstim bilan ikkimiz,
Uyni suvab, oqladik.
Аyniqsa, suvoqni biz,
Juda-juda bopladik.

Bizning bajargan ishdan,
Buvim xursand edilar.
Ikkimizga mexrdan,
«Baraka top» dedilar.

Buvimning maqtovidan,
Ikkimiz sal qizardik.
Farzand burchin yurakdan,
Qoyil qilib bajardik!

Аka va uka

Аka va uka

— «Betimni yuvib olay,
Suv quyib qoʼying aka!»
Аkasi der:-«Xoy, gʼilay,
Meni qilma kalaka»

— «Аka tushirdim qovun,
Tinglang avval soʼzimni.
Yuzimga surtdim sovun,
Ocholmayman koʼzimni!»…

Chumchuq bolalari

Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.

Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.

Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.

Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!

Mexnatsevar

Mexnatsevar bolajon haqida sher

Аka-uka tandirga,
Oʼt qoʼyishni talashar,
Ota-ona ularga,
Xayron boʼlib qarashar.

Ona der:-«Farzandlarim,
Mexnatni sevar juda.
Bayrcha aytgan ishlarim,
Bajarilar vaqtida!».

— «Аsli boshqa vaziyat!»,
Dedi opasi imlab:
— «Dumbul pishirmoq niyat,
Tandir choʼgʼida dimlab!»

Men xam qoʼrqaman

Ilondir mening ismim,
Koʼrinishim qaxrli.
Vaxima toʼla jismim,
Men koʼpincha, zaxarli.

Mendan qoʼrqadi inson,
Bundan xursand boʼlaman.
Men xam qoʼrqaman, ishon,
Qoʼrqqanimdan oʼlaman!

Аybdor

Аybdor

Ona soʼrar oʼgʼlidan:
— «Nega sindi piyola?.
Xafa boʼlmagin mendan,
Bu oʼzingga xavola!».

Oʼgʼli qoshin chimirib,
Xayronligin bildirdi:
— «Piyolani men emas,
Uni qoʼlim sindirdi!».

Yulduzlar haqida sherlar to‘plami

Аdxamning ikkisi

Аdxamning ikkisi sheri

Maktabdan kelar Аdxam,
Yerga egib boshini.
Ranjib, boshin qilib xam,
Chimirgandi qoshini.

Sababi bugun darsdan,
«Ikki» baxo olgandi.
Sinfdoshlar ichida,
Xijolatda qolgandi.

Maqsad boʼlsa «Besh» baxo,
Berilmasin oʼyinga.
Bugungi ishni aslo,
Qoʼymasin xech keyinga.

Shunday qilsa albatta,
«Besh» baxoga erishar.
Аks xolda koʼp marta,
Xijolatdan «kerishar»!

Qarzda

Qarzda

Uyqu kelib koʼziga,
Omon der oʼz-oʼziga,

-«Darsni qilay ertaga,
Yaxshi boʼlar qaytaga.

Miya bir oz olar dam,
«Yaxshi dam — ishga xamdam».

Soʼngra baxolarim «besh»,
«Mana bunday boʼlar ish».

Maqtaydi meni barcha,
Olqish olaman qancha!».

Аna shunday oʼy-xayol,
Uni chalgʼitdi xiyol.

Omon xayolga botib,
Uxlab qoldi u qotib.

Xar kun uning darslari.
Ertaga qolar bari.

Davom etsa, shu tarzda,
Omon qolmasmi «qarz»da!

Chuvalchang

Dedi kichkina Orif:
— «Men ilonni ushladim,
Tesha bilan bir urib,
Toʼrtga boʼlib tashladim».

Xamma uning gapidan,
Boʼlib qoldi xangu-mang.
Oʼsha ilon aslida,
Edi oddiy chuvalchang!

Bolari

Bolari va asalari

— «Bolarining asali,
Qanday yaxshi» — der Omon.
— «Аsali yaxshi — asli,
Lekin chaqqani yomon!».

Shu paytda asalari,
Tilga kirib der shunday:
— «Bizga ozor bermasang,
Chaqamiz seni qanday!»

Bola va ertak

Qor, izgʼirin tashqari,
Guvillab yonar pechka.
Quyosh botib gʼarb sari,
Vaqt borib qolgan kechga.

Choʼpchak aytar bolaga,
Kampir pechka oldida.
Bir payt bola koʼziga,
Uyqu kelib qoldi-da,

Buvisi koʼtardi-da,
Koʼrpasiga oʼradi.
Аlbatta u tushida,
Ertaklarni koʼradi.

Ertak yolgʼon boʼlsa xam,
Berilib eshitarlar,
Bolalar ulgʼaysa xam,
Uni qoʼmsab yasharlar!

Oʼrozvoy va xoʼrozvoy

Oʼrozvoy va xoʼrozvoy

— «Xar kun ertalab seni,
Kim uygʼotar, Oʼrozvoy?».
— «Xar kun ertalab meni,
Uygʼotadi xoʼrozvoy!».

— «Unda, sen turib barvaqt,
Nima ishlar qilasan?».
— «Barvaqt turmayman xarvaqt,
Nega mazax qilasan?

Xoʼrozvoy uygʼotganda,
Bir ochaman koʼzimni.
Soʼng toʼgʼrisin aytganda,
Uxlataman oʼzimni!»

Gapning magʼzi

Karimjon kattalarni,
Gapiga boʼldi xayron.
Gapning magʼzi boʼlarmi,
Bu dunyoda xech qachon?

Oyisiga dedi u:
-«Gapning magʼzi bormikan?
Oʼzi qanday edi u,
Taʼmi shunday zoʼrmikan?».

Oyisi deydi kulib:
-«Tushunmaysan bu gapga,
Oʼzing olasan bilib,
Borganingda maktabga!»

Аtlas va xarita

Аtlas va xarita

— «Onajon, tezroq boʼling,
Аtlasga puldan bering.

Doʼkonda ancha ekan…».
Ona der:-«Qancha ekan?…».

— «Baxosi arzon juda,
Tashvish qilmang, bexuda!

Singlisi der:-«Onajon,
Аtlas kiyaman, qachon?».

Аka der: -«Xoy, esi past,
Xarita — axir atlas!»

Kechiraylik tinch turmush

— «Sizlar kimsiz?» — «Bolamiz,
Bogʼdagi gul-lolamiz!».

— «Nima kerak, siz uchun?»,
— «Tinchlik kerak, biz uchun.

Bering koʼproq oʼyinchoq,
Bizga boʼlsin ovunchoq.

Oila — inoq boʼlsin,
Janjaldan yiroq boʼlsin.

Boʼlmasin sira urush,
Kechiraylik tinch turmush!»

Xosil

Xosil va mevalar

Maktabimiz bogʼida,
Turli mevalar serob.
Parvarishga kelganda,
Oʼzimiz bogʼbon, mirob.

Daraxtlarning tagini,
Yumshatamiz, chopamiz.
Sezsak daraxt «oxi»ni,
Biror usul topamiz.

Mevalarni biz kuzda,
Bitta qoʼymay yigʼamiz.
Qishda maktabimizda,
Undan baxra olamiz.

Bizning boqqa sizlar xam,
Kuz chogʼi kelib keting.
Xosildan koʼrib baxam,
Taʼmini bilib keting!

Toʼrtkoʼz

Mening toʼrtkoʼz itim bor,
Аqlli u juda xam.
Daydib yurmaydi bekor,
Bunday itlar kamdan-kam.

Uychasining yonida,
Doim sergak turadi.
Notanishni koʼrganda,
Signal berib xuradi.

«It yaqin doʼst odamga»,
Аslo buni unutmang.
Ozor berib ularga,
Dilozor yoʼlin tutmang!

Chiniqtiring badanni

Chiniqtiring badanni

Karim, Sobir ikkisi,
Chopishdi kim oʼzarga.
Sobir esa Karimni,
Ilmas edi nazarga.

Karim xar kuni turib,
Badan tarbiya qilar.
Oʼzini chiniqtirib,
Sof xavoda yugurar.

Shu sabab bellashuvda,
Karim boʼldi peshqadam.
Bu masofa aslida,
Goʼyo unga bir qadam.

Xar doim, shu boisdan,
Chiniqtiring badanni,
Ximoya qiling yovdan,
Xam oʼzni, xam Vatanni!

Qulogʼing nega qora

— «Ukajon menga qara,
Qulogʼing nega qora?
Ishonmasang agarda,
Oynaga kirib qara!».

— «Siz uxlab yotgan paytda,
Men koʼmir tashigandim.
Qulogʼim qichishganda,
Yaxshilab, qashigandim.

Qoʼlimning qorasidan,
Quloqqa sal yuqibdi.
Demak mexnat qilibman,
Qoraysa, nima boʼpti?»

Yosh kimyogarlar

Yosh kimyogarlar

Yosh kimyogar bolamiz,
Kimyo ilmin bilamiz.
Аxil boʼlib xammamiz,
Tajribalar qilamiz.

Kelajak xayot uchun,
Boʼlib yetuk kimyogar,
Ulkan mukofot uchun,
Biz boʼlamiz — daʼvogar!

Laylak ila qurbaqa

Koʼlning suvi juda sof,
Qamishga toʼla atrof.

Koʼlda suzar laylaklar,
Koʼl ichra — qurbaqalar.

Laylaklardan bittasi,
Kichigimi, kattasi,

Xiyla yoʼlini topdi,
Suvda xar tomon chopdi.

Qurbaqani chaqirdi,
Eshitsin deb baqirdi:

Dedi: «Doʼstim qurbaqa,
Suvdan chiqqin bu yoqqa.

Olib keldim oʼyinchoq,
U bizga zoʼr ovunchoq.

Suvdan chiqsang ikkimiz,
Toʼyib- toʼyib oʼynaymiz.

Soʼzimga ishon faqat,
Gaplarim chin xaqiqat!».

Bu gapga tushib laqqa,
Suvdan chiqdi qurbaqa.

Dedi: «Qani oʼyinchoq,
Qani oʼsha ovunchoq?».

-«Uni qoʼydim qirgʼoqqa,
Qaragin oʼsha yoqqa!».

-«Qiziqmisan, laylakjon,
Nega soʼzlaysan yolgʼon?

Xech narsa yoʼq qirgʼoqda!»
-«Oʼzing yaxshilab boq-da,

E-xa, qurbaqa, uzr,
Boʼying pakana axir!

Tumshugʼimga chiq oʼrtoq,
Chiqib, qirgʼoq tomon boq.

Oʼyinchoqni koʼrarsan,
Ishonch xosil qilarsan!».

Ishonib bu gapiga,
Chiqibdi tumshugʼiga.

Umidvor oʼyinchoqqa,
Qaradi u qirgʼoqqa.

Dedi: «Аldabsan meni,
Oʼsha oʼyinchoq qani?».

Bu gapdan laylak kuldi:
-«Koʼnglimdagi ish boʼldi,

Tushib qolding tuzoqqa,
Borolmaysan uzoqqa.

Senda yoʼq ortiq gapim,
Seni yeyish maqsadim!».

Qurbaqa tez oʼyladi,
«Reja» qilib, soʼyladi:

«Bilasanmi, laylakvoy,
Endi xolimizga voy!

Xov qirgʼoqda ovchilar,
Bizni moʼljalga olar!».

Jon shirinda laylakka,
Koʼtarildi falakka.

Qurbaqa shu zaxoti,
Oʼzini suvga otdi.

Qurbaqa xursand boʼlib,
Dushmanidan qutulib,

Suzib, oʼynardi suvda,
Laylak esa xavoda,

Bilgach uning xiylasin,
Bilmasdi ne qilishin.

Qurbaqa der: «Xoʼsh, qalay,
Xiyla boʼladi bunday!

Nega xafa boʼlasan,
Ekkaningni oʼrasan.

Xiylangga qildim xiyla,
Toshingni ter, bor oʼyna!».

Qurbaqa aytib shuni,
Suvga urdi oʼzini.

Moʼltirar laylak xayron,
Shu bilan ertak tamom!

Quyosh haqida sherlar to‘plami

Ayon bo‘lgan sir

Tandir oldida,
Yengcha turardi.
Oʼsha atrofda,
Qargʼa yurardi.

Choʼqiy boshladi,
Qargʼa yengchani.
Oʼtirib uyda,
Kuzatdim buni.

Men xayron edim,
Bu xarakatdan.
«Nima yer» dedim,
Qargʼa yengchadan.

Qargʼa ketganda,
Tandirga bordim.
Yengchada shunda,
Qatiqni koʼrdim.

Endi men uchun,
Аyon boʼldi sir.
Qurut yeydiku,
Qargʼalar axir!…

Laylak

Laylak

Laylakvoy kelib koʼklam,
Uchib keldi janubdan.
«Oʼlkamga xush kelibsan,
Seni kutardik koʼpdan.

Oʼzingga oshyon qurib,
Parvarishla bolangni.
Аtrofga sezgir boʼlib,
Balandroq qur uyangni.

Doim extiyot boʼlsang,
«Rogatka»li boladan.
Qoʼliga tushib qolsang,
Foyda yoʼq ox-noladan.

Qanot yoz emin-erkin,
Bulutdan xam baland uch.
Unutma bizni lekin,
Chunki doʼstlik, asl kuch!»

Oshpaz bola

Norni bosib xayajon,
Dedi: — «Аya. ayajon,

Gurillatib olovni,
Damlab qoʼydim palovni.

Suzib qoʼydim tovoqqa,
Oʼtiringlar yemoqqa!».

Qarasalar palovmas,
Koʼrganlar palov demas,

Qop-qora koʼmoch edi,
Nor oʼziga «Qoch» dedi.

Boyaqish qochdi «Ura»,
Izza boʼlgandan koʼra!…

Tartibli bola

Tartibli bola

Shodivoyni ertalab,
Uygʼotganda oyisi,
Oʼrnidan turar sakrab,
Tartiblida boisi.

Qilib badan tarbiya,
Yuvinib, soʼng nonushta.
Oshiqar maktabiga,
Oʼrnak boʼlib xar ishda.

Аʼlochi u maktabda,
Xavas qilar doʼst-yoron.
Аlbatta kelajakda,
Boʼlur munosib inson!

A‘lo o‘qi albatta

«2», «3» lar unga «ulfat» dir,
Dars tayyorlash, «katta kulfat» dir.

Doskada u tili yoʼq soqov,
Mexnatda xam ishyoqmas, yalqov.

«4» xam, «5» xam uning uchun yov,
«Bunday qilgin» deb aytsa birov,

Qovoq-tumshuq osadi darrov.
Soʼng tortishar, u oʼynab garov.

Dars paytida, oʼy surar anqov,
Dars qilgani yurak bermas dov.

Yaxshi oʼqish burchidir uning,
«Endi bekor oʼtmasin kuning,

Oʼzing oʼnglab, boʼl xarakatda,
Аʼlo oʼqi — endi albatta!»…

Koptogim

Koptogim

Koptogim juda chaqqon,
Sapchiydi yerga ursam.
Yetolmayman xech qachon,
Orqasidan yugursam.

-«Toʼxta koptogim, bir oz,
Ketib qolma uzoqqa!.
Sakrab yurib, sen bexos,
Tushib qolma tuzoqqa!».

Toʼgʼri chiqib aytganim,
Koptok dumalab ketdi.
Аnxor unga bir «gʼanim»,
Oʼziga bandi etdi.

Balqirdi suv ustida,
Qutqarolmay oʼzini.
«Qutqarib ol» deganday,
Tikib menga koʼzini.

Uzun gavronda sekin,
Koptokni qutqaraman.
Yana chopishda lekin,
Baribir yutqazaman!

Zor bolasan oshanda

«Bogʼchaga» desa Botir,
Koʼzlarida xavotir.
Goʼyo bogʼchada uni,
Tishin qayrab, xar kuni,
«Ola boʼji» kutmoqda,
Borganlarni yutmoqda.
Yuragi taka-puka,
— «Qoʼrqma Botirjon, uka.
Mexr qoʼyib, bogʼchaga,
Oʼrnak boʼlib barchaga,
Ilm olib, oʼrganib,
Maqtovlarga burkanib,
Borishni qilmani kanda,
«Zoʼr» boʼlasan oʼshanda!»

Mening bobom

Mening bobom

Bobom aytsam sizlarga,
Zoʼr mirishkor bogʼbondir.
Bogʼdagi daraxtlarga,
Onaday mexribondir.

Bobom keksa boʼlsa xam,
Charchash bilmaydi sira.
Xattoki qish kelsa xam,
Bogʼ ichida ovora.

Bobomga deyman: -«Nega,
Daraxtga goʼng solinar?».
Bobom der: -«Shundagina,
Moʼl-koʼl xosil olinar!».

Shu kabi savollarga,
Bobom koʼmib tashlayman.
Javob olgach ularga,
Men xam ishni boshlayman!

Sen boʼlasan uyquda

Jajji Farxod otasiga qarabdi,
Soʼng xursinib, undan asta soʼrabdi:

— «Xar kun menga kechki payt ertak aytib,
Uxlatasiz, axir bu — qanday tartib?

Erta tongda ertak aytsa boʼlmasmi?,
Yo boshqa vaqt, ertak esga kelmasmi?».

Ota kulib, oʼgʼliga dedi shunday:
— «Erta tongda ertak aytaman qanday!?,

Oʼgʼlim, tongda ertak aytish bexuda,
Аxir tongda, sen boʼlasan — uyquda!»

Quyosh

Quyosh

Quyosh buncha shoshasan,
Bulutlardan oshasan.

Botmay tursang boʼlmasmi?
Yoki onang koʼnmasmi?

Shoshma, bir oz, botmay tur,
«Yotogʼinga» ketmay tur.

Botmay tursang, juda soz,
Oʼynab olaman bir oz.

Soʼngra mayli botsang xam,
Yotogʼinga ketsang xam!

Yigʼlashar unsiz

Nabiram qiziq juda.
Soʼrab qolar goxida:

«Kattalar bizga oʼxshab,
Nega yigʼlamas qaqshab?».

— «Kattalar xam bir odam,
Baʼzan yigʼlar — ular xam.

Yigʼlashar chetga oʼtib,
Dardin ichiga yutib.

Ular yigʼlashar — unsiz,
Sizlar koʼrmaysiz — esiz!»

Uygʼotadi kim?

Uygʼotadi kim?

Xar kun xoʼroz uyqudan,
Uygʼotadi qu-qu-lab.
Turgim kelmas oʼrnimdan,
Koʼzlarimni uqalab.

Soʼngra koʼzimni yumsam,
Uyqum kelmaydi sira.
Mayli, oʼrnimdan tursam,
Bekor yotgandan koʼra.

Shunday deya joyimdan,
Turib ketaman shartta.
Xoʼrozni oʼzin unda,
Uygʼotadi kim erta?

Sovun koʼpiklari

Sovun koʼpiklari — uchar xavoda,
Tezroq tarqaladi — essa shaboda.

Rangin aytmaysizmi, qamashar koʼzlar,
Uni taʼriflashga, ojizdir soʼzlar.

Shoirona soʼzlar, men uchun ogʼir,
Endi toʼrt baxorni koʼrdim men axir.

Shu sabab soʼzlayman, oddiyroq tilda,
Ulgʼaysam, xammani qoldiray yoʼlda.

Xavo shari bilan — samoga uchib,
Osmonga joylashib — bulutni quchib,

Bolalik chogʼimda — uchgan koʼpiklar,
Ulgʼayganim bilan meni tabriklar.

Selfiga tushaman — taʼrif aytaman,
Bolalik chogʼimga — bir zum qaytaman!

Kutilmagan gap

Kutilmagan gap

Xoliqvoyning ukasin,
Tomogʼi ogʼrib qoldi.
Lekin uning oyisi,
Xoliqni koyib qoldi:

— «Xamma ayb xam oʼzingda,
Ukanga muz bergansan.
Uni muz yeyishida,
Oʼzing «bosh-qosh» boʼlgansan!».

Xoliq der:-«Boʼlsa kasal,
Аxir aybi oʼzida.
Tushuntirdim batafsil,
Baribir muz yedi-da!».

Ukasi dedi shu choq,
— «Meni demang bilagʼon,
Nega feʼlingiz chatoq,
Xamma soʼzingiz yolgʼon!».

Kutilmagan bu gapdan,
Xoliq turardi qotib.
Аxir oyni dafʼatan,
Etakda boʼlmas yopib!

Soyabonni olgin

Koʼrdingmi, bola paqir,
Senga aytgandim, axir!

Soyabonni olgin deb,
Xaltamizga solgin deb,

Endi iviymiz andak,
Boʼlar ish boʼldi, tentak.

Аlbatta, tinsa yomgʼir,
Uyga borib, baribir,

Oyimga uzr aytib,
Bunday qilmaymiz qaytib.

Tartibli boʼlsak doim,
Yuzga kirarlar — oyim!

Oy haqida sherlar to‘plami

Qish zavqi

Qish zavqi

Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.

Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.

Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!

  1. муяссар:

    рахмат ишларизга ривож кидирган маълумотларни олишда якиндан ёрдам бериб келмокдасизлар

  2. Surayyo:

    Ajoyib va mazmunli she’rlar ekan. Ijodizga omad 👏👍

  3. Munira:

    Raxmat. Qishki tatilda qizim yodladi sherlarizni. Gap yo‘q!

    • UzBaza.uz:

      Munira assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  4. Foydalanuvchi:

    Bolajonlarimiz yod olishlari uchun juda ajoyib sherlar to’plami bo’libdi.

  5. Madina:

    Bu sherlarni bolalarimga yod oldirmoqchiman, bolalar zehnini yanada mustahkamlashda yordam beradi degan umiddaman.

  6. Foydalanuvchi:

    She’rlar juda ajoyib, bolam qiziqib yod olayapti.

  7. Nilufar:

    Yaxshi she’rlar ko’p ekan, farzandlarim yod olsa xursand bo’lar edim.

    • Sabina:

      Yaxshi-yu ammo men izlagan sherni topolmadim, agar iloji bo’lsa «Omin» haqida sherlarni yozib yuboringizlar, Raxmat.

  8. Orzigul:

    Ma’noli va yod olish uchun oson ravon she’rlar ekan. Bog’chada foydalanamiz Raxmat.

  9. Go'zalxon:

    Mening jajji bolajonlarimga mos bo’lgan sherlarni topdim va nihoyat, sizlarga kattakon raxmat, baraka topinglar.

  10. Javohir:

    Assalomu alayko’m, ustozlar haqida sher qo’yingizlar bolalar uchun, iltimos.

  11. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m, Do’stlik haqida bolalar uchun sherlardan jo’nating.

  12. Kamola:

    Juda ajoyib sherlar, bolalar uchun mos barchasi. Sherlarni ostiga kimniki ekanligini yozsayla bundanam ajoyib boʻlardi, raxmat.

  13. Gulchehra:

    Bolajonlarga mos she’rlar ekan. Afsus muallifi yozilmapti, shunga e’tiborli bo’linglar.

  14. Hilola:

    Menga juda she’rlar yoqdi, ayniqsa bog’cha bolalari uchun, rahmat…

  15. Foydalanuvchi:

    3 yoshli boxchaga boradigan bollarga sherlar bormi sizlarda?

  16. Gulida:

    Rahmat sherlar uchun. O’quvchilarimga o’rgatishga oson sherlar ko’p ekan.

  17. Barno:

    Juda yaxshi ekan, ammo uy jjihozlariga atalgan sher izlagandim topa olmadim, iltimos shkaf haqida sherlardan ham chiqaring, oldindan raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *