Madhiya haqida sara sherlar to‘plami

O’zbekiston madhiyasi haqida eng sara, eng chiroyli she’rlar to’plami. Shu o’rinda bir malumot: 1992 yil 10 dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.

Madhiya haqida sher

Davlat madhiyasi yangragan mahal

Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi.
Chunki, osonlikcha erishgan emas,
Bu baxtga jafokash, mard o’zbek xalqi.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Esla, ajdodlaring shavkat-u shonin.
Tarannum etgaydir, bu buyuk g’azal,
Asl insoniylikning oliy nishonin.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Tosh qotgin, ko’ksingni tog’dayin kerib.
Zero, bu baxt uchun kurashgan azal,
Ne-ne mard o’g’lonlar jonini berib.

Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni.
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,
Yuraging doim o’z rostida tursin.

Davlat madhiyasi yangragan mahal…

Xotira va Qadrlash kuniga sherlar to‘plami

Madhiyam — dunyo uzra kuylanib tur

Madhiyam kuylanib tur

Istiqlolning nishonasi sendursan,
Zulmatimda bo‘lgansan nur – Madhiyam!
Jahonlarga bitta o‘zing tengdursan,
Dunyo uzra kuylanib tur, Madhiyam!

Seni ko‘kka eltadur mard o‘g‘loning,
Qilich bo‘lsang, farzandlaring qalqoning.
Jahonlarga yetib borsin dostoning,
Qalam bo‘lsam, o‘zing shuur, — Madhiyam!

Istiqloling abad bo‘lsin betakror,
Gar aytilsang, yurakni chulg‘ar bahor.
Navolaring o‘zgacha berur mador,
Tillo-yu, zar, bebaho dur, — Madhiyam!

Tor dunyoni aylarsan keng boshimga,
Parvo qilma, ko‘n iztirob yoshimga.
Butun dunyo kelsa hamki qoshimga,
Bo‘lgum mudom bir senga jo‘r, Madhiyam!

Sarhad bilmas nomus o‘zing, or o‘zing,
Kuylar bo‘lsam, qo‘limdagi tor o‘zing.
Har damimda bo‘lgan menga yor o‘zing,
O‘zbek elga milliy g‘urur – Madhiyam!

Osmonimga kelmas g‘ubor, bor bo‘lsang,
Armonim yo‘q, — agar milliard yosh ko‘rsang.
Senga sodiq Javohir Mirzo bilsang,
Yayra endi, qandingni sur, Madhiyam!

Mustaqillik haqida sherlar to‘plami

Madhiya — har kuni jaranglaysan

Madhiya har kuni jaranglaysan

Yosh qo‘shilsin yoshinga,
Xumo qo‘ndi boshinga,
Keng jahonda yangraysan,
Har kuni jaranglaysan.

Abdulla Orifning so‘zi,
Xalqimning ko‘rar ko‘zi,
Shanimiz g’ururimiz,
Qalbdagi sururimiz.

Dilimizda madhiya,
Tilimizda madhiya,
Bolajonlar bo‘ylashar,
Tongda seni kuylashar.

Xalqim yuragidasan.
Ezgu tilagidasan.
Omon bo‘l mangu bor bo‘l.
Elga hamroh bo‘l yor bo‘l.

Gulchehra Otamurodova.

Davlat Madhiyasi (qisqa she’r)

Davlat madhiyasi qisqa sher

Assalom Ona yurt, go‘zal tonglar o‘lkasi,
Ta’rifu tavsifingni yo‘q nihoyasi.
Har yurak, har dil, har qalb kuylasin,
Jaranglagin tillarda Yurtim madhiyasi.

Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami

Yoshlar madhiyasi

Yoshlar madhiyasi

Yoshmiz, dilimizda ezgu ahd boʻlgay,
Har yurakda shiddat boʻlgay, shahd boʻlgay!
Yurtboshimiz koʻrsatgan yorugʻ yoʻlda,
Manzilgacha yoʻldoshimiz baxt boʻlgay!

Vatan bizdan kutmoqda buyuk ishlar,
Bu ishonchdan joʻshar ishtiyoqimiz!
Bunda jamdir Barchinoy, Alpomishlar,
Koʻksi baland «Yoshlar ittifoqi»miz!

Har koʻngilni chaman etmoq uchun ham,
Gullashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Buyuk kelajakka yetmoq uchun ham,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Toʻqqiz yoshda Qurʼonni yod bilgan kim?
Eng ulugʻ muhaddis – Buxoriy bobo!
Yetti yoshida “Mantiq ut-tayr”ni,
Yod olgan kim? Bizning Navoiy bobo!

Bolalikdan asov otni egarlab,
Doim zafar quchgan Temur bobomiz!
Oʻn ikki yoshida taxtni egallab,
Yurt boshqargan bizning Bobur bobomiz!

Ajdodlardek yorugʻ yuz boʻlmoq uchun,
Nurlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Dunyo koʻrib qoʻysin biz yoshlar kuchin,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Bu kun jahon maydonida koʻp yoshlar,
Boʻlmoqdalar ajdodlarga munosib!
Ular yurtni marralar sari boshlar,
Beruniylar bosgan izlarni bosib!

Yurt bayrogʻin Kubroday mahkam tutib,
Yuksaklarga qadar uchgan yoshlarmiz!
Boradirmiz, turmaymiz baxtni kutib,
Har jabhada zafar quchgan yoshlarmiz!

Dunyo bilan barcha tilda birma-bir,
Tillashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Vatan qadrin birdamlik koʻtargaydir,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Botirjon Ergashev.

Vatan haqida sherlar to‘plami

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

O'zbekiston respublikasi davlat madhiyasi

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor! 

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod! 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bayroq haqida sherlar to‘plami

Mutal Burxonov musiqasi.
Abdulla Oripov she’ri.

  1. Ziyoda:

    Assalomu alayko’m! Madhiya haqidagi ushbu sherlar juda yaxshi tuzilgan ekan, chiroyli ketmaketlikda joylashtrilgan ekan. Menga juda yoqdi, o’quvchilarimga she’rlardan namuna oldim.

  2. Mohizar:

    Bu sherlar juda chiroyli va manoli ekan, ayniqsa menga «Madhiyam» deb nomlangan sher juda maqul keldi.

  3. Barno:

    Barchaga salom. Haqiqatdanham Madhiya haqida eng sara sherlar to‘plami bo’libti o’ziyam. Sizlarga raxmat.

  4. Ulug'bek:

    Mening jonajon yuritm, madhiyang doim yangrab tursin, seni hech kimga berib qo’ymaymiz.

  5. Shahina:

    Sherlar juda chiroyli va go’zal ekan, men mazza qilib o’qidim, madhiya haqidagi sherlar manoli ekan.

  6. Venera:

    Assalomu-alayko’m. She’rlar zo’r ekan. Men ham o’quvchilarimga foydalanish uchun oldim.

  7. Marjona:

    Vatanimiz Madhiyasi ulug’langan sherlar ajoyib chiqibdi. Bu sherlardan yod olishni oldimga maqsad qilib qo’ydim , bu ishim bilan ustozlarim hamda ota-onamni hursand qilmoqchiman.

    • Farangiz:

      Assalomu alayko’m. She’rlaringiz menga juda yoqdi, ishlaringizga omad.

  8. Mushtariy:

    Ma’noli va mazmunli she’rlar menga juda yoqdi, bizdek pedagoglarga katta yordam bo’lyapti…

  9. Shamshod:

    Bu sherlar mazmunli yozilgan ekan! Yuklab olib bo’lmayabti!

  10. Shamshod:

    Sherlardan qanday qilib namuna olish mumkin, iltimos biladiganlar yozib yuboringlar.

  11. Firuza:

    Assalomu alayko’m. Madhiyamiz haqida berilgan she’rlar sermazmun ekan. Farzanlarimga shulardan yodlatdim.

  12. Nozanina:

    Judayam zo’r sherlar ekan, menga judayam yoqdi, bunaqa sherlardan ko’proq chiqarish kerak deb o’ylayman, kattakon raxmat sizlarga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *