9-may xotira va qadrlash kuniga sara sherlar to‘plami
9-may xotira va qadrlash kuni xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug’ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog’idadir. Ushbu munosabat bilan eng sara, manoli va tasirli sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.
Xotira bor ekan…
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi,
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Noma’lum askarga maktub
Mushtipar onangni, boshlari sarak,
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni,
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak,
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loni.
Sog’misan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida,
Nogahon o’q tegib janglar mahali,
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida.
Eshitdim fashistga qarshi chiqibsan,
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon,
Janglarda mardu mardon turibsan,
Nomsiz tepalikda o’n bir qahramon.
Frontda bormikan dardingni tinglar,
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib,
Yotganda izg’irin qahraton tunlar,
Janoning o’rniga shneling quchib.
Do’sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan,
Yurgandir frontda yerlarni tepib,
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan,
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o’sha yo’l,
Yo’lni eslatsam balki kelarmidingiz.
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan,
Endi qayerlarda qolding sen inim,
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan,
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim.
Qayerlarga ketding yurtingdan nari,
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol,
Unutma yurtingni boylik Gavhari,
Otangdan qolgan dalalaring bor.
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda,
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib,
Minglab yetimlarni boqding uyingda,
O’zingni bolangni frontga berib.
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush,
Hanuz kechalari o’ylayman biroq,
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush,
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq.
Necha o’g’lon, necha pahlavon,
Ketdingiz bedarak na nom na nishon,
Atashar sizlarni nomalum askar,
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon.
Bobo deymi, ota? Nima deb atay,
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim,
Mayli hammangizni og’a deb atay,
Og’alar sizlarni rosa sog’indim.
Askarlar haqida sherlar to‘plami
Shahidlar yodi
Ular… minglab, balki milyon edilar,
Yashashga tug’ilgan inson edilar,
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Nogoh, changal urib dahshatli balo,
Ularni shu kunga etdi mubtalo,
Sirti xo’p yaltiroq, asli ajdaho,
Sochdi g’azabini-yovuz va yuho…
Ayblarin bilmasdan hayron edilar.
Ayblari emish xalqiga dushman,
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban-
Vatanni to’ntarib tashlashga tuban-
Ahd etgan, go’yokim nodon edilar.
Dillarni titratur jaxoniy olam,
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-
Shaharim, qishlog’im, chamanim, dalam-
Ular Qodiriy va Cho’lpon edilar.
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
O’shal qudrat erur mangu ustuvor,
Shahidlar bong urib har shomu shahar,
Bizni ogoh etar, bo’ling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar.
Jilmayar ko’z yosh aralash
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Beva eng chiroyli ko‘ylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular g‘amgin.
Xona burchagida g‘amdan entikib,
Eski plastinka g‘ijillar tag‘in.
Oqshomlari qiyin bo‘lar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Og‘ir bo‘lsa hamki, tasvir bo‘lsa ham,
Suratga jilmayar ko‘z yosh aralash.
Tong otar
Ularni otishdi tong pallasida…
Otasin qo‘lini ushlagan go‘dak.
Miltiqlarga qarab sekin so‘radi,
So‘radi: «O‘q tegsa og‘rirmi, dada?»
Uning ovozini bosdi guldurak…
Bahorda jarlikni qoplar o‘t-o‘lan,
O‘tlar uzra suzib o‘tar oq bulut.
Va shunda bir chechak achchiq dard bilan,
Tinmasdan shivirlar: «Og‘rirkan, dada!»
Bu nola hech qachon bo‘lmaydi unut…
Vatan himoyachilari haqida sherlar
Xotirlamoq uchun fursat
Taqdirim shu ekan ey azizlarim,
Boshqa-boshqa yo’llar tutdi umrimiz,
Ayro ekan endi taqdir yo’limiz,
Jon omonot ekan, peshona ekan.
Xotirlamoq uchun fursat ajrating,
Yodingizdan mutloq ko’tarilmayin,
Yoddan chiqarsangiz zahmat yutaman,
Eslasangiz quvonay azizlarim deb.
Farzandlarim boshin silang o’tinchim,
Toki mening o’rnim sezdirmangizlar,
Bilaman Otasiz; bo’lmoq azobin,
Yakka yagona bir aytar faryodim.
Ayolim yuragi ming tilka pora,
Kimlar fursat poylab, nafsla ovora,
Xiyonat aylasa ishonganlarim,
Mayli vijdoniga bo’lsin xavola.
Biling Egam barin ko’rib turubdi,
Barchasiga guvox bo’lib turubdi,
Ammo tekin oshdur yetimning xaqqi,
Tegar lanat toshi, lek tegmas nafi.
Jigarlarim o’qiting, bilim olishsin,
Topsin o’rnin erta, yetuk bo’lishsin,
Sizlar qatorida men ham shodlanib,
Quvonayin bular izdoshlarim deb.
She’rga izox etdim bayonlarimni,
Eslab hayol ila o’sha onlarni,
Mendan rozi bo’ling bo’lsam ham yomon,
Gina-kudrat unut qiling batamom!
Xayotdan ko’z Yumgan jigarlarimizning xotirasi doim qalbimizda!
Yurtim, ado bo’lmas…
Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab yig’laydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Bag’rim o’rtar bir uy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzulladek mardi-maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglimdek keng osmonlaring bor.
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringa zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor…
Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor…
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingdan chaqqan chayonlaring bor…
Qurboning bo’layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening fig’onim.
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim.
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor…
Xotira maydoni
Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang.
Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin,
O‘zing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan,
Navoiy qalamin yoritgan chiroq.
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Ko‘chib, fikrlarni yoritgan chaqmoq.
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang.
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yo‘q etay deya,
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi.
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila,
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.
Seni johil dedi, savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding,
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.
Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol.
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham,
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini,
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida,
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.
Unutmang, yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto.
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini,
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida,
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab, bir lahza,
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi,
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib, tamom etajak.
Sening yoding borki, yorug‘ kunlarga,
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi.
Xotira bog‘iga kelib bosh egar,
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning ko‘zlarida yongan shuurda,
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay.
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda,
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!
Bayroq haqida sherlar to‘plami
Jonin bergan jigarlarim
Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz: «Farzandimdan roziman» — der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey, Boburjon, ey, Ulug‘bek, ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda o‘zbek degan millat qoldi,
O‘zbekiston degan ulug‘ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur, baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey G‘afurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbog‘ boylab shijoatdan belingizga,
Ko‘kragingiz qalqon bo‘ldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki o‘zbek, O‘zbekiston dunyoda bor —
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon, ey Ma’rufjon, ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar To‘marisdek qutlug‘ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Alpomishlar yo‘ldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek, Abduxalil, ey Doniyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Vatan chegaralarini himoya qilib qurbon bo‘lgan O‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga bag’ishlandi.
Bu sher menga juda yoqdi. Yana shunday sherlar bormi? Bor boʻlsa tashlang iltimos.
Bu sherlar orasida menga faqat «Yurtim ado bo’lmas» sheri yoqdi, boshqalari esa yoqmadi.
Xotira kunida, barcha olamdan o’tib ketgan insonlarni eslab shu sherlardan birini yod olishni maqsad qildim.
Zo’r menga yoqdi, ayniqsa «Xotira maydoni» deb nomlanuvchi sher yuragimni jizillatdi.
Juda ajoyib sherlar kolleksiyasi ekan, barcha sherlar birdek manzur bo’ldi, barchani ishlariga omad tilab qolaman.
Barchaga salom. «Shahidlar yodi» deb nomlangan sher muallifi kim? bu sher menga judayam yoqdi.
Xotira bayramiga atalgan bu sherlarni deyarli barchasi menga yoqdi, yana shunaqa sherlardan bo’lsa yaxshi bo’lardi.
Bu sherlar umuman bo’lmaydi, yaxshiroq sher topinglar iltimos, menga yoqmadi.
Sevinch assalomu alayko’m, aytingche sizga aynan qaysi sher va ushbu sher nima uchun yoqmadi? Javobingizni kutamiz.
Yurakni titratadigan sherlar, faqat tushunib bor tasavvuringiz bilan o’qing, ishoning ko’zlaringizdan yosh shashqator bo’larkan.
Assalomu alayko’m. Xotira va qadrlash kuniga atalgan ushbu sherlar judaham ajoyib ekan. Menga juda yoqdi, chin dildan minnatdorchilik izhor etaman azizlarim.
Bu sherlardan eng yoqqani «Jonin bergan jigarlarim» sheri boʻldi. Bu sherlar uchun katta rahmat. Men bu sherlarni yod oldim.
Assalomu aleko’m. Xotira — buyuk va muqaddas. Bu she’rlarni o’qib yana bir bor amin bo’ldim. Shoir va shoiralarimizga rahmat ❤️
Meni ismim Zilola, bu sherlar menga rosa yoqdi, barchasi juda ajoyib va alo darajada tashkillashtrilgan.
Assalomu aleyko’m. SHahidlar yodi sheri juda yoqdi. Yana shunaqangi chiroyli sherlardan bo’lsa yuboringlar iltimos.
Assalomu alaykщэm. Menga «Xotira maydoni» nomli she’rlaringiz juda yoqdi. Shunga o’xshash she’rlar bo’lsa tashavoringlar. Men shu she’rni maktabimizdagi konsertda aytdim. She’rlar uchun rahmat salomat bo’linglar.
Menga «Noma’lum askarga…» deb nomlangan sher yoqdi. Yana boshqa chiroyli she’rlar bo’lsa jo’natib yuboringlar.
Assalomu Aleyko’m, kattakon rahmat 👍 Menga «xotira bor ekan» sheri yoqdi, barchasi uchun rahmat, ishingizga omad.
Xotira kuni munosabati bilan shu kunga atalgan va mos keladigan sherlarni qidirdim va topdim. O’qiganlarimni barchasi menga maqul keldi deb bemalol aytolaman.
Bu sherlarni barchasi menga yoqdi ayniqsa «Yurtim ado bo’lmas» sheri juda tasirli ekan 👍
She’rlar juda ajoyib ekan. Yana Xotira va qadrlash haqida she’rlar bo’lsa yaxshi bo’lar edi.
Menga xotira haqida sherlar juda ham yoqadi, shu bois bu sher menga yoqib qoldi, rahmat sizlarga.
Bu sherlar manga ham yoqdi, ayniqsa keksalarga va yigitlarga bagʻishlanganlari, mamnun boʻldim!
Assalomu alayko’m, menga «yurtim ado bo’lmas» sheri yoqdi. Bu she’rni o’qigan edim, menga juda yoqib qoldi.
Manga sherlar juda ham yoqdi. Ayniqsa 9 mayga atalganlari.
Sherlar juda zo‘r man mamnun bo‘ldim. Xotira xaqidagi she’r manga juda yoqdi.
Juda ham ma’noli sherlar ekan. Menga juda yoqdi. Bu sherlarni yozganlarga rahmat.
Zo’r sher ekan menga yoqdi. Ayniqsa «Xotirlamoq uchun fursat» she’ri ta’siri ekan. She’r uchun rahmat!
Men o’ylagan va men xohlagan she’rlar ekan, juda katta raxmat.
Barchasiga gap yo’q. 🤓 Manga hamma sherlaringiz yoqdi. Rahmat! 😎
Bu sherla juda zo’r ekan, menga juda yoqdi. Barchasi juda ajoyib ekan.
Assalomu alaykum, menga she’rlar juda yoqdi, ayniqsa «Noma’lum askarga maktub» va «Jilmayar ko‘z yosh aralash» she’rlaridan qattiq ta’sirlantirdi. Qahramonlar yodi mangu yashaydi!
Bu sher menga juda yoqdi, yana shunday sherlardan bormi, bor bo’lsa tashang iltimos 😙
Raxmat, bugun ochiq dars edi. Meni qutqarib qoldiz. She’rlar juda zo’r. Ayniqsa Xotira maydoni she’riz yoqdi. 😀
Bu sherlar menga juda yoqdi, yana bor bo’lsa tashlang iltimos 😊
Assalomu aleykum. Menga hamma sheʼrlariz yoqdi, sizlarga omad, bundanda ko’p sheʼrlar yozishingizga omad tilayman.
Menga bu sheʼrlar juda yoqdi, Ayniqsa «Xotira maydoni» sheʼri judayam yoqdi.