Opa va singil haqida sara sherlar to‘plami
Opa va singil haqida eng sara, manoli va tasirli sherlar to‘plami.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
U singil, u opa, u ona, u yor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Sendanda ko‘p senga vafodor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Oppoq tongda nurday beg‘ubor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Yashnatar dilni gulruhsor.
Opa meni yo‘qlab keling
Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling!
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz xolin so‘rab,
Shoyi ro‘mollarin o‘rab,
Siz onamga o‘hshab keling!
Goh muzlayman toshli tanday,
Erkalatar edi qanday,
Bolam deng bir adashganday,
Siz onamga o‘hshab keling!
Do‘st-yor vafo qilmaganda,
Baxtu omad kulmaganda,
Dunyo yo‘qlab kelmaganda,
Siz onamga o‘hshab keling!
Mirzo to‘kar ko‘zdan qonin,
Gʻanimatdir har bir onim,
Jonim beray opajonim,
Siz onamga o‘hshab keling!
Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling.
Ayollar haqida sherlar to‘plami
Baxtli boʻlgin singlim
Xovlimizda qolib ketgan izlaringni,
Oq libosda yoshlar toʻkkan koʻzlaringni,
Sogʻinaman har lahzada soʻzlaringni,
Erkalanib aka degan soʻzlaringni.
Qoʻy yigʻlama, yigʻlama mehribonim singlima,
Sen yigʻlasang singiljonim yigʻlar mening koʻnglima,
Bugun shirin orzuyingga yetar boʻlding,
Muhabbatning koʻprigidan oʻtar boʻlding.
Sen onamning erka qizi singlima,
Bagʻrimizdan qushday uchar boʻlding singlima,
Farishtalar boshginangni silaydilar,
Ota onang oq duolar tilaydilar,
Baxtli boʻlgin bir umirga singlima.
Singlisini yig’latmaydi aka degan
Aka degan jonga chindan jondosh bo’lar.
Uka degan asli asl qondosh bo’lar.
Singil sizga dildosh bo’lar, yondosh bo’lar.
Singlisini yig’latmaydi aka degan.
Kulfat kelsa ustingizdan kulmaydigan.
Do’q urlsangiz qovog’ini uymaydigan.
Zarda qilib lablarini burmaydigan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.
Yo’qlasangiz tor xovlisi jannat bo’lgan.
Bu dunyoda borligi bir davlat bo’lgan.
Aytgan so’zi Alloh bergan davlat bo’lgan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.
Taqdirining cho’g’ligini bildirmagan.
Gox ochin, gox to’qligini bildirmagan.
Onasining yo’qligini bildirmagan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.
Singil yo’qlab borganingiz tavob bo’lar.
Bug’doyzorni bossangiz xam savob bo’lar.
Mehr bering sizga Xaqdan javob bo’lar.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.
Tashvishlarin yelkangizga ortib qo’ying.
Boshin silang, ko’z yoshini artib qo’ying.
O’g’lingizning qulog’iga aytib qo’ying.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan..
Ayol zotin xo’rlamaydi erkak degan..
Singlim soching tarayman
Kelgin singlim sochingni,
Mayda mayda o‘rayman,
Husun qo‘shib husninga,
O‘zim soching tarayman.
Mehringni darig‘ tutma,
Menday sodda akangdan,
Sening kelishing kutib,
Ko‘z uzmayman yo‘lingdan.
Mehrim bo‘lakcha senga,
Balki buni bilmassan,
Yagona singlimliging,
Buni hatto sezmassan.
Darding ko‘payib ketsa,
Kelavergin yonimga,
O‘zim olay dardingni,
Azobing beraqol menga.
Baxt izlasang gar agar,
Izlab kelgin yonimga,
O‘zim tutaman baxtni,
Sening jajji qo‘linga.
Kulishlaring yoqadi,
Bir kulib qo‘y menga,
Shu tabassumingni,
Olib qolay yodimga.
Hech ham mag‘zun bo‘lmagin,
Yarashmas bu senga,
Tabbasuming chiroyli,
Yarashar shu senga.
Tortinmasdan kelaqol,
Sening uying koshonam,
Akangni biroz eslab tur,
Sog‘inaman yagonam.
Singillarim jonim fido
Taqvo bilan ko‘ngil hushlagan,
Islomini mahkam ushlagan.
Boshlaridan hijob tushmagan,
Singillarimga jonim fido.
Yaratganga Banda bo’la olgan,
Shaytonlarga banda bo’lmagan.
Namozlarin kanda qilmagan,
Singillarimga jonim fido.
To’ylarda handon kulishmas,
Bozorlarda sang’ib yurishmas.
Ko‘rganimda yuzim burishmas,
Singillarimga jonim fido.
Osmonimni to’lin oylari,
O’zbegimni gulchiroylari.
Opajonim dardlashgani keling
Opajonim, bulut bo’lib sitilib ketdim,
Opa opajonim, yashin bo’lib yiqilib ketdim,
Opajonim, yomg’ir bo’lib to’kilib ketdim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Rangimning rangini eslolmay qoldim,
Tomog’im achishib, yig’lolmay qoldim,
G’aflat bosib sizni yo’qlolmay qoldim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Kunduz yonimizda yotsin desangiz,
Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Yulduz yonimizda yotsin desangiz,
Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opa, dardlashgani keling bir kecha.
Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Hamma azobimga topasiz chora,
Kelsangiz xorligu zorlik nachora,
Yaxshiyam sizni tuqqan onam bechora,
Otamni eslaylik, keling bir kecha.
Qo’shig’im rayhondir, qo’shiqlarim zarrin,
Bir ko’nglim podshohdir, bir ko’nglim g’arib,
Xudodan so’rovdimmi xofiza bo’lay deb?
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Bolaligimga qaytib, sho’x yel bo’lay men,
Dardlarimni aytib, yengil bo’lay men,
Keling, yana sizga singil bo’lay men,
Opa, dardlashgani keling bir kecha,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Opa, dardlashgani keling bir kecha.
Ota uyga mehmon singlim
Umr oqar daryo ekan bilmabman ham,
Bir bora men shuni anglab yetmabman ham.
O’zga uyga ketar bugun singilginam,
Ota uyga mehmon ekan singilginam.
Bolalikdan suyanganim singlim edi,
U siz endi men qandayin ko’nikaman,
Yuragimning bir parchasi ko’nglim edi,
Yor-yor ila ketar bo’ldi singilginam.
Ne ham derdim, baxtli bo’lgin, taxtli bo’lgin,
Yangi uyga munosib bir kelin bo’lgin,
Sog’intirmay bizni har dam yo’qlab turgin,
Eshigimiz doim ochiq kelib turgin.
Kelgusi yil qo’shsha farzand bersin Hudo,
Karnay-Surnay ovozida olam aro,
Beshik to’yda xalqni to’yga chorlab turay,
Nasib bo’lsa «Tog‘a» nomin oqlab yuray.
Mehribon boʻlarkan singil
Millionga boʻlinib ketganda chil chil,
Begona soʻzidan singanda koʻngil,
Singliga vafodor boʻlgani kabi,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.
Singlining qalbiga nihol oʻtkazib,
Shirin soʻzlar bilan dardni ketqazib,
Suv soʻrasa aka choylar tutqazib,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.
Yomonlik koʻrib va olmasa alik,
Aka siqilmang der axir bunchalik,
Xechkim boʻlolmaydi tuqqaningchalik,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.
Ona allasi matni va alla haqida sherlar
Jonimning huzuri opam
Yonimda doim parvona boʻlgan,
Betob bo‘lsam boshimda turgan.
Koʻz yoshlarim kulgi ortidan sezgan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Ne boʻlganda ham men tushungan,
Qoʻpolligim ortidan koʻp og‘ringan.
Ketganida juda o‘rni bilingan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Yuragimning bir parchasi,
Kutaraman uni zardasin,
Hecham ozor koʻrmasin,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Berolmasam-da mehrimni,
Sochib yana zahrimni,
Qoʻllagan doim zehnimni,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Birga yig‘lab, birga kulganmiz,
Bir uyda o‘sib-o‘nganmiz,
Doimo bir tarafda turganmiz,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Sabr bersin singillarim
Ota uyida o‘tar umr tushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Bir kun uchib ketasizlar qushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Ko‘pga kelgan to‘yda ko‘ngil so‘ramaslar,
Rostu yolgʻon yigʻingizga qaramaslar.
Aka boʻlib xol soʻrashga yaramaslar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan bo‘lar endi suxbatingiz.
Qizil gulday oʻtib ketar qiz paytingiz,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Bilganimiz oʻzimizga e’tiborlar,
Bir choʻp olib kuymaymiza biz beorlar.
Sigir soqqan ekan xatto paygʻambarlar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Zero xalq butun ayol aziz joyda.
Ayol yashamasa millat bor qayda.
Yuribmizda yigitman deb ayol bor joyda,
Hudo sizga sabr bersin singillarim!
Opa singil jonga jondosh
Opa singil degani jonga jondosh boʻladi,
Qiynalganda xasratlarga yonda yondosh boʻladi,
Yurak toʻlib yigʻlasangiz yupatuvchi yaqiningiz,
Butun umr qalbingizga taskin, sirdosh boʻladi!
* * *
Senday dardkash, yo’qdir mehribon.
Xarqanday xolatda saqlagan sirim.
Seni yaxshi ko’raman ishon.
Tug’ulgan kuning bilan singlim.
* * *
Qutlug bo‘lsin tug’ulgan kuning,
To‘lsin quvonch, shodlikka diling.
Singiljonim bo‘lgin sog’ omon,
Orzularing bo‘lmasin armon…
Hayot yo‘li bo‘lsin chiroylik,
Ko‘zlaringdan oqmasin hech yosh.
Mudom kulib omad, baht,
Yor bo‘lsin senga singiljon!
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sara sherlar to‘plami
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
- Ayollar haqida sara sherlar to‘plami
- Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari, to‘rtliklari va tuyuqlari
- Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami
- Alisher Navoiy haqida sara sherlar to‘plami
- Juma kuni haqida sara sherlar to‘plami
- Diniy va Islomiy eng sara sherlar to‘plami
- Kitob haqida sara sherlar to‘plami
- Bolalar haqida sara sherlar to‘plami
Ok
JUDA YOQDI
Juda ham taʼsirli ekan, sheʼrlarim menga yoqdi! Ishilarga omad tilayman 😢
Qayni opamga mos sher kerak edi
Men 1 ta o’gilman. 1 ta opam 2 ta singlim bor. Shu mavzuda she’r bo’lsa qaniydi.
Gap yoq juda tasirli
Bunaqangi sherlarga gap yo’q, o’qib yig’lagim keldi azizlarim.
Juda juda ajotib😇😘
Juda yoqdi Opa singil haqidagi sherlar Kup bulsa juda yahwi bulardi
Манга хам жуда ёкди шеърлар опларимизни тугилган кун бн табриклайдиган шеър булса зур буларди❤❤❤
Juda ajoyib sherlar
Judaham chiroyli sherlar menga judaham yokdi
Singil haqida sherlar ham qo’yinglar, opa haqida sherlar juda ko’p ekan.
Манга хам жуда ёкди шеърлар опларимизни тугилган кун бн табриклайдиган шеър булса зур буларди❤❤❤
😊🤗🤗🤗👍👍👍
Jigarlarimizga atalgan she’rlar ko’p bo’lsin!
Menga hamma sherlar yoqdi, eng yoqani «opajonim dardlashgani keling» shu sherni yozgan kishiga raxmat.
Opa va singil haqidagi sherlarga gap yoʻq rahmat.
Opa va singil haqida yozilgan ushbu sherlar judayam yaxshi ekan!
Voy do’stlar opa singil haqidagi bu sherlar buncha yaxshi. Menga ham juda yoqdi sherlar.
Opalarga bag’ishlangan ushbu sherlar nihoyatda jozibador va go’zal ekan, huddiki mening opamga o’xshab.
Menga ham juda yoqdi hattoki singlimni tug’ulgan kuni bilan tabriklab sher yubordim raxmat.
Assalomu alayko’m. Sherlar juda yoqdi, bitta opam uchta singlim bor, shu mavzuda sher bo’lsa yaxshi bo’lar edi, oldindan raxmat.
Opamga atab sher aytmoqchiman, uch opam bor, katta opamni to’yi bo‘lyapdi, o’shanga sher aytmoqchiman iltimos topib bering.
Juda tasirli, haqiqatdan ham opa singil to’g’risidagi she’rlar juda go’zal ekan.
Ushbu mavzuga atalgan yanada ko’proq sherlar bo’lsa juda yaxshi bo’lgan bo’lar edi.
Juda ajoyib she‘rlar kolleksiyasi bor ekan, sizlardan juda minnatdorman azizlarim.
Assalomu aleko’m, manga yoqdi juda zo’r, hammaga tafsiya qilaman.
Assalomu alayko’m rahmatullohi barokatux, qandaysizlar yaxshimiszlar sherla tasirli va manoli ekan, o’qib miyyalar dam olar ekan, ishlaringizga omad charchamangsizlar, iloji bo’lsa suralarni ham yozib qo’yingizlar oldindan rahmat.
Assalomu alayko’m. Xonzodabegim ismiga ham bormi she‘rlaringiz?
Opa haqida sherlar menga juda maqul keldi, sizlarga o’z tashakkurimni izhor etaman.
Assalomu aleyko’m, she’rlar juda yoqdi. Muhlisa ismiga ham she’rlar bo’lsin iltimos.
Zo’r, rahmat, juda zo’r sherlar ekan, singil haqida ko’proq yozilar, opa haqida sher rostan ham ko’p ekan.
Juda yoqdi taʼsirli sheʼr ekan, opa va singillar baxtimizga doim sog’ bo’linglar.
Menga «Jonimning huzuri opam» degan sher yoqdi, yana shunday sherlar bo’lsa yozing.
Mening bitta singlim, ukam va opam bor, shunga mos sher topib beringlar, manashu opa singil sherlaridek samimiy sher bo’lsin degandim.