Ramazon tabriklari sara tabriklar to‘plami

Ramazon tabriklari to‘plami. Yurtimizda muborak Ramazon shukuhi kezyapti. Musulmonlar bu oyni sog‘inib kutadi, katta xursandchilik va toat-ibodatlar bilan o‘tkazadi. Ushbu munosabat bilan Ramazon oyi uchun tabriklar to’plamini havola etdik.

Ramazon tabriklari

#1 Boshimiz ustida porlagan oftob,
Qo‘lingdan yetaklar hidoyat tomon.
Har bitta kunini etaylik tavof,
Yillar qo‘rg‘onining shohi Ramazon!

#2 Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!

#3 Dunyoda sevgisiz yashamoq gunoh,
Ishqdan ko‘z yumganlar aslida gumroh,
Lekin mening sevgim o‘zimga hamroh.
Shod kunlarim ham u yolg‘iz guvoh,
Mening suyganim bu albbatta Alloh.

#4 Bu kunlarni g‘animat bilgin
Qaytarilmas bu kun xech qachon.
Shirkdan o‘zingni yiroqda tutgin,
JANNAT bizlarga bo‘lmasin armon.

#5 O‘tayotgan Go‘zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli Oy Ramazon Muborak!

#6 Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!

#7 Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!

#8 Yaqinlaringizni qiling ziyorat,
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat,
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat,
Ramazon oyingiz bo‘lsin muborak!!!

#9 Bandaman, Allohdan iymon so‘ragan,
Gunohim-bo‘ynimga osilgan marjon…
Ruhimni poklikka, nurga o‘ragan
Umidim yo‘lchisi Mohi Ramazon!

#10 Shaytonlar zanjirbanddir bu kunda,
Farishtalar yog‘ilgaydir bu kunda,
Duolar ham ushalgaydir bu kunda,
Bu shundayin ulug‘ va muborak kunda!

Ramazon va Ro‘za haqida sherlar to‘plami

#11 Ro‘zai Ramazon kirib kelgan vaqt,
30 kun ro‘za deb turamiz barvaqt.
Alloh uchun qilsak gar, ozgina toqat,
Ro‘zaning savobin beradi har vaqt.

#12 Doimo yorug‘ bo‘lsin hayot yo‘lingiz,
Omad sizga yor bo‘lsin bo‘lmasin armoningiz.
Sizga dunyodagi eng ezgu tilak,
Ramazon oyingiz bo‘lsin muborak!!!

Ramazon oyiga tabriklar

#13 Doimo yorug‘ bo‘lsin hayot yo‘lingiz,
Omad sizga yor bo‘lsin bo‘lmasin armoningiz.
Sizga dunyodagi eng ezgu tilak,
Ramazon oyingiz bo‘lsin muborak!!!

#14 Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy “Qur‘on” nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!

#15 Qalbimizda chiroyli tilak,
Savoblardan beradi darak.
Sizga izhor ayladim istak,
Ramazon oyi bo‘lsin muborak!!!

#16 Zamin uzra tushmish bugun malaklar,
Alloh rahmatiga to‘lmish falaklar.
Ijobatdir bugun har bir tilaklar,
Alloh dargohida cho‘zing bilaklar.

#17 Boshi “Rahmat”, o‘rtasi “Marhamat”,
Oxiri esa “Jannatga yo‘l” bo‘lgan,
Muborak Ramazon oyi siz uchun,
Xayrlarga to‘la bo‘lishini tilayman!

#18 Tun bag‘rini yorib chiqdi nur,
Ibodatga shaylandi tilim.
Duolarim asrasin sizni,
Ayyom muborak dilga yaqinim!

#19 Yaqinlaringizni qiling ziyorat,
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat,
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat,
Ramazon oyingiz bo‘lsin muborak!!!

#20 Ro‘zalar tildamas dildadir taxir,
Taroveh ko’ngilga bo‘lganda og‘ir.
Shamoldan tez kelib ketdingku ahir,
Yana kel biz seni kutarmiz nochor!

#21 O‘tayotgan Go‘zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli Oy Ramazon Muborak!

#22 Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
«Qabul et!»- deb turar har bitta malak,
Mo‘minning suyangan tog‘i Ramazon.

Islom Karimov haqida sherlar to‘plami

#23 Umr berdi Ollohim, shukurlar bo‘lsin!
Islomda yaratdi, zikrlar bo‘lsin!
Qalbing ilm-nurlarga to‘lsin,
Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

#24 Shaytonlar zanjirbanddir bu kunda,
Farishtalar yog‘ilgaydir bu kunda,
Duolar ham ushalgaydir bu kunda,
Bu shundayin ulug‘ va muborak kunda!

Ramazon muborak aziz dindoshlar

#25 Bilmam ko‘ngillardan ketdimi g‘ubor,
Sening poyoningda ming nadomad bor.
Oylarning sultoni mohi Ramazon,
Yana kel biz seni kutarmiz nochor!

#26 Saharda turaman-ko‘nglimda faroh,
Dil xushnud, etganga bulbuldek «chah-chah».
E‘tiqod o‘sadi-ulkan bir daraxt,
Insof diyonatning bog‘i Ramazon.

#27 Hayot mo‘jizakor, jilvakor asli,
Sezamizmi ahir buni har doim?
Kechirimlar, shukurlar erur kun fasli,
Avf etar bizlarni tangrim, Hudoyim.

#28 Oshiq bo‘ldim Ollohga,
Go‘zal Rasulullohga.
Robbisini sevganlar,
Qo‘l urarmi gunohga?!

#29 Bu Oy shunday oy erurki, bul oying tengi yo‘qdir,
Bu oy nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.
Bu oy qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu oy Alloh kalomini tinglagay har bir odam.

#30 Tortiq bo’lsin sizga duo-salomlar,
Duoda eng gozal, shirin kalomlar.
Iloho uyingiz nurlarga to‘lsin,
Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin!

#31 Jannat darbozasi ochilsa bu kun,
Osmondan farishta yog‘ilsa bu kun.
Sizni panohida asrasin robbim,
Hayrli bo‘lsin shu bugungi kun!

#32 Umr berdi Ollohim, shukurlar bo‘lsin!
Islomda yaratdi, zikrlar bo‘lsin!
Qalbing ilm-nurlarga to‘lsin,
Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

#33 Ko‘zlarim har kecha bamisli buloq,
Salovat qalbimga osilgan baldoq.
Jannatning yo‘liga yoqilgan chiroq,
Tavba-tazarruning chog‘i Ramazon.

#34 Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
«Qabul et!» — deb turar har bitta malak,
Mo‘minning suyangan tog‘i Ramazon.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *