Oila haqida sara sherlar to‘plami
Oila haqida, eng sara sherlar to‘plami. Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin.

Baxtli oilamiz

Mening oilam,
Oyim va dadam,
Bor yana singlim,
So’ngisi o’zim.
Ertalab turib,
Salom beraman,
Mehrdan to’yib,
Quvnoq yuraman.
Dadam oyim biz uchun,
Sarflaydilar bor kuchun,
Doim bizlar birgamiz,
Biz ahil oilamiz.
Islomova Mukambar sheri
Mening oilam

Biz katta oilamiz,
Inoq ahil hammamiz.
Yashaydi bobom buvim,
Men, ukam, dadam, oyim.
Bog’chaga eltar bobom,
Meni qo’limdan ushlab,
Ukamga qarar buvim,
Har kun uni allalab.
Oyim dadam ishga ketar,
Uy ishiga ham ulgurar,
Men ham ularga dasyor,
Biz yashaymiz baxtiyor.
Islomova Mukambar sheri
Abdulla Qodiriy barcha sherlari
Oilam

Oila desam, biri tan,
Biri jondek ko‘rinar.
Mo’jazgina mustahkam,
Bir vatandek ko‘rinar.
Oila – otam,
Oila – onam,
Oila – ukam ko‘zlari.
Oila – singlim,
Oila – bobom,
Buvijonim so‘zlari.
Men ulardan o‘zimni
Tasavvur etmam ayro.
Oila – kichik Vatanim,
Men – jilg‘aman, u – daryo.
Oila – otam,
Oila – onam,
Oila – ukam ko‘zlari.
Oila – singlim,
Oila – bobom,
Buvijonim so‘zlari.
Zahro Hasanova sheʼri
Ukam

Ukam juda aqlli,
Kitobimni yirtmaydi.
Bitta-bitta varoqlab,
Rasimini izlaydi.
Mitti ukajonimni,
Juda yaxshi ko’raman.
Qiziq kitoblarimni,
O’zim o’qib beraman.
Abdulla Qodiriy haqida sherlar to‘plami
Bor bobo buvim

Meni ismim Noila,
Bizlar katta oila,
Bor bobo buvim,
Ukam, dadam, oyim.
Erkasiman bobomni,
Danagiman buvimni,
Men baxtli bolaman,
Doim quvnab yuraman.
Buvijon

Kasal bo’lmang buvijon,
Bor bo’ling siz har qachon.
Uyimizni farishtasi,
Duogo’y sarishtasi.
Doim kulib yuringiz,
Dastyorman men sizga,
Sog’ salomat bo’lingiz,
Kiringiz siz yuzga.
Uyimiz farishtalari

Bobojonim bor mening,
Buvijonim bor mening,
Biri-biridan aziz,
Qo’sh jahonim bor mening,
Bobomiz oppoq dada,
Buvimiz — uy farishta.
Ular duosi bilan,
Mashg’ulmiz biz har ishda.
Ular ham sog’ bo’lishsin,
Qo’sha-qarib yurishsin.
Nabiralar baxtiga,
Uzoq umr ko’rishsin.
Bobo va Buvi haqida sherlar to‘plami
Oila haqida savol javob

Oila qanday dargoh?
Oila muqaddasdir.
Yashasak bizlar inoq,
Bu barchaga havasdir.
Xonadonda katta kim?
Kattalar buvim, bobom
Ota-onam ularga,
Ko’rsatarlar ehtirom.
Ota-ona qanday zot?
Ota-ona mo’tabar.
Kamol topsin bolam deb,
Mehnat qilar shom-sahar.
Aka-uka, singil kim?
Ularmi? Ular qondosh.
Hamjihatlik hamisha,
Qondoshlarga chin yo’ldosh.











Assalomu alayko’m. Hammasi yaxshiyu, faqat ona haqida sheʼr yozmabsizlarda, kelgusida yana mehmon bo’laman, ona haqidagi sherlardan kutib qolaman.
Oila haqida she’rlar juda ta’sirli va ma’noli ekan, Ota-onamga bag‘ishlab o‘qib berdim, bu yerda ajoyib she’rlar bor ekan.
She’rlarni o‘qib, oilam bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish kerakligini his qildim. Ba’zida shunday sodda so‘zlar yurakni chuqur larzaga soladi.
Oila haqidagi she’rlar juda samimiy va ma’noli ekan. Ota-ona, aka-uka, opa-singil va farzandlarning bir-biriga bo‘lgan mehri juda go‘zal ifodalangan.
Vauuu oila haqida juda manoli sherlar to’plangan ekan, ishlaringizga rivoj tilab qolaman, charchamang.