Ona allasi matni va alla haqida sherlar to‘plami

Ona allasi matni va alla haqida sherlar to‘plami: Bolaning ruhiyatiga, qalbiga, iymonni va ezgu niyatlarni solaolsak, ularning kelajakdagi kamoli shunchalik bo‘y ko‘rsatadi. Buning uchun ona allasi beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Ona allasi matni va alla haqida sherlar

Ona allasi haqida sherlar to‘plami

Ona allasi haqida sherlar to‘plami

Alisherga alla aytib uhlatgan
Sen — ona.
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan
Sen — ona.
Torobiyni og‘ir jangga jo‘natgan
Sen — ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen — ona.
Yiglasa, dunyoni raso titratgan
Sen — ona.
Kulgisi saodat parvarish etgan
Sen — ona.
Daholar beshigin bedor tebratgan
Sen — ona.
Mehri bahorida elni yashnatgan
Sen — ona.
Yagona o‘g‘lingni jo‘natding jangga,
Bo‘l bardam, ona!
Onaday oshiq yo‘q ona Vatanga,
Muhtaram ona…

Реклама

Mehr oqibat haqida sherlar to‘plami

Beshikdagi bolaga

Beshikdagi bolaga

Beshikdagi bolaga,
Аlla aytar onasi.
Quloq tutib allaga,
Jilmayadi bolasi.

Аlla bolam, allayo,
Uxla qo‘zim, allayo!

Реклама

Аlla ayni avjida,
Bola topmas uyqusin.
Uy ishlari kutmoqda,
Ona sho‘rlik ne qilsin!

Аlla bolam, allayo,
Аqlligim, allayo!

Ko‘zga ko‘rinmay charchoq,
Mexrin berar allaga.
Uxlab qoldi chaqaloq,
Raxmi kelib onaga.

Аlla bolam, allayo,
Mexribonim, allayo!

Реклама

Alla ayting onajon uyqum kelyapti

Alla ayting onajon uyqum kelyapti

Alla ayting onajon uyqum kelyapti,
Bu dunyodan mangu ketgim kelyapti.
Qiyomat eshigin ochmayin turib,
Meni jannatlarga kirgim kelyapti.

Alla ayting onajon ko‘zda yosh bilan,
Axir bu o‘g‘lingiz ko‘p xato qilgan,
Alla ayting ona umrim oxrida,
Nahot yurolmadim hayot bog‘ida.

Siz alla aytsangiz ko‘nglim chog‘ona,
Mehringiz bulutdan buncha oq ona,
Lekin qololmayman dunyoda ortiq,
So‘ngi allangiz qiling siz tortiq.

Alla ayting unutay dunyo azobin,
Onajon ko‘zingiz bunchalar g‘amgin.
Qo‘ying yig‘lamang kerakmas ko‘z yosh,
Men uchun yosh to‘kmang bu men bag‘ritosh.

Реклама

Yo‘q yig‘lamang ona yig‘lamang ona,
Men bag‘ritosh uchun yosh to‘kmang ona.
Ona holingizdan habar olmadim.
Sevgining hididan mast bo‘lgan edim…

Netay sinovli bir kam bu hayot,
Endi men ketaman ketaman nahot.
Onajon sevgidan topdim yolg‘onlar,
Yolg‘onchi ekan bu go‘zal jononlar,

Faqat mehringizdan olay oromlar,
Alla ayting ona uyqum kelyapti.
Nahot qadringizni bilmadim ona,
Iltimos kechiring kechiring ona…

Mendan rozi bo‘ling yig‘lamang ona,
Alla ayting ona alla ayting ona…

Реклама

Alla bolam alla mehrim daryo senga,
Alla bolam alla shuncha azob kimga?
Alla bolam alla borar joying jannat,
Alla bolam alla sen Ollohga omonat…

Ona allasi matni: Allalar to‘plami

Ona allasi matni: Allalar to‘plami

Alla aytay tong otguncha,
Uyqu kelmas kun botguncha,
Nuri diydam, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.

Alla, alla, alladan-ay,
Kokillari tillodan-ay.
O‘qib kelgan mullodan-ay,
Alla, qo‘zim, alla.

Alla, qo‘zim, ol, qo‘zim,
Olmalari nor qo‘zim.
Anjirlari bol qo‘zim,
Alla, bolam, alla.

Umrimning shirin oni,
Oq bug‘doyning noni.
Hamma yomon ko‘rsayam,
Oyisining joni, Alla-yo, alla.

Реклама

Qizil gulning joni,
Dilimning mehmoni.
Darding olay o‘zim,
Onasining joni,
Alla-yo, alla.

Sen boshimning bahori,
Sen umrimning nahori.
Sen qalbimning ohori,
Onasining shunqori,
Alla-yo, alla.

Yaxshilik haqida sherlar to‘plami

Alla aytib uxlataman

Alla aytib uxlataman

Alla aytib uxlataman,
Alla, qo‘zim, alla.
Qanday seni yupataman,
Alla, bolam, alla.

Kichkinasan, lolasan,
Alla, bolam, alla.
Qachon katta bo‘lasan?
Alla, bolam, alla.

Реклама

Alla, alla, orastasan,
Alla, qo‘zim, alla.
Gunohi yo‘q norastasan,
Alla, bolam, alla.

Bog‘ ichida chaman gullar,
Alla, qo‘zim, alla.
Sayraydi shaydo bulbullar,
Alla, qo‘zim, alla.

Sendan kelar gul isi,
Alla, bolam, alla.
Ota-onamning birisi,
Alla, qo‘zim, alla.

O‘ymali to‘nlar bo‘yingga,
Alla, qo‘zim, alla.
Qo‘ydan-qo‘chqor to‘yingga,
Alla, bolam, alla.

Senga allalar aytaman,
Alla, qo‘zim, alla.
Soyalaringda yotaman,
Alla, bolam, alla.

Реклама

Alla aytay, jonim bolam

Alla aytay, jonim bolam

Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin, alla.

Ko‘zlaringa tomgan suvga,
Hayron bo‘lma, alla-ya
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.

Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-ya
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.

Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo‘zim, alla-yo,
Men sho‘rlikday to‘kilmagin,
Ko‘rar ko‘zim, alla,

Alla, alla, alla-yo.

Реклама

Alla, qo‘zim, alla

Alla, qo‘zim, alla

Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.
Qo‘zichog‘im qo‘y bo‘lsin-ey, alla,
Qo‘ylar to‘yga buyursin-ey, alla.

Alla, bolam, alla-yo,
Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.

Yo‘rg‘ala, toy, ot mindiray, alla,
Sen bilan ishqim tindiray, alla
Alla, bolam, alla-yo,
Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.

To‘ylaringga qo‘y so‘yayin, alla,
Qo‘y emas, qo‘chqor so‘yayin, alla,
Alla, bolam, alla-yo…

Onalar allasi

Onalar allasi

Oyni olib beraymi, alla,
Kunni olib beraymi, alla,
Belanchaging boshiga, alla,
Sara gullar teraymi, alla?

Реклама

Alla, deyin, o‘payin, alla,
Qiyosingni topayin, alla.
Tiling chiqib «non» desang, alla,
Kunda kulcha yopayin, alla.

Oltin beshik oldiray, alla,
Kumush beshik oldiray, alla.
Bolaginam tagiga, alla,
Baxmal to‘shak soldiray, alla.

Onamanu onaman, alla,
Bolam uchun yonaman, alla.
Bolam tinchlikda o‘ssa, alla.
Orzularga qonaman, alla.

Qizil gul novdasidan, alla.
Kamar qilay belingga, alla.
Sochlarim tolasidan, alla,
Bog‘ich qilay to‘ningga, alla.

U yonimga qo‘yayin, alla,
Bu yonimga qo‘yayin, alla.
Guldek shirin isingni, alla,
Hidlab-hidlab to‘yayin, alla.

Реклама

Alla aytsam yayraysan, alla,
Kulib-kulib qaraysan, alla.
Polvon qilib o‘stirsam, alla,
Bir kunimga yaraysan, alla.

Jonimning uchi, bolam, alla,
Mehrimning kuchi bolam, alla.

Orzu haqida sherlar to‘plami

Ko‘rar ko‘zim, alla-yo

Ko‘rar ko‘zim, alla-yo

Ko‘rar ko‘zim, alla-yo.
Suyar so‘zim, alla-yo,
Alla, bolam, alla-yo.
Shirin jonim, alla-yo,
Issiq nonim, alla-yo.
Alla, bolam, alla-yo, alla,
Do‘mboqqinam, alla-yo, alla.

Osmondagi oyim, alla,
Mening shirin choyim, alla.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Alla, bolam, alla-yo.

Реклама

Sahar chog‘i bo‘libdi,
Ichim nurga to‘libdi.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.

Jigarimning porasi, alla.
Ko‘zginamning qorasi, alla.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.

Gulim-a, ona gulim

Gulim-a, ona gulim

Gulim-a, ona gulim,
Bog‘imda bulbulimsan.
Besh inimning ichinda
Yolg‘izgina singlimsan,
Alla-yo, alla.

Otasining serkasi
Uxlab qolsin, alla-yo.
Onasining erkasi
Bo‘lsin inson sarasi,
Alla-yo, alla.

Alla mening bir gulim-o,
Gulga qo‘ngan bulbulim-o,
Alla-yo, alla.

Реклама

Alla aytarman o‘zingga-yo,
Uyqular kelsin ko‘zingga-yo,
Alla-yo, alla.

Alla jonim, otingdan-ey,
Nur yog‘ilsin murtingdan-ey,
Alla-yo, alla.

Alla jonim, orom ol-ey,
Ko‘zing yumib, uxlab qol-ey,
Alla-yo, alla.

Alla seni yalqasin-o,
Panohida saqlasin-o,
Alla-yo, alla.

Qaynoq qonim san mani-ey,
Otam-onam san mani-ey,
Alla-yo, alla.

Реклама

Onam allasi

Onam allasi

O‘rgilayin o‘zingdan, alla,
Shamchiroqdek ko‘zingdan, alla.
Obinovvot tomchilar, alla,
«Buvi» degan so‘zingdan, alla.

Aylanayin qarog‘im, alla,
Uyda yongan chirog‘im, alla.
Do‘stim ko‘rsa, yarashib, alla,
Dushmanimga yarog‘im, alla.

Qalam-qalam qoshingdan, alla,
Qalandarlar aylansin, alla.
Humor-humor ko‘zingdan, alla,
Humoralar aylansin, alla.

Chimchilab qo‘ygan burningdan, alla,
Chimqo‘rg‘onliklar aylansin, alla.
Angishvonadek og‘zingdan, alla,
Arovonliklar aylansin, alla.

Qulog‘ingning qatidan, alla,
Qo‘ng‘irot ellari aylansin, alla.
To‘shagingning tahidan, alla,
Turkman ellari aylansin, alla.
Beshigingning bandidan, alla,
Bog‘dod ellari aylansin, alla.

O‘rik yog‘ochdan beshiging, alla,
O‘rgilib ketsin onang, alla.
Tut yog‘ochdan beshiging, alla,
Termulib o‘tsin onang, alla.

Реклама

Jiydalardan beshigi, alla,
Jirkanmasin opasi, alla.
O‘riklardan beshigi, alla,
O‘ynatadi akasi, alla.

Babalaki do‘ppisi bor, alla,
Boshchasida do‘ppisi bor, alla.
Kayvoni buvisi bor, alla,
Sarkori buvasi bor, alla.

Ona haqida sherlar to‘plami

Bolaginam bolasi, alla

Bolaginam bolasi, alla

Bolaginam bolasi, alla,
Qantdak o‘rik donasi, alla.
Qantdan ham shirin ekan, alla,
Bolaginamning bolasi, alla.

Bog‘da uzumning g‘o‘rasi, alla,
Tog‘da kiyikning bolasi, alla.
Do‘ppisida ukkipari, alla,
Bu kimning nevarasi, alla.

Asaka yo‘li to‘p chinor, alla.
Bolalar otini qamchilar, alla.
«Buvi» degan tilingdan, alla,
Obinovvot tomchilar, alla.

Реклама

Alla, alla ahdi bor, alla,
Yotadigan taxti bor, alla.
Otasi boru, onasi bor, alla,
Shu bolamning baxti bor, alla.

Oymoma yuzing, alla,
Yulduzlar ko‘zing, alla.
Ota-onang gul bo‘lsa, alla,
G‘unchasi o‘zing, alla.

Tog‘dagi gulim, alla,
Uydagi bulbulim, alla.
Onasi yaprog‘im, alla,
Bolasi yumshog‘im, alla.

Olmalardan beshigi, alla
Olib qo‘ysin otasi, alla.
Behilardan beshigi, alla.
Belab qo‘ysin buvisi, alla.

Allalari yodimda, alla.
Belanchagi yonimda, alla,
Momosi alla aytar, alla,
Nevarasin otindan, alla.

Men seni alla qilay, alla

Men seni alla qilay, alla

Men seni alla qilay, alla,
Ko‘tarib katta qilay, alla.
Alla jonning rohati, alla,
Uyqu ko‘zning quvvati, alla.

Реклама

O‘rik yog‘och beshiging, alla,
O‘rgilib ketsin onang, alla.
Tut yog‘ochdan beshiging, alla,
Termulib o‘tsin onang, alla.

Alladan olgin orom, alla,
Ulg‘ayib o‘s subh-u shom, alla.
Yaxshilik bilan mudom, alla,
Dunyoda tarqatgil nom, alla.

El sevarim, alla,
Bo‘l chevarim, alla!

Alla, alla, oppog‘im, alla

Alla, alla, oppog‘im, alla

Alla, alla, oppog‘im, alla,
Gul ichida yaprog‘im, alla.
Qizil gulning butog‘i, alla,
Onang shuning adog‘i, alla.

O‘zing gulzor bog‘imsan, alla,
Suyanishga tog‘imsan, alla.
Qorong‘u kechalarda, alla,
Yondirgan chirog‘imsan, alla.

Sutdan oppoq, guldan islim, alla,
Bu dunyoda yo‘qdir misling, alla.
O‘g‘illarimning sultoni, alla,
Senga tasadduq. shu jonim, alla.
Orzularim oltin toji, alla,
Mening jonim – shuning boji, alla.

Alla, bolam – bozorim, alla,
Diqqat bo‘lsam, yozarim, alla.
Uxla, ko‘zi xumorim, alla,
Orom ol, beozorim, alla.

Реклама

Oq shohidan ro‘molim, alla,
Oq yuzingni artayin, alla.
Cho‘lpon ko‘zingni yum qo‘zim, alla,
Senga alla aytayin, alla.

Bog‘imdagi gul-g‘uncham, alla,
Uxlab olsin to‘yguncha, alla,

Bayroq haqida sherlar to‘plami

Ko‘k guli yulduzgina, alla,
Oy yorug‘ yolg‘izgina, alla.
Oy – yuzi, yulduz – ko‘zi, alla,
Muncha shirin bu qizgina, alla.

Alla, alla oppog‘im, alla,
Gul ichida yaprog‘im, alla.
Yaproqlari so‘lmagay, alla,
Paymonasi to‘lmagay, alla.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Mehr oqibat haqida sara sherlar to‘plami
  2. Yaxshilik haqida sara sherlar to‘plami
  3. Orzu haqida sara sherlar to‘plami
  4. Ona haqida sara sherlar to‘plami
  5. Bayroq haqida sara sherlar to‘plami
  6. Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to‘plami
  7. Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami
  8. Amir Temur haqida sara sherlar to‘plami
  9. Zulfiya Isroilova barcha sherlari
  10. Madhiya haqida sara sherlar to‘plami
  1. Gulnoza:

    Juda ham ajoyib

  2. gulyuz:

    Juda ham yoqimli

    • Ramazonova Charos:

      Salom men qoyil qoldim barakalla zo’r allalar
      Barakalla

  3. Oqgul:

    Salom ajoyib allalar👏👏👏👏👏

    • Shaxnoza:

      Barchaga assalomu alayko’m, men bu allani o’qib shunga amin bo’ldimki, bu dunyoda onalar allasi juda jozibadordir.

    • Oydinaxon:

      Juda chiroyli to’grisi gap man bu allalarni eshitib yig’ladim, juda ajoyib va zo’r.

  4. Zilola:

    Juda ham zo‘r

    • Zuhra:

      Salom, zo’r juda, ajoyib sherlar.

  5. Dilshoda Sa'dullayevna Otaboyeva:

    Haqiqiy mehrning isboti bu shubhasiz alla hisoblanadi

  6. Diyora:

    Bu dunyoda ona allasidek murg’akni hech narsa tinchlantira olmaydi. Juda chiroyli allalar to’plami ekan.

  7. Dilfuza:

    Assalomu alayko’m. Katta rahmat, juda kerakli mavzu ekan.

  8. Mohichehra:

    Juda ham yoqimli va ma’noli. Qoyil qoldim zo’r. O’zim ham yodlab oldim keraklisini.

  9. Shahlo:

    Judaham yoqimli ekan.

    • UzBaza.uz:

      Shahlo fikringiz uchun tashakkur.

  10. Аноним:

    Tariflashga so’z topolmaysiz, ona allasi yuraklarni titratadi, menga bu alla to’plami juda yoqdi.

  11. Malika:

    Har bir ona o’z farzandiga albatta o’zi alla aytib berishi kerak deb o’yleman. Alla bolani faqatgina uhlashiga emas nutqi aqli rivojlanishiga ham yordam beradi ekan. Qizalog’im ikki oylik menga qo’shilib har xil ovozlar chiqaryapti hozir. Men o’zimni jajji qizim uchun izlagandim xuddi shunaqa to’plam mana topdim rahmat.

  12. Mirjahon:

    Juda zoʻr ona allasi ekan, menga judayam yoqdi, ishlaringizga omadlar tilayman.

  13. Madina:

    Rahmat sizlarga, menga bu to’plam va shu saytning o’zi juda ham yoqdi, ma’noli sherlar bor ekan.

  14. Oʻgʻiloy:

    Assalomu alayko’m. Bu yerdagi barcha she’rlar juda zoʻr ekan, omad…

  15. Madina:

    Men yosh onaman. Alla izlab shu yerdan topdim. Juda ham beqiyos allalar toʻplami.

  16. Mariyam:

    Assalomu alayko’m do’stlar. Ushbu saytdagi allalar judayam maʼnoli ekan, manga juda yoqdi.

  17. Shahnoza:

    Betakror allalar to’plami ekan, bolamga oʻqib aytib ham berdim, shiringina boʻlib uxlab qoldilar, Muhammadqodirbek asal oʻgʻlim.

  18. Hilola:

    Judaham manoli yoqimli allalar ekan, menga juda maqul bo’ldi, yosh onaman bolalarimga alla aytay desam bilmasdim, mana endi yodlab olyapman, farzandlarimga xam aytib bergandim shiringina bo’lib uxlab qoldilar.

  19. Dilnoza:

    Alla ma’noli, tinglab katta bo’lgan bola aqilli bo’ladi, Insholloh bunga ishonaman.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *