Ona haqida sara sherlar to‘plami

Ona haqida sherlar to‘plami: Muhammad Yusuf, Ahad Qayum, Abdulla Oripov va boshqa ko‘plab shoirlar qalamiga mansub juda tasirli va manoli sher va sheriy to‘rtliklar (4 qator).

Ona haqida sherlar

Ona haqida sher: Muhammad Yusuf

Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman.

Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman.

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.

Ona allasi matni va alla haqida sherlar

U inson siz emas onajonimdir (4 qator)

U inson siz emas Onajonimdir

Men uni sevaman juda ham qattiq,
U ertak emas chin xaqiqatdir.
U mening borlig‘im jonajonimdir,
U inson siz emas onajonimdir.

Ahad Qayum: Ona haqida sher

Onam mehri yetib ortadi.
Mayli dunyo beshavqat bo‘lsin.
Men baxtliman ey birodarlar.
Mayli dunyo g‘azabga to‘lsin.

Onam mehri yetib ortadi.
Nima kerak, do‘stning oh-vohi.
Birkun kelib yordam so‘rasang.
Tanimasga oladi goxi.

Onam mehri yetib ortadi.
Kerak emas, soxta kalomlar.
Bir bor «o‘glim» desa yetadi.
Kerak emas, o‘zgacha nomlar.

Onam mehri yetib ortadi.
Sevganimni daldasi shartmas.
U xam birkun ortga qaytadi.
Kutmayman xam, qaytmasa qaytmas.

Onam mehri yetib ortadi.
Butun dunyo shavqat qilmasin.
Birbor boshimni silagani bas.
Mayli dushman yaram tirnasin.

Onam mehri yetib ortadi.
Ey yoronlar sizdan kutmayman.
Onam borki yuragim butun.
Ul zot borki alam yutmayman.

Onam mehri yetib ortadi.
Qolganlar bir kuni minnatlar.
Shuning uchun menga topilmas.
Onamdanda qadri qimmatlar.

Mehribon ko‘rsatma o‘zingni.
Men uchun namlama ko‘zingni.
Ey yorim, bo‘lmagin so‘zimni.
Ona mehri yetib ortadi.

Onangni rozi etsang (8 qator)

Onangni rozi etsang
Onangni rozi etsang,
Zamon seniki.
Na zamon zaminu,
Osmon seniki.
Agar otangni xam,
Rozi eta olsang.
O‘n sakkizming olam,
Jaxon seniki.

Onam der jon bolam o‘zingni asra

Onajonlar haqida juda ajoyib sher.

Onam der jon bolam o‘zingni asra

Dunyo ko‘rinsa gar menga zim-ziyo,
Omad ham qilmasa bir karra qiyo,
Ko‘rinsa har nima shunchaki ro‘yo,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Do‘stlarim dushmanni ishini qilsa,
Dushmanim bildirib ortimdan kulsa,
Ikkisi bir bo‘lib pichoqlar ursa,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Tunlari ko‘zlari ilinmay kutar,
Havotir olaru, zaxarlar yutar,
Ko‘nglidan xadiklar bir pastda o‘tar,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Deydilar dunyoni ishi tinmaydi,
Ozgina tin bolam xech kim bilmaydi,
Yiqqan davlatlaring do‘stlik qilmaydi,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Qara sochlaringa qo‘nibdi qirov,
Endi qirqqa kirdi demaydi birov,
Sog‘indim tizzamda uxlashing birrov,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

O‘tirgin ozgina suhbat quraylik,
Mahallani biroz yayyov yuraylik,
Bir kunga tashvishni qo‘yib turaylik,
Onam der eh bolam, o‘zingni asra!

Yugur yugurlaring tugamas hecham,
Ishdan qaytguningcha tushadi kech ham,
Men uchun ehtiyot qilsa, bas egam,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Farishtam onam

Onalar haqida eng sara sherlardan biri.

Farishtam onam

Mexribon, xushzabon, ko‘ngli oppog‘im,
So‘zlari shirindur, qalbi yumshog‘im,
Dilimga g‘am qayg‘u, o‘rnashgan onim,
Ko‘nglimni ko‘targan mexribon onam,
Barchadan mexribon, farishtam onam!

Dard kelsa yengasiz, bizga bildirmay,
Bizni kuldirarsiz, o‘zingiz kulmay,
O‘zingiz u joyga, bir bora bormay,
Xoji inson bo‘l deb, duo qilganim,
Barchadan mexribon, farishtam onam!

Doimo bolam deb, nafsim deb yurdim,
Bolam baxtli bo‘l deb, yeldim, yugurdim,
Xotinim aytganin, doim shay qildim,
Tug‘ilgan kunda gul, olmagan onam,
Sabrli, qadrli, farishtam onam!

Dardingiz olayin, munis onajon,
G‘am ko‘rmang, yuzingiz kulsin onajon,
Bizning baxtimizga sog‘ bo‘ling xar on,
Ozgina dard ko‘rsam, doim parvonam,
Barchaga mexribon, farishtam onam!

Yig‘lamangiz chidolmayman, yey onam,
Siz keragim, siz munisam, farishtam,
Xizmatingiz ayting tayyorman xar dam,
Barchani ko‘ngliga, yo‘l topgan onam,
Shoxruxga mexribon farishtam onam!

Tug’ilgan kun uchun onalarga atalgan sherlar

Agar so‘rasalar jannatni mendan,
Onajonim oyog‘i ostida ana,
Bizni ulg‘aytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchig‘im, mexribon ona!

Muborak ayyomingiz,
Jannatim, onajonim.
Doim omon bo‘lingiz,
Suyangan mexribonim!

Ayyomingiz bilan, qutlamoq istab,
Bugun poyingizda qilamiz tazim.
Yelkamda Makkaga borsam ko‘tarib,
Shunda xam uzilmas farzandlik qarzim!

Tavallud kuningizda,
Barchamiz qarshingizda.
Muborakbod etamiz,
Sizga gullar tutamiz!

Tosh kelsa kemirib, simirib suvni,
Qiyinchiliklarni pisand qilmasdan,
Voyaga yetkazib, xozir xam bizni,
Kech qolsak, kutasiz uxlay olmasdan!

Tavallud kun muborak.
Onajonim ushbu kun.
Yo‘llaymiz Sizga tabrik,
Tazimdamiz biz bugun!

Ona ulug‘, ona muqaddas,
Ezozlamoq farzandlarga burch.
Keksaysa xam, vaqt topib bir pas,
Bizdan xabar olar, topib kuch!

Ayyom bilan qutlug‘lab,
Barcha tilaklar Sizga.
Qalbdan gulchambar qilib,
Qo‘yamiz poyingizga!

Onamga sog‘inchimni aytay desam

Ona haqida tasirli sher.

Onamga…

Sog‘inchimni aytay desam, so‘z qolmadi,
Yig‘lay desam daryosi bor, ko‘z qolmadi.
Bag‘r nima bilmay qoldim onajonim,
Bag‘rim kuyib yonay desam, o‘t qolmadi!

Umr o‘zin karvonida o‘tib borar,
Ammo sizsiz, dunyo go‘yo cho‘kib borar.
Kulib turgan chexrangizni Onajonim,
Topolmayin yo‘qlik meni yutib borar!

Oxlarimni yozaversam qalam yig‘lar,
Sizsizlikka qasd qilgandek, alam yig‘lar.
Xovlidagi rayxonlar xam onajonim,
Chakkangizga taqilmasdan titrab yig‘lar!

Oppoq ro‘mol taxlangancha qolib ketdi,
Bolam degan so‘zlaringiz qolib ketdi.
Osmon qoldi, zamin qoldi onajonim,
Endi diydor, qiyomatda qolib ketdi!

Boray desam vaqt etagim ushlab turar,
Bu dunyoda risq, nasiba ushlab turar.
Ikki dunyo kelisholmay onajonim,
Sizni unda, meni bunda ushlab turar!

Bir kun diydor nasib bo‘lar, ishonchim bor,
Bag‘ringizga bosh qo‘ygani, umidim bor.
Sizni biram sog‘inganman onajonim,
Sizga qancha aytolmagan gaplarim bor!

Pichirlayman o‘z-o‘zimga nedur so‘zlab,
Qo‘llarimda suratingiz turar bo‘zlab.
Shu bir parcha qog‘oz bilan onajonim,
To tonggacha dardlashaman sizni izlab!

Onajon bir sendek inson ko‘rmadim

Onajon bir sendek inson ko‘rmadim

Xech kimsa bo‘lolmay sendek birdona,
Xech kimsa turolmas sabr mardona,
Jonini berolmas takror yana yana,
Onajon bir sendek inson ko‘rmadim.

Onam jannatimdir, onam boyligim

Onam jannatimdir, Onam boyligim
  • Bolam deb chaqam deb umri adog‘im,
  • Mehnatda yorilgan qo‘li qadog‘im.
  • Suyangan tog‘imdir ishongan bog‘im,
  • Onam jannatimdir, onam boyligim.

Chidaysan bolam

Chidaysan bolam

Jismimni ko‘tarib turibdi tuproq,
Yerning ustidaman, yo‘q zarra nolam.
O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroq,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Hay dunyo, o‘zingni bir pulga sotding,
Kalava topding-u, uchin yo‘qotding.
Men kabi oxiri g‘aflatda qotding,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Inson ezgulikdan topgay farog‘at,
Nima zarur unga zulmu qabohat.
Kimdir urishtirib, qilgaydir rohat,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Yerni ham, ko‘kni ham ayladim tavof,
Lekin hech biridan chiqmadi javob.
Bo‘g‘zimda Nega?, deb qotdi bir xitob,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Dunyoga boqmadim men aslo yovdek,
Goho to‘ssa hamki yo‘limni g‘ovdek.
Har holda, gaplashdik ikki soqovdek,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Qizlar ismiga sherlar to‘plami

Abdulla Oripov sheri: Onajon

Necha kunki yo‘q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo‘llarida oq elpig‘ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko‘zlarida hayajon.
Yotar payting bo‘ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig‘onimdan chiqar dud.
Yig‘lama, deb qo‘llarimga
Tutqazarlar so‘ng tobut.

Tongda ruhsiz ko‘z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o‘zing der eding-ku,
Silab o‘ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o‘zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag‘rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo‘lmay har kim
Yoshab o‘tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o‘tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

Onang mehmon, otang omonat

Onang mehmon, Otang omonat

Mast etmasin olqishlar zo‘ri,
Uzun-kalta xushtaklar jo‘ri.
Arslonmisan yo oqsoq bo‘ri,
Onang mexmon, otang omonat.

Yuzda ajin, soch oq, xasta xol,
Turmush yuki dasti qaddi dol.
Allasi xush, topgani xalol,
Onang mexmon, otang omonat.

Kuzak kelib, ko‘klami ketgan,
Xech kam bo‘lmas qadriga yetgan.
Tomchi suvni sendek er etgan,
Onang mexmon, otang omonat.

Yuz ranjingga bilmas bir araz,
Sen xaqingda qilmas shum faraz.
Mexri tekin, tengsiz, beg‘araz,
Onang mexmon, otang omonat.

Chigal-chalkash dunyo shaxmati,
Kimda xuzur, kimda zaxmati.
Bil duosi Xaqning raxmati,
Onang mexmon, otang omonat.

Sen bazmda bedor qo‘sh tuni,
Ko‘nglini ol nasib xar kuni.
Qaytar dunyo deydilar buni,
Onang mexmon, otang omonat.

Do‘st topilar xar xolat, xar yosh,
Juftu-bandlar omon bo‘lsa bosh.
Xech topilmas ser sabr, ser dosh,
Onang mexmon, otang omonat.

Otasizlik alam bu, bu dard,
Onasizlik yuvsa ketmas gard.
Ikki dunyo siring sotmas mard,
Onang mexmon, otang omonat.

Dunyo makkor, aldamchi omad,
Tuproq tuproq bo‘lguvchi qomad.
Sen etgan G‘ulomjon Normat,
Onang mexmon, otang omonat.

Kerak emas qarsaklar zo‘ri,
Zal titratar xushtaklar jo‘ri.
Arslonmanmi yo oddiy bo‘ri,
Onam mexmon, otam omonat.

Dunyolarni dunyo qilgan ona emasmi

Dunyolarni dunyo qilgan Ona emasmi

Dunyolarni dunyo qilgan ona emasmi.
Alisherni shoir qilgan ona emasmi.
Uzun yo‘llar yurib xoldan toysada.
Charchamadim bolam degan ona emasmi.

Onajonim qarib boryapti

Onajonim qarib boryapti

Ayriliqning qilichi o‘tkir,
Qo‘rquv yuragimni yoryapti.
Tan olishlik naqadar og‘ir,
Onajonim qarib boryapti.

Qayg‘ulardan yuzim yorishmas,
Insonki tuproqqa qorishmas.
Manim xamon ishim yurishmas,
Onam esa qarib boryapti.

Onamning bilmayman men jinni,
Dardi ko‘pmi yoxud ajini.
Alam qatl qilyapti meni,
Onam esa qarib boryapti.

Men nixolman aqlim karaxtdir,
Doood volidam keksa daraxtdir.
Bu yuragim g‘amga poytaxtdir,
Onam esa qarib boryapti.

Ukamdan ayrildim chidadim,
Otamdan ayrildim yig‘ladim.
Xammasidan to‘ydim charchadim,
Onam esa qarib boryapti.

Bo‘ylaridan o‘zmishdir bo‘yim,
Sher xaqida xayolim o‘yim.
Shoshmayapman qilmoqqa to‘yim,
Onam esa qarib boryapti.

Tashlandiq cherkovdek xarobman,
Qadaxdan to‘kilgan sharobman.
Bulut yuzin to‘sgan oftobman,
Onam esa qarib boryapti.

Yallo qilayapman xorijda,
Bir kun London bir kun Parijda.
E, vox meni tuqqan farishta,
Onam esa qarib boryapti.

Jon volidam bamisli Orol-
Dengizidek qurib boryapti.
Anduxlarga bo‘lmishman karol,
Onajonim qarib boryapti.

Bag‘rimda ummon qalbimda raxmon

Bag‘rimda ummon qalbimda raxmon

Bag‘rimda ummon qalbimda raxmon,
Yig‘lasa qo‘shilib yig‘laydi osmon.
Baxtimga doim bo‘lsin sog‘-omon,
Dunyoda yagona mexribon onam.

Onang kelsa mexir bilan

Duosini olib qolgin

Onang kelsa yo‘llarini,
Mexir bilan kutib olgin,
Taob qilib qullarini,
Duosini olib qolgin.

Dunyolikka ko‘ngil boylab,
Kutdirmagin yilu oylab,
Yuragiga quvonch joylab,
Duosini olib qolgin.

Ajal mag‘lub etmasidan,
Bu dunyodan o‘tmasidan,
Fursat qo‘ldan ketmasidan,
Duosini olib qolgin.

Xech bo‘lmasa yilu oyda,
Umrin tila pana joyda,
Bu yurushdan yo‘qdir foyda,
Duosini olib qolgin.

Eng nozanin gul xam so‘lar,
Ertami kech xamma o‘lar,
Oxiratda kerak bo‘lar,
Duosini olib qolgin.

Yarasiga zaxar sepib,
Yiqilganni o‘tma tepib,
Onajoning poyin o‘pib,
Duosini olib qolgin.

Ona diydoringiz naqadar yaxshi

Ona diydoringiz naqadar yaxshi

Ona diydoringiz naqadar yaxshi,
Ona so‘zlaringiz biram yoqimli.
Mexr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla baxtliman, judayam baxtli.

G‘am emas erishib bo‘lmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni cho‘ktira olmaydi bular,
Axir mexribonim yonimda onam.

Qancha mexr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni xammadan yaxshi ko‘raman,
Bundan ortig‘iga yetmaydi kuchim.

Men qancha qilsam xam xizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa yetmas xayotim.
Adog‘i ko‘rinmas ximmatingizni,
Siz mening borlig‘im, sizsiz bayotim…

Sizni ta’riflashga ojiz tilimdan,
She’r bo‘lib qog‘ozga uchdi shu so‘zlar.
Men faqat xoxlayman shuni dilimdan,
Xamisha sevinsin sizdagi ko‘zlar.

Sizni tarbiyangiz bizga bo‘lgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panoxda asra Xudoyim.

Onajonim yonida edim

Onajonim yonida edim

Savol bermang, qayda eding deb,
Yuragimni ezmang xadeb,
Qo‘ymay deya, yolg‘izlatib,
Onajonim yonida edim.

Tebratdilar belanchakda,
Bir qo‘li tandir o‘choqda,
Yetti bola bir quchoqda,
Onajonim yonida edim.

Yolg‘iz qo‘ymas edi xech xam,
Farzandlarin Mushfik onam,
Qanday yolg‘iz qo‘yay men xam,
Onajonim yonida edim.

Parvona bo‘lib bizga onam,
Chekdi tashvish, chekdilar g‘am,
Nechun, endi bo‘lmay, xamdam,
Onajonim, yonida edim.

Tikan kirsa qo‘limizga,
Ox, tortgan, yosh olib ko‘zga,
Quvonchi yo‘q bizdan o‘zga,
Onajonim yonida edim.

Dardimizga dardman bo‘lib,
Nochora bir gulday so‘lib,
Ketdilar gul yetim qilib,
Onajonim yonida edim.

Atirgul haqida sherlar to‘plami

Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun

Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun

Bu dunyoda mexr oqibat ustun,
Musofir yurtlarda yurganing uchun.
Sog‘inib intizor kutib turganda,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?

Xar zum xavotirda soatga qarab,
Xar kun duosida olmading so‘rab.
Goxida pinxona sog‘insa yiglab,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?

O‘zing uchun yelib, baxtingni topding,
Do‘stu oshnolarga vaqtingni topding,
Shu kunlarga yetib qadringni topding,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?

Nogaxon bolanga bir ozor yetsa,
Ko‘zinga dunyo tor, kuning bo‘lar tun,
Sen deb tunlari beorom o‘tsa,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?

Onasi qololmay darddan qutqarib,
Mozorga borarlar gullar ko‘tarib,
Mexrga zor bo‘lib qolibdi qarib,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?

Mana shu kunlarda bir o‘ylab ko‘rgin,
O‘zing uchun olding qancha zo‘r kiyim,
Aytgin onang uchun ne qilding do‘stim,
Bir marta qo‘ng‘iroq qildingmi bugun!

Mexribonim onajon

Mexribonim onajon

Saxar turib ertalab,
Tandirga o‘tin qalab,
Yopardilar issiq, non,
Mexribonim onajon.

Dilimdagin topardi,
Sutli patir yopardi,
Kunlar shunday o‘tardi,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Osh qilardi til yorar,
Sog‘inchim ortib borar,
Ko‘zi xar kun yo‘l qarar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

O‘zga yurtni makon qilib,
Uy qadrini endi bilib,
Yolg‘ondan yuramiz kulib,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Ba’zan ko‘zlar yoshlanar,
Peshona-chi? Mushlanar,
Balki xayot endi boshlanar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Yuramiz sanab kunlar,
Uyqu yo‘q, bedor tunlar,
O‘tib ketar oy yillar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Nasb uyga qaytamiz,
Bu kunlarni kutamiz,
Shu so‘zlarni aytamiz,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Mening Onam dunyodir

Ona haqida 8 qator sher.

Mening Onam dunyodir
Mening Onam dunyodir,
Mexr to‘la daryodir.
Zimistonda yo‘limga,
Nur to‘shagan ziyodir.
Mening Onam bir daraxt,
Jannat poyidagi taxt.
Bu o‘tkinchi olamda,
Onam omad Onam baxt.

Gul bilan bezanib turmasin xonam

Gul bilan bezanib turmasin xonam

Gul bilan bezanib turmasin xonam,
Mayli yomg‘ir bo‘lsin, mayli qor bo‘lsin.
Otamning baxtiga sog‘ bo‘lsin onam,
Onamning baxtiga otam sog‘ bo‘lsin!

Yuragimga yaqin durdonam onam

Yuragimga yaqin durdonam onam

Yuragimga yaqin durdonam onam!
Asrab avaylagan yagonam onam!
O‘ziga sevdirib o‘rgatib qo‘yib!
Endi tashlab ketmang yagonam onam!

Boylik armon bo‘lsa xam

Boylik armon bo‘lsa xam
  • Boylik armon bo‘lsa xam,
  • Jannat armon bo‘lmasin.
  • Dunyo ko‘z yosh to‘ksa xam,
  • Ona ko‘z yosh to‘kmasin.

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Xam egilsa, bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu xolimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig‘laydi,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydi!

Dadam bor mening

Bolasi deb ishlab tolmagan

Bolasi deb ishlab tolmagan,
Yo‘lim kutgan odam bor mening.
Sog‘inganin ayta olmagan,
G‘ururi tog‘ dadam bor mening!

Onam bor mening

Azobda xam gerdayib turgan

Azobda xam gerdayib turgan,
Tikan to‘la tanam bor mening.
Olis qishlog‘imda entikib kutgan,
Bir mushtipar onam bor mening!

Onam ko‘zimga nur

Onam ko‘zimga nur yo‘limga ziyo

Onam ko‘zimga nur yo‘limga ziyo,
Onam buyuk siymoyu farishta go‘yo.
Men uchun qo‘l ochib qilganda duo,
Jannatlarga aylanar men uchun dunyo!

Faqatgina onam

Faqatgina Onam

Faqatgina onam qadrim bilarkan.
Faqatgina onam dardim olarkan.
Oyog‘imdan chalsa do‘stu-dushmanim.
Faqatgina onam dildan yig‘larkan.

Ona qarang, quyosh qovog‘ini solyabdi

Ona qarang, bugun quyosh qovog‘ini solyabdi

Ona qarang, bugun quyosh qovog‘ini solyabdi.
Olisda-ku o‘zi ammo, ko‘z nurimni olyabdi.
U xam bildi musofirda sizdan olis yurganim.
Onam deb tunda yotib, onam deya turganim.

Nima qilay, yigitmanda, o‘z tishimni tirgayman.
Xayolimda xarkun uyga, gul ko‘tarib kirgayman.
Xar faslda, xar xil sog‘inch, bardoshimni sinaydi.
Sog‘inch o‘lgur yomon narsa, juda meni qiynaydi.

Shukur deyman Olloximga, shu tuyg‘uni berganga.
Nima yetsin ona risqin, xalol topib terganga.
Sabr deyman ibodatda, duoga ochib qo‘lim.
Xech yopmasin bu dunyoda Olloxim mening yo‘lim.

Ona aytay, xatto oy xam bugun g‘ashi kelmoqda.
Sizni maqtab she’rlar yozsam, mendan nurin olmoqda.
Xaqiqatga oy xam onam, xo‘p degisi kelmaydi.
Undan boshqa necha oy bor, nodon shuni bilmaydi.

O‘zga yurtda davlat bersin, lekin sizga qaytaman.
Ko‘ringuvchi farishtamsiz, bor ovozda aytaman.
Mana onam yana she’rda, sizni yeslab ovundim.
Qirg‘og‘i yo‘q sabri daryo, sizni juda sog‘indim!

Lola guli haqida sherlar to‘plami

Otam va Onamdan ayirma hayot

Zamonlar aylanish charxin yuqotsa

Zamonlar aylanish charxin yo‘qotsa.
Yaxshiga yomonlar tinmay tosh otsa.
Kiprikda yoshlar xam artilmay qotsa.
Sabrimning kosasin to‘ldirma xayot.
Otam va Onamdan ayirma hayot.

Bolam deb nigoxi g‘unchadek so‘lgan

Bolam deb nigoxi g‘unchadek so‘lgan
Bolam deb nigoxi g‘unchadek so‘lgan,
Og‘ir sinovlarda ne bo‘lsa bo‘lgan.
Yuzi qayg‘ursada ko‘zlari kulgan,
Jannat xidi kelgan rayxonim Onam!

Onajon yoningizga borayapman

Kuting, Ona, yoningizga borayapman

Ona, dunyo tashvishidan xorib qoldim,
Vaqt xukmiga chidolmay gox, nolib qoldim.
Mana bugun, sizni yodga olib qoldim,
Umrim mezon, menchi o‘yga tolayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!

Men baxtliman bag‘ringizda onam faqat,
Dalli dunyo bo‘lsa xamki xo‘p beshafqat,
Osmon olis, zamin zarang, anqodir baxt,
Guvalakdek, uvalanib, nurayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!

Ko‘kka qo‘lim cho‘zsam qo‘lim yetmayapti,
Yugursamda, sizga yo‘lim yetmayapdi.
Sizsiz xatto, qultum suv xam o‘tmayapti,
Diydoringiz olovida yonayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!

Sizsiz menga bu dunyoni zavqi nima?
Sizsiz kelgan shodligiyu, shavqi nima?
Tashvishlarim, to‘siq bo‘lmang, siz yo‘lima.
Ona, sizsiz yaproq kabi so‘layapman,
Mexr istab, yoningizga borayapman!

Dil qatiga olis damlar xissin solib,
Umringizni Xaqdan so‘ray ming yolvorib,
Sitamlardan sitilgan bir jonim olib,
Jannatdayin bag‘ringizni qumsayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!

Otam bilan Onamni asragin Olloh

Ona haqida qisqa (4 qatorlik) sherlar to’plami.

Otam bilan Onamni asragin Ollox

Egilmasin otamning mag‘rur boshlari.
Oqmasin onamning ko‘zdan yoshlari.
Iltimos faqatgina o‘zing bo‘l panox.
Otam bilan onamni asragin Olloh.

Olloh bergan uzoq umrni ko‘ring

Olloh bergan uzoq umrni ko‘ring

Olloh bergan uzoq umrni ko‘ring,
Bolam deb jonini talashgan onam.
Dunyo turgunicha yonimda turing,
Boshiga ro‘mollar yarashgan onam.

Yoningizdan jilmay

Yoningizdan jilmay

Yoningizdan jilmay, quvonchga to‘lib,
Dunyolarga sig‘may, qiyqirib, kulib,
Bir zumga bo‘lsa-da, yosh bola bo‘lib,
Orqangizdan yurgim keldi, onajon.

Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu

Ona haqida 4 qator (qisqa) sherlar.

Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu…

Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu,
Qolgani yolg‘ondir shirin aldamlar.
Shu paytgacha yashap anglaganim shu,
Onamdan boshqasi oddiy odamlar.

Ona va farzand suxbati

Ona va farzand suxbati

– O‘g‘lim, agar mening ko‘zlarim nurini yo‘qotsa, nima qilasan?
– Sizni yurtimizdagi eng yaxshi shifoxonoga olib boraman, onajon.
– Agar meni u yerda davolay olishmasa-chi, bolam?
– U xolda sizni dunyodagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
– Ular xam meni davolay olishmasa-chi, o‘g‘lim?
– U xolda sizga umr bo‘yi g‘amxo‘rlik qilaman, onajon.
– Seni yaxshi ko‘raman, raxmat, bolajonim!
– Agar meni ko‘zlarim nurini yo‘qotsa, nima qilardingiz, onajon?
– Senga ko‘zlarimni berardim, bolam.

Ona bor dunyoda yashash boshqacha

Ona bor dunyoda yashash boshqacha

Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Onani tarifiyu mexri boshqacha.
To‘lsa xamki xatto to‘qson yoshgacha.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.

Yashaydi onamiz bizlarni o‘ylab.
Tunu kun Hudodan baxtimiz so‘rab.
Onasiz qolganlar to‘ymaydi yig‘lab.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.

Odamda martaba obro‘ bo‘lsa xam.
Qo‘lida millionlab puli bo‘lsa xam.
Yonida otasi xayot bo‘lsa xam.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.

Onalar doimo xurmatda bo‘lsin.
Farzandin baxtini albatta ko‘rsin.
Yetimlik dardini azobi ko‘rsin.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.

Yetimlik dardini yetim biladi.
Uning bu dunyosi bir kam bo‘ladi.
O‘zidan o‘tkanin o‘zi biladi.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.

Onangiz umriga umr tilayman.
Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo‘qlardan uzur so‘rayman.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.

Onam bor Ollohga shukur qilaman.
Ularga ming bora tazim qilaman!

Jannatginam onajon

Jannatginam onajon

Men jannatni orzu qilsam orzularim ushalgan.
Armon mendan begonadir, baxt yo‘limga to‘shalgan.
Nurga to‘la koshonadir, onalar bor xonodon.
Men baxtliman, yonimdasiz. Jannatginam onajon.

Onam qani demagan bormi

Ko‘p sog‘indim

Uyga kelib, atrofga boqib,
Onam qani — demagan bormi?
Bu so‘zni xech aytolmaganni,
Dardlariga bir darmon bormi?

Onajonim izlasam qani?
Tushimda xam ko‘rmoqlik mushkul.
Izlarini topa olmasman,
Izlariga to‘ldirolsam gul.

Onajonim xidlari xam yo‘q,
Onam yotgan uylar xuvvillar.
Kirsam uyga bag‘ir bosar yo‘q,
Qalbda ko‘chki — armon uvillar.

  • Ko‘zda yoshim yuzimni yuvsa,
  • Sog‘inchlarim bo‘lsa chorasi.
  • Rozi edim sim-sim oqmoqqa,
  • Ko‘rinolsa onam qorasi.

Ona faryodi

Ona haqida uzun (11 kuflet) sher.

Ona faryodi

Tor qornimda to‘qqiz oy yashab.
Va tug‘ulding guldayin yashnab.
Bugun esa ko‘zlarim yoshlab.
Oqibating shumidi bolam?

Ko‘zim yoshlab, yuragim dog‘lab.
Xijronlarga vujudim bog‘lab.
Mexribonlik uyiga joylab.
Oqibating shumidi bolam?

O‘z-o‘zimni so‘roqlab pinxon.
Deyman qayda adashdim, qachon?
Ko‘zlarimda yosh marjon-marjon.
Oqibating shumidi bolam?

Bo‘lsin debon quvvat xamda qut.
Ko‘krak tutib bergandim-ku sut.
Naxot bari bo‘ldimi unut.
Oqibating shumidi bolam?

Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mexring umid qilardim.
Oqibating shumidi bolam?

Otangdan so‘ng tul bo‘lib qoldim.
Parvarishsiz gul bo‘lib qoldim.
Ichim yonib qul bo‘lib qoldim.
Oqibating shumidi bolam?

Ko‘zga yaqin bo‘ldi deb bolam.
Tuf-tuf derdim, ortingdan xar dam.
Dod, men uchun tor bo‘ldi olam.
Oqibating shumidi bolam?

Mexribonlik uyi-mexrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qaxrli.
Oqibating shumidi bolam?

Mayli meni olib ketmagin.
Men-la o‘zing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor.
Bolajonim, kel rad etmagin.

Bu yer yozda issiq bo‘larkan,
Kondisioner kerak bo‘larkan.
Puling ko‘p-ku, xamma xonaga.
Kondisioner qo‘ysang bo‘larkan.

Men-ku o‘rganib qoldim xozir.
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen xam bir kun, kelasan axir.
Oqibating shu yerdir bolam.

Gul haqida sherlar to‘plami

Musofir O‘g‘lingiz sog‘indi ona

Musofir O‘g‘lingiz sog‘indi ona

Begona yurtlarda farishta yuzni.
Tushda xam ko‘rmadim xatto bir bora.
Xar kungidan ko‘proq, xar kuni sizni.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Ishdan kelganimda sovuq devorlar.
Go‘yoki «uf» tortib tirishib chorlar.
Qo‘limda qalamim, dilimda zorlar.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Qiynalaman aytmoq uchun bu so‘zni.
Uyalaman yoshga bermoqqa ko‘zni.
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Taqdirda bor ekan deya yuribman.
Shu bilan o‘zimni aldab turibman.
Kunda ming xil bo‘lib yashab yuribman.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Shaxar nurga to‘la, ichim bechiroq.
Chunki men onamdan olisman, uzoq.
Sizni xar kun, xar on xammadan ko‘proq.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Kechiring ona

Nozik qo‘lingizda gulmas qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat g‘amxona.
Men sabab sochingiz bosibdi oqlar.
Farzand bo‘lolmadim kechiring ona.

  1. Uzbaza.uz:

    Onajonlarimiz uchun sherlar to‘plamini sizga taqidm etdik. Siz ham o‘z fikringizni yozib qoldiring. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

    • Aziza:

      Juda zör sherlar ekan. Öqib yiglab yubordim

      • Ozod:

        Bunaqa she’rlardan qo’shiq yaratish kerak ekan. Juda ta’sirli, gap bo’lishi mumkin emas, ishlaringizga rivoj tilab qolaman.

      • Marhabo:

        «Onam yigʻlaydi qolganlari yolgʻon yigʻlaydi» deb aytilgan sheʼrni toʻliq holatda joylang iltimos.

    • Aziza:

      Juda zör sherlar ekan. Öqib yiglab yubordim . Rosa manoli tasirli sherlar ekan katta rahmat

      • UzBaza.uz:

        Salom. Katta rahmat.

      • Kamoliddin:

        Ha to’g’ri aytasiz, juda tasiri sherlar ekan.

      • Zamira:

        Ajoyib she’rlarni taqdim etibsizlar. A. Oripov, M. Yusuf xalqnining sevgan shoirlari edilar. Ularning she’rlarini o’qib ko’zlarimga yosh keladi. She’rlardan tadbirlarda foydalanamiz. Sizlarga kattakon rahmat.

    • Asilbek:

      Juda ham zo‘r.Yaxshi ma’noli

      • Soliha:

        Hm manda yahshi sher chiqmadi.

      • Anora:

        Onajonlarimiz haqida juda ajoyib sherlar guldastasi bo’libdi, bu sherlarni yozgan va bir yerda jamlagan insonlarni qo’llari dard ko’rmasin.

    • Uzbekistan:

      Alifbo tartibida tayyorlashingiz mumkinmi?

      • UzBaza.uz:

        Albatta mumkin. Lekin hozirgi holatda tayorlanishini ham sababi bor.

      • Shaydo:

        Otam davlatim, onam jannatimdir. Sizlarni juda yaxshi ko’raman.

    • Bonu:

      Juda chiroyli she’rlar ekan rahmat.Orasida ta’sirli she’rlar ham bor ekan.😭😭😢Onajonlarimiz doimo baxtimizga sog’ bo’lishsin.Ijodlaringa nomad.😊😊😊

    • Аноним:

      Juda yaxshii gap bõlish mumkin emas ishlarizga omad

      • UzBaza.uz:

        Assalomu alayko’m. Bildirilgan yoqimli fikrlar uchun tashakkur izhor etamiz.

    • LAYLO:

      juda zur ☺☺☺☺☺

      • Laylo Asadova:

        Juda tasirli sherlar ekan o’qib ko’zlarim yoshlanib ketdi, sizlarga katta rahmat, ishlringizda omad tilayman.

    • Orasta:

      Zorakan

    • Аноним:

      Juda ajoyip

      • Sabina Nizomidinova:

        Salom. Sherlar zo’r, ishizga omad, o’zizga esa quvonch.

    • Shirina,turkmanistondan:

      Assalomalikum,sherlar uchun kotta raxmat sizlarga judayam yoqti.Yana bir bor raxmat

    • Nenuuu:

      Juda xam tasrli juda xam zur sherlar ekan

    • SHUKRONA:

      HAMMA SHERLARNI ÕQIB CHIQDIM HATTO ARNI YOZIB HAM OLDIM BIZ ÕQITUVCHIMIZ BILAN TADBIR QALYAPMIZ ÕSHANGA SIZZI SHERLARINGINI OLDIM ÕQIB Ķ
      KÕZIMGA YOSH KELDI AMMO SHERLARGA GAP YÕQ ZÕR.

      • Madina:

        Juda zo’r sherlar ekan yozib oldim. Raxmat.

    • Аноним:

      Yana sherla chiqarin

      • Jahongir:

        Juda zo’r sher ekan, yana bo’lsa yuboring…

      • Aziza:

        Otam davlatim Onam jannatim, ota-onam borlig’im doimo baxtimizga sog’ bo’lishsin, judayam tasirli sherlar ekan.

    • Dildora Raxmatullaevna:

      Sherlaringizni uqib juda ta’sirlandim raxmat .Agar iloji bulsa yana bir sher yozsangiz onamiz 65 yoshida dard bilan qazo qilganlar yaqinda ukamizni uylantiramiz otamiz hayotlar faqatgina ularni ham sogliqlari yaxshimas olloh umirlarini uzoq qilsin hozir bizga bosh akamiz boshlari omon bulsin iltimos shular haqida sher yozib bersangiz hursand bulardik oldindan raxmat

      • UzBaza.uz:

        Dildora Assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan mamnunmiz. Kelgusida siz so’ragan sher albatta yuklanadi degan umiddamiz.

    • abdulloh:

      rahmat zor sherlekan

      • Shukrona Nazarova:

        Тожикистон 2003 Барои шерхо ташакур

    • Sitora:

      Menga rosa yoqdi. Ijodlarizga omad tilayman.

      • E'zoza:

        Ha to’g’ri juda ma’noli she’rlar menga ham rosa yoqdi.

    • ULUG'BEK:

      SHERLAR CHIROYLI LEKIN SKACHAT QILSA BO’LADIMI

      • Moychechak:

        Nima ham derdim, axir gap Ona haqida ketyabdi. Shunday ekan bir so’z deyolmayman… Ajib hislarni bu tosh qalblarga yana bir bor sezdirishga hissa qo’shganingiz uchun Alloh sizlardan rozi bo’lsin, rahmat!

      • Munisa:

        To’g’ri bu sherlar mangayam juda yoqdi, yaxshi sherlar ekan.

    • Zarifaxon Karimova:

      Kattakon raxmat sizlarga, sherlarni sizdan olayotganim, ish faoliyatimda juda ham qo’l kelyapdi, sog’ bo’linglar.

    • Mohira:

      Katta rahmat, borilarga shukur, ilohim sizni va barchamizni onajonlarimiz baxtimizga uzoq umr ko’rsinlar sog’ omon yursinlar shuni o’zi katta baxt.

    • Sohiba:

      Juda tasirli va manoli sherlar ekan.

    • Dilro'z:

      She’rlarga gap yo’q, menga juda yoqdi, yana shunday she’rlarni kutib qolaman!

    • Gulshoda:

      Salom. Juda zo’r, sherlari juda yoqdi, tasirchan va judayam chiroyli.

    • Dilshod:

      Ona haqida judayam manoli tasirli Sherlar ekan menga yoqdi.

    • Nigora:

      Juda ham taʼsirli sher, oʻqib yigʻlab taʼsirlandim, onamni sogʻinibman ertagayoq borib koʻraman.

    • Umida:

      juda zo’r she’rlar ekan. Menga juda ham yoqdi.

    • Behruzbek:

      Salom hammaga, bu Uzbaza.uz juda ham zo’r kanal ekan, chiroyli juda zo’r sherlari bor ekan, raxmat shu kanalni ochgan insonlarga, faqat sherlarni ko’paytirish kerak xolos, qolgan hammasi zo’r 👍

    • Аноним:

      She’rlaringiz bir biridan chiroyli ekan menga juda ham yoqdi, ayniqsa «ONA BOR DUNYODA YASHASH BOSHQACHA» mana shunisi zo’r ekan 🥰

  2. Salim:

    Qoyil barcha sherlar manga juda yoqdi! Shunga oxshash mazmunli sherlardan yana yuklasangiz degandim.

    • UzBaza.uz:

      Salom Salim! Fikringiz uchun tashakkur, Kelgusida albatta yuklanadi!

    • Jasur:

      bu sherlar manga yam yoqdi buni saxranut qib quymoqchidim qanday savranit qilinadi iltimos aytvorila

      • UzBaza.uz:

        Assalom alayko‘m Jasur. Sherlar to‘plami sizga yoqganidan hursandmiz! Sherlarni yuklab olishda (skrinshot`dan) foydalanishni maslahat bergan bo‘lardik. kelgusida yuklab olish tugmasini joylashtiramiz. Fikringizdan mamnunmiz. Sizni kelgusida yana saytimizda kutib qolamiz.

    • Muxlisa:

      Qoyil manga juda yoqdi rahmat hammaga she’rlarga gap yo’

      • UzBaza.uz:

        Salom Muxlisa. Fikringiz uchun tashakkur. Sherlar to‘plami sizga yoqgan bo‘lsa sizni yana saytimizda kutib qolamiz.

    • Dunyo:

      👍👍👍

    • Malika:

      Juddayam ajoyib mana shunaqa sherlar kop bosn

    • Maqsud..:

      Ajoyib she’rlar ekan.shaxsan mamga juda juda yoqdi..ijodilaga omad…

  3. Munisa:

    Ona faryodi nomli sher juda tasirli ekan, saytga ham gap yoq.

    • UzBaza.uz:

      Rahmat Munisa! Etiboringizdan xursandman.

      • Nigina:

        Hamma onalarimiz baxtimizga sog’-omon bo’lsin Ilohim.

    • Marjon:

      Ha haqiqatdan ham juda manoli Sher ekan

      • Dilnura:

        Ona haqida juda ham tasirli sher bor ekan.

  4. Dilnura:

    Juda zur menga yoqdi

    • UzBaza.uz:

      Salom Dilnura. Bundan xursandmiz! Aytingche ona haqidagi aynan qaysi sher sizga yoqdi?

    • Aziza:

      👍👍👍

      • Mushtariybonu:

        Onajonim mehribonim sizni juda-juda yaxshi ko’raman, baxtimizga doimo sog’-salomat yuring.

  5. Juda zur:

    Gap yoq zur omad

  6. Juda zur:

    Duosini olib qolgin she’ri ajoyib

  7. Maftuna.💖:

    Ajoyib ekan

  8. Maftuna:

    Ajoyib

  9. VISOLA:

    juda zo‘r ofarin

  10. VISOLA:

    senkyou

  11. Sevara:

    Zor yana kopdan kop omadlar tiliyman bundan zor sherlar ham yozilar menga rosa yoqdi raxmat

    • UzBaza.uz:

      Sevara Assalom alayko‘m. Fikringizni bildirganingizdan mamnunmiz! Sizni saytimizda yana kutib qolamiz. Aytingche Ona haqidagi aynan qaysi sher sizga ko‘proq yoqdi?

    • Мардона:

      Ажойиб шерлар

  12. Mubina:

    Zor😭😭😭😭

  13. Qwerasd:

    Onammi yaxshi koraman

  14. LAYLOXON:

    MENGA JUDAXAM YOQDI RAXMAT sizlarga omad tilayman

    • UzBaza.uz:

      Assalom Alayko‘m Layloxon. Ona haqidagi sherlar to‘plami sizga yoqganidan hursandmiz! Sizni yana saytimizda kutib qolamiz.

  15. leyla:

    Asalomu alekum sherlar uchun kotta raxmat ishlaringa rivoj sizlarni hechqachon omad tark etmasin

    • UzBaza.uz:

      Leyla Assalom alayko‘m. Yaxshi tilaklar uchun sizga ham katta rahmat! Sizni yana saytimizda kutib qolamiz.

      • Marjona:

        Ona haqida juda tasirli va ajoyib she’rlar gap yo’q.

    • Muxlisa:

      Assalomu aleykum hammaga. Ona haqida sherlarilaga gap yo. Agar iloji bo’sa shunga ohshagan manologlar bo’lsayam zo’r bo’lardi.

      • UzBaza.uz:

        Fikringizni albatta inobatga olamiz va yaqin kunlarda Monologlarni ham yuklaymiz.

  16. Sarvinoz:

    Betakror

  17. Zõr:

    👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

  18. Zõr:

    🤗🤗🤗🤗🤗🤗
    🥳🥳🥳🥳🥳🥳
    🎁🎁🎁🎁🎁🎁
    🎀🎀🎀🎀🎀🎀
    👸👸👸👸👸👸

  19. Muhamedov Muhammadali:

    Juda zo’r ekan 👍👍👍👍👏👏👏👏

    • UzBaza.uz:

      Muhammadali Assalom alayko‘m. Aytingche aynan qaysi sher sizga ko‘proq maqul keldi? Fikringizni bildirganligingiz uchun rahmat!

  20. Aziza:

    Juda manoli va tasirli sherlar ekan sizlarga katta rahmat❤️❤️❤️

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Aziza. Fikringiz uchun tashakkur. Sizni yana saytimizda kutib qolamiz!

    • Og'abek:

      Onajonlar haqida juda chiroyli sherlar o’rin olibdi. Ofarin do’stlar.

  21. 후르싣:

    bu sherlar juda yoqdi zorr omat

  22. 후르시드:

    juda yahshi

  23. Firdavs:

    sherlar juda zor ekan menga yoqdi

    • UzBaza.uz:

      Firdavs Salom. Sherlar to‘plami sizga maqul kelganidan hursandmiz!

  24. Maymun:

    Eeeee@!!!!!!!!!😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😍😍😍😍😍😍😍😍😘😘😘😘😄😄😄😄😄😄😄😄❕😄

  25. Diyora:

    Zòr

  26. Nodiy:

    Menga juda yoqdi bravo. ishilarga omad!

    • UzBaza.uz:

      Assalom Alayko‘m! Fikringizni bildirganingiz uchun tashakkur. Aytingche Onalarimiz haqidagi aynan qaysi sher sizga maqul keldi? Sizni saytimizda kutib qolamiz.

      • Sohiba:

        Salom. Menga ona bor dunyoda yashash boshqacha Sheri judayam yoqdi 😄

  27. Shaxriyor:

    Zõr 👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

  28. mushtariy:

    menga juda yoqdi. men yuklab olmoqchi edim qanday yuklash kerak aytib yuborilar. iltimos

    • UzBaza.uz:

      Mushtariy Assalom Alayko‘m. Sherlarni Mobil qrulmangiz orqali (Screenshot) Skrinshot qilib saqlab olishingiz mumkin! Yaqin oradi to‘liq, yuklash tugmasini joylashtirmoqchimiz.

  29. MUSHTARIY:

    bu she’rlar menga juda yoqdi .she’rlarni yuklab olmoqchi edim iltimos

  30. Nozima👧👧👧:

    Yaxshi she’rlar ekan 👍👍👍

    • UzBaza.uz:

      Salom Nozima. Fikringizdan mamnunmiz! Aytingche aynan qaysi sher sizga yoqdi?

    • Soliha:

      Juda zõr she’rlar ekan

      • UzBaza.uz:

        Rahmat Soliha. Fikringiz uchun tashakkur.

  31. Husniddin:

    Very good. This is a channel the best in the Uzbekistan. Keep it up. I believe yourd

  32. Muslima:

    Bu yerdagi sharlarni barchasi manga juda ham yoqdi . Juda manoli sherlar ekan . Bu sherlarni o’qib yig’lab ham yubordim

  33. Azaliya:

    juda zõr sher

  34. Azaliya:

    juda zõr sherlar ekan. Menga yoqdi.

  35. Asilbek:

    Juda ham yaxshi she’rlar, ma’noli va mazmunli. Ayniqsa onalar haqidagisi menga yoqdi. 👍👍👍

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Asilbek. Sherlar to‘plami ziga yoqganidan hursandmiz. Oldinda sizlarni yanada qziqarli maqola va sherlar kutmoqda.

      • Yulduz:

        Juda ham zo’r sherlar ekan menga yoqdi!

  36. Asilbek:

    Juda ham zo‘r👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

  37. Muxlisa:

    Assalomu aleykum hammaga .Ona haqida sherlarilaga gap yo .Agar iloji bo’sa shunga ohshagan manologlar bo’lsayam zo’r bo’lardi etiborila uchun rahmat

  38. Atirgul:

    Menga juda yoqdi ilohim onalarimiz soģ bo’lishsin

    • UzBaza.uz:

      Fikringiz uchun rahmat. Aytingche aynan qaysi sher sizga ko‘proq yoqdi?

  39. 💖:

    👍👍👍👍

  40. A'lo darajda:

    Sherlar menga juda yoqdi men mazza qildim bu sherlarni oʻqib yozgan shoir va shoiralarimizga kattakon rahmat.

  41. Farangiz:

    She’rlar ajoyib. Qoyil lekin! Ijodlaringizga omad! Ijoddan charchamanglar ilohim!

    • Charos:

      She’rlariz biram yaxshi omad tilayman bundanda yaxshiroq she’rlarni joylang!

  42. Farangiz:

    Assalomu aleykum. Rahmat. Zo’r. Gap yo’q! Ijodlaringizga omad ijoddan charchamanglar ilohim!

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Farangiz. Fikringiz va iliq tilaklaringiz uchun katta rahmat. Kelgusida sizni saytimizda yana kutib qolamiz.

  43. go`zal:

    juda zo`r

  44. Jasmina:

    Juda ham manoli sherlar ekan menga yoqti manga kopincha Dunyolarni dunyo qilgan ona emasmi sheri

  45. Gulbahor:

    Bu sherlar toplami menga juda yoqdi

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Gulbahor. Fikringizdan mamnunmiz! Aytingche qaysi sher sizga maqul keldi?

    • Аноним:

      Rostan ham juda zo‘r ekan, yoqdi manga!

  46. Nilufar:

    Judayam tasirchan emas ekan

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Nilufar! Ona haqidagi sherlarimiz boshqa sayt foydalanuvchilari uchun maqul keldi. Albatta har birimizni o‘zimziga yarasha didimiz bor ;). Kelgusida yanada tasirli sherlarni elon qilamiz.

  47. Zarinka:

    Onajonlarimiz doim sog’ bo’lsinlar, sizlarga katta rahmat, zo’r sherlar

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Zarina! Fikringiz uchun tashakkur. Sizni saytimizda yana kutib qolamiz.

      • Onajonim:

        Alloh Onalarimizni panohida asrasin. Zo’r sherlar ekan!

  48. zarinka:

    👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍🤲🏻🤲🏻👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰

  49. Sevinchoy:

    Juda ajoyib va o’zgacha !!!!!!!!

    • UzBaza.uz:

      Sevinchoy Assalomu alayko‘m! Fikringizdan mamnunmiz! Aytingche aynan qaysi sher sizga yoqdi? Sizni saytimizda yana kutib qolamiz.

  50. Sevinchoy:

    Juda ajoyib !!!!!!!!!!!!

  51. Husnida:

    Assalomu alaykum ozgacha judayam chiroyli sherlar, yanada koproq sherlar kutip qolaman.

  52. Husnida:

    Tasirli sherlar. Omad tilyman!

  53. GULOMOV YOKUBJON:

    Bu sherlar juda tasirli ekan men musofirni sherini uqib kuzimdan yosh chiqdi 4 yildan beri onamni juda sogingan edim

    • UzBaza.uz:

      Assalom Alayko‘m Yoqubjon. Sherlar sizga maqul kelganidan hursandmiz. Albatta Ona haqidagi bu sher juda tasirli edi.

  54. Uzbekistan:

    👍😁zo’r she’rlar

  55. ro'zimurod:

    sh’rlar zur ekan

  56. ro'zimurod:

    ha

  57. ro'zimurod:

    yana sh’erlar kerak

  58. Ixtiyor:

    juda zo’r qoyilmaqom ajoyib

  59. ....:

    KO’ZLARIMNI KO’P YUQLAMAS
    ALAM BOLMAS SO’ZLARIMDA HAM
    UCH YUZ OLTMISH BESH KUNIM BAYRAM
    ONAJONIM OMON BO’LSANGIZ

  60. Аноним:

    Raxmat juda yoqmli sherlar o’qiv maza qildim ishlaringa rivoj

  61. Pokiza:

    Juda zo’r she’rlar ekan gap yo’q. Yanagi ishlarizda omad!

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Pokiza! Siznig fikringiz biz uchun juda muhim. Fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida saytimizda yana kutib qolamiz.

  62. Feruzabonu:

    Juda chiroyli she’rlar ekan rahmat.Orasida ta’sirli she’rlar ham bor ekan.😭😭😢Onajonlarimiz doimo baxtimizga sog’ bo’lishsin.Ijodlaringa nomad.😊😊😊

  63. Bunyodbek:

    Omad tilayman.Tasirli she’rlardan bo’lsin.

  64. FARANGIZ:

    AJOYIB JUDA A’LOOO

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Farangiz! Fikringizdan juda ham mamnunmiz. Sizni saytimizda yana kutib qolamiz.

  65. FARANGIZ:

    Yana kutib qolamz sherla manga juda yoqdi.Slaga OMAD

  66. FARANGIZ:

    Slaga OMAD…

  67. FARANGIZ:

    Salom hammaga sherla ajoyib raxmat. OMAD.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Farangiz. Bu galgi tashrifingizdan juda hursandmiz! Aytingche ona haqidagi aynan qaysi sher sizga ko‘proq yoqdi?

  68. Аноним:

    salom

  69. AGABEK ALLAKOW:

    Ota onam menin katta boyligim!!!

  70. AGABEK ALLAKOW:

    Ota onam menin katta boyligumdur!!!

  71. Sohiba Ergasheva:

    Zor sherlar ekan

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Sohiba. Qimmatli fikringizdan mamnunmiz. Sizni kelgusida Web-saytimizda yana kutib qolamiz

  72. Аноним:

    👌👌👌👍👍👍😇

  73. Мардона:

    Ажойиб шерлар,она хакида янада купрок булса яхши буларда.

    • UzBaza.uz:

      Mardona Assalomu alayko’m. Ona haqida yana bir talay sherlar tayyorlanmoqda, yaqin orada web-saytimizga yuklanadi!

  74. mashhura:

    Juda zo’r she’rlar ekan

  75. Аноним:

    Manga ham juda yoqdi epigriflaga zo’r hamda ma’noli ekan kota raxmat silaga

  76. Nozima:

    Oila haqida she ‘rlar

  77. Fayzibek:

    She‘rlaringiz zo‘r ekan omad. Onamizni qadrlariga yetaylik.

    • UzBaza.uz:

      Fayzibek Assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Dunyo:

      Sherlar juda maʼnoli ekan omad.

  78. Аноним:

    ZO’R!!!

  79. ♡Sevgi_farishtasi♡:

    Mangayam ona haqidagi tasirli sherlar judayam yoqdi 👍👍👍👍👍👍. Ilojini busa bundanam tasirli uzun sherlani joylanglar. Lekin hozirgi sherlayam yomonmas. Ishlaringa omad. Raxmat kottakon Omad👌

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  80. guli:

    sherla zo’r gap bo’lishi mumkin emas iltimos qariyalar xaqida xam sher yozinglar raxmat

    • UzBaza.uz:

      Guli assalomu alayko’m. Taklifingiz inobatga olindi. Fikringiz uchun alohida tashakkur.

  81. Аноним:

    sherla juda zo’r tasirli ekan sizlarga kottakon rahmat

  82. Аноним:

    Juda tasrli sherlar ekan👍👍

  83. Shuhrat:

    Ona

  84. song ruyen:

    Гап ёк,.Здорова

  85. Dinora:

    Juda chiroyli va tasirli sherlar ekan oqib kozimga yosh keldi togrisi yanagi ishlaizga omad tilab qolaman ❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤😍😍🤗

  86. Flower:

    Very wonderful 🤩🤩🤩.👍👍👍Menga Juda yoqdi

  87. SANJAR_2004:

    SHe’rlar juda tasrli va ajoyib. Yaxshi saviyadagi she’rlar saralab olingan gap bulishi mumkin emas. Maning uzim ham she’rlar yozib turganim uchun bu yirdagi ayrim she’rlar odamga ilhom baxsh etadigan darajadagi she’rlardir. Iloji bulsa she’rlar sonini kupaytgan holda ularni yig’ib bitta ilova shaklida joylash kerak. Chunki bu sizlar uchun ham {daromad olishda} va biz she’r shaydolari uchun ham juda foydali bular edi. Yuklagan holda bemalol foydalanar edik. Yana bir bor omad

  88. Аноним:

    Zur

  89. SANJAR_2004:

    SHe’rlar juda tasrli va ajoyib. Yaxshi saviyadagi she’rlar saralab olingan gap bulishi mumkin emas. Maning uzim ham she’rlar yozib turganim uchun bu yirdagi ayrim she’rlar odamga ilhom baxsh etadigan darajadagi she’rlardir. Iloji bulsa she’rlar sonini kupaytgan holda ularni yig’ib bitta ilova shaklida joylash kerak. Chunki bu sizlar uchun ham {daromad olishda} va biz she’r shaydolari uchun ham juda foydali bular edi. Yuklagan holda bemalol foydalanar edik. Yana bir bor omad.

  90. Hasan:

    Qoshilaman🤟🤟🤚

  91. Xusan:

    Gap yo`q lekn ichlarim g`alati bo`lib keti

  92. Dunyo:

    SALOM Zorr

  93. Dunyo:

    SALOM sherlar Zorr. Yana bormi

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m dunyo. Bildirgan fikringizdan mamnunmiz.

      • Roza:

        Salom barchaga. Menga sherlar juda yoqdi raxmat!

    • Farida:

      Men bu yerdagi bildirilgan barcha fikrlarga qo’shilaman. Fikrim shuki onalarimizni asrash kerak.

  94. Dunyo:

    Assalomu aleykum. Yana ona haqida uzun va tasirli sherlar tashlang

  95. Sardorbek:

    Juda zo’r she’rlar ekan juda ta’sirli menga juda yoqdi rahmat sizlarga katta

  96. Durdona:

    Juda zor sherlar ekan yiglab yubordim.

    .

  97. Hayot:

    Ajoyib she’rlar ekan. raxmat.

  98. Noila:

    Barchaga salom. Onalar bor hayotda yashash boshqacha. Onasi tiriklar xavasim keladi. Yaqinlarimizni borida qadriga yetaylik.

  99. Nigorabegim Nishonova:

    Assalomu alaykum hammaga judaham ajoyib sherlar ekan menga yoqdi rahmat

  100. Аноним:

    Dmm tasirli she’rlar ekan.

  101. Аноним:

    Kimga kim kerak bilmayman lekin, MENGA ONAM kerak deb yurgan men kabi insonlarga Assalomu alayko’m hamaga.

  102. Аноним:

    Sherlar yaxshi ekan raxmat. Lekin bazi sherlarda qattiq x va yumshoq h xarflari noo’rin qo’yilgan.

  103. Аноним:

    Менга жуда йокди маноли тасирли шерлар тасирли рахмат сизларга

    Menga juda yoqdi, manoli va tasirli sherlar, raxmat sizlarga.

  104. Nasiba:

    Ajoyib menga juda yoqdi onalar yagonadir!

  105. Аноним:

    Assalomu alayko’m. Sherlar zo’r ishlaringizning omadini va rivojini tilab qolaman!

  106. Surayyo:

    Juda ham zo’r. Sherlarga gap yo’q. Shaxsan manga juda-juda yoqdi.

  107. Аноним:

    Salom hammaga. Bunday ajoyib sherlar uchun katta raxmat 👍

  108. Ubaydullohman:

    Men Ubaydullohman. She’rlar menga juda yoqdi. Zo’r she’rlar ekan, ayniqsa mehribonim onam degan shu she’rni sizlar ham o’qinglar.

  109. Narzulla:

    Assalomu alayko’m. Sherlaringiz judayam ajoyib ekan.

  110. Nafisaxon:

    Assalomu alayko’m va rohmatullohi va barokatuh. Juda ajoyib sheʼrlar oʻqigan odamni yigʻlatar ekan. Bunaqa goʻzal sheʼrlari boshqa yerda topib boʻlmaydi. Doimo sogʻ boʻling. Sizlarga oʻxshagan onalarni ardoqlovchi insonlar koʻpaysin.

    • UzBaza.uz:

      Nafisaxon assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan boshimiz nihoyatda ko’kka yetdi! Sizni kelgusida yana veb-saytimizda kutib qolamiz.

  111. Zamina:

    Assalomu aleyko’m! Sherlar juda ajoyib 🥰 Yaxshiyam sila borsla 👍 Hamma she’rla manoli.

  112. Maftunabonu:

    Assalomu aleyko’m sherlar yaxsh manga yoqdi katta raxmat sizlarga, Onajonlarimiz dunyo turguncha tursinlar.

  113. Gulasal:

    «Onajon bir sendek inson ko’rmadim» she’ri juda zo’r chiqibdi.

  114. Demirbek:

    Mehribon zot onalar haqida juda ajoyib sherlar berilgan ekan.

  115. Nasiba:

    Haqiqatdan ham onajonlarmiz sog’ bo’lsin, juda go’zal sherlar uchun tashakkur isxor etaman.

  116. Zarnigor:

    Juda tasirli sherlar ekan. Onajonlarimiz sog’ bo’lib yurishsin.

  117. Dilnoza:

    She’rlar juda zo’r. «Ona bor dunyida yashash boshqacha» she’rini muallifi kerak edi.

  118. Umidaxon:

    Sherlar juda ham zo’r va tasirli ekan. Menga sherlar juda ham yoqdi.

  119. Аноним:

    Assalomu aleyko’m. Sherlar judaham tasirli, yuragim ezilip ketdi, menga yoqdi, juda zo’r sherlar. Onajonlarimz bahtimizga sog’ bo’lip yurishsin. Ilohim Onajonlarimz dunyo turguncha tursun. Sherlaringiz manoli ekan. Katta rahmat. Meni yig’latip yubordi. Sizlarga o’xshaydiganlar ko’paysin. Doimo sog’ bo’ling. 🥰 😍

  120. Sevinch:

    Judayam yoqdi, faqat bitta she’rni muallifini topolmadim: «Ona bor dunyoda yashash boshqacha» degan.

  121. Kamoliddin:

    Onajonlarimiz haqida juda tasirli va zo‘r sherlar ekan! Qoyil qoldim.

  122. Аноним:

    Salom sherlaringizni yig’lab o’qidim, juda ma’noli ekan, ota onamiz hamisha sog’ bo’lsin, ijod qilishdan charchamang, omad barchangizga.

  123. Nurulla:

    Assalomu Aleyko’m UzBaza.uz kanal jon kuyarlari, borilarga shukur, men bu sherlardan qo’shiq qilsam degandim kimga murojat qilsam yani ruxsat so’rasam bo’ladi, javob uchun oldindan raxmat.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Albatta ushbu sher mualliflarini topib ular bilan bog’lanib so’ng ruxsat olishingiz mumkin.

  124. Mukaddas:

    Salom hammaga, menga judayam yoqdi, yana qanaka sherlar bor, rahmat ona haqida sherlar zo’r ekan.

  125. Shahrizodabonu:

    Assalomu aleyko’m. Avvalambor ushbu sheʼrlarni mualliflariga raxmat. Sizga ham omad ham baxt-saodat tilayman.

  126. Sirli inson:

    Bu sher g’oyatda ajoyib ekan. Umrim bino bo’lib bunday sher o’qimadim. Sher uchun raxmat.

  127. Parizoda:

    Juda zo’r sherlar. Katta raxmat, onamni tug’ilgan kunlariga shu sherlardan aytib bermoqchiman. Ijodilaga omat.

  128. Fotima:

    Sherlar zo‘r ekan, akajon omad tiliman, bitasiniyam qoldirmasdan o‘qib chiqdim, onalarimiz baxtimizga sog‘ bo‘lishsin. Ishlaringizga omad 👍

  129. Аноним:

    Jannat onalar oyogʻi ostida, onani borida qadrlash kerak. Oʻlganda qabrida duo qilguncha, tirikligida duo olaylik. Keyin foydasi yoʻq.

  130. Umidjon:

    Assalomu alayko’m, itimos ona bola o’rtasidagi dialoglardan ham tashlanglar.

  131. Shoxsultan:

    Hammani ota-onasi doimo sog’ omon bo’lsin. Ota-onasi borlar bilingki sizdan boy inson yo’q.

  132. E'zoza:

    Barcha onalar haqidagi sherlar juda zo’r va tasirli chiqibdi. ONAJONLARIMIZ doim baxtimizga sog’-salomad bo’lishsin. 😊 ❤ 👍

  133. Iroda:

    Juda chiroyli sheʼrlar, baʼzi bir insonlarga qanday yashashni o’rgatib qo’ydi bu sherlar.

  134. Jahongir:

    Ajoyib. Menga yoqdi. Hammani ota-onasi sog’-salomat bo’lsin.

  135. Mashhura:

    Assalomu alaykum, sherlar uchun rahmat. O’tgan onajonlarimizni joylari jannatda bo’lsin, Hayot onajonlarimizga esa sog’lik salomatlik tilayman.

  136. Zoyir:

    Men bu she’rlar o‘qib juda tasirlandim. Ayrimlarini o‘qib yig‘lab yubordim.

    • Umida:

      Menga ham juda yoqdi taʼsirli sheʼrlar ekan, men mana shu sheʼrdan onamga yod olib aytib bermoqchiman. Yanada koʻproq sherlar yozizlar.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *