Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
Kattalar va boalar uchun barcha turdagi mevalar va sabzavotlar haqida eng sara sherlar to‘plami.
Mevalar haqida sherlar (Oltin kuz)

Mevalarni,
Shakar etding,
Yaproqlarni,
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
To’kin-sochin,
Dala-yu bog,
Dehqonlarning,
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.
Hasharotlar haqida sherlar to‘plami
Shaftoli haqida sherlar

– Meni, derlar, shaftoli,
Ko‘p mevalar qatori,
Mazaliman, totliman,
Narxi baland otliman.
Maqtanish bo‘lar, desam,
Ming bir dardga doriman.
O‘g‘irlagan siz bo‘lib,
Yаna mendan nolimang.
Maqsadim – xursand qilmoq
Siz xo‘randa do‘stimni.
Biron-bir so‘z aytdimmi,
Shilsangiz ham po‘stimni?!
Shaftoli pish og‘zimga tush

Shaftolining tagida,
Bir dangasa yotardi.
U xayol daryosida,
G‘arq bo‘lardi, botardi.
Shaftoliga der shunday:
-«Shaftolijon, tezroq pish,
Meni kutib o‘tirmay,
Sen o‘zing og‘zimga tush».
Lekin uning orzusi,
Ro‘yobga chiqarmidi?
Axir shaftoli o‘zi,
Og‘ziga tusharmidi?
Yo‘q, xammasi xom xayol,
Bunday bo‘lmaydi sira.
Kerak bo‘lsa, mexnat qil,
Dangasalikdan ko‘ra.
Yungli shaftoli bilan suhbat

-Shaftolijon shaftoli,
Nega to‘ning yechmaysan?
Issiq saratonda ham,
Yungli to‘ndan kechmaysan.
-Bir kun yechdim to‘nimni.
Aqli yo‘qlar yecharkan.
Saratonda shamollash,
Juda og‘ir kecharkan.
Shundan buyon yozda ham,
Issiq to‘nda yuraman.
To‘n ichida pishirib,
Shirin sharbat beraman.
Olma haqida sherlar

Men sizlarni olmangiz,
Xomligimda olmangiz!
Nortojiga o’xshab so’ng,
Voy qornim! deb qolmangiz!
Bog’larga chiroymanda,
Vitaminga boymanda!
Pishganimda emasangiz,
Qolasizda armonda!
* * *
– Tanishaylik, men – olma,
Nomimga quloq solma.
Olaver, ikkilanmay,
Ishtahang bo‘lsin karnay.
Reklamaga hojat yo‘q,
Ta’mim rosa yoqimli.
Ortganini quritsang,
Qishda eysan qoqimni.
Behi haqida sherlar

Ikki yuzim burushqoq,
Dema meni urishqoq,
Ishga solib aqlimni,
Sezdirmayman jahlimni.
Agar shirin bo’lmasam,
Xushomadni bilmasam,
Meni darrov kesishar,
O’rnimga nok ekishar.
Hayvonlar haqida sherlar to‘plami
O‘rik haqida sherlar

Meni derlar qand o’rik,
Vitaminga liq to’liq,
Rangim sariq, zarg’aldoq,
Olxo’riga men o’rtoq.
Gullarim xushbo’y, ko’rkam,
Siylagan meni ko’klam,
Pishgach asalga to’lay,
Yurakka quvvat bo’lay!
* * *
Qantak o‘rik,
Otim bor,
Xo‘p mazali,
Totim bor.
Mag‘zimga berkitgan,
Qantim bor, novvotim bor.
Gilos haqida sherlar
Go’zal qizlar labidek,
Yal-yal yonar yanog’im,
Tabiatga ko’rk bergan,
Har bir gulu-yaprog’im.
Dovuchcha haqida sherlar

– Shoxda shig‘il dovuchcha,
Ko‘m-ko‘k yashil dovuchcha.
Kesak otib qoqaymi?
– Yo‘q!
O‘zing yerga tushasan,
Pishib hil-hil dovuchcha!
Tarvuz haqida sherlar

Polizga kirib Qo‘zi,
Tarvuzga tushdi ko‘zi.
U tarvuzni oldi-da,
Qulog‘ining oldida
Siqib turib so‘radi:
– Ismimng nima?
– Qo‘zivoy…
– I-ye, adash ekanmiz,
– Shirindirsan o‘zimday.
Qo‘zivoyni Qo‘zivoy,
Ketdi qo‘yib yelkaga,
Totib ko‘rgach, polizga,
Kelar yana ertaga.
Nok haqida sherlar
Mevam o’xshar olmaga,
Xa, biroz qarindoshmiz,
Ra’nodoshlar oilasining,
Madaniylariga boshmiz.
Nihollarim nozikroq,
Kech kiraman hosilga.
Lekin parvarish bo’lsa,
Dehqonni ko’ngli to’lsa
Sharbatlarga to’laman,
Rosa quvvat bo’laman!
Shotut haqida sherlar

Biz yozda-chi,
Tut qoqib,
Hech qo‘ymasdan,
But qoqib,
Undan shinni,
Pishirdik.
Nonga bulab,
Tushirdik…
Qushlar va parrandalar haqida sherlar
Piyoz haqida sherlar

Yerga chuqur, botsam men,
Berkinvolib, yotsam men,
Izlab topdi oshpazlar,
Meni chopdi oshpazlar.
Yig‘lamadim — polvonman,
Lekin juda hayronman:
Oshpazlarning o‘zlari,
Nega yoshlar ko‘zlarin?
Qovun haqida sherlar

Men va To‘lan
Kuni bilan,
Uyda yedik,
Qovun yedik.
Tilib-tilib,
Maza qilib,
Dadam yedi,
Kosa qilib.
* * *
Qovun haqida hazil sher
«Qovun yesang, saxar ye,
Аksi boʼlsa, zaxar ye!»…
-«Donolarning donosi,
Nedir buning maʼnosi?»
-«Buning maʼnosi shulkim,
Ishonmassiz siz balkim,
Ruschadir «saxar» soʼzi,
«Qand» degani bu oʼzi.
Yaʼni qovunni albat.
«Qand» boʼlsa, yegin faqat!
Bemaza yesang andak,
Soʼng «voy-voy» deysan, tentak!
Maʼnosi shudir, mana,
Endi ishingga joʼna!…»
Yong‘oq haqida sherlar

Bir hovuch yong‘oq tutdi,
Bizlarga bir otaxon.
Tanlagan go‘yo yutdi –
Bittadan olib shodon.
Yong‘oqlar dum-dumaloq,
Bir xilda: silliq edi.
Hatto men olgan yong‘oq –
Po‘stlog‘i bo‘liq edi…
Yemoqchi bo‘lib mag‘zin,
Har kim yong‘og‘in chaqdi.
Lek ochiq qoldi og‘zim,
Chunki menda puch chiqdi…
Bilmaysiz, do‘stdan ham goh –
Sinovda qalb qaqshaydi.
U ichin etmas ogoh –
Puch yong‘oqqa o‘xshaydi.
* * *
Yog’och qobiq ichida,
Moyga to’lganman juda,
Quvvatsizga darmonman,
Vitaminlarga konman.
Iltimosim bir faqat,
Pishgunimcha qil toqat!
Yetilib pishib olay,
Tanangga quvvat bo’lay!











Assalomu alayko’m. Mevalar haqidagi ushbu sherlar to’plamida aynan qovun haqidagi sher o’rin olgan!
Assalomu aleykum va raxmatulloxi va barakatuxu, menga qalampir haqida she’r kere edi bo’lsa tashab berilar.
Iltimos bulgʻor qalampiri va makkajoʻxori haqidagi sheʼr kerak edi.
Asalomu alaykum. Menga bugun apelsin haqida sher yuboring, hosil bayramiga iltimos.
Bulg’or qalampir haqida she’r yo’q ekan, ertaga hosil bayramiga kerak edi, shuni topib berasizmi?
Ассалому алейкум,тарвуз ковун хакидаги шеърлар бироз галати айникса тарвуз шерини кайта кайта укиб тушунмадим , бошка шерълар учун рахмат.
Dilfuza assalomu alayko’m. Kechirasiz savolingizga tshunmadik.
Калампир хакида шер борми менга керак еди , болса ташлаб беринг илтимос
Donoxon assalomu alayko’m. Sherlarni yuklashda davom etyabmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Kuzimizning goʻzalligin ogʻaynilar koʻrganmisiz.
……………….
Uzum uzib , sharbat suzib
Shinniga oʻt yoqqanmisiz,
Gala -gala, shoda shoda ,
Duv-duv yongʼoq qoqqanmisiz
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi
Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi
Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi
Assalomu alaykum. Bu she’r qardosh maktablarda o’tiluvchi 3-4-sinf o’zbek tili kitobida bor edi adashmasam
Kuzimizni go’zalligin siz bolalar ko’rganmisiz.
Tokdan husayni, yerdan qirqma, Shoxdan behi uzganmisiz.
Uzum uzub sharbat suzib shinniga o’t yoqqanmisiz.
Gala-gala, shoda-shoda, duv-duv, yong’oq qoqqanmisiz.
Bularni ham qo’yavering dalamizga chiqqanmisiz.
Paxtazordan uyum-uyum oq oltinni terganmisiz.
Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi
Gilos haqida sher kerak
Assalomu alaykum. Bu she’r qardosh maktablarda o’tiluvchi 3-4-sinf o’zbek tili kitobida bor edi adashmasam
She’rlarning barchasi juda yoqimli va bolalarga mos. Mevalar va sabzavotlarni tanishtirishda yordam beradigan ajoyib material ekan.
Baqlajon, oshqovoq, bodring, nok haqida sherlar yoqmi
Sabzi haqida sherlar kerak edi, bu yerdan topa olmadim, kimda bo’lsa ulashib yuboringlar iltimos.
Banan haqida ham bormi. Bõlsa yordam beringlar.
Assalomu alaykum. Manga anor haqida she’r kerak.
Assalomu alaykum. Ko‘proq sabzavotlar haqida she’r kerak edi. Sabzi kartoshka haqida
Sabzi haqida sher kerak, kimda bor? Kimda bo’lsa shu yerda yozib qoldirsin iltimos.
Yong’oq haqida uzun sher kerak edi.
Assalomu aleykum limon xaqida sher bulsa yordam berila
Assalomu aleykum limon xaqida sher bulsa yordam berila
Manga kartoshka haqida she’r kerak edi.
Salom. Qulupnay haqida sher bormi sizlarda?
Barchaga salom, Qovoq haqida she’r bo’lsa bizga yozib tashanglar iltimos sizlardan.
Karam haqida she‘r bormi, bor bo‘lsa yozib yuboring oldindan raxmat.
Oyim Karam berdilar, tozlab qo’y dedilar.
Tozlab qarasam shu chog’
Hammasi ekan po’choq.
Bulg’or qalampiri haqida sher kerak edi, iloji bo’lsa topib beringlar.
Zo’r she’r ekan, turp haqida sher kerak, iltimos.
Baqlajon haqida sher kerak edi, iloji bo’lsa topib beringlar iltimos.
Assalomu alayko’m do’stlar. Menga Anor mevasi haqida sher kerak edi, kimda bo’lsa tashlab yuboringlar iltimos.
Assalomu alayko’m. Pomidor haqida sher kerak edi, kimda bo’lsa yozib yuborsin iltimos.
Menga pomidor haqida sher kerak edi.
Assalomu aleko’m. Menga Limon haqida sher kerak edi.
Sheʼrlar juda ham quvnoq va bolalar uchun yodlashga oson, qofiyali.
Men gilosman bilib ol,
Rangim yoqut totim bol,
Topsang qo’shalog’imni,
Qulog’inga taqib ol.
Shotut haqida ozroq sher bormi?
Qulupnay haqida sherlar bormi?
Rediska haqida sher kerak edi, silarda bo’sa yordam bervorilar.
Sherlari yaxshi menga yoqdi. Sabzavot haqida sherlar yoʻqmi?
She’rlar tayyorlashda davom etizlar, kiichkintoylar uchun darsimda foydalanish uchun juda qulay bo’lyapti. Charchamaizlar. Rahmat xizmatiylar uchun.
Assalomu alayko’m, pamidor haqida sher kerak edi, iltimos yordam beringizlar.
Shaftoli pishdi,
Tagiga tushdi,
Xomini uzdim,
Otam urishdi.
Bizga qovoq haqida 12 qator she’r kerak edi, kimga bo’lsa yozib yuborizlar, iltimos.
Kartoshka va boshqa poliz ekinlari haqida sherlar bo’lsin.
Assalomu alayko’m. Baqlajonlarga apelsin, limon haqida sherlar kerak edi, yo’qmi?
Assalomu alayko’m. Sabzovotlar xaqida sherlar bo’lsa 3-4 yosh bolalar uchun.
Boxcha bolalari uchun sabzavotlar haqida sher bo’lsa yaxshi bo’lardi.
kimda agar Balgarskiy haqida sher bo’lsa tashlasin iltimos, kerak edi.
Assalomu alayko’m do’stlar. Ananas haqida sher kerak, kimda bo’lsa tashlasin iltimos.
Meva va sabzavotlar haqidagi sheringgiz zo’r chiqibdi rahmat
Limon haqida sheʼr kerak edi kimda bor
Iltimos, limon haqida sher topib berizlar.
Assalomu alaykum Makkajo‘xori haqida she’r kerak edi
Assalomu aleykum. Iloji boricha koʻproq meva va sabzavotlar haqida sher kerak.
Assalomu alaykum. Kim karam haqida sheʼr bilsa tashlab yuborsin iltimos 🙏🏻🥺🙏
Assalomu alayko’m. Patir haqida sher kerak va nishallo haqida sher kerak, iltimos.
Menga sitrus mevalar jaqida she’rlar yuborishingizni sòrayman
Sabzavotlar va mevalar haqida she’rlar
Калампир хакида шер борми менга керак еди , болса ташлаб беринг илтимос