Vatan himoyachilari kuniga tabriklar va tilaklar to‘plami
14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sara tabriklar va tilaklar to’plamini qabul qiling.

Vatan himoyachilariga tabrik

Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni yaqinlashib kelayotgan 14-Yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir! Vatanimizning munosib o‘g‘lonlari, barchangizga eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz!
Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar! Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining «_ _» yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, ulkan quvonch tilab qolaman. Shuni unutmangki, biz sizlar bilan doim faxrlanib yuramiz.
Ayriliq haqida sherlar to‘plami
14-yanvar kuniga yigitlarga tabrik

Kuchli, mard va jasur kasb egalarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz ! Har bir kuningiz – omadli, har bir qadamingiz – munosib, har bir so‘zingiz – qattiq, har bir harakatingiz – ishonchli bo‘lsin. Sizlarga salomatlik va g‘alabalarni tilab qolamiz!
Vatan himoyachilariga qizlardan tabrik

Xalqimizda «Yigit omon bo‘lsa, qo‘rg‘on salomat» degan gap bor. Shunday ekan doimo bu oltin boshingiz toshdan bo‘lsin, hamda biz ojizalarni doimo himoya qilishga hozir-u nozir bo‘ling. Yurtimizda qat’iyatli, mard, jasur, oriyatli yigitlar bor ekan — biz hech kimdan va hech qachon qo‘rqmaymiz. Jannatmakon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz hamda sevimli yorlaringiz baxtiga doimo sog‘-salomat yuringlar.
Vatan posbonlariga tabrik va she’r

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlar! Mana bugun 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Shu fursat bilan barcha yigitlarni muborakbod etaman. Sizlar borsizlar tinchligimiz bardavom, qadrimiz baland. Ko‘nglimdagi barcha ezgu va samimiy tilaklarim sizlarga. Bayramingiz muborak!
Yigitlar halqlarning maqtovi-ko‘rki,
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.
Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Og’irimiz yengil qilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz.
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko’kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga.
Salomlashish haqida sherlar to‘plami
Yigitning yuzini yorug‘ et Olloh

Yigitning yuzini yorug‘ et Olloh,
Yori bo‘sa ilsin yanoqlariga.
Qurol tutishidan asragin,e voh,
Yor sochi o‘ralsin barmoqlariga.
Yigitning qaddini bukmagin Olloh.
G‘ururi boshidan balandda yursin.
Erkakning yuziga tik qarash gunoh,
Haloli Havodek ta’zimda tursin!
Yerlarda qolmasin yigitning so‘zi,
Sazasi o‘lmasin, egilmasin bosh.
Atodan boshlangan hayotning o‘zi,
Erkak siymosida emasmi Quyosh!
Yigitning omadin ber,beravergin,
Mardlarni maqtashdan benasib etma.
Dunyoda bironta erkak zotini,
Arosat yo‘lida qoldirib ketma.
Biz opa bo‘laylik, xox singil, xox yor.
Aslo to‘kilmasin tirgaklarimiz.
Ularsiz dunyoda bizga nima bor?
Omon bo‘lsalar bas erkaklarimiz!
Tinchlik qadrin bildim
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha,
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
Leytenantga maktub
Boray sog‘inchlardan guldasta yasab.
Degan so‘zingizga yana tushdim chuv.
Bevaqt chiqqan zarur yumushlar sabab.
Qoldirildi ko‘p bor qolgan uchrashuv.
Yurtning qancha dardi bo‘lsa ko‘taring.
Shuni deb siz bilan qildim murosa.
Sha’nim uchun qurol olganingizni.
Eslatarsiz kutib sabrim tugasa.
Xudoning ko‘nglimga bergan ne’mati.
Siz bor uchun moviy osmonim rangi.
Yomg‘irga aylanib yog‘ay, yuqmasin.
Toki formangizga dunyoning changi.
Vatanfurush kaslar dodin berishda.
Tadbir-u rejalar hech bermasin pand.
Birorta ham xoin qolmagunicha.
Uyga qaytishingiz shartmas, Leytenant!











Maktabdagi tadbir uchun kerak edi. Ushbu tabriklar va tilaklar orqali Vatan himoyachilariga hurmatim yanada oshdi.
Yigitning qaddini bukmagin Olloh. G‘ururi boshidan balandda yursin. Erkakning yuziga tik qarash gunoh, haloli havodek ta’zimda tursin!