Gul haqida sara sherlar to‘plami
Gul haqida sherlar to‘plami: Shu o‘rinda gullar haqida kichik malumot: Yer yuzidagi eng kichik gulning diametri atiga 1 millimetrga teng.
Erta bahor
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko‘nglingiz doim beg‘ubor bo‘lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablaringizda doim tabassum bo‘lsin.
Sevgi muhabbat haqida sherlar to‘plami
Nilufar guli
Zilol suvlar shu gulning ko‘z yoshimikan?
Nilufar gul suvlarning yig‘isidir yo?
Suv ham nilufardan voz kecha olmas
Gul ham shaffof suvni tark eta olmas.
Qush ham daraxt shoxin suygani kabi
Ko‘z yosh ham insonni tashlab ketolmas.
Atirgul
Bog‘ to‘rida atirgul, ayt shoxing kim sindirdi,
Gullar ichra rano gul, hayoting kim tindirdi.
Yaproqlaring qolipti gul shoxidan ayrilib,
Sening bag‘ring bo‘zlatib, kim bag‘rini to‘ldirdi.
Nashtarlaringdan qo‘rqmay, yovuz qo‘llar keldimi?
G‘uncha gullar ochilmay sovuq shamol yeldimi?
Ayt taqdirning bitigi, senga shunday bo‘ldimi?
G‘unchalaring ochilmay hayoting kim so‘ndirdi?
Orzuying armon bo‘lib, ushalmayin qolgandir,
Ajalning qaysi o‘qi, seni nishon olgandir.
Balki endi yashashdan, ko‘ngilginang qolgandir,
Ex atirgul, atirgul ayt shoxing kim sindirdi.
Bir kun kelib sen g‘arib, g‘unchalaring ocharding,
Havasimni keltirib, iforlaring socharding.
Lek tabiatdan sen ham mendek nochor yaralding,
Jonim gulim atirgul, ayt shoxing kim sindirdi.
Taqdiringning bitigi shunday bo‘lsa netarsan,
Yovuzliklardan sen qochib, qayerlarga ketarsan.
Ko‘zlaringda marjon yosh, dilni vayron etarsan,
G‘aribginam atirgul, ayt seni kim so‘ndirdi.
Unut barcha armonni, yonma nafrat dog‘ida,
Ayla diling nurafshon, sayr et jannat bog‘ida.
Do‘st bo‘laylik ikkimiz, go‘zal yoshlik chog‘ida,
Munisginam xush atring armonlarim o‘ldirdi.
Ey gul
Ey gul seni sevardim,
O‘sha bog‘bon uzguncha,
Olib ketdi seni bog‘bon,
Men sevgimni aytguncha.
Yuragim to‘xtab qoldi,
Shodligimni g‘am oldi,
Ayyor bog‘bon ko‘nglingga,
Uyalmayin qo‘l soldi.
Senga loqal bitta so‘z,
Jurat qilib aytguncha,
Olib ketdi o‘zga ko‘z,
Senga ko‘zim tushguncha.
Muhabbatsiz qon dilim,
Ishq bir yon, biryon dilim,
Sen go‘zalning hajrida,
Bo‘ldi yurak ming tilim.
Atirgul
«Qursin, — dedik, — ishqimiz!»
Qurib ketdi, atirgul.
Ikki qalbni bir sovuq
Urib ketdi, atirgul…
Bariga sen sababchi,
Ne qilarding o‘y buzib.
Bebayram kun bayram, deb
Berdim seni «chirt» uzib.
Ko‘zlarini ko‘rdingmi?
Yomon boqdi, atirgul.
Qarsillatib qo‘sh qalbga,
Olov yoqding, atirgul.
Bir zum neni o‘yladi,
Ne ko‘rindi ko‘ziga?
Tanasi bir seskanib,
Kelib oldi o‘ziga.
Eski qizmas, men bilgan,
Yangi kelin edi u.
«Ishqimiz-chi?» — dedim men,
«Ishqimiz-chi?» — dedi u.
«Qursin, — dedik, — ishqimiz!»
Qurib ketdi, atirgul.
Ikki qalbni bir sovuq
Urib ketdi, atirgul.
Yarmiga sen sababchi.
Yarmiga men sababchi.
Mehr oqibat haqida sherlar to‘plami
Lola
Lola bog‘chaga chiqib
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi.
Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga ko‘mildi butkul.
So‘ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-yu,
Gul kabi uxlab qoldi.
Lolajon
Beun og‘rinasan ko‘nglim sezadi,
Nega bunchalar mayussan lola.
Suyangani do‘sting yo‘qmi yo dona,
Lola, lolajon yolg‘izim lola.
Mudom qarasam boshing egik hol,
Yolg‘izlik seni ham qildi xasta xol.
Qalbimdan lolalar uzgim olaqol,
Lola, lolajon yolg‘izim lola.
Husnda olamda tengsizsan bilsang,
Qizlardek chiroying maqtab yurmaysan.
Qancha go‘zal bo‘lsa, shuncha hokisor.
Lola, lolajonim yolg‘izim lola.
O‘ksinma menda ham sening savdoying,
Yolg‘izman , yolg‘izsan menman shaydoying.
Tashlab ketdi yorim ham ne edi xatoyim,
Lola, lolajon yolg‘izim lola.
Bugun dalangda yastanib tunda,
Yangi oy chiqqanda niyat qilamiz.
Vafosizlar bizdan tongani uchun,
Ikkimizga vafoli yorlar tilaymiz.
Qip qizil yaprog‘ing yuragingmidi,
Uzilgan barglarning tilagingmidi.
Bu dunyo og‘ir dard do‘stim chiday qol,
Ox lolajon, yolg’izim lola.
Lola qizg‘aldoq
Yuragimni tildi har kuni,
Sovuq qishning sovuq nafasi.
Sevgi do‘stlik vafo muhabbat,
Tark etdiku barcha barchasi.
Iforlaring tarat qirlarga,
Qalbimni tark etsin armonlar.
Ishonmayman shirin so‘zlarga,
Dunyoda ko‘p ekan yomonlar.
Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq.
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.
Ichimdagi dardu alamni,
Sendan boshqa tinglaguvchi yo‘q.
Aldab ketgan go‘zal sanamni,
Menday har kun o‘ylaguvchi yo‘q.
Yomg‘irlarning ostida ivib,
Bugun seni yoningda qolay.
Bu bevafo dunyoga kulib,
O‘lsam hamki yoningda o‘lay.
Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq.
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.
Gul parvarishi
Mehnatsevar bo‘lsak biz,
Kattalar bo‘lishar shod.
Barakalla bolam deb
Maqtashar bizni bot-bot.
Tuvakdagi gullarga,
Suv quyamiz har kuni
Nam sochiqda avaylab,
Artib qo‘yamiz uni.
Yumshatamiz tuprog‘in,
Yo‘qsa tagi qotadi.
Mehr bersak shu gullar,
Yana yashnab ketadi.
Boychechak
Hali erimasdan qor,
Dala, qirda gulbahor.
Chiqdi mitti gul-chechak.
May elchisi — boychechak.
Askar kabi turar tik,
Barglari yashil, tetik.
Uning rangi sariq, oq,
Boshida kumush qalpoq.
Gul
Bukilib turar,
Ko‘zidan yoshi
To‘kilib turar,
Tugab bardoshi,
Kulmaydi sira,
Titratar xiyol.
Yo bir xotira,
Yoki zo‘r xayol
Uni shamolmas,
Balki bosgan g‘am.
Yoki nogahon
Baxt bo‘lgan hamdam!
Yaxshilik haqida sherlar to‘plami
Erk guli
— Erk guli bor, derlar, buvijon,
Shu gul haqda menga soʻylab ber.
U gul qayda oʻsar shodumon,
Aytgin, gulning makoni qayer?
— O, bolajon, bu sirni bilsang
Gʻam kelaru diling qisadi –
U gul erk deb jon bergan erlar
Mozorlari uzra oʻsadi.
Binafsha
Havolarga sochilmoqda
Oromijon bir atr.
Binafshalar ochilmoqda
Tuproq yorib qaydadir.
Ochilmoqda titrab-titrab,
Rangpargina, nafarmon.
Biz bolalar uni izlab
Bog‘ kezamiz andarmon.
— Binafshajon, qaydasan, ayt,
Ko‘rsataqol yuzingni.
Ko‘mgandirsan balki bu payt
Xoru xasga o‘zingni.
Hatlab-hatlab yurgandirsan
Ariqlarni yoqalab.
Xilvatlarda turgandirsan
Ko‘zginangni uqalab.
Kirgandirsan balki sekin,
Xalal bermay tinchgina,
Bahorgacha yerga ko‘ksin
Bosgan toklar pinjiga.
Yo biz bilan bekinmachoq
O‘ynayapsan tutdirmay.
Jo‘nar kimdir toqati toq,
Seni kutib o‘tirmay.
— Qish zahri bor hali yerda,
Yerda, — der u xo‘rsinib,
— Aldanibmiz, hali erta,
Erta, — der u xo‘rsinib.
Do‘stim, so‘nib havaslaring
Chalinibsan tumovga.
Binafshaning nafaslari
Urilmoqda dimoqqa.
Jonsarakdir qalbda qislar,
Yana olg‘a chopamiz.
Ketaversin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz,
Binafshajon, o‘tdi bahor,
O‘tdi yozlar, o‘tdi kuz.
Keldim bir kun dunyo bilan
Shunday yaqin, yuzma-yuz.
Ishonch menga sabot berdi,
Saboq berdi to‘zimdan.
Yuragimga kurash kirdi,
Qochdi uyqu ko‘zimdan.
Binafshajon, bugun yana,
Tuyg‘ular tirik, ziyrak.
Chorlayapsan bizni, ana,
Bo‘lib yorug‘ kelajak.
Etigimda loyi qat-qat
Qishning shaltoq yo‘llarin,
Ketmoqdaman senga faqat
Uzatgancha qo‘llarim.
Kundan-kunga yaqinroqsan,
Nafaslaring jonimda —
Hali erta… — Kimdir ba’zan
Ming‘irlaydi yonimda.
To‘xtamaymiz ammo bizlar,
Yana olg‘a chopamiz.
Ketaversin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz!
Birinchi sovg‘a
Halima bog‘ga kirdi,
Tong payti shosha-pisha.
Ilk bahor gulin terdi,
Nomi — jajji gunafsha.
Haqiqatan bog‘ husnin,
Shu gul bezab turgandi.
Sevindi ko‘rib tusin,
Ochilib qulf urgandi.
Go‘zal navro‘z faslida,
Ochiladi g‘ij-g‘ij gul.
Halima gulni terib,
Qayga olib ketmoqchi?
Chin dildan sovg‘a berib ,
Kimni hursand qilmoqchi?
Uyga kelganda bildik,
Quvnagan sho‘x ko‘zidan,
Gulni sovg‘a qilibti,
Oyisiga o‘zidan.
Gulning baxti
Qachonlardir tug‘ilgan edim,
Ko‘zlarimda porlardi quvonch.
Edim sodda, qalbim tiyramox,
Bilmas edim nimadir gunox.
Qalbim tinglay boshladim sekin,
Yuz yil yashab seni kutgandek.
Yurak bugun gunohkor, lekin
Sen xam kut meni men seni kutgandek.
Kutgin shundoq mijja qoqmasdan,
Kipriklaring gulga aylansin.
Meni kutib tortgan oxlaring
Rayxoniy bo‘ylarga boylansin.
Men esa yuz yillar sabr qilaman,
Egnimda gunox to‘n gul ocha boshlar.
Sevmay o‘tgan tiyramox yildan,
Gunoxkor yillarim yuz bura boshlar.
Bular shunday sirli laxzalar,
Vujudim xam gul bo‘lib gullar.
Azizim, gullarga aylaning tezroq,
Faqatgina gullar baxtli yashashar.
Bu kanal menga juda ham yoqdi
Assalom alayko‘m. Saytimiz sizga maqul kelganidan hursandmiz. Sizni saytimizda yana kutib qolamiz.
Rahmat sog’ bo’linglar UzBaza.uz jamoasi.
Zor
Yoq eng zori
Суз
Menga yoqmadi
Judayam zõr sherlar faqat sal uzunroq sherlar bõlganida undanam zõr bõlardi
Judayam zõr sherlar
Judayam zõr sherlar faqat sal uzunroq sherlar bõlganida undanam zõr bõlardi
yaxshi zo’r
Кто автор этих стихов? Я их перевожу понемногу на русский, интересно, кто автор…
Vashshe zõr sherlar bor ekan
Gul haqida yozilgan ushubu sherlar menga rosa yoqdi. Rahmat sog’ bo’linglar.
Barchaga salom, dunyoda juda ko’p gul turlari bor, lekin bu yerdagi sherlarham juda xilma-xil va go’zal ekan.
Bu sherlar manga juda yoqdi, man ham sshoiraman. Sizlaga atalgan bir she’rim bor, qiziqqanlar yozishsa aytaman.
Bu she’rla manga rossa yoqdi, hammelaga kottakon rahmat, ALLOH rozi bo’lsin hammeladan.
Boychechak haqida ko’proq sherlar yozingizlar. Men sizlarni doim kuzataman. sh’erlar uchun rahmat.
Menga bahor, boychechak, va gul sherlari juda yoqdi, rahmat sog’ bo’linglar.
Aloh rozi bo’lsin, rosa yaxshi sherlar ekan, lekin manga Abdulla Oripovni sherlari yoqadi.