Yaxshilik haqida sara sherlar to‘plami
Yaxshilik, ezgulik va yomonlik haqida sherlar to‘plami: Yaxshilik qalbimizdagi nur, yon-atrofimizdagi dunyo harakatlariga bo‘lgan nazarimizdir.
- 1. Yaxshilik qil odamga!
- 2. Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
- 3. Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling
- 4. Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim
- 5. Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin
- 6. Yomon bo‘lsam
- 7. Eng baxtli kun, albatta bugun
- 8. Eng avval otangni qadrini bilgin, Eng avval onanga yaxshilik qilgin
Yaxshilik qil odamga!
Kelding yorug‘ olamga,
Malxam bo‘l dart, alamga.
Qurbing yetsa birodar,
Yaxshilik qil odamga.
Bo‘lsa mol, dunyo puling,
Yetsa qay cho‘zsang qo‘ling.
Oq bo‘lsin ko‘ngil, diling,
Yaxshilik qil odamga.
Bo‘lsang buyuk mansabdor!
Bo‘lsin senda nomus, or!
Xech kimga berma ozor!
Yaxshilik qil odamga.
Noxaqlikka jim turma!
Ojizga yuzing burma!
Sharafsiz inson bo‘lma!
Yaxshilik qil odamga.
Go‘zal umur, xayot bo‘l,
qo‘lsizga qo‘l qanot bo‘l.
Umidsizga najod bo‘l!
Yaxshilik qil odamga.
Oqla avloding noming,
raxmat bo‘lsin xar oning.
Qara atrofing yoning!
Yaxshilik qil odamga.
Xusniddin bo‘lgin extiyot!
Xikmatga to‘lgan xayot.
Tarix bo‘lguin buyuk zot!
Yaxshilik qil odamga…!
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Dard yig‘ilib kelsa, qavatma qavat,
Taqdir zarba bersa, aylamay shafqat,
Tanda kuch qolmasa, qolmasa toqat,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Orqadan do‘stingiz xanjarin sanchsa,
Pishgan xosilingiz tepkilab yanchsa,
Ishongan insonlar, turtkilab qochsa,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Omad gohi kulib, gohi kulmasa,
Yaxshilik qilsangiz, birov bilmasa,
Boshingiz changallab, sochni yulmasdan,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Bahorda bog‘ingiz, gullamay qolsa,
Yozda oftob sizga, nur sochmay qolsa,
Qishda qora bulut, arimay qolsa,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Quvonchu shodlik ham, o‘tkinchi bunda,
Tun o‘rnini quyosh, olar har kunda,
Qiynalib, qiynalib, ketsangiz shunda,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Oyning yarmi yorug‘, yarmi zimiston,
Qurigan bog‘ bir kun, bo‘ladi bo‘ston,
Dardingiz xammaga, qilmay dasturxon,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Har neda bir hikmat! Aytgan donolar,
Sabr qilsa oltin, kelar tillolar,
Tangriga yolvorib, qilib duolar
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim
Xammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling
Dunyoda barchasi o‘tkinchi biling.
Nafratni unutib mehrni bering.
Bir kun ortingizdan yaxshi nom qolar.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.
Kim yaxshi kim yomon hudo biladi.
Aybi bor bir kuni jazo oladi.
Yaxshiga doimo omad kuladi.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.
Bemorlar holidan olingiz xabar.
Ozgina mehir-u muhabbat yetar.
Ulardan qaytmasa hudodan qaytar.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.
Savobga ishlating bo‘lsa pulingiz.
Sahovat yo‘lida ochib qo‘lingiz.
OLLOHIM beradi risq nasibangiz.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.
Yetim bolalarning silang boshini.
Yig‘lagan ko‘zlarning arting yoshini.
Muhtojga uzatib yordam qo‘lini.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim
Orzu yo‘lin armonlik ko‘rdim,
Inson qadrin arzonlik ko‘rdim,
Yomon do‘stdan ko‘rdim yaxshilik,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.
Ko‘p kunlarni ko‘rgandik birga,
Qancha niyat tukkandik dilga,
Chiqqan edik biz katta yo‘lga,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.
Kimgadir qo‘l bersang eng avval,
Otasini surishtir har gal,
Zoti pastning qadami xatar,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.
Men yiqilsam, qochib ketganda,
Sirlarimni ochib ketganda,
Xiyonatlar jondan o‘tganda,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim,
O‘chmas endi dildan jarohat.
Qayda qoldi vadalar ahdlar,
Qayda qoldi mehru oqibat.
Qalbi og‘rib Ahad Qayumni,
O‘ylab qoldim, nima ham derdim.
O‘yib ketdi kuygan bag‘rimni,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.
Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin
Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin
Yaxshilar boshiga yaxshilik qolsin
Mol-dunyo barchadan, sendan ham qolar
Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin…!
Yomon bo‘lsam
Alamim bor nomardlardan,
Charchadim ko‘p yolg‘onlardan,
Yomon bo‘ldim g‘iybatlardan,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Yomon so‘zdan tilim tiysam,
O‘zi onda sonda kulsam,
Yomon bo‘ldim endi bilsam,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Meni yomon demang do‘stim,
Yomonlarda bordir qastim,
Haqiqatga bo‘lay taslim,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Topganim oz ammo halol,
Nopok yo‘lni umri zavol,
Yomonmanmi qiynar savol,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Boylik dardi sizda bo‘lsa,
Mendan biroz ko‘ngil uzing.
Gar giybatlar yomon desa,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Ko‘p yaxshilik qilganim rost.
Do‘stga sodiq bo‘lganim rost.
Yomondan yuz burganim rost.
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.
Eng baxtli kun, albatta bugun
Hayotdagi eng chiroyli kun,
Kuning o‘tsa yaxshilik uchun.
Hayotdagi eng chiroyli kun,
Yurak sezsa oqibat kuchin.
Hayotdagi eng chiroyli kun,
Dil quvonchdan yashnasa mamnun,
Chin do‘stlaring yoningda bo‘lsa,
Yuragingda qolmaydi tugun.
Osmonlardan kutib omadni,
Yo‘qotmagin yerdagi baxtni.
So‘ng ertaga qaytarolmaysan,
Bir lahzaga orqaga vaqtni.
Hayotdagi eng chiroyli kun,
Bajarsang sen farzandlik burching,
Ota onang oilang uchun,
Butun umr sarflagin kuching.
Do‘stlarim bor baxtimga ustun,
Yashayapman qalbim shod-mamnun.
Hayotdagi eng chiroyli kun,
Eng baxtli kun, albatta bugun.
Bayroq haqida sherlar to‘plami
Eng avval otangni qadrini bilgin, Eng avval onanga yaxshilik qilgin
Ey do‘stim davlating imkoning bo‘lsa,
Tulporing choparga maydoning bo‘lsa,
Manziling ko‘zlagan karvoning bo‘lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Zeb ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kuni tashlab ketarlar,
Odam bo‘lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadir eshigin,
Ulgur, ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Ey do‘stim, davlating imkoning bo‘lsa,
Tulporing choparga maydoning bo‘lsa,
Manziling ko‘zlagan karvoning bo‘lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bu dunyo nimadir, bu dunyo o‘yin,
Bugun yutsak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo‘y ey Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi,
Axir sening baxting shular emasmi,
Eng avval otani qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Yaxshi yana chiroyli sheraringiz bormi?
Assalom alayko‘m. Ha albatta bor. Kelgusida yana yuklanadi.
Bularni kim yozgan
Assalom alayko‘m Nurimon. Bu sherlarni muallifini biz ham topa olmaganmiz!
Assalomu alayko’m barchangizga, bu herlarni o’qib tasirlandim, insondan faqat yaxshilik qoladi, qolgan narsalar esa o’tkinchidir.
Barchaga salom. Yaxshilik va ezgu amallar haqidagi ushbu sherlar menga rosa yoqdi, ishlaringizga omad tilab qolaman.
Ajoyib Menga juda yoqdi.
Juda yaxshi.O’quvchilarimga tavsiya qildim. Yodlashlari uchun.
Salom menga aynan yahshilik haqida sher kerak
Salom menga ONA haqidagi sherlar juda yoqadi!
zo’r sher ekan, bu sherlarda odamlarning hayoti aks etgan ekan..
Ollohim nazaring ayama mendan,
Ko’zlaring nuriga tushayin men ham.
Qo’llaring duoga ochganda har dam,
Duo qil talaba bo’layin men ham.
Shirin so’zlik haqida sherlaringiz bormi?
Barchasi menga manzur keldi. Har-bir she’r o’zgacha ruh bilan bitilishi, meni maftun qildi.