Yangi yil haqida sara sherlar to‘plami
Yangi yil bayrami haqida eng sar sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Yangi yil bayrami har yili 31- dekabrda mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.
Yangi yil kirib keldi
O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!
Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.
Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!
Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.
Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!
Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!
Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil!
Qorqiz va qorbobo haqida sherlar
Yangi yil bilan azizim
Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Yana sizga shirin so’z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Quvonch olib kelgin yangi yil
Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Eski yildan mayli ginam yo‘q,
Unda topdim ibrat va yutuq,
Bir kami yo‘q, tugalu to‘liq
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Yaqinlarim qaddi tog‘ bo‘lsin,
Farzandlarim ko‘ngli chog‘ bo‘lsin,
Sog‘inganlarim ham sog‘ bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Yangi yil nutqi
Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar,
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz,
Eski yilni muddati,
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo’lib men ham,
Kelish navbatim yetdi.
Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman,
Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda,
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar,
Ham mehribon momolar.
Menda g’ayrat qilurman,
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o’qingiz,
Bilimlarni o’qingiz,
Siz o’sibsiz bir yoshga,
Yurt kon bo’lsin non oshga.
Yangi yil bo‘lsin muborak
Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko’rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
Sizdanda eng baxtli inson bo’lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko’ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
Qalbingizdan yiroq bo’lsin andux g’am,
Nogoh ko’zingizda ko’rmay sira nam,
O’zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Mehmon bo’ldi yangi yil
Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo’ralar,
Qong’iroqlar jarangi olam uzra taralar.
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar,
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar.
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil
Bu kechada barchamiz, mo’jizalar kutamiz,
Dilni charog’on aylab, zavqlik gashtin suramiz.
Tongacha o’yin-kulgu, raqslarga tushamiz,
Go’zal tilaklar aytib, qator-qator qo’shamiz
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil.
Archalar bezatilgan, nozu ne’mat tortilgan,
Zebu zarlar har yonda, go’zal olam yoritilgan.
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan,
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan.
Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!
Eski yil nutqi
Xayr, xayr mehmonlar,
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qildingiz,
Bir yil o’sib ulg’ayib.
Eski yilni kuzatib,
Yangisini qarshilabsiz.
Ko’rayapsiz jujoqmon.
Endi tilim chiqyapti,
Sizla o’sdim, o’rgandim,
Va bir yoshga ulg’aydim.
Muddatim tugab men ham
Ketish navbati yetdi.
Derazamda qor parcha
Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.
Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.
Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.
Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon
Archalar shoxida turar tillo zar,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar.
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda,
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta.
Chakkangiz chetida ochilgan paxta,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar,
Anori sochilib yotgan so‘rilar.
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
“Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi,
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi.
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim.
Musofir kunlarda Sizni angladim,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman,
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman.
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Yangi yil muborak
Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar,
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar,
Archani yonida go‘zal qizchalar,
Qarasam ularga hayolim olar.
Bugun mana hamma bahtli yuribdi,
Dillarga to’lgandir shirin orzular,
Vatanim yanada go’zal bo‘libdi,
Har yerda yangi yil shukuhi kezar.
Umrimizning o’tibdi yana bir yili,
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni,
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar,
Yangi yil muborak aziz odamlar.
Barchaga olib kelsin baht va omad,
Hammani ishida bo’lsin daromat,
Dildagi orzular bari ushalsin,
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin.
Yalmog’iz kampir sheri
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo’p silab,
Aslo-aslo tindirmam.
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.
Baxt sari yetkaz, yangi yil
Vatandosh, hayot hidi hulvoga to‘lsin,
E’zozli, ehsonli va erkli bo‘lsin.
Panohida yuring Parvardigorning,
Ishqiga chulg‘aning vafoli yorning.
Niyat tongday toza, qalbingiz oppoq,
Yuzingiz to‘lin oy misoli porloq.
Yengilish neligin bilmang hech qachon,
Ruhu jon mustahkam, qaddingiz ravon.
Kulgu, tantanaga serob yil yaqin,
Orzular ushalur, dilga dil yaqin.
Lahzalar tenglashib yuz asrlarga
Iliqlik uzatur pok nasllarga.
Gul tutay, g‘amlarni ketkaz, yangi yil!
Zor etma, baxt sari yetkaz, yangi yil!
Yangi yil archasiga
Bo‘ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida,
Qorboboni kutamiz,
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
31-Dekabr
Shaffof qadahlarda ko‘pirgan ne u?
Qo‘llarim, ne uchun titraysiz endi?
Oynada qahraton emas u, gul-ku,
Ertagacha hali bu tun uzundir.
So‘raymiz “Devonu lug‘otit turk”dan,
“Yil”, axir, ”yel» emas, titramang, ey dil.
“Yil”, axir, shunchaki guvranib yotgan
Poygadan shafqatsiz ezilgan yo‘ldir.
Kiprigim torida titrama, ey yosh –
Kiprigim toriga osilgan dunyo…
Dunyo, bu ne asror, meni qil ogoh:
Poyimda – xazonlar o‘ynar beparvo,
Ortimda – qirq yillik yashin urgan bog‘,
Ko‘ksimda – manguday guvlagan daryo…
Keldi mana yangi yil
Keldi mana yangi yil,
Sog’intirib dillarni,
Doim bahtga to’ldiring,
Sog’ingan ko’ngillarni.
Yuzingizdan tabassum,
Arimasin sira ham,
Qutlayman chin qalbimdan,
Bayramingiz bilan man.
Bir chetga surib g’amni,
Quving dildan alamni,
Sizni tabriklay deya,
Qo’lga oldim qalamni.
Qorbobo qopi
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Yangi yilimiz
Orziqib kutilgan aziz mehmondek,
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
Yangi yil kechasi
Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi.
Qorboboga hazil sher
Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.
Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’pro.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.
So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..
Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.
Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.
Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.
Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.
Yangi yilga yetdik
Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Yangi yil archasi
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida,
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p,
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
Yangi yil tonggi
Pok qalbli insonni qutlab — e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – yangi yil tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi xayot oxangi.
Yangi yilda a’lo o’qiylik
Mana bugun xayr xo’sh,
Qilajakmiz sen bilan.
Yangi yilda o’qiylik
Faqat «to’rt-u» «besh» bilan.
Yangi yilni kutamiz
Sizni kutadi Vatan,
Kutar yorug’ Istiqlol.
Bolalar ochib dilni
Kitaylik Yangi yilni.
Yangi yilni qutlaymiz
Yangi yilning sovg’asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,
Yomg‘ir haqida sherlar to‘plami
Yangi yilim – yaxshi yilim
Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O’z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to’ying Qo’shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.
* * *
Yam yashil kiyingan to’nli bir daraxt,
Qaddini roslagan viqorday turib.
Dilda quvonch, shodlik qo’llarda qadah,
Yangi yil kelmoqda eshikni urib.
Ko’zlarim intizor suyunar yurak,
Qorbobo qanikan qorqizdir bo’lak
Qorbobo deb chaqir balki kelar,
Kelmasa qorqiz ham yozgacha qolar.
Farzandim uchun yaxshi manoli chiroyli sherlar izlab va nixoyat topdim shoirlarimiz ijodiga omad juda xam chiroyi bolalar uchun xam kattalar uchun xam zõr ijod bõlibdi raxmat kattakon
Menga yangi yil haqidagi she’rlaringiz juda-juda ham yoqdi. Omad tilayman keyingi 2023-yilda bundan ham zo’r she’rlar kutamiz. Ayniqsa Yangi yilga she’rlar kutamiz.
Rosa chiroyli sherlar ekan. Manga rosa yoqdi yangi yilda hammelaga omad, ijodilaga rivoj.
Men oltinchi sinfda o’qiyman. Sherlardan men bayramda foydalandim. Zo’r ekan!!!
Aytishga til ojiz Omad xammaga kellayotgan til barchamizga tinchlik va baxt omad olib Kelvin raxmat
Menga juda ham yoqdi .Juda chiroyli ekan sherlar .
Barcha yo‘nalishlar uchun ajoyib she‘rlar bor ekan. Ayniqsa jajji bolajonlarimiz uchun ota ona, vatan, bayramlarga atab yozilganlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekan. Farzandlarim bilan she‘rlarni o‘qib, mutolaa qilyapmiz. Oilamizga yoqdi. Rahmat, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin.
Oydina assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan iliq va samimiy fikringizdan mamnunmiz! Sizni kelgusida yana web saytimizda kutib qolamiz.
Assalomu alayko’m Guli. Bildirgan samimiy fikringizdan mamnunmiz.
Juda chiroyli, ma’noli sherlar yozganlar ni ijodiga zararlar tilayman rahmat kattakon 😊😊😊
Zor gap bulish mumkin emas manga yoqdi
She’lar uchun kattakon rahmat gap suzga hojat yuq
Assalomu alayko’m. Sherlaringizga gap yo’q. Ishlarizga rivoj tilayman doim sog’ bo’ling, salomat bo’ling katta raxmat.
Assalomu alayko’m. Yangi yilga yetdik degan sher menga yoqdi.
Men bu sherlarni o’qib shunga amin bo’ldimki, barcha sherlar juda ajoyib yozilgan va tuzilgan ekan.
Assalomu aleyko’m bu sherla rostanam zo’r, lekin judayam uzun, siladan bita iltimosim boridi shu xatoilani to’g’ilela shu xatoila borki shu sabab manga yoqmadi, judayam uzun qivorgansala shunga kichkina-kichkina qisela bomidimi iltimos qisqaro qilila she’rlani.
Yangi yilga atalgan she’rlar juda zo’r ekan. Ayniqsa «Assalom yangi yil» sheri juda yoqdi. Ushbu sherni yod olyapman hamda barchaga yod olishni tavsiya etaman.
Behruzbek assalomu alayko’m. Samimiy fikringizdan boshimiz ko’kda. Sizga maqul kelgan ushbu sher ko’plab o’quvchilarimizniham befarq qoldirmadi.
Men 64-maktabda o’qiyman, 6-b sinifda, sherlar zo’r ekan, mazmunli va chiroyli, menga yoqdi.
Rahmat menga yangi yil haqidagi sherlar juda yoqdi.
Yangi yil va qor haqidagi sherla juda zo’r! Hammelaga katta rahmat.
Bonu assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan boshimiz ko’kda. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Bu sherlar biri-biridan ajoyib, juda zo’r ekan. Barcha sherlarni yod olishga harakat qilyapman.
Husniyabonu assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan xursandmiz. Aytingche aynan qaysi sher sizga ko’proq maqul keldi?
Judayam zo’r ekan. Qo’shiqlari menga yoqdi.
Ushbu yangi yil haqidagi barcha sherlar menga juda-juda yoqdi. UzBaza.uz egalariga omad tilayman, endi bu saytdan doim foydalanaman!!!
Barchaga salom. Sherlarga gap bo’lishi mumkin emas. Endi har doim ushbu saytdan foydalanaman. Farzandlarim bilan sherlarni mazza qilib o’qidik.
Muhammadbilol assalomu alayko’m. Aytingche sizga aynan qaysi sher ko’proq yoqdi? Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz. Fikringiz uchun tashakkur.
Assalomu aleykum. Sizlardan bir iltimos, sherlar mualliflarinixam yozinglar…
Ushbu sherar juda-juda zo’r. Sizlarga kattakon rahmat. Malumotlar va sayta gap yo’q. Barchasi alo darajada.
Madina assalomu alayko’m. Malumotlarimiz sizga yoqganidan xursandmiz. Sizni yana web-saytimizda kutib qolamiz. Tashrifingizdan albatta mamnun bo’lamiz.
Barchaga salom. Menga Malibu bergin degan Sher juda yoqdi. Farzandimga ham bohcha tadbiriga shu sherni yod oldirdim.
Barchaga ushbu sherlarni o’qib chiqib yod olishni maslahat beraman azizlarim. Doimo oilangiz bahtiga sog’ bo’linglar.
Assalomu alayko’m. Sizlarga katta rahmat, izlagan narsamni sizlardan topdim. Ishlaringizga rivoj tilayman.
Yangi yilga atalgan sherlar dastasi mengayam yoqdi. Yod olishni boshladim. Endi sizlargaham maslahat beraman do’stlarim.
Barchaga salomlar bo’lsin 😉 Menga yoqdi juda zo’r sherlar ekan. Tarifga til ojiz yana nima deb yozay azizlar?
Sherlar menga yoqdi. Juda ajoyib tuzilgan. O’zbek shoir va shoiralariga tasanno deyman.
Men o’qigan sherlarni ichida eng yaxshisi ekan. Judayam zo’r sherlar ekan.
Sherlar juda yaxshi va manoli ekan! Men ham qizimga yod oldiryapman.
Mening ismim Sevinch. Sherlarning bariga gap yo’q, barchasi zo’r ekan.
Assalomu alaykum. To’g’risini aytsam she’rlardan ko’nglim to’lmadi. Juda yomon.
Men bu sherlarni hammasini o’qib ko’rdim juda chiroyli she’rlar to’plami ekan. Ijodkorlarni ijodiga omadlar tilayman.
Juda chiroyli sherlar ekan, bayramga barchamiz yodladik. Kattakon raxmat.
Raxmat juda chiroyli sherlar ekan. O’quvchilarimga yod oldirdim.
Qorboboga xazil sher deb nomlangan sher hamda boshqa she’rlar menga juda yoqdi.
Yangi yil haqidagi ushbu she’rlarga gap yo’q.
Sherlar zo’r, hammasini erinmiy o’qidim. Mazza qildim o’qib zo’r gap yo’q.
Yangi yilga atatlgan judayam zo’r sherlar to’plami ekan. Farzandlarimga yod oldiraman. Muallifga katta raxmat.
Assalomu alayko’m. Bu saytni egasi kim ekan, iltimos aloqaga chiqsangiz, sizga bir taklifim bor edi. Barcha malumotlar zo’r ekan.
Assalomu alayko’m barchangizga, mana hademay yangi yil ham o’lkamizga kirib keladi, ushbu sana munosabati bilan yana sher yodlamoqchiman.
Assalomu alayko’m. Yangi yil haqidagi serlar judayam zo’r ekan.
Juda ajoyib sherlar, manga juda yoqdi, yangi yilda albatta bolalarimga yodlataman…
Menga sherlar yoqdi zoʻr. Izlagan maʼlumotimi doim shu saytdan topaman.
Sherlar judaham maqul keldi, ijodkorlarga kotta rahmat. Bir iltimosim bor edi «Yangi yil» yani Quvonch olib kelgin yangi yil sheri mua’lifi haqida malumot bersangiz oldindan rahmat.
Bu sayit juda foydali ekan, bunda hamma ma’lumotlar bor ekan.
Assalomu alayko’m Alisher. Yangi yilingiz bilan tabriklaymn, hurmat bilan Rayhon.
Bu juda ham foydali sayt ekan. Unda menga kerakli ma’lumotlar bor ekan.
Juda zo’r ekan, menga yoqdi, yanada yangi she’rlarni kutib qolaman.
Asalamu alaykum, «Yangi yil bilan» sheri ute jaxti, qalgan sherlerda ayabay unadi.
Bizga tadbir uchun sherlar kerak edi, bu yerga kirganmdan xursandman, katta rahmat.
Assalomu aleyko’m, menga yangi yil nutqi degan sher yoqdi!
Bu sherlar juda zo’r ekan, barchasini yod olishga harakat qildim, lekin eplay olmadim, ichidan saralab 1-2 tasini yod oldim.
Menga bu sherlar juda yoqdi. Yana yangi sherlardan kutub qolaman.
Assalomu alayko’m. Menga she’rlar juda yoqdi ayniqsa «YANGI YIL» haqidagisi. Men Piskent tumani Toshkent vil. Dan 1-maktab «7-B»sinf o’quvchisiman. Gap yo’q lekin!
Juda zo’r, sherlarga gap yo’q. Menga yoqdi katta raxmat.
Bu sherlar menga juda ham yoqdi. Qoyilmaqom, juda ajoyib ekan. Sizga katta raxmat.
Raxmat kattakon. Juda ham ajoyib sherlar ekan. Menga juda ham yoqdi.
Manga judayam she’rlar yoqdi, ayniqsa hazil she’rlar juda yoqdi.
Assalomu alaykum. Men 68-maktabda o’qiyman, manga sherlarning hammasiz juda yoqdi, hammasi judda mazmunli sherlar ekan.
Assalomu alayko’m. Yangi yil tadbirlari uchun juda zoʻr sherlar bor ekan.
Assalomu alayko’m. She’rlar juda zo’r, farzandlarimiz bilan yod olmoqdamiz.
Bular juda ham zo’r ekan. Manoli sherlar. Menga juda ham yoqdi.
Menga bu she’rlar juda ham yoqdi, ayniqsa yangi yil haqidagi she’rlar yoqdi, kotta raxmat.
Sherlar judda ajoyib mazmunli UzBaza.uz kanaliga omad, men silarni doim kuzarib boraman.