Bayroq haqida sara sherlar to‘plami
Kattalar va bolalar uchun O‘zbekiston Bayrog‘i haqida sherlar to‘plami.
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston bayrog‘i

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i
“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, manosi bor.
Iqbol Mirzo: O‘zbekiston bayrog‘i

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Abdulla Oripov: O‘zbekiston bayrog‘i

Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tog‘dor yurtim,
Muhtasham respublikam.
O‘ylama, ha, olamda
Nasibiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaverar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanat yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.
Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Bir kuni yovqur shoir
Yani Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaverdi
Uning dardi so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
Hilpirayver bayrog‘im

Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.
Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.
Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.
O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.
O‘zbekiston ramzlari

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu — baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog‘ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.
Millat bayrog‘i

Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko‘zda, muhabbatda,
Porla, Millat bayrog‘i!
Osmon to‘la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq,
12 si eng yarqiroq,
Porla, Millat bayrog‘i!
Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so’lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla, Millat bayrog‘i.
Qo‘limda bayroq

Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im
Vatan bayrog‘i!
Yaxshilik haqida sherlar to‘plami
Hilpilla bayrog‘im!

Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!
Vatan bayrog‘i

Sog‘insak boqamiz
Moviy rangini
Yulduzlar eslatar
O‘z osmonimizni
Oy ham yangidan
Bayroqqa payvanddir
Bizning jonimiz
Bunda hindu arab
Hatto bor hakas
O‘zbekiston desak
Qilishar havas
Farangu olmondan
Do‘stlarim talay
Mening bo‘ylarim ham
Undan kam emas
Bilaman dunyoda
Vatanlar ko‘pdir.
Har birin o‘z yori
Bordir o‘z nomi.
Jo‘marddan deganing
Armoni yo‘qdir,
Bayroqdan boshlansa
Vatan salomi
Balki bu so‘zlarim
Sodda, odmiroq
Etibor bermaymiz
Bazan o‘zimiz
Bayrog‘imiz doim
Bizdan jidinroq
Dunyoga tanitar
Yorug‘ yuzimiz.
Yurtim bayrog‘i

Boshim uzra hilpiraydi bayrog‘im
Senga boqsam chaqnar ko‘zim qarog‘im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo‘lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu‘lasini porlatib
Hilpirayver ona yurtim bayrog‘i
Sen erursan yuraklarning ardog‘i.
O‘zbekcha bayroq!

Vatan siymosini ifoda etib
Ko‘kda hilpiraydi o‘zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to‘rtta rangi
Moviy, qizil, yashil hamda oq.
Harbiri o‘zgacha mano kasb etib
G‘urur iftixorla tilga kiradi.
O‘zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.
Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg‘ubor osmon–u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog‘i rangi.
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko‘zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo‘lmasmiz hech kam.
Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag‘onligi
Tinchlikday muqaddas qo‘rg‘onimiz u
O‘zbekistondek yurtim faravonligi.
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soldi nar g‘animlar qalbiga titroq.
Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga.
Bayrog‘imda

Vatanim shon-shuhrati,
Salohiyat, qudrati,
Mustaqillik nusrati
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.
Ranglarining manosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda.
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.
Men shu Vatan erkasi,
Men shu Vatan ertasi.
Alpqomat yelkasi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!
Bir bayroq ostida

Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur
O‘zbek iftixori vatan bayrog‘i
Yashaydi millatlar do‘st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog‘i.
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko‘rsam der yurtini jannatiy makon
Bag‘ishlab eliga umri qalbini.
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar, Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.
Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.
Ona allasi matni va alla haqida sherlar
Mo‘tabar bayrog‘im

Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda.
Havo rang tinchlik demak
Oq — rangdir poklik ramzi
Yashil — yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi.
Yulduzlar doim sirli
Manolarni so‘zlaydi
12 yulduz 12 oy
tarixdan so‘zlaydi.
Yangi chiqqan to‘lin oy
Har ko‘zni o‘zga chorlar
Duoga ochamiz qo‘l
Dilga nur, poklik solar.
12 baxt yulduzi.
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.
Bayrog‘imiz dunyo uzra

Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug‘ soladi.
Bayroq ranglariga sher

Oq rang:
Men-chi oq rang bo‘laman
Vazifam — doim tinchlik
Timsolim — soflik, poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go‘zallik.
Moviy rang:
Men moviy rang bo‘laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik, mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik, halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O‘zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko‘pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik.
Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo‘shishidan berar darak.
Oy:
Men bilan tarix bog‘liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog‘liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz:
O‘zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog‘ida saodat
Komillikdir eshigi.
Lola guli haqida sherlar to‘plami
Istiqlol bayrog‘i
Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.











Moʻtabar bayrogʻim sherini tanladim. Menga yoqdi.
Salom Jasurbek! Malumotlarimiz sizga yoqgan bo‘lsa biz hursandmiz! Sizni yana saytimizda kutib qolamiz.
Menga sherlaringiz juda ham yoqdi. Juda ajoyib sherlar, men oldin ham mana shunday sherlar o’qib o’rganganman. Sizga katta rahmat.
Juda ajoyib to‘plamlar barchamizga Vatanni sevishni o‘tugatadi
Ozbekiston bayrog’i va
istiqlol bayroqg’i she’ri yoqdi
Barcha sheʼrlar oʻziga xos maʼno kasb etgan, juda ajoyib barakalla.
O’n ikkita yulduz o’n ikkita viloyatni va 12 oyni bildiradi.
Assalomu alayko’m barchangizga, «Mo’tabar O’zbekiston» sheri juda yoqdi, ishlaringizga rivoj tilayman.
«Bayrog’imda» deb nomlanuvchi sher juda yoqdi, zo’r gap yo’q.
Katta rahmat sizlarga, mehnatlaringizga rozi bo’lingizlar, 5 baho oldim.
Menga ona haqidagi she’r juda ham yoqdi. Keyin esa mustaqillik haqidagi she’r yoqdi.
Menga «Bayroq ostida» sheri juda ham yoqdi, rahmat sizlarga…
Menga ham «Mo’tabar bayrog’im» sheri juda yoqdi. Men ham shu sherni tanladim.
Sheʼrlar juda oddiy, saviyasi past sheʼrlar, yaxshi sheʼr topolmadim.
Assalomu aleykum! Menga sherlaringiz juda yoqdi, lekin men qidirgan sher yo’q ekan. Lekin undan yaxshisini yozdim.
Assalom Alayko‘m. Fikringiz uchun tashakkur. Kelgusida sizni saytimizda yana kutib qolamiz.
Menga sherlaringiz Juda yoqdi, o’ziga xos Manoli va chiroyli ekan.
O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ini kim chizgan
Men «Hilpirayver bayrog’im» va «Istiqlol bayrog’i» sherini yodlayapman, bu sherni yuklab oldim endi tezda o’chiringlar 🤣
Juda ajoyib sherlar!
Raxmat sizlarga manga shunaqa sherlar kerak edi
Foydalanmoqchiman tayyarlov guruhda katta rahmat.
Salom manga iltimos,, muqaddasdir Vatan bayrogʻi,, haqida insho topib beringlar juda zarur edi iltimos iltimos
Salom menga juda yoqdi. Mana shunday saytlar ko’payaversin.
Iltimos shu sherlarni inglizcha variantda ham tashela.
SHERLAR JUDA AJOYIB YANADA KO’PROQ SHERLAR KK MENGA TOPIB BERING
Vabwe vatanimizi g’ururi aks etgan fahri bogan bayrogimizga cotki tarif berilibdi
Assalomu aleykum bu yerda sherlarning muallifi yozilmaganku ko’pini
Juda qulay xohlaganingizni yodlashingiz mumkig‘
Menga yoqdi har bir sheʼr mazmunli
Menga ham Vatanimiz haqidagi she’rlar manzur keldi tilab qolamanki yurtimizda shoir va shoiralar bundan ham kŏpaya versin. Hammangizga alohida RAHMAT 👏👏👏👏
Bir narsa keregidi manda google da chiqmotude
Manga Gerb xaqida she’r kere
Qo’limda bayroq sherini tavsiya qilaman 🤗🤗🤗🤗
Avvalambor hammangizga Assalomu aleyko’m, menga ushbu sayt juda yoqdi ayniqsa bayroq haqidagi pur-manoli sherlar menda katta qiziqish uyg’otdi, eng yoqgan bayroq haqidagi sherlar bo’ldi ularning eng sarasi «Millat bayrog’i» va «Bayrog’imda» sheri menga juda manzur keldi, lekin hamma sherlar zo’r gap bo’lishi mumkin emas, hullas gapini oxirida UzBaza.uz saytiga Kelgusida omad tilab qolaman ijodlaringizga muvafaqqiyat tilayman.
Menga UzBaza.uz ning barcha she’rlari yoqdi. Ayniqsa «Bir bayroq ostida» nomli she’rida mazmun-mohiyat juda serob ekan. Bizga she’rlarni taqdim etganlaringiz uchun sizlardan minnatdormiz!
Juda zo’r, o’zimga kerakli barcha malumotni oldim, saytlaring menga juda yoqdi, ijodilaga omad.
«O‘zbekiston bayrog‘i» nomli she‘r juda yoqti lekin oz ekanda. Agar davomi bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Ranlariga atab yozilgan bo‘lishi kerak edi davomi bor deb o‘yladim…
Sherlar judayam yoqdi, ayniqsa Muhammad Yusuf sheʼrlari…
Juda yaxshi, bolalar uchun kerakli sayt boʻlibti, malumotlarni yanada koʻproq va qiziqarliroq boʻlishi bolalarni jalb etadi.
Menga Bayroq haqidagi sheʼrlarni hammasi yoqdi. Gap yo’q.
Menga Bayroq haqidagi sheʼrlarni hammasi yoqdi.
Tarbiyaviy soatlarda bazaning she‘rlaridan ko‘p foydalanaman, rahmat olloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Menga hamma sherlar yoqdi. Bu sherlarni ichida bolalarga maqul keladigan sherlar ham bor ekan.
Assalomu alaykum menga O’zbekiston bayrog’i judayam yoqdi 17 noyabrda tashakkur lar eshitdim rahmat Olloh sizlardan rozi bo’lsin🥰🥰
She’rlar yaxshi. Bayramga o’quvchilarga o’rgatishga.
Menga yoqdi. O’quvchilarga bayramga yodlashga bersa bo’larkan.
Barcha she’rlar ajoyib, ayniqsa A.Oripov va M.Yusuf sherlari menga juda yoqadi.
Raxmat men 3 yildan beri har bayramlarga shu yerdan sherlar yodlab ustozimning ōng qōli bòldim
Tashakkur bildirib qolaman sizlarga, menga rosayam foydasi tegdi.
Sizdan minnatdorman. Shunaqa mavzularda ko’proq sheriy to’plamlarni saytingizga qo’ying.
Bayroq ranglari haqidagi sh’er menga juda yoqdi. Juda tez yodlab oldim. Kim yozgan bo‘lsaham katta rahmat.
Assalomu alayko’m. Menga bu sheʼrlaringiz juda yoqdi.
Menga hama she’rlar yoqdi, she’rlarni to’qiyotgan odamga rahmat 🤩
Menga yurtim bayrog’i she’ri va bir bayroq she’ri yoqdi raxmat.
Menga hamma sherlar yoqdi
Man «O’zbekiston ramzlari» degan she’rini tanladim u juda ajoyib ekan 🙂
Menga bu she’rlar juda yoqdi. «Mo‘tabar bayrog’imiz» she’rini tafsiya beraman.
Assalomu alaykum, menga ham sherlar juda yoqdi. Barchasi oʻz manosi hamda oʻz oʻrniga ega. Ishlarizga rivoj ona haqida koʻproq sher chiqaringlar…
Menga bayroq haqidagi she’rlar juda yoqdi, shu she’rlarni egalariga kattakon rahmatlar aytaman 😘
Menga sheʼrlaringiz judayam yoqadi, manoli va chiroyli, sizlarga kattakon raxmat.
Menga sherlaringiz yoqdi bu sherlarni dõstlarim bilan tadbirda aytmoqchimiz.
MINCHA ZO’R SHE’RLAR
Assalomu alaykum sheʼrlaringiz menga juda yoqdi 😉😉
Juda ajoyib toʻplam ekan menga yoqdi bu toʻplamda vatanni qanchalik sevib ardoqlagan…
Bayroq haqida sherlar juda yoqdi
😍Menga sherlar juda ham yoqadi🥰
Menga «BAYROGʻIMDA» degan sheʼr yoqdi. Juda ham zoʻr sheʼr ekan. Men bu sheʼrni 18-noyapbr kuni bayramda aytaman.😍
MANGA HAMMA SHE`R YOQDI
Qoil zo’r werla . Tassanno tassanno
Mening fikrim bayroğimiz chiroyli bo’lsin♥️
Bu yerda ajoyib she’rlar bor ekan. Raxmat!!!
Menya»Hilpirayver bayrog’im» she’ri juda yoqdi 14-yanvarga she’r topib berolasimi😊😊😊😊😊
Menga bu sherlar judayam yoqdi raxmat sizlarga
Men qaysi sheʼrni tanlashni bilmayapman.Har bir sheʼr bir biridan goʻzal🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Menam❤️
Menga bu sheʼrlar juda yoqdi aynan Bayroqlar uchun sherlar
Zõr
Zõr sherlar ekan
Zor sher ekan
Menga Uzbekiston bayrog’i she’ri yoqdi. U sherda bayroq haqida zo’r tarif berilgan ekan.