Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami
Ramazon va Ro‘za haqida sherlar to‘plami. Muqaddas islom dinining asosiy ulug‘ ruknlaridan biri ro‘za ibodatidir. Ramazon ochlik, tashnalik, nafsni qiynash bilan Alloh taologa qurbat, taqvo hosil qilinadigan buyuk oydir.
Ramazonga oz qoldi
Yurak hapqirib ketar,
Sogʻinchdan dil entikar,
Umidim bor yetkazar,
Ramazonga oz qoldi!
Qalbga surur bahsh etar,
Jannat eshigin ochar,
Doʻzah eshigin yopar,
Ramazonga oz qoldi!
Bu oy fayzi oʻzgacha
Raxmat yogʻar har kecha,
Nur taralar tonggacha,
Ramazonga oz qoldi!
Yerga sigʻmas malaklar,
Rad etilmas tilaklar,
Masjidda jam ummatlar,
Ramazonga oz qoldi!
Tarovehlar oʻqilar,
Tilovatlar qilinar,
Gunohlar ham toʻkilar,
Ramazonga oz qoldi!
Qadr kecha bor unda
Izlang soʻnggi oʻn kunda!
Toq kunlarning birida,
Ramazonga oz qoldi!
Hisobi yoʻq ajrlar
Hatto bilmas Malaklar,
Qabul boʻlgay tilaklar,
Ramazonga oz qoldi!
Islom Karimov haqida sherlar to‘plami
Roʻza tutaman
Bilaman koʻp gunohim,
Nadomatlar yutaman,
Nasibqilsa Allohim,
Men ham roʻza tutaman.
Erta ozonda turib,
Moʻmin, musilmon boʻlib,
Yuzlarim nurga toʻlib,
Men ham roʻza tutaman.
Muruvvat qilib har on,
Tushlarimga kir Rahmon,
Qoch yoʻlimdan ey shayton,
Men ham toʻza tutaman.
Koʻrkam boʻlar qomatim,
Kular baxtu omadim,
Tashlab yomon odatim,
Men ham roʻza tutaman.
Rizqim soʻrab tong, azon,
Onam bilan yonma yon,
Tilab Allohdan imon,
Men ham roʻza tutaman.
Toʻlib savob qozonim,
Iftorimu ozonim,
Hush kelding ramazonim,
Men ham roʻza tutaman.
Ezgu ishlarni yoqlab,
Sabrim, toqatim saqlab,
Qalbimni poklab, poklab,
Men ham roʻza tutaman.
Dard chokidan soʻkilsin,
Gʻamning qaddi bukilsin,
Gunohlarim toʻkilsin,
Men ham roʻza tutaman.
Oʻlchab berilgan umr,
Sogʻlik-halovat, huzur
Neʼmatlaringga shukur,
Men ham roʻza tutaman.
Xurshid Karim
Kirib keldi Aziz Ramazon
Bizga berib yana bir imkon.
Ajib, go‘zal otadi har tong.
Xushxabarni aytib, urib bong,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Oylar ichra shohi bo‘ladi.
Eng go‘zali Mohi bo‘ladi.
Qalblar oromgohi bo‘ladi.
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Yaxshilikka yo‘l ochib, boshlab.
Ginalarni orqaga tashlab.
Shaytonlarni yig‘latib, toshlab,
Kirib keldi Mohi Ramazon.
Yomonliklar ozorlansin deb,
Nafs balosi xor zorlansin deb,
Yer yuzi bir tozalansin deb,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Sovg‘a qilib qadr kechasin,
Savoblarning necha nechasin,
Gunohlarni yuvib qanchasin,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Kibr ustiga bosilsin qadam,
Ibodatdan yuksalsin odam,
Tilovatdan mast bo‘lsin olam.
Kirib keldi Aziz Ramazon.
DILDOR
Ramazonga yetganim haqqi
Muhammadsiz ko‘ngillar qora,
Yo‘l bermasang topolmam chora,
Yo, Zuljalol, tavbamga qara-
Ramazonga yetganim haqqi.
Volidamning aybini o‘chir,
Padarimning gunohin kechir,
O‘zing rahmat sharobin ichir-
Ramazonga yetganim haqqi.
Nomahramdan burgin ko‘zimni,
Yolg‘onlardan asra so‘zimni,
Hisob qilay toki o‘zimni-
Ramazonga yetganim haqqi.
Qay go‘shada mo‘’min dili qon,
Go‘daklari o‘q yeb berar jon,
Qil ularning mushkulin oson,
Ramazonga yetganim haqqi.
Oson qilgin sabr kechasin,
Armon qilma Qadr kechasin,
Borsam… nur qil qabr kechasin-
Ramazonga yetganim haqqi.
O’rgandim Ro’za ila
Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr-toqat qilmoqni,
Allohga yetishmoqni,
O’rgandim ro’za ila.
Bandaga marhamatni,
Ro’zadagi rahmatni,
Minglab minglab hikmatni,
O’rgandim ro’za ila.
Yo’qsillikning ma’nosin,
Solihlarning taqvosin,
Sahovatning bahosin,
O’rgandim ro’za ila.
Shukr mohiyatini,
Zikr fazilatini,
Taqvodor hayotini,
O’rgandim ro’za ila.
Do’st va Do’stlik haqida sherlar to‘plami
Qabul et ro’zamizni Allohim
Yemadik, ichmadik,
Tutdik tilimiz,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Faqirning, yo’qsilning,
Bildik holini,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Qo’shnimiz och bo’lsa,
Beramiz yordam,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Yetimning boshini,
Silaymiz har dam,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Gunoh qilmaslikka,
Bo’lamiz ogoh,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Istab rizoliging,
Yashaymiz har chog’,
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Ramazon oyi
Islom ummatiga muborak bo‘lsin,
Said-ul ayomning Ramazon oyi!
Falakdan yog‘ilib , nurlarga to‘lsin,
Imon jamolining Ramazon oyi!
Ko‘nglimni og‘ritma , ko‘ngling og‘rimas,
Bu yumushni bilsang , qilish og‘irmas,
Seni to‘g‘ri yo‘ldan hech ham og‘dirmas,
Musulmon shanining Ramazon oyi!
Nafs uchun talashib , nima ko‘rdik ayt,
Bechora benavo yig‘lab turgan payt?
Yetimlar boshini silash uchun qayt,
Ehsonlar jamining Ramazon oyi!
Har ishingga salovot berguvchi o‘sha,
Al -Mo‘min fikrida duolar qo‘sha,
Jabbor jannatidan joy ber deb yasha,
Shukrullo ahlining Ramazon oyi!
Tilimni zor etma tig‘ guftorgacha,
Ongimni bor etma zolim zorgacha,
Sahar azonidan to iftorgacha,
Sabrim madadining Ramazon oyi!
Amalingdan tuzib uzun bir rishta,
Har ishingni ko‘rib , bilsin sarishta,
Yonginangda Maloyiq bo‘lgan Farishta,
Mo‘min imonining Ramazon oyi!
Tafiq ber , sabr ber , bergin kushoish,
Dilinga yaqin bo‘lsin savob degan ish,
Ezgulikdan bo‘lsin haqqa intilish,
Jannat eshigining Ramazon oyi!!!
Gulchehra
Ramazon xush kelibsan
Ahli musulmon kutgan,
Barcha,g’amni unutgan.
Savobi ko’kka yetgan,
Ramazon xush kelibsan!
Juma bilan do’st bo’lib,
Quvonib,yayrab kulib.
Yana bitta yil o’tib,
Ramazon xush kelibsan!
Ro’za tutar musulmon,
Tanu-joni sog’-omon.
Yaxshilarga qadirdon,
Ramazon xush kelibsan!
Ko’rsatib xush odobni,
Uyg’otasan oftobni.
Oldik qu’ron kitobni,
Ramazon xush kelibsan!
Sog’ingandik juda ham,
Senla yo’qolar alam.
Shodliklarim bir olam,
Ramazon xush kelibsan!
Mehirga ko’mib qalbni,
Yulib qalbdagi dardni.
Sinab sabr-toqatni,
Ramazon xush kelibsan!
Balolarni daf etgin,
Gunoh bo’lsa af etgin.
Yer yuzin poklab ketgin,
Ramazon xush kelibsan!
Barcha birdek umidvor,
Qolmasin zarra ozor.
Oylar ichra betakror,
Ramazon xush kelibsan!
Yaqinlarga,do’stlarga,
Shirin qora ko’zlarga.
Haqiqatgo’y so’zlarga,
Ramazon xush kelibsan!
Umid berib har jonga,
Yo’l ochasan imonga.
Jigar-u, qadirdonga,
Ramazon xush kelibsan!
Mirxalilova Shaxnoza
Amir Temur haqida sherlar to‘plami
Ramazonim
Xar bandaga bir sinov, bir imtixonsan,
Gunohlardan poklanishga bir imkonsan,
O‘z vaqtida yo‘qlaydigan qadrdonsan,
Hush kelibsan, qutlug‘ kelgin Ramazonim.
Yurtga tinchlik tilab shomu saharlarda,
Qanoat berar olloh so‘rsang agarda,
Diydoring kutadi xar bir mumin banda,
Xush kelibsan, qutlug‘ kelgin Ramazonim.
Farahli oy, sharafli oy, muboraksan,
Payg‘ambarlardan merossan taboraksan,
Tanni, dilni poklash uchun sen keraksan,
Xush kelibsan, qutlug‘ kelgin Ramazonim.
Jannatlarda yorug‘ yuzli diydor uchun,
Tavba uchun, uzr uchun, iqror uchun,
Islom asli bebahodir sen bor uchun,
Hush kelibsan, qutlug‘ kelgin Ramazonim.
Shahnoza Ro‘zieva
Ramazon Aytib Keldik Eshigingizga
Ramozon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga.
Ramazon, yo ramazon, mayramazon,
Muhammad ummatiga mayramazon.
Ramazon aytgan bilan to‘yarmidik,
Muhammad ummatiga qo‘yarmidik,
Ramazon, yo ramazon, mayramazon,
Muhammad ummatiga mayramazon…
Yana bizni yo’qlab kelgin Ramazon
Sen sabab tiyildi yolg‘on so‘zlar ham,
Nomahramdan qochar bo‘ldi ko‘zlar ham.
Ibodatda sergak turdik bizlar ham,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Iymonda zabardast bo‘moqlik uchun,
Kun-u, tun duoda yurmoqlik uchun.
Savobli amallar qilmoqlik uchun,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Xayr-u, saxovatlar ulashib takror,
Yaxshilik yo‘lida kurashib takror.
Eng ezgu niyatlar tilashib takror,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Tunlari «qoim»lik qilmoqlik uchun,
Ibodatni aziz bilmoqlik uchun.
Allohga suyukli bo‘lmoqlik uchun,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Har oning g‘animat, har fursat aziz,
Yaxshilikdan qolar dilda go‘zal iz.
Kelishingni qumsab yo‘ling poylaymiz,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Nomingni ulug‘ deb, bilmaylik nechun?
Har bergan ne’mating ezgulik uchun.
Hamisha ko‘rsatib «sof Islom» kuchin,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
O‘zing oylar ichra ulug‘, tanhosan,
Daholardan o‘tar buyuk dahosan.
Fursat o‘tganda ham takror-takror san,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Qalbda qolar bo‘ldi mehringdan izlar,
Yil bo‘yi yurak chin nomingni so‘zlar.
Vafot etmay tursak agarda bizlar,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Dillarga yovuzlik yetmay turib sen,
Qalblarni gunohlar chertmay turib sen.
Iymonning quvvati ketmay turib sen —
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Jannatga savobdan qo‘rg‘on quramiz,
Shu sabab hamisha duo qilamiz.
Nasib qilsa seni kutib turamiz,
Yana yo‘qlab kelgin bizni «Ramazon»!
Laylat-ul Qadr haqida sher
Quvonchdan ko‘zimdan yog‘moqdadir sel,
Seni uzoq kutdi eng bag‘rikeng el.
Ey manim ming oydan yaxshirog‘im kel,
Xis qilay baxt nadir, sakiynat nadir?
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Sevmadi pok qalbim cherkov bongini,
Masjid band qilgan-chun mo‘min ongini,
Ramazon to‘kkandek qalbim zangini,
Seni intiq kutdim, libosim sabr,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
«Rojdestvo»ni deya dard yutganim yo‘q,
Yohud «Xelluin»ni zor kutganim yo‘q.
Menga sanchilguncha ajal degan o‘q,
Qalbimni xushnud qil yutguncha qabr,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Xaqning marxamati bunchalar xam keng,
Barokatli oqshom qilmish seni eng.
Sakson uch yil birla bo‘libdirsan teng,
Baxtliman, bildimku Xaq ishqi nadir,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Xayr Endi Ramazon
Yorishtirib osmonni,
Qo‘lga tutib Qur’onni,
Sayqallatib iymonni,
Kelgan eding, Ramazon.
Mana endi bildirmay,
Diydoringga to‘ydirmay,
Hajr o‘tini so‘ndirmay,
Xayr, deding, Ramazon.
Ko‘ngillarni yayratib,
Bulbullarni sayratib,
G‘animlarni qiyratib,
Kelgan eding, Ramazon.
Ko‘ngilni vayron etib,
Bulbulni hayron etib,
Yuraklarni qon etib,
Xayr, deding, Ramazon.
Birlashtirib saflarni,
Soz etib hadaflarni,
Eslatib salaflarni,
Kelgan eding, Ramazon.
To‘zimasin bu saflar,
Buzilmasin hadaflar,
Yodda tursin salaflar,
Kelguningcha, Ramazon,
Xayr, endi, Ramazon.