Orzu haqida sara sherlar to‘plami
Orzu haqida sherlar to‘plami: Insoniyat borki orzu qilishdan hamda oldiga maqsad qo‘yishdan to‘xtamaydi. Shu boisdan orzu, istak hamda maqsad haqida eng sara sherlar to‘plamini taqdim etdik.
Mening katta orzuyim
Sizga aytsam azizlar
Orzularim osmonday
Ammo menga negadir
Tuyuladi armonday
Sherlar yozib tunlari
Ko‘p xayollar suraman
Agar xudo xoxlasa
Men qo‘shiqchi bo‘laman
Aytsam yaxshi qo‘shiqlar
Qalbim bahtga to‘ladi
Mashxurlikku xavasmas
Sizga yoqsa bo‘ladi
Shunday orzularim bor
Orzo‘ bo‘lib qolmaydi
Sekin sekin intilib
Shoir bola tolmaydi
Bilaman bu yo‘limda
Uchrar turli odamlar
Xasadgo‘yu yolg‘onchi
Ayyor tulki odamlar
Mashaqqatli yo‘ldir bu
Buni yaxshi bilaman
Lekin qo‘shiq kuylamay
Men qandayin yuraman
Orzuyimga yetishni
Chin yurakdan istayman
Duo qiling onajon
Men yo‘lga otlangayman
Orzularim
Shunchaki orzular so‘ndi,
Shunchaki yuragim ko‘ndi,
Bog‘imda yangi gul undi,
Shunchaki vaqt davo bo‘ldi.
Xazonlar to‘kildi qara,
Ko‘zlarimdan yana, yana,
Ammo men ko‘ndim bariga,
Yomg‘irli yoshlarim tindi.
Oppoq qor yog‘di sochimga,
Yolg‘izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib keldi.
Rangsiz nigohlarim chaman,
Qorong‘u kun yorug‘ olam,
Sensizlik kuch berdi biram,
Shunchaki vaqt davo bo‘ldi.
Qalbimda musaffo osmon,
Sen unda zarra chang ishon,
Sevgiga yo‘liqdi Doston,
Bog‘imda yangi gul undi.
Shunchaki yuragim ko‘ndi.
Taqdirga yoydiyu qo‘ydi.
Bariga vaqt davo bo‘ldi,
Shunchaki yangi kun keldi.
Orzu
Tug‘ilmasdan oldin men
Chiqib Arshi a‘loga,
Oyni o‘pib, qoldim men
Yulduzlardan baloga.
Tug‘ilgandan to shu dam,
Qumsab kecha-kunduzlar.
Oy qani deb yig‘lasam,
G‘iybat qilar yulduzlar.
Hiqqillama, der yurak,
Dunyo bilan ishim yo‘q.
Bo‘lsa menga oy kerak.
Yulduzlarga hushim yo‘q!
Orzu 1
Orzu — osmonlarga sig‘magan oqqush,
Armon — orzularning singan qanoti.
Baxt — men ko‘rolmagan go‘zal-go‘zal tush
Dard — shoir odamning yana bir oti.
Shodlik — tor kulbamning erka mehmoni,
Alam — yuragimni zarb etgan mezbon.
Poklik — umrimning gox ojiz tomoni,
Shuhrat — tomirimda oqmagan qon.
Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.
Bayroq haqida sherlar to‘plami
Orzu 2
Dardli sherlar medamga tegdi,
Shodon-shodon qo‘shiqlar aytsam.
Uchqur qanot bog‘lab, qaniydi,
O‘sha yorug‘ kunlarga qaytsam.
Meni ortiq ezmasa alam,
Ko‘tarmasam ayriliq yukin.
Butun umr bilmasdan o‘tsam
Sog‘inch degan azob borligin.
Men yer kabi bir izdan yursam,
Yo‘llarimiz har kun tutashsa.
Har kun oyday yuzingni ko‘rsam,
Ko‘zlaringdan ko‘zim qamashsa.
O‘ngga do‘nib bu shirin ertak,
Sen bilan soz-suhbatlar qursam.
Oldingidek do‘stu yor bo‘lsak,
Sevishimni bilmasang sen ham.
Kapalakka almashaman
Bisotimni bog‘da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko‘kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.
Yog‘dularga ko‘milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo‘lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.
Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.
Qo‘shiqlarim bo‘lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!
Barcha yozgan sherim bir kosa
Sumalakka almashaman men.
O‘g‘il, qizim, namozhon bo‘lsin!
Mayli uncha boy bo‘lmasin,
Juda uzun bo‘y bo‘lmasin,
Lekin eldan kam bo‘lmasin.
O‘g‘lim bo‘lsin chin namozhon,
Qizim bo‘lsin obida hon!
Cho‘ntagida pul bo‘lmasin,
Mayliga bir, uy qurmasin,
Qalbimda armon qolmasin,
O‘g‘lim bo‘lsin chin namozhon,
Qizim bo‘lsin obida hon!
Kerilmayin o‘glim u deb,
Maqtanmayin qizim bu deb,
Yashab o‘tsin ular biz deb,
O‘g‘lim bo‘lsin chin namozhon,
Qizim bo‘lsin obida hon!
Nafsim yomon, o‘ydan so‘ylar,
Orzu qilmay yomon o‘ylar,
Shular sabab qilay to‘ylar,
O‘g‘lim bo‘lsin chin namozhon,
Qizim bo‘lsin obida hon!
Orzular…
Orzularga erishish
Buncha qiyin bo‘lmasa
Qiyin ekan do‘stginam
Gar omading kelmasa
Alam qilar ekanda
Darding birov bilmasa
Tanlab tanlab suyganing
Senga vafo qilmasa
Barcha orzu niyatga
Biz albatta yetamiz
Hali xudo hohlasa
Mashxur bo‘lib ketamiz
Kuylar yozib har kecha
To‘xtamaymiz ijoddan
Orzu niyatlarimiz
Juda katta hayotdan
Ustimizdan kulganlar
G‘iybatimiz qilganlar
Bizga tanqid ham kerak
Sog‘ salomat yuringlar
Dilda bordir alamlar
Aldar go‘zal sanamlar
Porloq kelajak tomon
Tashlayapmiz qadamlar.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Ona haqida sara sherlar to‘plami
- Bayroq haqida sara sherlar to‘plami
- Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to‘plami
- Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami
- Amir Temur haqida sara sherlar to‘plami
- Zulfiya Isroilova barcha sherlari
- Madhiya haqida sara sherlar to‘plami
- 9-may xotira va qadrlash kuniga sara sherlar to‘plami
- So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sara sherlar to‘plami
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
zõr ekan.
Assalom alayko‘m Islomjon! Sizga manzur kelganidan xursandmiz.
Sherlar manga rosa yoqdi .Ijodilaga omad
Bu she’rlar juda zo’r ekan
Assalom alayko‘m Mohina. Fikringiz uchun tashakkur. Aytingche aynana qaysi sher sizga ko‘proq yoqdi?
Bòladi
Iltomos yordam beringlar
Kitob o’qisang orzuyinga va maqsadinga yetursan!
Yoqdi
Albatta juda ham yoqdi gap bulishi mumkin emas
Шерларга гап бўлиши мумкин эмас !
Ajoyib, ijodingizga omad
Dilobar assalomu alayko’m. Samimiy fikringizdan bag’oyatda hursandmiz!
Albatta juda ham zor👍👍👍
Juda yaxshi sherlar ekan
Zur she’lar ekan
Orzu haqida juda zo’r sherlar yig’ilgan ekan.
Assalomu alayko’m. Menga bu sherlar juda-juda yoqdi, hammasi bir-biridan zo’r.
Birga bir kasbda ishlaydigan hodim va hodimalar uchun sherlar to’plami yo’qmi?
Ehh ushalmagan orzularim mening… umid qilamanki qachonlardir meniham orzularim to’liq ushaladi.
Orzu haqidagi ushbu sherlar zo’r ekan, manga yoqdi.
Hamma sherlar bir biriga mos hamda ajoyib sherlar ekan. Manga sherlariz juda yoqdi, ijodingizga OMAD tilab qolaman…
Sherlaringgiz maga yoqdi. Ijodlarininga omad, yana shunday zo’r sherlar yozinglar.